Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2001 04.07.1995 yildagi 254-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2001
Hujjat 20.05.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING TAShQI IQTISODIY FAOLIYATNI MUVOFIQLAShTIRISh DEPARTAMENTI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-martdagi 112-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni yaxshilash toʻgʻrisida” 1995-yil 13-iyundagi 219-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-maydagi 248-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash Idoralararo doimiy komissiyasining oʻzgartirilgan tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*3-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari majburiy tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyatga taalluqli yoʻriqnomalar va nizomlarning loyihalarini Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti bilan kelishib oladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy va texnik yordam berish toʻgʻrisida xalqaro tashkilotlarga beriladigan soʻrovlarni faqat Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti orqali yuboradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti tomonidan soʻralgan zarur axborotlar oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish Butun jahon savdo tashkiloti va Ovropa Ittifoqi Komissiyasi bilan ishlash Idoralararo komissiyalarning kotibiyati funksiyasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekistonda Ovropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy yordamni muvofiqlashtirish Byurosi (OʻZOIKBYuRO) va Sarmoyalarga koʻmaklashish xizmati Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining tarkibi boʻlinmalari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament oʻn kun muddatda Oʻzbekistonda Ovropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy yordamni muvofiqlashtirish Byurosi va Sarmoyalarga koʻmaklashish xizmati toʻgʻrisidagi nizomlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar missiyalari tomonidan soʻraladigan axborotni, shu jumladan, mutlaqo maxfiy axborotni belgilangan tartibda taqdim etish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis sessiyalarining materiallari (kelishuv boʻyicha) yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi statistika hisobotlari byulletenlari yuborilishi shart boʻlgan reyestrga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha axborot kompyuter tarmoqlari tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentini Kompyuter aloqasi xalqaro tarmoqlariga, uyali telefon aloqasi va sunʼiy yoʻldosh orqali ishlaydigan televideniye tizimiga ulash, chet el va mamlakatimizning davriy matbuot nashrlariga obuna boʻlishni rasmiylashtirish xarajatlarini toʻlash uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqarmasi bir hafta muddatda Departamentni joylashtirish masalasini hal qilsin, bunda tegishli infrastruktura bilan taʼminlash va ekspertlik guruhlarida ishlash uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning ishlashlari uchun sharoitlar yaratish zarurligini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining boshligʻi maqomi va maishiy hamda tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, Departament boshligʻining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Xodimlarning mansab maoshlariga yuksak malakaliligi, chet tillarni bilganligi va kompyuter texnikasi bilan ishlash malakasiga ega ekanligi uchun belgilangan ish haqi fondi doirasida maxsus ustamalar belgilashga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-fevraldagi 45-son qarorining 3-bandi, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-martdagi 81-son qarori 2-bandining 3-xatboshi, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-oktabrdagi 397-f-son farmoyishi 4-bandining 2-xatboshi va farmoyishga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 4-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
254-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-maydagi 248-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 4-iyuldagi 254-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti (keyingi oʻrinlarda “Departament” deb ataladi) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni yaxshilash toʻgʻrisida” 1995-yil 13-iyundagi 219-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Departamentning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga va uning samaradorligini oshirishga, ushbu maqsadlarda davlat organlari, respublika korxonalari va tashkilotlari ishini muvofiqlashtirishni taʼminlashga, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga, Oʻzbekistonda qulay investitsiya muhiti yaratishga qaratilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan bitimlariga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Departamentning tuzilmasi va maqomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Departament Bosh vazirning tashqi iqtisodiy majmuiga rahbarlik qiluvchi oʻrinbosari rahbarligi ostida ishlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Departament tarkibiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustuvor investitsiya loyihalari boʻlimi kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament tuzilmasiga, shuningdek, mustaqil yuridik shaxslar hisoblangan Oʻzbekistonda Ovropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy yordamni muvofiqlashtirish Byurosi (OʻZOIKBYuRO) va Sarmoyalarga koʻmaklashish xizmati kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Departamentning joriy faoliyatiga maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilgan Departament boshligʻi rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Departament boshligʻi ayni vaqtda tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish boʻlimining boshligʻi hisoblanadigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi. Departament boshligʻining oʻrinbosari maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Boʻlim boshliqlari boʻlim rahbarlari hisoblanadilar, ular maqomi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi boʻlimi mudirlariga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻlimining boshligʻi OʻZOIKBYuRO faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustuvor investitsiya loyihalari boʻlimi boshligʻi Sarmoyalarga koʻmaklashish xizmati faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Boʻlimlarning boshliqlari maqomi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi boʻlim mudirlarining oʻrinbosarlariga tenglashtiriladigan oʻz oʻrinbosarlariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Departament apparati maqomi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining katta ekspertlariga tenglashtirilgan bosh mutaxassislar va maqomi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining ekspertiga tenglashtirilgan yetakchi mutaxassisdan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Katta inspektorlar texnik xodimlarni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Departamentning asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatiga va tashqi iqtisodiy faoliyatning, normativ bazasini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti farmonlari va Hukumat qarorlari bajarilishini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, korxonalarining tashqi savdoni rivojlantirish monitoringining samarali tizimini shakllantirish va respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun chet el sarmoyasini jalb etish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, korxonalarining xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasiga xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar, xorijiy tashkilotlar tomonidan koʻrsatilayotgan moliyaviy va texnikaviy koʻmaklashish ustuvorliklarini va ularga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarning respublikadagi missiyalari faoliyatiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻgʻridan toʻgʻrichet el investitsiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb etilishiga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Departamentning