Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
YaNGI TAHRIRDAGI “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISIGA SAYLOV TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2004-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi oʻzining saylovga oid idoraviy hujjatlarini yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-avgust,
519-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 133-modda)