Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2017 05.12.1995 yildagi 449-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2017
Hujjat 05.12.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻSIMLIKLAR KARANTINI DAVLAT INSPEKSIYASINI QIShLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻSIMLIKLAR KARANTINI BOSh DAVLAT INSPEKSIYASIGA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 933-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini Davlat inspeksiyasi tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oʻsimliklar karantini Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini Davlat inspeksiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga aylantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi taqdimnomasiga binoan viloyat, tumanlararo va tuman inspeksiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRda oʻsimliklar karantinini tashkil etishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1979-yil 6-iyuldagi 656-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston KP MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 15-avgustdagi 585-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmui boʻlimi (Mardonov) ga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 5-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
449-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 5-dekabrdagi 449-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi (bundan keyin “Oʻzboshdavkarantin”) deb ataladi) “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida tashkil etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyruqlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzboshdavkarantin” Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat xizmatiga rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzboshdavkarantin” respublika budjeti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi, ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzboshdavkarantin” yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, blanklar va shtamplarga ega boʻladi, oʻz nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda majburiyatlar olishi, sudlarda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻsimliklar karantini davlat xizmati organlarining asosiy vazifasi oʻsimliklarning tashqi va ichki karantini boʻyicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirishdan iborat boʻlib, ular quyidagilarga qaratilgandir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududini xalq xoʻjaligiga anchagina iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar va begona oʻtlarning karantin va boshqa xavfli zararkunandalari, kasalliklarining chet mamlakatlardan kirib kelishidan muhofaza qilish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklar va begona oʻtlarning karantin va boshqa xavfli zararkunandalari, kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik hamda bartaraf etish, shuningdek, ularning respublikaning ular yoʻq boʻlgan joylariga kirib borishining oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish hamda ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzboshdavkarantin” asosiy vazifalariga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, respublika hududida ushbu tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar bajarishi majburiy boʻlgan oʻsimliklar karantini boʻyicha buyruqlar, yoʻriqnomalar, nizomlar, qoidalar chiqaradi hamda ularni belgilangan tartibda ularga yetkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklar va begona oʻtlarning respublika uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararkunandalari, kasalliklari roʻyxatini, shuningdek, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda respublikadan chetga chiqarilishi mumkin boʻlmagan biologik obyektlar roʻyxatini har besh yilda bir marta qayta koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urugʻlarni, oʻsimliklarni, oʻsimlik xomashyosini, boshqa oʻsimlik mahsulotlarini va xalq isteʼmol tovarlarini respublikaga olib kelish, mamlakat ichida tashish, eksport chiqarish hamda ulardan foydalanishning karantin qoidalarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklar karantini boʻyicha respublika manfaatlarini xalqaro tashkilotlar doirasida ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat boʻlganda oʻsimliklar va begona oʻtlarning karantin zararkunandalari, kasalliklari bilan kurashishda jamoa, dehqon (fermer) xoʻjaliklariga hamda boshqa korxona va tashkilotlarga yordam koʻrsatish uchun ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlari tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport joʻnatiladigan, shuningdek, chet mamlakatlardan respublikaga keltirilgan oʻsimliklar va begona oʻtlar karantin zararkunandalarining, kasalliklarining tashuvchisi boʻlishi mumkin boʻlgan urugʻlar, oʻsimliklar, oʻsimlik mahsulotlari va boshqa materiallarning karantin tekshiruvini va laboratoriya ekspertizasini oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududini karantin boʻyicha mintaqalashtirishni va mikromintaqalashtirishni belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklar va begona oʻtlarning karantin zararkunandalari, kasalliklari bilan kurashish borasidagi ilm-fan yutuqlarini va ilgʻor tajribani, yangi uslublarni, vositalarni va usullarni targʻib qilishni hamda ishlab chiqarishga keng joriy etishni, karantin obyektlari toʻgʻrisidagi bilimlarni aholi oʻrtasida ommalashtirishni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy hokimiyat organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli hudud boʻyicha karantin oʻrnatish (uni bekor qilish) toʻgʻrisida tavsiyanomalar yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet davlatlardan keltirilgan karantindagi urugʻlarni, koʻchatlarni va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini import qilishga, shuningdek, respublika hududi orqali tranzit boʻyicha olib oʻtiladigan karantinda boʻlmagan yuklarga karantin ruxsatnomalari beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzboshdavkarantin” ga quyidagi huquqlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasarrufidagi tashkilotlarning yirik hisobotlari va prognozlarini, smetalarini, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
