03.12.2020 yildagi PF-6121-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalari va mol-mulkni soliqqa tortishni yanada takomillashtirish, ularni baholash va hisobini yuritishda zamonaviy usullarni joriy qilish, yer va suv resurslari, yer qaʼridan qazib olinadigan foydali qazilmalardan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligini yanada oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer soligʻi stavkasiga 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangan, Toshkent shahri boʻyicha esa Soliq kodeksida belgilangan yer soligʻi stavkalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tayyorlashda yer soligʻi stavkalarini respublikaning hududlari kesimida nazarda tutsin. Bunda, 2021-yilda soliq yukining keskin oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2020-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi summasi 2020-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2021-yilda resurs soliqlari va mol-mulk soliqlarini yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon xoʻjaliklari va meva-sabzavotchilik qishloq xoʻjaligi korxonalariga yer soligʻini hisoblashda yer soligʻi stavkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun oʻrnatilganidek belgilagan holda, joylashgan joy va yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekin turlari koeffitsiyentlari hamda qishloq xoʻjaligi ekinzorlari normativ qiymatidan kelib chiqib hisoblash tartibini joriy etish orqali qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarga soliq solish tartibini birxillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha turdagi chiqindilarni saqlash va ularni utilizatsiya qilish uchun ajratilgan yer uchastkalarini yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi uchun soliq solish obyektidan chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli suvni hisoblash hisoblagichlari mavjud boʻlganda, ishlab chiqarish jarayonida agregatlarni (turbinalarni) sovutish uchun suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliqqa tortish bazasini tabiiy suv obyektlaridan olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib tashlangan suv hajmi oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib hisoblash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini 2020-yil darajasida saqlab qolish, qishloq xoʻjalik yerlarini sugʻorish va baliqlarni koʻpaytirish (yetishtirish) uchun foydalanilgan suv hajmi qismida esa, shu jumladan dehqon xoʻjaliklariga 1 kub metr uchun 40 soʻm miqdorida yagona soliq stavkasini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda turli maqsadlarda foydalaniladigan suv resurslari hajmining hisobini alohida-alohida yuritish tartibini kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan soliq organlariga foydali qazilmalar zaxirasi harakati toʻgʻrisidagi hisobotni yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha yillik soliq hisobotini taqdim etish bilan bir vaqtda, soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron koʻrinishda taqdim etish tartibini belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B.F. Islamov) Moliya vazirligiga respublika hududida foydali qazilmalarni qazib olish uchun beriladigan litsenziyalar monitoringi asosida ular boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini belgilashga doir takliflarni kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat soliq qoʻmitasiga foydali qazilmalarni haqiqiy qazib olishga nisbatan qoʻllaniladigan va foydali qazilmalarni meʼyordan ortiq yoʻqotish toʻgʻrisidagi geologik-marksheyderlik maʼlumotlarining haqqoniyligini nazorat qilish uchun zarur uskunalarni xarid qilgan holda viloyatlar soliq boshqarmalarining shtat birliklari doirasida 3 shtat birligigacha marksheyderlarni jalb qilish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq organlariga vakolatli organ va sudlarga yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan soliq qonunchiligi muntazam ravishda buzilgan va (yoki) foydali qazilmalar zaxirasi harakati toʻgʻrisidagi hisobot taqdim etilmagan taqdirda litsenziyani chaqirib olish yoki toʻxtatib turish masalasi boʻyicha tashabbus bilan chiqish vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2021-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlaridan tashqari, tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Xavfsiz daryo” DUKga daryo oʻzanlarini tozalash natijasida olingan qum-shagʻal materiallarining har bir kub metri uchun toʻlov miqdori shartnoma tuzilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizidan 0,1 foiziga tushirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) manfaatdor idoralar bilan birgalikda noruda foydali qazilmalari konlarini oʻzlashtirish va ularning samarali qazib olinishini taʼminlash maqsadida noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini qayta koʻrib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-iyuliga qadar ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda oʻrmon xoʻjaliklari, baliq ovlash xoʻjaliklari, ovchilik xoʻjaliklari, shuningdek, istirohat bogʻlarini soliqqa tortish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining