23.09.1992 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.09.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARIDA, CHEGARA VA ICHKI QOʻSHINLARIDA HARBIY INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH VA TARBIYAVIY ISHLARNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, chegara va ichki qoʻshinlari oldiga suveren davlatning mustaqilligini, hududiy yaxlitligini va aholining tinch hayotini himoya qilish boʻyicha masʼuliyatli vazifalar yuklatilgan. Bu vazifalarni hal etishda harbiy intizomni mustahkamlash va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish masalalari muhim oʻrin tutadi. Biroq tekshirish natijalari shuni koʻrsatadiki, bir qancha harbiy jamoalarda harbiy intizomni mustahkamlash, huquqiy, harbiy va axloqiy tarbiya, shuningdek, harbiy xizmatchilarni maʼnaviy-ruhiy tayyorlash ishlari samarasiz olib borilmoqda, ular jangovar tayyorgarlikka, xizmat-jangovar vazifalarni bajarish sifatiga, harbiy xizmatchilarning ongi va xulq-atvoriga zarur darajada taʼsir koʻrsatmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsiy tarkib bilan ishlashning qoʻshinlarda amal kiluvchi tuzilmasi harbiy intizomni mustahkamlash va qoʻshinlarda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish boʻyicha zarur tadbirlarning toʻliq darajada oʻtkazilishini taʼminlamayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mudofaa va xavfsizlik sohasida davlat siyosatini tashkil etish va oʻtkazish, qoʻshinlarning jangovar tayyorgarligini oshirish, vatanparvarlik tarbiyasini takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, chegara va ichki qoʻshinlari shaxsiy tarkibining siyosiy-maʼnaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlarida va Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha komandirlar (boshliq)larning oʻrinbosarlari lavozimi joriy etilsin, ularga harbiy xizmatchilar oʻrtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, shaxsiy tarkib oʻrtasida maʼnaviy-ruhiy vaziyatni, harbiy intizomni mustahkamlash masuliyati yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar bu lavozimni egallab turgan shaxslarning asosiy vazifalari hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy tarkibda Oʻzbekiston Respublikasiga, oʻz xalqiga, Harbiy qasamyod va harbiy burchga sadoqatni, shuningdek, oʻz Vatanining tarixi va anʼanalariga chuqur hurmatni shakllantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchilarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablarini, Prezidenti farmonlarini, Oliy Kengashi va Hukumati qarorlarini, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini shak-shubhasiz bajarish ruhida tarbiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuksak jangovar axloqiy-ruhiy fazilatlarni, xizmat-jangovar vazifalarni bajarishda toʻgʻrilik va pok vijdonlilikni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol-yarogʻ va jangovar texnikaga, harbiy va xalq mulkiga ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlish masʼuliyatini tarbiyalash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha qayd qilib oʻtilgan tuzilmalar mavjud xodimlar soni va ular uchun ajratilgan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan doirasida tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri oʻrtoq Ahmedov, Ichki ishlar vaziri oʻrtoq Almatov, Milliy xavfsizlik xizmati raisi oʻrtoq Aliyev boʻlajak jangchilarni vatanparvarlik va baynalmilallik, xalqlar doʻstligi, oʻz Vataniga cheksiz sadoqat, yuksak hushyorlik, intizom, uyushqoqlik va kollektivizm ruhida tarbiyalashni birinchi darajali vazifa deb hisoblasinlar. Bu ishda oʻzbek xalqining qahramonona anʼanalaridan dadil foydalanilsin, ajdodlarimizning eng yuksak orzulari, prinsiplari va qadriyatlari faol qaror toptirilsin. Shu maqsadda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha organlar toʻgʻrisidagi Nizom ishlab chiqilsin va bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun kiritilsin. Nizomda shaxsiy tarkib bilan ish olib boruvchi xizmatlar va mansabdor shaxslarning tuzilmasi, vazifalari va huquqlari belgilansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992/93 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi harbiy-oʻquv yurtlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilsin, ana shu maqsadlarda maxsus fakultetlar va kafedralar tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zobitlar