1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda sug‘oriladigan yerlardagi 22,1 ming gektar va cho‘l hududlardagi 55,7 ming gektar (jami 77,8 ming gektar) yerlarni qayta foydalanishga kiritish, mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021-yilda Suv xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarga ajratilgan budjet mablag‘laridan 1-ilovaga muvofiq 300,0 mlrd so‘m mablag‘ni maqbullashtirish orqali Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan maydonlar va cho‘l hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish maqsadida amalga oshiriladigan ishlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligining “Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasiga (keyingi o‘rinlarda — “Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasi) Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan maydonlar va cho‘l hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish tadbirlarini amalga oshirish vazifasi yuklansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2021-2022-yillarda Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan maydonlar va cho‘l hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan maydonlar va cho‘l hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun belgilangan chora-tadbirlar prognoz ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida 1-ilovaga muvofiq maqbullashtirilayotgan 300,0 mlrd so‘m mablag‘ni “Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasiga belgilangan tartibda ajratish uchun Buxoro viloyati mahalliy budjetiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, mazkur mablag‘lar hisobi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida “Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasi uchun alohida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yuritiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Energetika vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda yerlarni qayta foydalanishga kiritish maqsadida quriladigan sug‘orish quduqlari hamda nasos agregatlaridan mavjud suv manbalaridan va elektr energiyasi ta’minotidan kelib chiqib, foydalanish bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yerlarni qayta foydalanishga kiritishda yuzaga keladigan muammolarning yechimini topishga ilmiy yondashuv asosida tajribali olim, mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish vazifasi yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Buxoro viloyati hokimligi va “Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasi:
(7-bandning birinchi xatoboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar, shuningdek, mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan chora-tadbirlar prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish maqsadida loyihalashtirish va pudrat tashkilotlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq belgilash ishlarini hamda obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish ishlari amalga oshirilishini tashkil qilsin va nazoratga olsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarni amalga oshirish doirasida zarur asbob-uskuna, xomashyo, butlovchi buyumlar hamda sifatli qurilish materiallarining ustuvor ravishda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manzilli ro‘yxatlarda belgilangan obyektlarda bajariladigan qurilish-montaj ishlari shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi yuzasidan davlat qurilishi nazoratini o‘rnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Buxoro viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar hokimliklarining qarorlari asosida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarini ajratish bo‘yicha tashabbuskor va tegishli tuman hokimligi o‘rtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijara shartnomalar tuzilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishi yakunlangan irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini tegishliligi bo‘yicha ulardan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda dalolatnoma asosida topshirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga yuqoridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ushbu qarordan kelib chiqib, mahalliy budjetlar parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan maydonlar va cho‘l hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish ishlarini muvofiqlashtirib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorak yakuni bo‘yicha mazkur qarorning ijrosini joyiga chiqqan holda tanqidiy o‘rganib, mavjud muammolarning yechimi yuzasidan tezkor choralarni ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev va Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 23-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 92-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarga ajratilgan budjet mablag‘laridan maqbullashtirilayotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MABLAG‘LAR MIQDORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Tashkilotlar nomi
Miqdori,
mln so‘m
1.
Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
2 070
2.
Beruniy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
855
3.
Andijon nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
25 200
4.
Buxoro nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
6 750
5.
Jizzax nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
2 250
6.
Qashqadaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
6 570
7.
Navoiy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
6 075
8.
Namangan nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
37 800
9.
Samarqand nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
6 570
10.
Sirdaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
2 115
11.
Surxondaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
39 240
12.
Toshkent nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
2 610
13.
Farg‘ona nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
13 275
14.
Xorazm nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
3 915
15.
Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi bo‘yicha
66 330
sh.j. Buxoro hududi
49 185
Navoiy hududi
17 145
16.
Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi
66 000
17.
Jizzax Bosh nasos stansiyasi
12 375
sh.j. Jizzax hududi
7 875
Sirdaryo hududi
4 050
Jami:
300 000
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 92-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-2022-yillarda Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan maydonlar va cho‘l hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PROGNOZ KO‘RSATKIChLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gektar
T/r
Tumanlar nomi
Jami
shu jumladan:
qayta foydalanishga kiritiladigan sug‘oriladigan maydonlar hisobidan
cho‘l hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish hisobidan
1.
Buxoro
7 480
905
6 575
2.
Vobkent
1 300
825
475
3.
Jondor
11 200
1 710
9 490
4.
Kogon
6 000
1 010
4 990
5.
Qorako‘l
9 000
3 061
5 939
6.
Qorovulbozor
4 800
250
4 550
7.
Olot
7 500
2 500
5 000
8.
Peshku
8 520
3 000
5 520
9.
Romitan
7 500
2 300
5 200
10.
Shofirkon
10 500
3 500
7 000
11.
G‘ijduvon
4 000
3 000
1 000
Jami:
77 800
22 061
55 739
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2021-y., 09/21/92/0140-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)