Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017 23.11.1992 yildagi 553-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Hujjat 02.08.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi ilova qilingan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Moliya vazirligi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1971-yil 3-sentabrdagi 432-son qarori (OʻzSSR QT, 1971-yil 9-son, 56-modda) “Oʻzbekiston SSR Narxlar qoʻmitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1971-yil 6-sentabrdagi 434-son qarori (Oʻz SSR QT, 1971-yil 9-son 57-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 23-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
553-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasining moliyaviy, monopoliyaga qarshi narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika budjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini taʼminlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Moliya vazirligi respublika budjeti ham daromadlar, ham xarajatlar boʻyicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va boʻlimlari, davlat sugʻurta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Moliya vazirligi oʻz tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini toʻgʻridan toʻgʻri yoki oʻzi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi organlarni boshqarish jarayonida Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasining moliyaviy va narx-navo siyosatini amalga oshirishning birligini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu maqsadlarda Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini kelishilgan yagona moliyaviy, soliq, valyuta, monopoliyaga qarshi va narx-navo siyosatini shakllantirish ishlarini olib borishga, oltin zaxirasini koʻpaytirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining moliyaviy mustaqilligini taʼminlashga, respublika iqtisodiyotini sogʻlomlashtirishga, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida narx-navoni tartibga solishning iqtisodiy usullari rolini kuchaytirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltiradi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq xoʻjaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablagʻ bilan taʼminlaydi, respublika mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyoti uchun moliyaviy negiz yaratadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida respublika moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi, ular faoliyati usullari va shakllarini takomillashtiradi, mazkur organlar xodimlarining kasb mahoratini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar, yoʻriqnomalar, preyskurantlar va boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi va chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika xalq xoʻjaligini, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik va boshqa davlat muassasalarini, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga aʼzolik badallari toʻlashni valyuta bilan taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Moliya vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa meʼyoriy aktlarga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi respublikada moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslari mustahkamlanishini taʼminlaydi, qonun loyihalari boʻyicha moliyaviy xulosa beradi va oʻz huquqi doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonunchilikni qoʻllanish amaliyotini umumlashtiradi, bu qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, oʻz huquq doirasida idoraviy meʼyoriy aktlar chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi oʻz faoliyati jarayonida respublikaning moliyaviy manfaatlariga, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlariga rioya etilishini, shuningdek, Vazirlik tizimida qonunchilik toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING ASOSIY VAZIFALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya tizimining, soliq, monopoliyaga qarshi va narx-navo siyosatining Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol taʼsir koʻrsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning oʻsishini taʼminlash, moliya-kredit vositalarining xoʻjalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirilgan yaxlit xalq xoʻjaligi dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash, zarur moliya, valyuta rezervlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rahbarlikning iqtisodiy usullari, uzoq muddatli meʼyorlar va normativlardan keng foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish, moliyaviy resurslarni rejalashtirish va ulardan foydalanish masalalarini hal etishda markazlashtirilgan asoslarni mintaqalarning oʻzini oʻzi boshqaruvi, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning mustaqilligi bilan qoʻshib olib borish asosida moliya, sugʻurta, narx belgilashning davlat tomonidan boshqarilishini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya va narx mexanizmining aksilxarajat yoʻnalishini oshirish, uni resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni ragʻbatlantirish tomon yoʻnaltirish, nobudgarchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va muomala chiqimlarini kamaytirish, foyda (daromad)ni koʻpaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya, budjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablagʻ bilan taʼminlash usullarini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sugʻurta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli qarori bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qarori bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar, vazirliklar, idoralar, banklar va davlat sugʻurta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish sohasida mahalliy moliya organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solish, monopoliyaga qarshi siyosat, narx belgilash, sugʻurta, valyuta-moliya, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek soliq maslahati boʻyicha faoliyat sohasida qonunchilik va meʼyoriy aktlarni ishlab chiqishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya, soliq, monopoliyaga qarshi siyosat, narx belgilash, sugʻurta, valyuta, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek soliq maslahati boʻyicha faoliyat sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