uylari, klublar, kutubxonalar, shaxsiy tarkibning ijtimoiy-siyosiy axborot xonalari hamda tarbiyaviy va madaniy-dam olish ishlarini oʻtkazish moʻljallangan boshqa obyektlar uchun zarur boʻlgan madaniy-maʼrifiy mol-mulk meʼyorlari tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlash va milliy zobit kadrlar tayyorlashni kengaytirish boʻyicha uzoq muddatli dasturni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. Bu dasturda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha umumiy taʼlim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari, boshqa oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida harbiy kabinetlar, sport zallari hamda boshlangʻich harbiy va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun boshqa zarur obyektlar tashkil etish hamda yoshlarning boshlangʻich harbiy tayyorgarlik bilan toʻla qamrab olinishini va amaldagi dasturlar hajmida uning yuqori sifatli boʻlishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmat qilishdan bosh tortishga va qochoqlikka qarshi kurashni kuchaytirish, buning uchun jamoatchilik, ishlab chiqarish ilgʻorlarining obroʻ-eʼtiboridan va qonunning kuchidan toʻla darajada foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchilarning hayot va turmush sharoitlarini oʻrganish, ular bilan tarbiyaviy ishlar olib borish uchun hokimliklar, tashkilotlar, korxonalar, jamoatchilik vakillarining viloyatlarda xizmatga chaqirilganlar xizmat qiladigan harbiy qismlarda muntazam boʻlishlarini tashkil etish, bu qismlarni otaliqqa olishni tashkil etish va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida zarur shartnomalar tuzish nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Vatanparvar” mudofaaga koʻmaklashish jamiyati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy mutaxassislar, harbiy ish oʻqituvchilari va zaxiradagi zobitlarning tayyorgarlik sifatini yaxshilash, shuningdek, qayd qilib oʻtilgan mutaxassisliklar tayyorlash boʻyicha moddiy-texnikaviy negizni takomillashtirish va mustahkamlash chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda ijodiy va harbiy jamoalarning chambarchas hamkorligini mustahkamlashning kompleks rejasini tuzsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida olib boriladigan madaniy-maʼrifiy ishlarni aniq mazmun bilan toʻldirishda, ularning madaniy va estetik ehtiyojlarini toʻlaroq qondirishda yordam koʻrsatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston yozuvchilar, rassomlar va kompozitorlar uyushmalari harbiy-vatanparvarlik mavzuyida adabiyot va sanʼatning eng yaxshi asarlari uchun tanlov oʻtkazsinlar. Harbiy xizmatchilarni estetik tarbiyalashda, ular uchun uchrashuvlar, koʻrgazmalar va konsertlar oʻtkazishda yordam koʻrsatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Qurolli Kuchlar ichki va chegara qoʻshinlariniig qaror topishi, hayoti va faoliyati toʻgʻrisida filmlar tayyorlash boʻyicha repertuar rejasini tuzsin, ularni suratga olish va namoyish qilishni tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radio-eshttirish kompaniyasi, respublika, viloyat va shahar gazeta va jurnallari tahririyatlari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda “Mudofaa toʻgʻrisida”, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, harbiy xizmat ilgʻor tajribasi, harbiy xizmatchilarni Konstitutsiyaga, harbiy qasamga, ustavga, toʻgʻrilik va oʻz xalqiga sodiqlik ruhida tarbiyalash keng yoritilishini tashkil qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Berilayotgan va eʼlon qilinayotgan materiallar sifati oshirilsin, respublikaning suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish boʻyicha respublika fuqarolarining konstitutsion burchlari yorqin va ishonarli yoritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda harbiy jinoyatlar boʻyicha jinoyat qonunchiligiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi taklifni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi 1992 — 1995-yillarda harbiy, huquqiy, axloqiy va estetik tarbiya masalalari boʻyicha badiiy, pedagogik va oʻquv-metodik adabiyotlar tayyorlashda Mudofaa vazirligiga, Ichki ishlar vazirligiga va Milliy xavfsizlik xizmatiga yordam koʻrsatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri va Milliy xavfsizlik xizmati raisi zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 23-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
445-son