O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 26 MARTDAGI 164-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Buxgalteriya hisobotini taqdim etish jarayonini tartibga solish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martdagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
41-bandning birinchi xatboshidagi “100000 so‘mdan” so‘zlari “eng kam oylik ish haqining o‘n besh baravaridan so‘zlari bilan almashtirilsin;
47-bandning “b” kichik bandidagi “100000 so‘m” so‘zlari “eng kam oylik ish haqining o‘n besh baravari miqdori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
76-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Korxona (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) yillik buxgalteriya hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechikmay, yil choragi hisobotini esa hisobot davri tugagandan so‘ng 25 kundan kechiktirmay taqdim etadi”.
2. Mazkur qaror 1996-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 18-dekabr,
461-son