(8-bandning oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 12-son, 111-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning pensiya taʼminoti sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, ayniqsa pensiyalarni va boshqa tegishli toʻlovlarni tayinlash va toʻlashning belgilangan qoidalarini qoʻllash yuzasidan bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qaroriga muvofiq oʻn ikkinchi—oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING FUNKSIYALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika yigʻma moliya balansining moliyaviy resurslarini shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli budjetdan tashqari pul jamgʻarmalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamgʻarmalariga mablagʻ ajratish kvotalari toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika va mahalliy budjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida hududiy moliya-budjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya-budjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xoʻjaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablagʻ bilan taʼminlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy budjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonunchilikka muvofiq budjetni tuzish va ijro etish ishlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika vazirliklari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika budjetining ijro etilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari tomonidan budjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya qilinishini, shuningdek, banklar tomonidan kapital sarmoyalarni mablagʻ bilan taʼminlashni va budjet mablagʻlari hisobidan roʻyobga chiqariladigan boshqa tadbirlarni nazorat qilishni amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda respublika budjeti ijrosiga tegishli masalalarni hal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilda respublika budjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq xoʻjaligi tarmoqlari va mintaqalar iqtisodiyoti va moliyasi holatini tahlil qiladi, vazirliklar va idoralarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish boʻyicha uslubiy va amaliy yordamlar koʻrsatadi, moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, jamgʻarma fondi va isteʼmol fondi oʻrtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy jihatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kapital qurilish boshqarmalari va boʻlinmalarining buxgalteriya hisobotlari va balanslarini koʻrib chiqadi, ularning moliyaviy faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha talablar qoʻyadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar, tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlarining narx belgilash masalalari boʻyicha monopoliyaga qarshi siyosat va faoliyatini muvofiqlashtiradi; mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning Moliya vazirligiga biriktirilgan nomenklaturasi boʻyicha chegaraviy narxlari va tariflarini tasdiqlaydi; xalq xoʻjaligi tarmoqlarida narxlar va tariflarning toʻgʻri belgilanishi va qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda narxlar ustidan davlat, idoraviy va jamoatchilik nazorati darajasini oshirish choralarini koʻradi;
(9-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishni va tovarlar muomalasi sohasini monopoliyadan chiqarish, parallel tuzilmalar tashkil etish ham shu jumlaga kiradi, shuningdek yuqori monopoliyalashgan xoʻjalik subyektlarini ajratish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlashgan bozorda xoʻjalik subyektlari tomonidan egalik qiluvchi holatni suiisteʼmol qilishga va gʻirrom raqobatga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha MDHga aʼzo boʻlgan boshqa davlatlar bilan xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, erishilgan bitimlarni roʻyobga chiqarish chora-tadbirlarini koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda tashkiliy tuzilmalarning yangi turlarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi va ularning faoliyati masalalarini oʻrganadi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish chogʻida monopoliyaga qarshi ekspertiza oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz materiallari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamiyatlar va isteʼmolchilar ittifoqlari, boshqa jamoat tashkilotlari va fuqarolarning arizalari, prokuratura, sud va xoʻjalik sudi materiallari asosida monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining va narx belgilash tartibining buzilishi hollari boʻyicha ishlarni koʻrib chiqadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(9-bandning oʻn birinchi—oʻn toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini, shuningdek ular tomonidan sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokyerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar reyestrini yuritadi;
(9-bandning oʻn oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-iyuldagi 151-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 270-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida sugʻurta faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokyerlari tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni, shu jumladan Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorning malaka sertifikatini olish uchun talabgorlarga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq maslahatchisi va aktuariyning malaka sertifikatlarini olish uchun oʻqitish dasturini, malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi bilan kelishgan holda — auditorning malaka sertifikatini olish uchun oʻqitish dasturini va malaka imtihonlari topshirish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq maslahatchisi va aktuariyning malaka sertifikatlarini olish huquqi uchun malaka imtihonlarini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi ishtirokida — auditorning malaka sertifikatini olish huquqi uchun malaka imtihonini oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda auditorlik tashkilotini litsenziyalashni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditor, aktuariy va soliq maslahatchisining malaka sertifikatlarini beradi, amal qilishini toʻxtatadi va bekor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli malaka sertifikatlariga ega boʻlgan auditorlar, aktuariylar va soliq maslahatchilari reyestrini hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokyerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchini qayta tashkil etish va tugatishga ruxsatnoma beradi va ruxsatnoma berishni rad etadi, shuningdek ruxsatnoma berish va ruxsatnoma berish rad etilishi tartibini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
