O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarorida:
“41. Investitsiya loyihasini markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash har qaysi obyekt bo‘yicha ajratilgan kapital qo‘yilmalar limitlari doirasiga qat’iy amal qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan titul ro‘yxati asosida amalga oshiriladi”;
b) 6-ilovaning 9-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi “a” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Davlat bojxona qo‘mitasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlarni chet eldagi korxona orqali eksport qilinishi hisobini yuritish maqsadida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat statistika qo‘mitasiga tegishli statistik ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek texnik ko‘maklashish mablag‘lari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“Har yili 31-maydan kechikmasdan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kelgusi yilda donorlar tomonidan moliyalashtirish nazarda tutilayotgan texnik ko‘maklashishning ustuvor loyihalari ro‘yxati tayyorlanadi hamda Moliya vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.”;
“6. Har yili 25-yanvardan kechikmasdan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilda amalga oshirish uchun donorlar bilan oldindan ishlab chiqiladigan loyihalar ro‘yxati tayyorlanadi va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10-fevralgacha tasdiqlanadi”;
“7. Yangi loyiha taklifini ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatlarga kiritish uchun loyiha tashabbuskori bo‘lgan vazirlik yoki idora yoxud texnik ko‘mak oluvchi (ijro etuvchi agentlik) loyiha taklifini (o‘zbek/rus va ingliz tillarida) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Loyiha taklifi pasportini ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kiritadi.
Donorning o‘zi loyiha tashabbuskori bo‘lgan taqdirda, u O‘zbekiston Respublikasi hududida donorning/vakilining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik yoki idora/donor orqali (bunday vazirlik yoki idora bo‘lmagan taqdirda — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga) loyiha taklifini ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Loyiha taklifi pasportini ilova qilgan holda, keyinchalik ko‘rib chiqish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuborish uchun, taqdim etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyiha taklifi olingandan keyin o‘n kun muddatda, tahlil o‘tkazish asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyiha taklifini ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa taqdim etadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududida donor faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul vazirlik/donorning vakili hisoblangan taqdirda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi loyiha taklifi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyiha taklifini ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa taqdim etadi.
Zarur bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan loyiha takliflarini ko‘rib chiqish uchun loyihani amalga oshirishning mo‘ljallanayotgan sohasiga aloqador bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralarni jalb qilishga haqlidir”;
19-banddagi “Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazish qoidalarining 3-bandidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi yuzasidan javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qarorida:
10-bandning oltinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 7 — 9-pozitsiyalari “Axborot qayerga taqdim etiladi” ustunidagi hamda 10-pozitsiyasi “Axborot beruvchi organ (subyekt)” ustunidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 3-bandi oltinchi xatboshidagi “iqtisodiyot” so‘zi “iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 48-bandidagi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
3-bandning birinchi — uchinchi xatboshilaridagi, 11, 12, 14-bandlaridagi, 15-bandning uchinchi xatboshidagi, 16-bandning ikkinchi xatboshidagi, 17-bandning “b” kichik bandidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“13. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga har oyda namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy obyektlarini qurishning sifatini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot taqdim etadi.”;
“18. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga qurilayotgan uy-joy mavzelarida elektr ta’minoti va gaz ta’minoti obyektlari qurish to‘g‘risidagi axborotni har oyda taqdim etadilar.”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 20-bandi ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandi beshinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi tanlovi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada ko‘mir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 2-iyuldagi 177-son qarorida:
a) 8-banddagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) rus tilidagi matnda berilgan 5-ilovaning 5-bandi uchinchi xatboshidagi, 7-bandidagi “ekonomiki” so‘zi “ekonomicheskogo razvitiya i sokraщeniya bednosti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) rus tilidagi matnda berilgan 6-ilovaning 5-bandi birinchi xatboshidagi va 6-banddagi “ekonomiki” so‘zlari “ekonomicheskogo razvitiya i sokraщeniya bednosti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomda:
uchinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-bandning 1-kichik bandidagi “Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Shifokorlarni muntazam attestatsiyadan o‘tkazish va oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini belgilash tizimini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 21-yanvardagi 14-son qarori 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-iyundagi 185-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 243-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
7-bandning uchinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“davlat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalarining;”;
54-bandning beshinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Kommunxizmat” agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarorida:
a) 1-ilovaning 10-bandi “v” kichik bandining o‘n yettinchi xatboshidagi va “g” kichik bandi sakkizinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 9-bandi ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-iyuldagi 479-son qarorining 8-bandidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarorining 3-bandidagi “Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida Dermatovenerologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-iyuldagi 563-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda — Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun chet davlatlarning, xalqaro moliyaviy institutlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlarini hamda budjetdan tashqari boshqa mablag‘larni jalb etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin.”.
23. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 28-oktabrdagi 877-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 8, 9, 14, 21, 25-bandlaridagi, 28-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 33-bandidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarori 5-bandining birinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi, 3-bandning birinchi xatboshidagi, 6-bandning ikkinchi xatboshidagi, 7-banddagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning I, III-VI va IX bosqichlari “Chora-tadbirlar” va “Mas’ul ijrochilar” ustunlaridagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovaning 25 va 28-bandlaridagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatida:
1-bo‘limning 10-bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bo‘limning 17-bandidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi 1036-son qarori bilan tasdiqlangan Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarning reytingini aniqlash, shuningdek, ularga ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 20-bandidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining “2018 — 2022-yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 5-yanvardagi 9-son qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining “Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi 124-son qarorining 5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
30. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlarining faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 21-fevraldagi 133-son qarorining 7-bandidagi “Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 61-bandidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandidagi “Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zbekenergo” AJ” so‘zlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Energetika vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyundagi 422-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 20-bandidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 11-iyundagi 436-son qarorining 3-bandidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining “Veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-iyuldagi 564-son qarorining 4-bandidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyatida o‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 24-iyuldagi 568-son qarorining 10-bandi birinchi xatboshidagi “Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-avgustdagi 668-son qarorida:
“3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tanlov g‘oliblari reytingi har yili 1-maygacha ommaviy axborot vositalarida chop etilishini va ularga tegishli sertifikatlar hamda pul mukofotlari topshirilishini ta’minlasin”;
“8. Komissiya tarkibiga, odatda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi vakillari kiritiladi”.
38. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 671-son qarori bilan tasdiqlangan Istirohat bog‘lari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi to‘g‘risidagi nizomda:
“24. Tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy organlari (yoki vakolatlar ular tomonidan tuman (shahar) bo‘g‘inlariga chegaralanadi), shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari kiradigan tanlov komissiyasi kamida ikki ishtirokchidan ariza tushganda tanlov o‘tkazadi.”
“lavozimi bo‘yicha — tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i”.
39. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-oktabrdagi 803-son qarorida:
a) 5-banddagi “Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 20-bandi ikkinchi xatboshidagi va 21-banddagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-oktabrdagi 841-son qarorida:
a) 5-bandning “a” kichik bandidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul ijrochilar” ustunidagi 1.1-1.2, 1.4-1.5, 1.a-1.b, 2.b-2.c, 3.c, 4.4, 7.1 — 8.4, 8.9-8.10, 9.1 — 9.3, 9.5 — 9.b, 10.1,10.4, 11.1-11.2, 12.b — 13.2, 15.9, 17.1, 17.4, 17.13, 17.18 vazifalaridagi “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul ijrochilar” ustunidagi 16.5 vazifalaridagi “Bosh prokuratura” so‘zlari “Korrupsiya qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi 1-kichik bandi ikkinchi, uchinchi, o‘n sakkizinchi, yigirmanchi xatboshilaridagi, 9-kichik bandi to‘qqizinchi, o‘n birinchi, o‘n ikkinchi xatboshilaridagi, 15-kichik bandi sakkizinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 6-banddagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning “Mas’ullar” ustunidagi 1 va 2-bosqichlarida “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
43. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi 16-son qarorining 5-bandidagi “Iqtisodiyot” so‘zi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
44. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 22-martdagi 242-son qarorida:
a) 4-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 33-bandi uchinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
45. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2022-yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 24-iyuldagi 622-son qarorida:
a) 14-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. Xo‘jayev” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J. Qo‘chqorov” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“4. A.J. Ortikov — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari”.
47. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qarori bilan tasdiqlangan Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
48. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayrim hududlarda yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-oktabrdagi 855-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) rus tilidagi matnda berilgan ilovaning 3.1-pozitsiyasida “Meropriyatiya” ustunidagi “Minekonomprom (Karimov U.)” so‘zlari “Minekonomrazvitiya (Abdinazarov B.)” so‘zlari bilan hamda “otvetstvennie za kontrol” ustunidagi “Minekonomprom (Xodjayev B.)” so‘zlari “Minekonomrazvitiya (Ortikov A.)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
49. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamg‘armalari ro‘yxatining 12-bandidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
50. Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida” 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “2020-yil 1-fevralga” so‘zlari “2021-yil 1-martga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning birinchi xatboshidagi va 7-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan, shuningdek, 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Urbanizatsiya agentligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari O.B. Rustamovga — huquqiy eksperimentni davom ettirish jarayonida mas’ul tashkilotlarning faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek huquqiy eksperimentning tizimli monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori X.S. To‘raxo‘jayevga — elektron onlayn-auksionga qo‘yilishi mo‘ljallangan bo‘sh turgan yer uchastkalari bo‘yicha hujjatlar sifatli tayyorlanishi va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi;
Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayevga — huquqiy eksperimentni amalga oshirish doirasida hududiy tashkilotlar faoliyati samarali tashkil etilishi va safarbar qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.”;
“12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayev zimmasiga yuklansin”;
22-bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“20. Yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallar xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining boshlang‘ich narxi va uning investitsiya majburiyatlari aniqlanganidan so‘ng avtomatik ravishda kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) yuboriladi va bir ish kuni mobaynida:
Jamg‘arma yer uchastkalarini tanlash materiallarining ro‘yxatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi;
Vazirlik yangi shaharlar, ishlab chiqarish zonalari va uy-joy massivlari qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha kelishadi”;
“25. Auksionlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar va lot haqidagi axborot ular boshlanishidan oldin 15 kalendar kundan kechikmay operatorning veb-portalida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining veb-saytida joylashtiriladi.
Auksionlarda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron buyurtmanomani taqdim etish va zakalat kiritish orqali ishtirok etiladi.”;
61-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan, shuningdek, oltinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
51. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomning Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash bo‘yicha metodikaga 1-ilova 17-pozitsiyasining “Ma’lumotlarni kiritish uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar” ustunidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
52. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 16-martdagi 156-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda” so‘zlari chiqarib talansin.
53. Vazirlar Mahkamasining “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-martdagi 170-son qarorida:
a) 1-ilovaning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi 4 va 16-pozitsiyalardagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunining 1-pozitsiyasidagi hamda “Subyektlar” ustunining 2 va 3-pozitsiyalaridagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatining Toshloq shaharchasida “DEU Tekstil Kompani” to‘qimachilik kombinatini ishga tushirish to‘g‘risida” 1997-yil 18-iyundagi 311-son qarorining 2-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 9-sentabrdagi 387-son qarorining 3-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Chinoz to‘qimachi LTD” O‘zbekiston — Yaponiya — Turkiya qo‘shma korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1999-yil 29-yanvardagi 44-son qarorining 7-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oyim tekstil” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 7-martdagi 114-son qarorining 8-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Besteks” qo‘shma korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 6-sentabrdagi 363-son qarorining 3-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklarini mablag‘ bilan ta’minlash, moddiy-texnik ta’minlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 10-sentabrdagi 366-son qarorining 7-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Aholini vatanimizda ishlab chiqarilgan un va non mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 25-martdagi 155-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomning 48-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 31-maydagi 450-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 20-yanvardagi 36-son qaroriga ilovaning 5-bandi.