Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“XALQ DEPUTATLARI VILOYaT, TUMAN VA ShAHAR KENGAShLARIGA SAYLOV TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2004-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-avgust,
521-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 135-modda)