16.10.1992 yildagi 474-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.10.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ENERGIYA RESURSLARIGA NARXLARNI DAVLAT YOʻLI BILAN TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MDH mamlakatlaridan keltirilayotgan energiya manbalari narxlarining oshishi, neft va gaz qazib olish, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish xarajatlarining qimmatlashishi munosabati bilan hamda issiqlik-energetika majmui tarmoqlari va respublika xalq xoʻjaligining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1992-yil 19-oktabrdan boshlab neft, tabiiy va suyultirilgan gaz, gaz kondensati, elektr, issiqlik energiyasi va koʻmir isteʼmolchilari bilan hisob-kitoblar shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflar boʻyicha amalga oshiriladi, budjet, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari va aholi bundan mustasnodir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 10 kun muddat ichida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga issiqlik-energetika majmui tarmoqlari boʻyicha rentabellikning cheklangan darajalari toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 258-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan )
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-oktabrdagi 223-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 429-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar neft va neft mahsulotlari, koʻmir, suyultirilgan gaz, tabiiy gaz va gaz kondesati qoldiqlarini shartnomaviy narxlar darajasigacha qayta hisoblab chiqishni amalga oshirsinlar, qayta baholash mablagʻlarini oʻz oborot mablagʻlarini koʻpaytirishga yoʻnaltirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholiga sotiladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning ayrim turlariga imtiyozli narxlar va tariflar belgilanishi munosabati bilan Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Avtomobil transporti vazirligi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi va Oʻzbekbirlashuvga beriladigan dotatsiyalar miqdorini bir hafta muddat ichida aniqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddat ichida yoqilgʻi va energiyaning yangi chakana narxlari preyskurantlarini tasdiqlasin hamda preyskurantlarning barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoqilgʻi-energetika tarmoqlari mahsulotlariga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarning shakllantirilishi va qoʻllanishining toʻgʻriligini doimiy nazorat qilib borsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda ulgurji narxlar va tariflarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida” 1992-yil 21-yanvardagi 20-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandidagi yoqilgʻi-energetika tarmoqlari mahsulotlariga ulgurji narxlar va tariflar oʻzgarishining cheklangan miqdorlariga tegishli qismi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil benzinini tijorat narxlarida sotish hajmlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-fevraldagi 90-son qarori, “Respublika shaharlarida yoʻlovchilar tashish tariflari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-iyundagi 278-son qarorining shahar va shahar atrofida yoʻlovchilar tashish tariflariga tegishli qismi, “Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-fevraldagi 90-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 1992-yil 4-iyuldagi 306-son qarori, “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlar narxlari va tariflarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida” 1992-yil 14-avgustdagi 381-son qarorining yoqilgʻi-energetika resurslariga tegishli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari Q.J. Haqqulov va B.S. Hamidov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 16-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
474-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 258-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan )
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-oktabrdagi 223-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 429-modda)