mol-mulk va yer soliqlarini koʻchmas mulk (bino, inshoot va yer uchastkalari) obyektlarining bozor bahosiga yaqin boʻlgan kadastr qiymati asosida hisoblash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, koʻchmas mulk obyektlarining bozor bahosiga yaqin boʻlgan kadastr qiymati asosida mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tizimi ikki bosqichda joriy etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda (2021 — 2023-yillar) — koʻchmas mulk boʻlgan turar-joy fondi obyektlari (kvartira, yakka tartibdagi uy-joylar, dala-hovli), shuningdek, ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda (2022 — 2024-yillar) — yashash uchun moʻljallanmagan alohida koʻchmas mulk obyektlari, shuningdek, ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasi (J.A. Qoʻchqorov), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.D. Kudbiyev), zarurat tugʻilganda xorijiy ekspertlarning xizmatiga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan haq toʻlagan holda ularni jalb qilish orqali quyidagilarni taʼminlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr tizimini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankidan imtiyozli kreditlar jalb qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2021-yil 1-aprelga qadar xalqaro moliya institutlari ekspertlari bilan birgalikda koʻchmas mulk obyektlariga soliq solishni yanada takomillashtirish boʻyicha yer soligʻi va mol-mulk soligʻini oʻrniga koʻchmas mulk soligʻini kiritishni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) koʻchmas mulk obyektining (bino, inshoot va yer uchastkalari) yuridik yoki jismoniy shaxs egaligida boʻlishi emas, balki ularning kadastr qiymatidan va obyektning foydalanish maqsadidan kelib chiqqan holda soliq solish tartibi birxillashtirilishi va yer soligʻi boʻyicha advalor stavka kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) belgilangan tartibda quyidagi loyihalar kiritilishini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-avgustga qadar — kadastr qiymatini maksimal darajada bozor bahosiga yaqinlashtirishga alohida eʼtibor qaratgan holda, turar joy fondi koʻchmas mulki obyektlaring kadastr qiymatini aniqlash tartibini takomillashtirish hamda yakka tartibdagi uy-joy qurish va uy-joyga xizmat koʻrsatish obyektlari bilan band boʻlgan yer uchastkalarining kadastr (bozor) qiymatini aniqlash tartibini kiritish boʻyicha hukumat qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-noyabrga qadar — yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari va ushbu obyektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalarining bozor bahosiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan kadastr qiymatini aniqlash mexanizmini kiritish toʻgʻrisida hukumat qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-dekabrga qadar — foydalanishga ruxsat etilgan yer uchastkalari turlari klassifikatorlari va ularga boʻlgan huquqlarni tugatish uchun asoslarni nazarda tutuvchi Yer kodeksining yangi tahriri;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 2021-2022-yillarda respublikaning quyidagi “tajriba-sinov” hududlarida yer uchastkalaridan foydalanilishiga va kapital qurilish obyektlarining belgilangan maqsadiga qarab koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymatiga asoslangan kadastr qiymatini aniqlash boʻyicha eksperiment oʻtkazilishini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar va noturar (tijoriy) joylarga moʻljallangan koʻchmas mulk obyektlari — Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat obyektlari — Navoiy viloyati Navoiy shahri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rekreatsion zonalar va alohida qoʻriqlanadigan hududlar obyektlari — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan obyektlar — Buxoro viloyati Romitan tumani.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi 2021 — 2024-yillar davomida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulklarni baholashni oʻtkazish uchun Davlat soliq qoʻmitasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga koʻra Davlat budjetidan mablagʻ ajratib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (X.S. Toʻraxoʻjayev) 2022-yil 1-yanvarga qadar koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini ularning bozor bahosiga asoslangan holda aniqlash, har bir egalik qiluvchiga (foydalanuvchiga) tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli maʼlumotlar bazasini yaratish uchun axborot tizimini takomillashtirish, koʻchmas mulk obyektlarini ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda sifatli baholashdan oʻtkazish metodikasini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-avgustdagi “Baliqchilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4816-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshidagi “suv resurslaridan” soʻzlaridan oldin “2020-yilda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 3-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-6121-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 06/20/6121/1590-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)