19.12.2020 yildagi 36-son
Hujjat 19.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (bundan buyon matnda “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun deb yuritiladi) 3-moddasining birinchi qismiga muvofiq, davlat boji deganda, yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lov tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IPK 139-moddasiga ko‘ra, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza uchun sudga da’vo bilan umumiy tartibda murojaat qilganda nizolashilayotgan summa asosida hisoblab chiqilgan stavkaning ellik foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi.
7. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisiga ko‘ra, qarshi da’vo arizalaridan, shuningdek uchinchi shaxslarning ishga mustaqil talablar bilan kirish haqidagi arizalaridan davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
10. Sudga davlat boji to‘lanmagan da’vo arizasi (ariza) kelib tushganda, sudya qonun bo‘yicha davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan shaxslar ro‘yxatiga da’vogar (arizachi) kirishi yoki kirmasligini tekshirishi shart (“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasi). Agar da’vogar (arizachi) qonunga ko‘ra, davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa va arizada uni to‘lashni kechiktirish haqida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa, shuningdek pochta xarajatlari to‘lanmaganda, sudya to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji, pochta xarajatlari summasini hamda ushbu kamchilik bartaraf qilingandan so‘ng da’vogar (arizachi)ning umumiy tartibda takroran murojaat qilish huquqini ko‘rsatgan holda da’vo arizasini (arizani) qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi (IPK 155-moddasi).
12. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat bojini qaytarish asoslari “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, uning ma’nosiga ko‘ra, davlat boji qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langan bo‘lsa, shu ortiqcha to‘langan qismi, boshqa hollarda esa to‘liq hajmda qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash va ularni davlat foydasiga undirish IPK 118-moddasi bilan tartibga solinadi. Shu sababli sud muhokamasi jarayonida sud (sudya) sud xarajatlari bilan bog‘liq holatlarni tekshirishi, bu holatlar bo‘yicha hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida tegishli xulosalar qilishi va, nafaqat undiruvga bo‘lgan huquqni, balki ish bo‘yicha tarafdan (taraflardan) undirilishi lozim bo‘lgan aniq summani belgilashi hamda shu summani hal qiluv qarorining (ajrimning, qarorning) xulosa qismida ko‘rsatishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
19. IPK 189-moddasiga ko‘ra, sud xarajatlari masalasiga doir qo‘shimcha hal qiluv qarori faqat, bu masala hal qiluv qarori chiqarish vaqtida yechilmagan holdagina chiqarilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 9-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar (2, 20, 21-bandlarida ko‘rsatilgan shaxslardan tashqari) sud hujjatlari ustidan apellatsiya, kassatsiya, nazorat shikoyati bilan murojaat qilganda davlat bojidan ozod etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.