Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2024 23.06.1993 yildagi 305-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YoDGORLIKLAR VA HAYKALLARNI LOYIHALAShTIRISh HAMDA OʻRNATIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 312-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni oʻrnatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududida yodgorliklar va haykallar qurish bilan bogʻliq masalalarni hal etish va tartibga solish maqsadida, mehnat jamoalari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning koʻp sonli murojaatlarini eʼtiborga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida buyuk shaxslar sharafiga (vafotidan soʻng) oʻrnatiladigan yodgorliklar va haykallar tanlov asosida loyihalashtiriladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari kiritgan takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilangina oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va ijodiy uyushmalar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yodgorliklar va haykallarni loyihalashtirish hamda oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, barhayot kishilarning nomini abadiylashtirish va ularga yodgorliklar oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi hamda Hududiy-tashkiliy boʻlimi zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 23-iyun,

305-son