19.12.2020 yildagi 35-son
Hujjat 19.12.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 71-moddasiga ko‘ra, fuqarolik ishi bo‘yicha dalillar deganda, taraflar o‘z talablari va e’tirozlarini asoslayotgan holatlar, shuningdek ishning to‘g‘ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa har qanday holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sud qonunda belgilangan tartibda aniqlashi uchun asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar quyidagilardan olinishi mumkin:
3. Guvohlarni so‘roq qilish sud tomonidan FPK 229 — 231-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Guvohlarning dalillarni ta’minlash yoki sud topshirig‘i tartibida olingan ko‘rsatuvlari sud majlisida o‘qib eshittiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Sudlarga tushintirilsinki, FPK 84-moddasiga muvofiq, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan raqamli, grafik yozuv shaklida bajarilgan, shu jumladan faks, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning haqiqiyligini aniqlash imkonini beradigan o‘zga usulda olingan hujjatlar va materiallar yozma dalillar hisoblanadi.
5. FPK 87-moddasiga ko‘ra, yozma dalillar sudga, qoida tariqasida, asl nusxada yoki tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxada taqdim etiladi. Agar hujjatning ko‘chirma nusxasi taqdim etilgan bo‘lsa, sud zarur hollarda, uning aslini talab qilib olishga haqli. Agar ko‘rib chiqilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi taalluqli bo‘lsa, uning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi taqdim etilishi mumkin. Ishga hujjatning aslini qo‘shib qo‘yish imkoni bo‘lmagan hollarda, sudya hujjatning ko‘chirma nusxasi ustiga uning asliga mosligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi.
FPK 80-moddasining sakkizinchi qismiga ko‘ra, faqat hujjatning yoki boshqa yozma dalilning ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlangan holatlar, basharti taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatning ko‘chirma nusxalari o‘zaro bir xil bo‘lmasa va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlashning iloji bo‘lmasa, isbotlangan deb hisoblanmaydi.
8. FPK 239-moddasiga muvofiq, yozma va ashyoviy dalillarni sudga taqdim etish imkoniyati bo‘lmaganda, ular turgan joyida kuzdan kechirilishi va tekshirilishi lozim. Yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va unga ko‘zdan kechirish paytida tuzilgan rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar, fotosuratlar, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati ilova qilinadi.
10. Protsessual qonun talablariga muvofiq, dalillarni taqdim etish va isbotlash majburiyati taraflarga yuklatilgan. Shu bilan birga sudlar nazarda tutishlari lozimki, qonunda dalillarni taqdim etish majburiyatini taqsimlashga oid umumiy qoidalardan tashqari, ayrim toifadagi ishlar uchun maxsus qoidalar ham belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 111-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni boshqa ishga o‘tkazishning asosliligini isbotlash mas’uliyati ish beruvchiga yuklatiladi, zarar yetkazishda aybi yo‘qligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish majburiyati esa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga muvofiq javobgarga yuklatiladi.
11. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin sud tomonidan hammaga ma’lum deb topilgan holatlar FPK 75-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, isbotlashni talab etmaydi. Hammaga ma’lum holat deganda, jumladan, ham taraflarga va ham ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga aniq ma’lum bo‘lgan fakt tushunilishi lozim.
FPK 75-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq, fuqarolik, iqtisodiy yoki ma’muriy ish bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan faktlar aynan shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlari muhokamasi vaqtida yangidan isbot qilinmaydi va nizolashilishi mumkin emas.
Notarius tomonidan notarial harakat amalga oshirilgan paytda tasdiqlangan holatlar ham, agar notarial tartibda tasdiqlangan hujjatning haqiqiyligi FPK 235 va 236-moddalarida belgilangan tartibda rad etilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda buzilganligi aniqlanmagan bo‘lsa, isbotlashni talab etmaydi (FPK 75-moddasining beshinchi qismi).
Dalillar maqbulligi qoidasi (FPK 74-moddasi) qonun bo‘yicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shart bo‘lgan ish holatlari boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin emasligini anglatadi (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 109-moddasida belgilangan bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik, nizo kelib chiqqanda taraflarni bitim tuzilganligi va uning shartlarini tasdiqlash maqsadida guvohlar ko‘rsatuviga tayanish huquqidan mahrum qiladi).
Dalillar aloqadorligi qoidasi (FPK 73-moddasi) sud tomonidan, faqat nizo predmetiga aloqador holatlarni tasdiqlovchi dalillar ko‘rishga qabul qilinishi mumkinligini anglatadi. Shunga ko‘ra, sudlar barcha hollarda, aynan qaysi holatlar ish bo‘yicha ahamiyatga ega ekanligini va guvohlar ko‘rsatuvlari, yozma yoki ashyoviy dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlab olishlari lozim.
18. Sudlarga tushuntirilsinki, ekspert xulosasidan, agar u FPK talablariga qat’iy muvofiq holda tayinlangan va o‘tkazilgan sud ekspertizasi natijasi bo‘yicha tuzilgan bo‘lsa, mustaqil isbotlash vositasi turi sifatida foydalanilishi mumkin. Protsessual qonun talablariga rioya qilinmagan holda olingan har qanday boshqa xulosalar isbotlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin emas.
20. FPK 80-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sud ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlarni sud majlisida har taraflama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqqandan so‘ng, dalillarga o‘z ichki ishonchiga asoslanib baho beradi.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FPK 80-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, hech bir dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas. Dalil, agar u ishning haqiqiy holatlariga muvofiq bo‘lsa, sud tomonidan qabul qilinadi, yoki, agar ularga muvofiq bo‘lmasa, rad qilinadi. Biror-bir dalilni uning ishonchsizligi sababli rad etganda, sud shu masala bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini asoslashi shart.
22. Muqaddam qabul qilingan sud hujjati bekor qilinganidan so‘ng ishni qaytadan ko‘rishda, agar yangi sud majlisida guvohning ishtirok etishi imkoni bo‘lmasa (betobligi oqibatida, uzoq xizmat safari va boshqalar) sud ilgarigi sud majlisida so‘roq qilingan guvohning ko‘rsatuvlarini, shuningdek oldingi sud majlislarida da’voni ta’minlash (FPK 78-moddasi) va sud topshirig‘i (FPK 103, 104-moddalari) tartibida olingan yozma dalillarni o‘qib eshittirishga va boshqa dalillar majmuida baholashga haqlidir. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, mazkur qoida taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.