(9-bandning oʻn yettinchi— yigirma toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-iyuldagi 151-sonli qarori asosida oʻn yettinchi —yigirma toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 270-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam ravishda narxlar darajasi va oʻzgarishini, bozorlardagi vaziyatni va ulardagi raqobatni yaxlit tahlil qiladi, ana shular asosida bozorning amal qilishini takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat korxonalari va tashkilotlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishdan tushgan mablagʻlarni ulardan belgilangan tartibdagi maqsadlarda foydalanishga safarbar qilishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda pul muomalasini mustahkamlash, soʻmning xarid quvvatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, pul daromadlari va aholi xarajatlarining muvozanatliligini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi, respublika davlat ichki zayomlarini chiqarish va ularni tarqatish, shuningdek, lotereyalar oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozor infrastrukturasini shakllantirish, xalq xoʻjaligini boshqarishda iqtisodiy usullarni kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho qogʻozlar bozorini shakllantirish hamda qimmatbaho qogʻozlar emissiyasi va harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi, moliyaviy bozorni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi; aksionerlik jamiyatlari va cheklangan masʼuliyatli jamiyatlarning yagona reyestrini yuritadi, korxonalarning qimmatbaho qogʻozlarini roʻyxatga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini aniqlaydi va mablagʻ bilan taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmasini yaxshilashga va ularni saqlash xarajatlarini arzonlashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetni muvozanatlashtirish zaruratidan kelib chiqib, soliqlar tizimini respublikadagi boshqa daromadlarni takomillashtirish, davlat moliya mablagʻlarini mustahkamlash, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati hamda fuqarolarning tadbirkorlik ishlari uchun eng maqbul moliyaviy sharoitlarni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bilan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar, chet davlatlar oʻrtasida tuzilgan bitimlarni mablagʻ bilan taʼminlash yuzasidan muzokaralar olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika moliya-valyuta siyosatining asosiy prinsiplarini shakllantirishda qatnashadi, respublikaning valyuta rejasini (toʻlov balansini) tuzadi va ijro etadi, valyuta resurslarini koʻpaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni oqilona taqsimlashni hamda ajratilgan valyuta mablagʻlaridan samarali va maqsadga muvofiq foydalanishni nazorat qilishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini moliyaviy va soliqlar bilan tartibga solishini amalga oshiradi, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoya kelishi uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun respublika Hukumati tomonidan xorijiy kreditlar jalb qilish zarurati boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi, hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, respublika Hukumati tomonidan olingan xorijiy kreditlarning kelib tushishini hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasining tashqi qarzi oʻz vaqtida toʻlanishi va tashqi qarz bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga begʻaraz yordam koʻrsatishi, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash, Oʻzbekistonning MDH davlatlari va xorijiy davlatlardagi elchixonalari konsulxonalari, vakolatxonalari va boshqa diplomatik muassasalarini saqlash bilan bogʻliq aʼmollarni hisobga olishni va ularni mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(9-bandning 27 xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-martdagi 76-sonli qarori bilan chiqarilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning buxgalterlik hisobi va hisobotlari yuzasidan metodologik rahbarlikni amalga oshiradi hamda ularni takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻradi; turli darajadagi budjetlarning ijrosi, budjetdagi muassasalar xarajatlar smetasining ijrosi boʻyicha buxgalterlik hisobini yuritish tartibini belgilaydi; Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda budjetlarning kassa ijrosi boʻyicha hisob-kitob va hisobotlar shakllarini belgilaydi; balansning hisob-kitob moddalari, qimmatbaho narsalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, schyotlarning namunaviy rejalarini, buxgalteriya hisobi va hisobotining namunaviy shakllarini, ularni qoʻllash va toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika va mahalliy budjetlardan mablagʻ bilan taʼminlanadigan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi, respublika budjetini tuzish va ijro etish boʻyicha moliya idoralari ishini yaxlit taftish qiladi, zarurat boʻlganda vazirliklar, idoralar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi;
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugallangan taftish va tekshirish natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur koʻrsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning Vazirlik vakolatiga tegishli xat, taklif, mulohaza va shikoyatlarining oʻz vaqtida va diqqat bilan koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, shuningdek, fuqarolar tomonidan maʼlum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda qimmatbaho metallar bozorining ahvolini tahlil qiladi;
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 242-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ichki isteʼmol qilish va eksport qilish prognozlari hamda balanslarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinadigan mahsulotlar narxlarini belgilash hamda davlat tomonidan xarid qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun hisob-kitob qilish tartibi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
(xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 242-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlikka yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9-sentabrdagi 205-sonli qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 37-38-son, 375-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING HUQUQLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Moliya vazirligi quyidagi huquqlarga egadir:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika vazirliklari va idoralaridan, boshqa boshqaruv organlaridan, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlardan respublika budjeti istiqbolini belgilash, valyuta rejasini tuzish va ularning ijrosini nazorat qilishni amalga oshirish uchun materiallarni, buxgalteriya hisob-kitoblari va balanslarni, moliya-budjet, valyuta va soliq rejalashtirishi, budjetdan va valyuta jamgʻarmasidan sarflanadigan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun boshqa materiallar va hisobotlarni, narx belgilashga oid materiallarni va monopoliyaga qarshi faoliyat olish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit muassasalaridan banklar haqidagi qonunchilikka, ularning Ustavlariga muvofiq muassasalar, korxonalar, tashkilotlarning aʼmollari va schyotlari haqidagi materiallarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlarni qonunsiz ravishda sarf qilganliklari yoki ilgari berilgan mablagʻlarni sarflaganlik toʻgʻrisidagi hisobotlarni va boshqa hisobotlarni taqdim etmaganligi uchun tegishli vazirliklar va idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning rahbarlarini xabardor qilgan holda korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarni budjetdan va valyuta jamgʻarmasidan mablagʻ bilan taʼminlashni cheklab qoʻyish, zarur hollarda umuman toʻxtatish hamda Vazirlik huquqi doirasida amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa jazolarni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq xoʻjaligi tarmoqlarini va ijtimoiy sohani rivojlantirishning budjetni ijro etish davomida paydo boʻluvchi ayrim masalalarini hal qilish uchun respublika budjetida zaxira tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari jamgʻarmalarni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika mintaqalari budjeti boʻyicha vaqtinchalik kassa farqlarini qoplash uchun zarur hollarda ularni joriy yilda qaytarish sharti bilan respublika budjetidan ssuda berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning sakkizinchi toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 24-son, 242-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taftish va tekshirishlar davomida naqd pullarni, qimmatbaho qogʻozlarni, buxgalteriya hisobi reyestrlarini, hisobotlar, smetalar va rejalarni koʻrsatishni talab qilish; soxtaliklar va boshqa suiisteʼmolliklar aniqlangan hollarda hujjatlar yigʻmajildida hujjatni olganlik toʻgʻrisidagi qaydnoma yoki ana shu hujjatning nusxasini, olib qoʻyilgan hujjatlarning reyestrini qoldirgan holda zarur hujjatlarni olib qoʻyish; boshqa muassasalar, korxonalar va tashkilotlardan tekshirilayotgan obyektlarning aʼmollari bilan bogʻliq maʼlumotlarni va hujjatlarning nusxalarini olish, moliyaviy faoliyatning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida ularning rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarning hisobotlari va balanslariga zarur tuzatishlar kiritish yuzasidan takliflar berish, shuningdek, ana shu takliflarni bajarish uchun koʻrilgan chora-tadbirlarni tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarni sotish hajmlari va soliq stavkalarining oʻzgarishi bilan bogʻliq daromadlar va daromad manbalari boʻyicha viloyatlar boʻyicha oʻzgarishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, tashkilotlariga narx preyskurantlari, monopolistik faoliyat, tariflar, ustamalar va chegirmalar loyihalarini, uslubiy koʻrsatmalar va normativlarni ishlab chiqishni topshirish;
(10-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, korxonalari va tashkilotlari oʻrtasida narx belgilash masalasida paydo boʻluvchi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha qaror chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika korxonalari, tashkilotlari, uyushmalari, konsernlarida ularning mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, narxlar va tariflarning toʻgʻri belgilanganligini va qoʻllanilishini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, korxonalari va tashkilotlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilgan holda tasdiqlangan iqtisodiy asoslanmagan narxlar va tariflarni bekor qilish, shuningdek ular tomonidan monopoliyaga qarshi faoliyat boʻyicha qabul qilingan qarorlarni, agar ular amaldagi qonun hujjatlariga yoki belgilangan tartibga zid boʻlsa, bekor qilish;
(10-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotlarida litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qaroriga asosan un yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta tashkilotlari uchun majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta bozori professional qatnashchilari faoliyatini, shu jumladan sugʻurta tashkilotlari tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilinishini tekshirish, shuningdek sugʻurta bozorining professional qatnashchilariga aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, belgilangan iqtisodiy normativlar, shu jumladan toʻlov qobiliyati normativlari buzilganligi uchun ularga sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav sarmoyasi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima solish;
(10-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-iyuldagi 151-sonli qaroriga asosan oʻn oltinchi — oʻn yettinchi xatboshilarga almashtirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 270-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning oʻn sakkizinchi, oʻn toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qaroriga asosan chiqarilgan —OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan taftishlar va talon-toroj, oʻgʻirlik, kamomad, noqonuniy sarf-xarajatlar summasini tekshirish natijasida aniqlangan davlat ulushidan dividendlarning budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi uchun penya va jarimalar boʻyicha budjet daromadiga tushumlarning 10 foizi hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.
