13.12.2016 yildagi SQ-122-III-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Budjetnomani, shu jumladan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarining loyihalarini ko‘rib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 97-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 28-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 618-III-sonli Qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilinsin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotning barqaror o‘sishini rag‘batlantirishga, aholi farovonligini oshirishga va inflyatsiya darajasini maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari doirasida saqlashga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, ma’muriy to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali xususiy mulkning roli va o‘rnini yuksaltirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ishonchli himoya qilinishini ta’minlash hamda yalpi ichki mahsulotdagi ulushini yanada ko‘paytirishga doir islohotlarni davom ettirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, respublika mintaqalarini raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy tayyor sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushini oshirishga doir dasturlarni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotga va aholi daromadlariga tushadigan soliq yukini yanada kamaytirishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida uning rag‘batlantiruvchi rolini oshirishga qaratilgan soliq siyosatini izchil amalga oshirishga doir chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi turmushining sifatini yaxshilashga qaratilgan axborot-kommunikatsiya tizimlarini, uy-joy-kommunal xo‘jaliklarini rivojlantirishni tezlashtirish hamda ko‘lamlarini kengaytirishga, shuningdek sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishga doir dasturlarning ro‘yobga chiqarilishini faollashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishning mahalliylashtirilishini yanada chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ichki talabni shakllantirish va bozorni zarur iste’mol tovarlari hamda butlovchi buyumlar bilan to‘ldirish, aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy sohaga sarflanadigan davlat xarajatlaridan, shu jumladan ta’limni rivojlantirishga, tibbiyot xizmatlari sifatini yaxshilashga, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlardan yanada samarali foydalanish orqali aholi farovonligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsin, shu bilan bir vaqtda muhtoj oilalarni aniq maqsadda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq aholisining uy-joy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida yangilangan namunaviy loyihalar asosida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurilishi ko‘lamini kengaytirish, ayni vaqtda qurilish-montaj ishlarining, shuningdek barpo etilayotgan ijtimoiy va transport-kommunikatsiya infratuzilmasining sifatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra aylanma kassa mablag‘ining zarur miqdoridan ortiq bo‘lgan respublika budjetining bo‘sh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining taqchilligini moliyalashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan tegishli ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasin, mintaqalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin, budjet mablag‘laridan manzilli, maqsadli va samarali foydalanilayotganligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YO‘LDOSHEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 13-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SQ-122-III-son