Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 23 IYuNDAGI 316-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN QARORLARI ROʻYXATIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1994-yil 23-iyundagi 316-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati quyidagi mazmundagi bandlar bilan toʻldirilsin:
“39. SSSR Ministrlar Sovetining “Shaxsiy pensiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1977-yil 19-dekabrdagi 1128-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 14-yanvardagi 11-son qaroriga ilova qilingan Shaxsiy pensiyalar toʻgʻrisidagi nizomning I, II va III boʻlimlari.
40. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi shaxsiy pensiyalar tayinlash boʻyicha komissiya tarkibi toʻgʻrisida” 1993-yil 7-fevraldagi 108-son qarori”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 29-avgust,
346-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 8-son, 31-modda)