(10-bandning oxirgi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-noyabrdagi 520-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 22-son, 223-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlar boʻyicha undirilishi lozim boʻlgan barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushumidan, shuningdek, Davlat budjetining birinchi navbatdagi xarajatlarini (hisoblangan qoʻshimchalar bilan birga ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarni) soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda, daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun tegishli budjetlarga ajratiladigan dotatsiyalar, maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari miqdorlarini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda Andijon, Samarqand va Xorazm viloyatlari mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan miqdorlariga ushbu mintaqalarda shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olgan holda, oʻzaro hisob-kitoblar orqali daromadlar va xarajatlar oʻrtasida yuzaga keladigan kassa uzilishlarini tartibga solgan holda aniqliklar kiritish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 29-yanvardagi 20-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 4-6-son, 42-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING IShINI TAShKIL QILISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlaydigan Vazir boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi. Oʻrinbosarlar oʻrtasidagi vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri vazirlikka yuklatilgan vazifa va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlik faoliyatining alohida sohalariga va Vazirlik tizimidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlar ishiga rahbarlik qilish uchun Vazir oʻrinbosarlarining, Vazirlik mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boshliqlarining masʼuliyati darajasini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Moliya vazirligi oʻz huquq doirasida amaldagi qonunchilik aktlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga asosan va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yoʻriqnomalar, qoidalar, nizomlar chiqaradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vazirliklar, idoralar, shuningdek, oʻz huquq doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar hamda fuqarolar bajarishi majburiy boʻlgan boshqa koʻrsatmalar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi zarur hollarda respublikaning boshqa vazirliklari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma meʼyoriy aktlar chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Moliya vazirligida Vazir (rais) va lavozimi boʻyicha vazir oʻrinbosarlaridan, shuningdek vazirlikning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi hayʼatining aʼzolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Moliya vazirligi hayʼati muntazam oʻtkaziladigan oʻz majlislarida moliyaviy mexanizmni takomillashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etishning, respublika budjeti loyihasi va ijrosini tuzishning asosiy masalalarini hamda Vazirlik faoliyatining boshqa masalalarini, Vazirlik tizimidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlarga amaliy rahbarlik qilish masalalarini, muhim buyruqlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa meʼyoriy aktlarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat qarori, odatda, Vazirning buyrugʻi bilan hayotga tatbiq etiladi. Vazir bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan holda Vazir oʻz qarorini hayotga tatbiq etadi, paydo boʻlgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi, oʻz navbatida hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Moliya-budjetni rejalashtirish va respublika xalq xoʻjaligini mablagʻ bilan taʼminlash metodikasini, buxgalteriya hisobi va hisoboti, nazorat-taftish, soliq maslahati ishlari, narx belgilash masalalari metodologiyasini takomillashtirish borasidagi takliflarni koʻrib chiqish uchun tegishli masalalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy muassasalarning xodimlari, boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat metodologik va boshqa kengashlar tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu kengashlarning tarkibi va ular haqidagi Nizom Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 12-son, 111-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Moliya vazirligi moliya, narx, kredit, pul muomalasi, tovar-pul munosabatlarining butun jami sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning nazariy darajasini, sifatini va amaliy ahamiyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi, xalq xoʻjaligini boshqarish amaliyotida iqtisodiy vositalar va ragʻbatlarning butun majmuidan samaraliroq foydalanishga qaratilgan aniq takliflarni ishlab chiqish uchun iqtisodiy ixtisosdagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasi, xodimlari soni, mehnatga haq toʻlash fondi miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek, uning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari haqidagi nizom Moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Moliya vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 223-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 242-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 4-6-son, 42-modda, 12-son, 111-modda, 21-son, 215-modda; Oʻ 2008-y., 28-son, 270-modda, 37-38-son, 375-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 2010-y., 31-son, 261-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 6-son, 70-modda; 2015-y., 27-son, 355-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda)