Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.03.2001 25.11.1995 yildagi 443-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.03.2001
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QURILISh SOHASIDAGI QONUN BUZIShLAR UChUN MOLIYAVIY SANKSIYALAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-martdagi 106-sonli “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalash va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, qurilish materiallari, konstruksiyalari va mahsulotlari ishlab chiqarish sifati ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qurilish sohasidagi qonun buzishlar uchun moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlarni kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qo‘yilsinki, moliyaviy sanksiyalarni qo‘llashdan tushadigan mablag‘larning 50 foizi – respublika davlat budjetiga, 30 foizi – mahalliy budjetga, 20 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bir oy muddatda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi kodeksining qurilish sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni ular mazkur sohadagi qonunlarni buzganliklari uchun javobgarlikka tortish qismiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 25-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
443-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 25-noyabrdagi 443-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish sohasidagi qonun buzishlar uchun moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom “Standartlashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-yanvardagi 19-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati boshqarmasi (“Davarxitektqurilishnazorat”) to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va qurilish faoliyati sohasidagi qonun buzishlar uchun moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Loyihalash, qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi, binokorlik materiallari, konstruksiyalari va mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, qurilishda buyurtmachilar yoki buyurtmachi, pudratchi va loyihalash tashkiloti funksiyasini birga olib boruvchilar hisoblanadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga nisbatan quyidagi qonun buzishlar uchun ma’muriy tartibda moliyaviy sanksiyalar qo‘llanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarorida faoliyat turlari ro‘yxati bo‘yicha belgilangan tartibda litsenziya olmasdan obyektni loyihalanganlik va qurganlik uchun – eng kam ish haqi miqdorining ellik baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) binokorlik sohasida loyihalash, qurilish-montaj ishlarini bajarishda, ishlab chiqarilayotgan binokorlik materiallari, konstruksiyalari va mahsulotlarining pishiqlik parametrlarini va ularning ekologik tozaligini pasaytirishga, binolar, imoratlar, inshootlar, ularning qismlari yoki alohida konstruktiv elementlarining mustahkamligi, chidamliligi, ishonchliligi pasayishi va yo‘qolishiga olib keluvchi binokorlik materiallari, konstruksiyalari va mahsulotlari ishlab chiqarishda normativ hujjatlarning majburiy talablari buzilganligi uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar buzilish mustahkamlikning, pishiqlikning yo‘qolishiga olib kelsa, eng kam ish haqi miqdorining ellik baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar buzilish mustahkamlikning, pishiqlikning pasayishiga olib kelsa, eng kam ish haqi miqdorining qirq baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar buzilish ishonchlilikning pasayishiga olib kelsa, eng kam ish haqi miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) imoratlar qurish loyihalarini amalga oshirish qoidalari, imoratlar qurish va turar joy rayonlarini, mikrorayonlarini va shaharlar sanoat zonalarini, qishloq aholi yashash joylarini obodonlashtirish, tumanlarni va tarixiy imoratlarni qayta barpo etish, arxitektura yechimlarini bajarish sifatining buzilganligi uchun — eng kam ish haqi miqdorining yetmish baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalarni bajarishdan bosh tortganlik yoki ularning o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun — eng kam ish haqi miqdorining besh baravari miqdorida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi – O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari – O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish nazorati boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalarining boshliqlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining boshliqlari qurilish faoliyati sohasidagi qonun buzishlar to‘g‘risida ishlarni ko‘rib chiqadilar va moliyaviy sanksiyalarni belgilaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘rsatib o‘tilgan mansabdor shaxslar boshqa davlat nazorat organlari rahbarlarining taqdimnomalariga ko‘ra mazkur Nizomda nazarda tutilgan qurilish sohasidagi qonun buzishlar to‘g‘risidagi ishlarni ham ko‘rib chiqadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari noto‘g‘ri solingan jarimalarni bekor qilish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yil davomida bir xildagi qonun buzishlar takrorlanganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyihalash yoki qurilish ishlarini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning amalda bo‘lishini uch oygacha muddatga to‘xtatib qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Moliyaviy sanksiyalar belgilash aybdorlarni o‘zlari yo‘l qo‘yishgan buzilishlarni bartaraf etish va ko‘rilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilanadigan moliyaviy sanksiyalarning aniq miqdorlari, qonun buzishning tusi va turiga, ro‘y bergan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga qarab, qonun buzishlar to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslar tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Moliyaviy sanksiyalar belgilash to‘g‘risidagi qaror yuzasidan qaror chiqarilgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida yuqori mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyatlar ular kelib tushgan vaqtdan boshlab 15 kun muddatdan kechikmay ko‘rib chiqiladi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilinadi. Shikoyatlar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar yuzasidan bir oy mudddatda xo‘jalik sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Korxona tomonidan shikoyat tushgan taqdirda moliyaviy sanksiyalar belgilash haqidagi qarorni bajarish yuqori organning mansabdor shaxsi tomonidan shikoyatni ko‘rib chiqish uchun ajratilgan muddatga to‘xtatib qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy ishlari tufayli korxona, muassasa va tashkilotga zarar yetkazilgan hollarda ular ko‘rilgan zararni undirish to‘g‘risida da’vo bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqlidirlar.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 11-son, 46-modda)