26.02.2021 yildagi 110-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.02.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozor iqtisodiyoti tamoyillariga, xalqaro norma va standartlarga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda zamonaviy huquqiy asoslarni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasida oʻz vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yalpi xatlovdan oʻtkazish va tizimlashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan tartibga solish yukini kamaytirish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni maqbullashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarga uygʻunlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning texnik jihatdan tartibga solish bilan bogʻliq muammolarini tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish orqali texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro norma va standartlarga muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning oʻrniga taʼsiri nuqtai nazaridan oʻrganish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoralararo komissiya tarkibiga kiruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro kelishilgan holda faoliyat yuritishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisini tashkil etish, uning faoliyatini muvofiqlashtirish va unga metodik yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish, tahlil qilish, qayta koʻrib chiqish va zaruratga qarab yangilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlarining mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʻllash va bajarish bilan bogʻliq faoliyatiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi muammolarni kompleks tahlil qilish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga, vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy, xorijiy hamda xalqaro ekspert va mutaxassislar ishtirokida texnik jihatdan tartibga solish sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Idoralararo komissiya huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Loyiha ofisini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisi Idoralararo komissiyaning ishchi organi vazifasini bajaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Loyiha ofisi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisining rahbari va boshqaruv xodimlari Idoralararo komissiya raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisi xodimlarini tanlash Idoralararo komissiya tomonidan belgilanadigan shartlarga muvofiq tanlov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisi xodimlari mehnatiga haq toʻlash Idoralararo komissiya raisi bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisining moliyaviy barqarorligiga erishilgunga qadar, lekin uch yildan koʻp boʻlmagan muddatda uni saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Idoralararo komissiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirishni, xorijiy ekspert va mutaxassislar bilan vebinarlar, vakolatli organlar va tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini, shuningdek, Loyiha ofisining ish rejasini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-yanvarga qadar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish, shu jumladan, maqbullashtirish, xalqaro norma va standartlar bilan uygʻunlashtirish, zamonaviy talablar asosida muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasida oʻz vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari Loyiha ofisiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi hamda boshqa axborot resurslaridan begʻaraz foydalanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisi texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarni isloh qilish boʻyicha ilgari tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, bu boʻyicha kollegial organlar faoliyatini metodik taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar Loyiha ofisining soʻroviga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar, bunda maʼlumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun maʼlumotni kiritayotgan idoralarning birinchi rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisi tadbirkorlik faoliyatiga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir koʻrsatadigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni bekor qilish, ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yoki xalqaro norma va standartlarni implementatsiya qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Idoralararo komissiyada koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha ofisi oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlarining faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Loyiha ofisining tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Loyiha ofisining zarur aloqa vositalari, shu jumladan, keng polosali Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Loyiha ofisining faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari jalb etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 26-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
110-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevral dagi 110-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish boʻyicha idoralararo komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

R. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, idoralararo komissiya raisi

2.

D. Sattarov

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori

3.

B. Zakirov

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

4.

A. Xadjibayev

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

5.

A. Maksudov

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

6.

B. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi

7.

B. Norqobilov

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

8.

I. Ergashev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi

9.

N. Sharipov

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi

10.

B. Abdinazarov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

11.

A. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi (kelishuv asosida)

12.

Lavozimi boʻyicha

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish boʻyicha Loyiha ofisi rahbari — idoralararo komissiya kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 09/21/110/0166-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)