O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining
Qarori
OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar ro‘yxati va kasb turlari to‘g‘risidagi
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 25-yanvarda 881-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2014-yil 23-apreldagi 6, 8-q/q, 17-2“o”-sonli “OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar ro‘yxati va kasb turlari to‘g‘risida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 881-1, 07.05.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar ro‘yxati va kasb turlari.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushma Federatsiyasi Kengashi qaror qiladilar:
1. OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar ro‘yxati va kasb turlari tasdiqlansin:
TAShHIS VA DAVOLASh/PROFILAKTIK MUOLAJALAR BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN IShLAR:
Azigografiya,
Abssessografiya,
Intubatsiya,
Endoskopiya,
Bronxoskopiya,
Ezofagoskopiya,
Rektoromanoskopiya,
Kolonoskopiya,
Inyeksiyalar,
Dializ,
Gemotransfuziya,
Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakni zond bilan tekshirish va ichaklarni yuvish,
Janne shpritsi bilan yuvish,
Allergik tekshirish,
Punksiyalar,
Veneseksiya,
Kateterizatsiya,
Vaksinatsiya,
Igna sanchish,
Qon olish,
Qon va biologik suyuqliklarni tekshirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish muassasalari,
Tirik shaxslarni sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazish,
Tibbiyot va kosmetik asboblarni yuvish.
TIBBIY YORDAM KO‘RSATISh BO‘YIChA IShLAR
Jarohat, yaralarni bog‘lash va yuvish,
Kuygan bemorlarga yordam ko‘rsatish.
TRANSPLANTATSIYA VA XIRURGIK OPERATSIYALAR
To‘qima va a’zolar,
Kosmetik va plastik operatsiyalar.
AKUShER-GINEKOLOGIK MUOLAJALAR
Tug‘ish,
Abort,
Operatsiya,
Muolajalar.
XALQQA XIZMAT KO‘RSATISh IShLARI MUASSASALARI
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va muddati yetmay tug‘ilgan hamda og‘ir bemorlarni parvarish qilish,
Maktabgacha bo‘lgan bolalar bilan ishlash va tarbiyalash.
STOMATOLOGIK IShLAR
Xirurgik,
Terapevtik,
Ortopedik.
DONORLIK, QON VA QON MAHSULOTLARINI TAYYORLASh
Qon, uning mahsulotlari va boshqa biologik suyuqliklar,
Ko‘krak suti,
A’zolar,
To‘qima,
Sperma.
VAKSINA VA FARMATSEVTIK MAHSULOTLAR IShLAB ChIQARISh
Dori mahsulotlari,
Vaksinalar,
Biomahsulotlar va kosmetik vositalar.
MUOLAJALAR
Qo‘l bilan uqalash.
AHOLIGA KOMMUNAL-MAIShIY XIZMAT KO‘RSATISh KORXONALARI
Kosmetik muolajalar,
Soch va soqol olishlar,
Manikyur,
Pedikyur.
KONTAKT SPORT TURLARI
Boks,
Kurash,
Sharqona yakka kurash,
Qo‘l jangi.
2. OIV/OITS VICh/SPID bilan zararlangan ishchilar va bemorlar ishlab turgan tashkilotida ish faoliyatini davom ettirish mumkin, lekin yuqorida qayd etilgan kasb hunarlarda ishlashlari taqiqlanadi.
3. OIV/OITS VICh/SPID bilan zararlangan va bemorlar ishlashlariga yo‘l qo‘ygan tashkilotlarda javobgarlik shu tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Odamni immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning oldini olish to‘g‘risida”gi 1999-yil 19-avgustdagi Qonunni buzganligi uchun tashkilot rahbarlari shaxsan javobgarlikka tortiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi shu qarorni, barcha sog‘liqni saqlash muassasalariga, maktabgacha tarbiya muassasalariga, kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalariga va sport qo‘mitalariga yetkazishi yuklantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri F. G‘. NAZIROV
O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushma Federatsiyasi Kengashi Raisi D.N. JOXONGIROVA
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri Sh.G. IBRAGIMOV