karantin tadbirlarini oʻtkazish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha taqsimlash, ularning toʻgʻri sarflanishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklar karantin boʻyicha davlat xizmati quyi organlarining qonunga zid boʻlgan buyruqlari va farmoyishlarini bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus toʻplamlar, maʼlumotnomalar, qatʼiy hisobot hujjatlari va boshqa materiallarni nashr etish hamda barcha davlat inspeksiyalarini belgilangan yagona shakldagi hujjatlar bilan markazlashtirilgan tartibda taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar xodimlarini ragʻbatlantirish yoki ularga intizomiy jazolar belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda oʻsimliklar karantini masalalari boʻyicha konferensiyalar, kengashlar va seminarlar tayyorlash va oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar, daryo portlari, pochtamtlar va tosh yoʻllaridagi oʻsimliklar karantini boʻyicha chegara punktlari bevosita “Oʻzboshdavkarantin” ga boʻysunadilar va ular zimmasiga quyidagilar yuklanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import va eksport qilinayotgan oʻsimlik mahsulotlari namunalarini, chet mamlakatlardan keltirilayotgan transport vositalarini, shuningdek, Oʻzbekiston hududi orqali tranzit boʻyicha olib oʻtilayotgan oʻsimlik mahsulotlarini karantin koʻrigidan va ekspertizadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import oʻsimlik mahsulotlarini zararkunandalardan zararsizlantirish yoki begona oʻtlar urugʻlaridan tozalash toʻgʻrisida yuk egalariga koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
punkt faoliyat koʻrsatadigan hududda oʻsimlik va begona oʻtlarning karantin zararkunandalari hamda kasalliklarini aniqlash maqsadida yer maydonlari, ekinzorlar, oʻsimliklar va omborxona binolarini tekshiruvdan oʻtkazish, shuningdek, aniqlangan zararlanish oʻchoqlarining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik tadbirlarini tashkil etish va nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import oʻsimlik mahsulotlarini, omborlarni va ushbu mahsulotlar saqlanadigan joylarni zararsizlantirish tadbirlari samaradorligini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimlik mahsulotlarini tashish huquqi boʻyicha karantin hujjatlarini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan tadbirlarning chegara punkti faoliyat hududdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tayinlanadigan boshliq (Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh inspektori) rahbarlik qiladi. Boshliq oʻrinbosarini (Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektori oʻrinbosarini) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tayinlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi boshligʻi zimmasiga quyidagilar yuklanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inspeksiyaning barcha ishlarini tashkil etish va uning faoliyati uchun shaxsan javob berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi mol-mulkini va mablagʻlarini tasarruf etish, shartnomalar tuzish, ishonchnomalar, shu jumladan, boshqaga ishonib topshirish huquqi bilan berish, banklarda hisob-kitob, valyuta, maxsus va boshqa schyotlar ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyruqlar va farmoyishlar chiqarish, inspeksiya apparati xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat inspeksiyalari boshliqlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar bilan kelishilgan holda, shuningdek, oʻsimliklar karantini chegara punktlari mudirlarini, ilmiy markaz direktorini va karantin laboratoriyalari mudirlarini, maxsus fumigatsiya otryadlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan boʻshatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan shtatdagi xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida shtatlar jadvalini, shuningdek, “Oʻzboshdavkarantin” boʻlimlari va boshqa boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat inspeksiyalari va tasarrufdagi boshqa tashkilotlar faoliyatiga taalluqli eng muhim masalalarni koʻrib chiqish va hal etish uchun bamaslahat boshqaruv organi – Kengash tuziladi, uning tarkibiga oʻsimliklar karantini xizmatining rahbar xodimlari kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasining boshligʻi Kengash raisi hisoblanadi. Kengash toʻgʻrisidagi Nizom va Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Karantin xizmatining yangi yoʻnalishlari boʻyicha fan va texnikani rivojlantirish, takliflar, ishlanmalar va tavsiyanomalarni koʻrib chiqish, ularni ilmiy jihatdan asoslash hamda joriy etishni jadallashtirish maqsadida olimlar, mutaxassislar, ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibida ilmiy-texnika kengashi tashkil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy-texnika kengashi toʻgʻrisidagi Nizom Kengash raisi – Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasining boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 12-son, 47-modda)