03.12.2020 yildagi O‘RQ-653-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.02.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 20-noyabrda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi 3561-XI-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 167-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 257-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 335-modda; 2011-yil, № 10, 274-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 5-moddasidagi “maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini” degan soʻzlar “maktabgacha taʼlim tashkilotlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi 513-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-394-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 9, 340-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 8-modda ikkinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etadi hamda oʻtkazadi, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 10-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 32-moddaning birinchi qismidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” degan soʻzlar “olimpiya zaxiralari kollejlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi OʻRQ-982-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda) 198-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“198-modda. Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish natijasida ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni qonunga xilof ravishda kesish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdorining yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 5-moddaning uchinchi xatboshisidagi “90, 109, 110, 161, 162-moddalariga” degan soʻzlar “90, 109, 110, 161-moddalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 79-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“79-modda. Daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yoki oʻzlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrmaganlik, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Maishiy va qurilish chiqindilari poligonlariga joylashtirilishi kerak boʻlgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 162-modda chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 245-moddaning birinchi qismidagi “77-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 901, 94, 99, 100, 101 (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida), 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida” degan soʻzlar “77-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 79-moddasining ikkinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 901-moddasida, 911-moddasining toʻrtinchi qismida, 94, 99, 100, 101 (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida), 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) 261-moddaning birinchi qismidagi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“78, 79, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida” degan soʻzlar “78-moddasida, 79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“91, 911, 912, 913, 92, 93, 95-moddalarida” degan soʻzlar “91-moddasida, 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 912, 913, 92, 93, 95-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“162-moddasida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) 287-moddaning 5-bandidagi “162” raqami chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) 291-modda birinchi qismining “v” kichik bandidagi “162” raqami chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-987-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 2-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265, 267-moddalar, № 9, 589, 592-moddalar) 19-moddasining birinchi qismidagi “maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar va boshqa muassasalarda” degan soʻzlar “maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, maktablarda va boshqa muassasalarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 8, 469-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 199-modda, № 10, 593-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 83-moddaning toʻrtinchi qismidagi “maktabgacha taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “maktabgacha taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 149-moddaning uchinchi qismidagi “Muassasalarning (maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim muassasalari, davolash muassasalari va boshqa muassasalarning), fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari” degan soʻzlar “Tashkilotlarning (maktabgacha taʼlim tashkilotlarining, umumtaʼlim muassasalarining, davolash muassasalarining va boshqa muassasalarning), fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 384, 385-moddalar; 2018-yil, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 11, 652-modda) 6-moddasining toʻrtinchi qismidagi “koʻpi bilan besh nafar shogirdni” degan soʻzlar “shogirdlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 215-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 84-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 11, 791-modda) 11-moddasining beshinchi qismidagi “ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalariga” degan soʻzlar “koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-226-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 340-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda) 18-moddasining toʻrtinchi qismidagi “Maktabgacha taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-252-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 233-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 5-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilayotganda ularning arxiv hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirilishi kerak”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 17-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“17-modda. Arxivlarning turlari va toifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arxivlar davlat va nodavlat arxivlari turlarida tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat arxivlari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy arxivlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
markaziy davlat arxivlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat va tuman (shahar) davlat arxivlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoq davlat arxivlari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismidagi “Davlat arxivlari” degan soʻzlar “Milliy arxivlar, markaziy, viloyat, tuman (shahar) davlat arxivlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tarmoq davlat arxivlari tegishli vazirlikning, davlat qoʻmitasining yoki idoraning faoliyati natijasida yaratilgan arxiv hujjatlari bilan jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat arxivlar qonunchilikda belgilangan tartibda jamlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi — yettinchi qismlari tegishincha beshinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 24-moddaning ikkinchi qismi “davlat arxivlariga” degan soʻzlardan keyin “elektron koʻchirma nusxalari bilan birga, alohida qimmatga ega boʻlgan va noyob hujjatlar uchun esa sugʻurta nusxalari bilan birga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat arxivlarining binolari mazkur arxivlarni arxiv hujjatlarini saqlashni va ulardan foydalanishni tashkil etish talablariga javob beradigan binolar bilan taʼminlamasdan turib boshqa shaxsga oʻtkazilmasligi lozim”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi — oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 63-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, umumtaʼlim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlarida va boshqa taʼlim muassasalarida saqlab turilganligi uchun”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 72-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini” degan soʻzlar “shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, umumiy oʻrta taʼlim, maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-589-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 883-modda; 2020-yil, № 5, 297-modda) 21-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismning ikkinchi xatboshisidagi “maktabgacha taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “maktabgacha taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi qismning ikkinchi xatboshisidagi “umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalarini” degan soʻzlar “umumtaʼlim muassasalarini va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 243-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga qarash boʻyicha xizmatlarni”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 376-modda birinchi qismi 1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“soliq toʻlovchining bolalarini maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻqitish, tarbiyalash haqini toʻlash”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda) ilovasi quyidagi mazmundagi 49-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

49. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji

a) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish (tola va urugʻ)

BHMning 3000 baravari

b) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida olib kirish (olib chiqish) (tola va urugʻ)

BHMning 200 baravari

v) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida qayta ishlash (tola va urugʻ)

BHMning 200 baravari

g) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida saqlash (tola va urugʻ)

BHMning 200 baravari

d) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida realizatsiya qilish (berish) (tola va urugʻ)

BHMning 200 baravari

e) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida olish (tola va urugʻ)

BHMning 200 baravari

j) tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida tashish (tola va urugʻ)

BHMning 200 baravari

.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-mayda qabul qilingan OʻRQ-621-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sogʻlom turmush” medali toʻgʻrisidagi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 5, 300-modda) 1-bandining beshinchi xatboshisidagi “maktabgacha taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “maktabgacha taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 3-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-653-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son; 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son; 25.03.2026-y., 03/26/1123/0271-son)