1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi 924-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 4, 136-modda; 2018-yil, № 7, 486-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 261-modda, № 9, 589, 591-moddalar; 2020-yil, № 3, 198-modda) 75-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda, № 11, 792-modda, № 12, 880-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan”;
“2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan”;
“2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda”;
“2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda”;
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 4, 199-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda) 30-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
birinchi qismidagi “shuningdek yagona yer solig‘i o‘z vaqtida to‘lanmagan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan O‘RQ-328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 384, 385-moddalar; 2018-yil, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlari tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik subyekti tomonidan qonun hujjatlari buzilishi sodir etilishi xavfi darajasidan kelib chiqqan holda xavfni tahlil etish natijalari asosida nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlari Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart, bundan kameral soliq tekshiruvlari mustasno.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining o‘tkazilgan tekshiruvlari natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar tugatilgandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olmasdan o‘tkazilgan tekshiruvlari qonunga xilofdir.
Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tekshiruvlarni o‘tkazish muddatlari o‘n kalendar kundan oshmasligi kerak.
Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) buyrug‘i asos bo‘ladi. Sayyor soliq tekshiruvi o‘n kundan oshmagan muddatda o‘tkaziladi.
Tadbirkorlik subyektlarining soliq auditini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan muddatlardan oshmasligi lozim.
Soliq organi soliq auditini o‘tkazishning boshlanishi to‘g‘risida soliq auditi boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik subyektini soliq auditini o‘tkazish muddatlari va predmetini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabardor qilishi shart. Agar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash belgilari mavjud bo‘lsa, soliq organi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tadbirkorlik subyektini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.
Tadbirkorlik subyektlarining soliq auditi belgilangan tartibda faqat soliq organlari tomonidan, soliq auditini o‘tkazish davomida budjet, soliq va valyutaga oid qonun hujjatlari buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar alomatlari aniqlagan taqdirda esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmagan (shu jumladan kameral tekshiruv natijalariga ko‘ra taqdim etilgan, aniqlashtirilgan talabnomadan keyin) yoxud aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmagan yoki taqdim etgan asosnomalari yetarli emas deb topilgan soliq to‘lovchilar bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining xavfini tahlil etish natijalari asosida belgilanadigan yuqori darajadagi xavfga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar (soliq agentlari) toifasiga mansub soliq to‘lovchilar (soliq agentlari) bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan o‘tkaziladi.
Tekshiruv boshlanishidan oldin tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning tekshiruvda ishtirok etish uchun yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish yoki ularning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntirilib, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda advokat xizmatlarini rad etganlik tadbirkorlik subyekti tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlarida jalb etish uchun monelik qilmaydi.
Tekshiruvlar natijalari dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda uning bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektiga topshiriladi”;
Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar natijalari bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararning o‘rnini belgilangan muddatlarda va to‘la hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya to‘lagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi. Mazkur norma soliqqa oid huquqbuzarliklar sababli moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror bo‘linganda va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdori belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi”;
“Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaxslarda nazorat qiluvchi organning tekshirish maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiruv o‘tkazish muddatlari, Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimidagi ro‘yxatga olish raqami ko‘rsatilgan buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi, shuningdek tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshiruvlar o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnomasi hamda shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan faqat yuqori turuvchi soliq organiga ular ustidan shikoyat qilinganidan keyin sud tartibida shikoyat qilish mumkin. Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori ustidan shikoyat qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi 360-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 70-modda; 2009-yil, № 4, 130-modda) 4-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi 558-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda) 25-moddasi chiqarib tashlansin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-155-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 31-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 7, 449-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Oilaviy korxona aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqarishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirishi mumkin emas”;
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda) 1381-moddasining birinchi qismidagi “yagona ijtimoiy to‘lovlar” degan so‘zlar “ijtimoiy soliq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘RQ-427-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 135-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda) 29-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 21-mayda qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-539-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 264-modda) 14-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar tegishincha ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) 344-moddaning ikkinchi qismi “tashkilotlariga” degan so‘zdan keyin “mablag‘larni depozitga joylashtirishidan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish bo‘yicha nafaqa) mustasno”;
“15) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya jamg‘armalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar tomonidan ko‘rsatilgan yordam:
davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-uskunalar olish;
xayriya maqsadida boshqa shakllarda qo‘llab-quvvatlash (bundan pul shaklida qo‘llab-quvvatlash mustasno)”;
“20) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya jamg‘armalari tomonidan soliq to‘lovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablag‘lari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida o‘n besh million so‘mdan oshmagan holda”.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun 12-moddasi 2 va 3-bandlarining qoidalari 2020-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.