O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“ODAMNING IMMUNITET TANQISLIGI VIRUSI BILAN KASALLANIShNING (OIV KASALLIGINING) OLDINI OLISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-353-sonli “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid keladigan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “OITS bilan kasallanishning oldini olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, 8-son, 196-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-avgust,
817-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 214-modda)