06.12.2011 yildagi 273-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.03.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan bajarilishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyevning axboroti toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan talablarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining chora-tadbirlar dasturini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2011-yil 25-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyevga “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan bajarilishi haqida” parlament soʻrovi yuborilgan edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari E.F. Gadoyevning parlament soʻrovi yuzasidan axborotini tinglab, shuni qayd etadiki, Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan parlament soʻrovida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muayyan ishlar qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul muomalasini yanada takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish, pulning bankdan tashqarida aylanishini qisqartirish hamda soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashga yoʻl qoʻymaslik maqsadida 2011-yilning toʻqqiz oyida oʻtkazilgan tadbirlar natijasida 6,7 mlrd. soʻm miqdorida naqd pul tushumi topshirilishi taʼminlangan boʻlib, bu 2010-yilning shu davridagiga nisbatan 3,7 mlrd. soʻmga yoki 2,3 baravar koʻpdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, naqd pul tushumining xronometrajini oʻtkazish jarayonida 833 ta tadbirkorlik subyektida savdo qoidalari buzilganligi va naqd pul tushumini banklarga toʻliq topshirmaslik holatlari aniqlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, qisqa muddatli tekshiruvlar natijasida 725 ta holatda nazorat-kassa mashinalarini qoʻllanishdan boʻyin tovlash (277,0 mln. soʻmlik miqdorda chek urilmagan), 723 ta holatda naqd pul tushumini banklarga topshirmaslik (382,0 mln. soʻm miqdorida), 348 ta holatda xalq isteʼmoli tovarlari bilan noqonuniy savdo qilish (528,0 mln. soʻm miqdorida) holatlari aniqlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat tadbirlarini oʻtkazish vaqtida xalq isteʼmoli tovarlarini ishlab chiqarayotgan 194 ta yashirin sex aniqlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va nazorat organlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashishini tubdan qisqartirish, tekshiruvlarni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish hamda ular faoliyatiga asossiz aralashganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, ana shu asosda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chunonchi, soliq organlari tomonidan tekshiruvlar oʻtkazish rejalashtirilgan 240 ta kichik biznes subyektidan 28 tasi 2011-yilgi tekshiruvlar reja-jadvalidan chiqarilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yilning toʻqqiz oyi mobaynida viloyat soliq organlari tomonidan 622 ta tekshiruv oʻtkazilgan boʻlib, ularning soni 2010-yilning tegishli davridagiga nisbatan 81 taga yoki 12 foizga qisqargan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoidalarini keng tushuntirish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilda 89 ta seminar oʻtkazilgan boʻlib, ularda tadbirkorlik subyektlarining 10,4 ming nafardan ortiq vakili ishtirok etgan. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalarida ushbu mavzuga bagʻishlangan 63 ta chiqish amalga oshirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fargʻona viloyati soliq organlarining faoliyatini oʻrganish jarayonida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlarni oʻtkazish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan tushuntirish ishlarini olib borish tartibini belgilaydigan qonun hujjatlari talablariga rioya etishdagi ayrim kamchiliklar aniqlangan. Xususan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoidalarining maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyati ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishi yetarli darajada taʼminlanmagan. Kameral nazoratni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish zarurligi munosabati bilan ushbu nazoratning oʻtkazilishiga alohida eʼtibor berish talab qilinadi. Ayrim hollarda soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqiy bilimlari darajasini oshirish zarurligi kuzatilmoqda. Soliq organlari mansabdor shaxslarini attestatsiyadan oʻtkazish tartib-taomilini takomillashtirish talab qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini qoʻllash toʻgʻrisida, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha olib borilayotgan axborot-tahlil ishi toʻgʻrisida, shuningdek aksiz soligʻi solinadigan tovarlar hamda kontrafakt mahsulotning noqonuniy aylanishiga, qishloq xoʻjaligi mahsulotini olib, oshirilgan narxlarda sotishga qarshi kurashish borasida koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida aniq axborot taqdim etilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan bajarilishi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari E.F. Gadoyevning axborotida qayd etilganlarni eʼtiborga olib hamda ushbu masala yuzasidan Senat aʼzolari tomonidan bildirilgan takliflarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoidalarining maqsadlari, mazmuni, amaliy ahamiyati ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasin, bunda tekshiruvlarning taʼsirchanligi va samaradorligini yanada oshirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilar bilan munosabatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini keng tatbiq etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kameral nazoratning samaradorligini oshirish yoʻli bilan uning sifatiga alohida eʼtibor bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlarining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslariga nisbatan taʼsirchan javobgarlik choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlar qonun hujjatlari normalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatiga asossiz aralashish holatlariga yoʻl qoʻyilmasligi, tekshirishlarni oʻtkazish samaradorligini oshirish va tartibini takomillashtirish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilayotgan tekshiruvlarning natijalarini tizimli tahlil qilib borsin va samarasiz tekshiruvlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari mansabdor shaxslarini xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlarni oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazishga nisbatan talablarni kuchaytirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining asosiy qoidalarini, ularning huquq va majburiyatlarini, shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni tushuntirish yuzasidan toʻlaqonli va samarali ish olib borilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 va 3-bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-martdagi KQ-704-IV-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (A.S. Altiyev) zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 6-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
273-II-son