Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
2021 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish KONSEPSIYASI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasidagi joriy holat

3-bob. Ochiq ma’lumotlarni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va tamoyillari

4-bob. Ochiq ma’lumotlarning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish

5-bob. Ma’lumotlarning ochiqligini metodik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash

6-bob. Ma’lumotlarning ochiqligini tashkiliy qo‘llab-quvvatlash

7-bob. Ma’lumotlarning ochiqligini axborot-texnologik qo‘llab-quvvatlash

8-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

9-bob. Konsepsiyaning amalga oshirilishi monitoringini olib borish

ILOVA
2021 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish natijasida erishiladigan ASOSIY MAQSADLI KO‘RSATKIChLAR VA INDIKATORLAR

2-ILOVA
2021 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasini 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Portalning maqsadi va vazifalari

3-bob. Portalda joylashtirish uchun taqdim etiladigan ochiq ma’lumotlar to‘plamlariga qo‘yiladigan talablar

4-bob. Portal operatorining huquq va majburiyatlari

5-bob. Portalni texnik qo‘llab-quvvatlovchining huquq va majburiyatlari

6-bob. Ochiq ma’lumotlar to‘plamining pasportini rasmiylashtirish

7-bob. Ochiq ma’lumotlar bilan ishlashda Portal operatori, ochiq ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar va foydalanuvchilarning o‘zaro munosabati tartibi

8-bob. Ochiq ma’lumotlar to‘plamini va ochiq ma’lumotlar to‘plamining pasportini Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish tartibi

9-bob. Ochiq ma’lumotlarni yetkazib beruvchining huquq va majburiyatlari

10-bob. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari

11-bob. Portalni takomillashtirish va uni texnik qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish manbalari

12-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinadigan ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish SXEMASI

2-ILOVA
Ochiq ma’lumotlar to‘plamining pasportini to‘ldirish NAMUNASI

Hujjat 24.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda ochiq ma’lumotlarning oshkoralik va sifati darajasini, ularni fuqarolarga va jahon hamjamiyatiga yetkazish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2021 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasini navbatdagi yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtirish komissiyasi) tomonidan har yil yakuniga qadar tasdiqlanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish ushbu Konsepsiyaga ilovada keltirilgan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
4. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi davlat organlari va tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) fuqarolar va biznes hamjamiyati bilan o‘zaro hamkorligining yangi mexanizmlarini belgilab berdi. Rivojlanishning qabul qilingan ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq jamoatchilik nazorati, fuqarolik jamiyati institutlari roli sezilarli darajada kuchaytirilib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning ochiqligi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Ochiq ma’lumotlarning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish va ma’lumotlarning ochiqligini metodik qo‘llab-quvvatlash

1.

Ochiq ma’lumotlarning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish.

“Ochiq” axborot va ma’lumotlarni aniq belgilash, fragmentlash, takrorlanish va bo‘shliqlar mavjudligining oldini olish maqsadida davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborot va ma’lumotlardan foydalanishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

2021-yil iyun

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2.

Ochiq ma’lumotlar ro‘yxatini shakllantirish, tasdiqlash hamda tasdiqlangan ro‘yxat asosida davlat organlari tomonidan ochiq ma’lumotlar to‘plamlari to‘liq e’lon qilinishi, ularning dolzarbligi monitoringini olib borish.

1. Ustuvor xalqaro ma’lumotlar bazalari ko‘rsatkichlari va nufuzli xorijiy tashkilotlar tavsiyalarini, shuningdek, foydalanuvchilarning taklif va ehtiyojlarini inobatga olgan holda ochiq ma’lumotlar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil yanvar

Davlat statistika qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Ochiq ma’lumotlar ro‘yxatini zaruratga ko‘ra, biroq yiliga bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritish.

Har yili 1-dekabrga qadar

3. Tasdiqlangan ro‘yxat asosida davlat organlari tomonidan ochiq ma’lumotlar to‘plamlari to‘liq e’lon qilinishi hamda ularning dolzarbligi monitoringini olib borish.

Doimiy ravishda

3.

Ochiq ma’lumotlarni rivojlantirish sohasida xalqaro hujjatlar imzolanishini tashkil etish va ularni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro ochiq ma’lumotlar Xartiyasi”ga qo‘shilishi bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.

1. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro ochiq ma’lumotlar Xartiyasiga a’zo bo‘lishi yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish.

2021-yil fevral

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2. O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro ochiq ma’lumotlar Xartiyasi tamoyillarini joriy qilish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritish.

2021-yil sentyabr

4.

Ochiq ma’lumotlar sohasini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish.

Metodik bazani umume’tirof etilgan ilg‘or xalqaro standartlar va tavsiyalar, shu jumladan, shartnomalar bo‘yicha ochiq ma’lumotlar standarti, moliyalashtirish bo‘yicha ochiq standart, yordam ko‘rsatishning shaffofligi bo‘yicha xalqaro tashabbus asosida takomillashtirish.