asosiy funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Departament oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy prinsiplarini shakllantirishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda respublikaning boshqa vazirliklari va idoralari tomonidan tashqi iqtisodiy siyosat, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etish sohasida amalga oshirilayotgan kelishilgan tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, korxonalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi faoliyati natijalarini oʻrganadi va umumlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, korxonalari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv va hokimiyat organlari tomonidan xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha kiritiladigan takliflarni Vazirlar Mahkamasi boʻlimlari bilan birgalikda koʻrib chiqadi, ular boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarning, shuningdek, yirik chet el investorlarining iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga doir Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarini puxta ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining tasdiqlash uchun kiritiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi va, eksporti prognozi loyihalarini tahlil qiladi, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha mavjud takliflar toʻgʻrisidagi, shuningdek, ular tomonidan koʻrsatilayotgan texnikaviy yordam va boshqa koʻmaklashish haqidagi maʼlumotlar bankini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasining, vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, korxonalari bilan birgalikda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish dasturlari, investitsiya siyosati, texnikaviy hamkorlik va hamkorlikning boshqa shakllari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prezident farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari shuningdek, Departament mutasaddi boʻlgan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan qarorlar loyihalari va tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha boshqa materiallar oʻz vaqtida taqdim etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar, chet ellik yirik investorlar bilan hamkorlik qilishning amaldagi dasturlari, bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
valyuta va boj bilan tartibga solish respublika tizimlarining faoliyat koʻrsatishni tahlil qiladi, ularni takomillashtirishga doir takliflarni vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining faoliyatini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, korxonalarining tashqi iqtisodiy boʻlinmalari faoliyatini tahlil qiladi hamda ularning ishini yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyat masalalariga daxldor boʻlgan qonunlar loyihalari va boshqa normativ hujjatlar ekspertiza qilinishini tashkil etadi, tashqi iqtisodiy aloqalarning tashkiliy huquqiy mexanizmini takomillashtirishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasi rahbariyati koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik investitsiya loyihalari ekspertizasini, chet el kredit resurslarini jalb etish, texnika bilan qayta qurollantirish dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash, xalq xoʻjaligining u yoki bu tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha takliflarni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarning Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilishiga doir takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda texnikaviy va moliyaviy koʻmaklashish dasturlari amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralarning moliyaviy va texnikaviy koʻmaklashishga doir takliflarini umumlashtiradi hamda xalqaro tashkilotlar va chet el agentliklariga soʻrovlar yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnikaviy hamkorlik va hamkorlikning boshqa turlari dasturlari qanday amalga oshirilayotganligini oʻrganadi, ularning samaradorligini oshirishga doir takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan bitimlar loyihalarini tayyorlaydi va imzolangan bitimlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarning respublikadagi missiyalari faoliyatiga koʻmaklashadi, ularga zarur iqtisodiy axborot tayyorlash va taqdim etish ishini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha hukumatlararo darajada uchrashuvlar, muzokaralarni tayyorlashda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar hamda chet ellik yirik investorlar ishtirokida amalga oshirish uchun taklif etilayotgan investitsiya loyihalarining ustuvorligi boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik investitsiya loyihalari va takliflari boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantiradi, shuningdek, ularni roʻyobga chiqarish monitoringini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulki obyektlari negizida chet el investitsiyasi ishtirokida yirik korxonalar tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borish uchun vaqtinchalik idoralararo guruhlar tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining boʻlimlari bilan birgalikda vazirliklar, idoralarning respublikada va chet elda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Departamentning huquq va burchlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Departament quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha materiallarni Vazirlar Mahkamasi boʻlimlaridan, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalardan, shuningdek, mahalliy boshqaruv va hokimiyat organlaridan soʻrab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi eng muhim muammolar boʻyicha maslahatlashish, ularni oʻrganish va hal etish, ushbu sohada takliflar tayyorlash maqsadida vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining olimlari va mutaxassislarini, shuningdek, xorijiy ekspertlarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va kengashlar ishida, shuningdek, davlatlararo va hukumatlararo hamkorlik masalalari hamda ustuvor loyihalarni tayyorlash boʻyicha muzokaralarda qatnashish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar rahbarlari ishtirokida kengashlar oʻtkazish, ularning hayʼatlari ishida, Vazirlar Mahkamasi majlislarida ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari majlislarida, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalarning kengashlarida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralarning nizomlari va yoʻriqnomalarining tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli qismiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga doir takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralar rahbariyatiga tashqi iqtisodiy faoliyat, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, chet el sarmoyasini respublika iqtisodiyotiga jalb etish masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida topshiriqlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzaro hamkorlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bilan, shuningdek, xalqaro, xorijiy moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar, chet el hukumat muassasalari bilan yozishmalarni, mustaqil yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining axboroti va maʼlumotlar elektron bazalaridan oʻz vakolati doirasida foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Departamentning burchlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar va xizmat eksporti va importi prognozlarining yillik va uzoq muddatli loyihalarini, investitsiya dasturlarini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari ijro etilishi yuzasidan hisobotlarni Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining koʻrib chiqishi uchun taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida ularga yuklangan funksiyalarning bajarilishi ustidan amaliy nazoratni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarning, chet el hukumat muassasalarining va yirik investorlarning oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi takliflarini ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.