2021-yil dekabr

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Ochiq ma’lumotlarni baholash mexanizmini yaratish

1. Ochiq ma’lumotlar sifatini baholash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

2021-yil may

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Ekspert baholari, yuklamalar bo‘yicha statistik ma’lumotlar, foydalanuvchilarning Internet so‘rovlari, qidiruv so‘rovlari natijalari, jismoniy va yuridik shaxslardan ochiq ma’lumotlarni olish bo‘yicha so‘rovlar asosida joylashtirilgan ma’lumotlar to‘plamiga bo‘lgan talabni baholash tartibini ishlab chiqish.

2021-yil sentyabr

6.

Yagona ma’lumotlar tuzilmasini shakllantirish.

1. Ochiq ma’lumotlarning shakllanishini hisobga olgan holda ularni takomillashtirishning talab qilinadigan darajasi va davriyligi, shu jumladan, ochiq ma’lumotlar to‘plamlarida yagona ma’lumotnomalar va tasniflagichlardan foydalanishni tartibga solish masalasini nazarda tutgan holda ochiq ma’lumotlar tuzilmasining tavsifini unifikatsiya qilish.

2021-yil may

Davlat statistika qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Ochiq ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarning ushbu yaratilgan yagona struktura orqali ma’lumotlarni shakllantirishni ta’minlash.

Doimiy ravishda

Manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Ma’lumotlarning ochiqligini tashkiliy qo‘llab-quvvatlash

7.

Ma’lumotlardan foydalanishni rag‘batlantirish va natijalarni keng jamoatchilikka taqdim etish.

1. Etakchi ekspertlarni jalb qilgan holda ochiq ma’lumotlar bo‘yicha respublika va xalqaro konferensiyalar hamda sammitlarni tashkil etishni joriy qilish.

Doimiy ravishda

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Ochiq ma’lumotlar kuni “Open Data Day”ni o‘tkazish.

2021-yil mart

3. Ochiq ma’lumotlar haftaligi “Open Data Week”ni o‘tkazish.

2021-yil dekabr

4. Ilg‘or xalqaro tajribadan foydalangan holda ochiq ma’lumotlar bilan ishlovchi mas’ul rahbar va xodimlarni o‘qitishni tashkil etish.

Aloh�da grafikka muvofiq

5. Ochiq ma’lumotlar bo‘yicha hamjamiyatni shakllantirish va Internet jahon axborot tarmog‘ida ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda faoliyat yuritayotgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar bozorini yaratish va takomillashtirish maqsadida “Open Data Challenge” va “Xakaton”kabi tadbirlarni tashkil etish.

Doimiy ravishda

6. O‘tkazilgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish hamda mahalliy va xorijiy foydalanuvchilar ochiq ma’lumotlardan foydalanishini ommalashtirish.

Doimiy ravishda

8.

O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma’lumotlar sohasidagi xalqaro nufuzli reytinglarda ishtirokini ta’minlash.

Ma’lumotlarning ochiqligi, rivojlanish darajasi va mavjudligi, jumladan, istiqbolli xalqaro reyting va hisobotlarda mamlakatning mavqeyini yaxshilash hisobiga xalqaro maydonda mamlakat obro‘sini mustahkamlash bo‘yicha ishlar olib borish.

Doimiy ravishda

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. Ma’lumotlarning ochiqligini axborot-texnologik qo‘llab-quvvatlash

9.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish hamda Ochiq ma’lumotlar portali faoliyati sifatini oshirish maqsadida Portalning infratuzilmasi va dasturiy platformasini modernizatsiya qilish.

1. Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqinini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2021-yil fevral

Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqinini ishlab chiqish bo‘yicha ijrochini aniqlash.

2021-yil mart

3. Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqinini ishga tushirish.

2021-yil iyul

10.

Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini takomillashtirish.

1. Portalning funksional vositalarini rivojlantirish, ochiq ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish uchun foydalanuvchilar jamoasini jalb qilishda kraudsorsingdan keng foydalanish.

Doimiy ravishda

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

2. Davlat organlarining axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan elektron ma’lumotlarni o‘rganish jarayonida ochiq ma’lumotlar ro‘yxatini shakllantirish tartibini qayta ko‘rib chiqish.

Zaruratga ko‘ra, yiliga bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda

11. Portalda e’lon qilinadigan ma’lumotlar “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi to‘g‘risida” va “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida shakllantiriladi.
ustuvor xalqaro ma’lumotlar bazalari ko‘rsatkichlari va sohalar bo‘yicha nufuzli xorijiy tashkilotlar tavsiyalari, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari, shuningdek, Portaldan foydalanuvchilarning taklif va ehtiyojlarini inobatga olib Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shu jumladan, e’lon qilingan ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini yangilash va dolzarbligi masalalari bo‘yicha takliflarni o‘rganib chiqish;
41. Mazkur Nizomning 40-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan moliyalashtirish manbalari tomonidan yig‘ilgan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi