21.09.2020 yildagi 573-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzurida Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgʻor xalqaro tajriba asosida davlat qarziga oʻz vaqtida, toʻliq va kafolatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Kafolat jamgʻarmasi) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar boʻyicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar oʻz qarz toʻlovlarini vaqtida va toʻliq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlikni qarzdor tashkilotlardan undirish sharti bilan Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qarzdorliknn qoplash va Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplangan mablagʻlarni qarzdordan undirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat jamgʻarmasining boʻsh turgan mablagʻlarini vaqtincha depozitga joylashtirish, chet el valyutasini sotish va sotib olish hamda yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish orqali samarali boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarining hisobi va hisobotini yuritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar boʻyicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar oʻz qarz toʻlovlarini vaqtida va toʻliq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlik, birinchi navbatda Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari, Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplangan qarzdorlik, hisoblangan penya va jarima toʻlovlari qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar tomonidan mos ravishda Kafolat jamgʻarmasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar boʻyicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili keyingi moliya yili uchun shakllantiriladigan biznes reja yoki xarajatlar smetalarida qarz toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlarni majburiy ravishda nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzlarni oʻz vaqtida toʻlash maqsadida qoʻshimcha daromad manbalarini aniqlashtirib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 15-noyabrga qadar ushbu qaror mazmunidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 21-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
573-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qaroriga

1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik) huzuridagi Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Kafolat jamgʻarmasi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kafolat jamgʻarmasi davlat qarziga oʻz vaqtida, toʻliq va kafolatli xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kafolat jamgʻarmasi yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari milliy va chet el valyutasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi) tomonidan suveren xalqaro obligatsiyalar chiqarish, budjetni qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish va boshqa dasturlarni oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalar davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va ushbu qarz ularning oʻz mablagʻlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanishi nazarda tutilgan loyihalarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari uchun toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda — taqdirlash puli) qarzning qoldiq summasiga (qarzni qoplash jadvaliga muvofiq) kamida yillik 0,5 foiz miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlash manbai Davlat budjeti mablagʻlari boʻlgan kreditlar boʻyicha taqdirlash puli undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdirlash puli jalb etiladigan kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq foizlar toʻlanadigan tegishli sanalarda “Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi” AJ savdo maydonchasi sessiyalarida belgilangan joriy kurs boʻyicha teng miqdorda soʻmda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdirlash pulini toʻlash uch bank ish kunidan ortiq muddat mobaynida kechiktirilgan taqdirda, qarz oluvchilar tomonidan muddati oʻtkazib yuborilgan summaga qoʻshimcha ravishda har bir kechiktirilgan kun uchyn muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,1 foizi miqdorida penya toʻlanadi, biroq bunda penyaning umumiy summasi qarz summasining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilingan kreditlarni (qarzlarni) qaytadan kreditlashda kredit (qarz) boʻyicha xizmat koʻrsatish yuzasidan ehtimoldagi tavakkalchiliklarni qoplash maqsadida foydalanish uchun qayta kreditlanadigan bitimlarda Moliya vazirligi tomonidan jalb qilinayotgan kredit (qarz) stavkasining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi marjasi (keyingi oʻrinlarda — marja) belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlash manbai Davlat budjeti mablagʻlari boʻlgan qayta kreditlanadigan bitimlarda marja belgilanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq taqdirlash puli va (yoki) marjadan toʻliq yoki qisman ozod qilish boʻyicha imtiyoz berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagilar Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) jalb etiladigan kreditlar (qarzlar) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari berilganligi uchun undiriladigan taqdirlash puli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilinadigan va shu valyutada kayta kreditlanadigan bitimlardagi kredit (qarz) boʻyicha qarzdorlik toʻliq toʻlangan taqdirda, kredit (qarz) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi marjasining foydalanilmay qolgan summasiga teng miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan oʻtkaziladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilinadigan va milliy valyuta, shuningdek, chet el valyutasida qayta kreditlanadigan bitimlar boʻyicha toʻlov muddatlarining talablari toʻliq bajarilmaganda muddati oʻtgan qarzdorliklar (asosiy qarz, foiz, marja va boshqa toʻlovlar) yuzasidan hisoblangan va toʻlangan (undirilgan) penyalar (shu bilan birgalikda jarimalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan barcha turdagi halqaro va mahalliy qarz bitimlarida, qayta kreditlash bitimlarida, Moliya vazirligi tomonidan chet el valyutasida mablagʻlarni depozitga qoʻyish, ssuda va kredit liniyalarini ajratish hamda Moliya vazirligi oldidagi boshqa majburiyatlar boʻyicha shartnomalarda belgilangan moliyaviy shartlar va talablarning (kovenantlar) buzilishi holatlari aniqlanganda undiriladigan toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki ular vakolat bergan organ tomonidan chet el valyutasida jalb qilinadigan yoki milliy valyutada qayta kreditlanadigan bitimlarda kreditlarning foiz toʻlovlari oʻrtasidagi ijobiy farqdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Moliya vazirligida vaqtincha boʻsh turgan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan qarzlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan foiz toʻlovlari oʻrtasidagi ijobiy farq boʻyicha daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) qayta kreditlash shartnomalariga asosan qarzdorlar tomonidan qaytarilgan mablagʻlarning davlat tashqi qarzi toʻlovlaridan ortib qolgan qismini kelgusida davlat tashqi qarzi toʻlovlari uchun zaxira sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) Kafolat jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan milliy va chet el valyutasidagi mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan hamda yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni depozitga joylashtirish, kredit liniyasi ochish va budjet ssudasini ajratishdan foiz tarzida toʻlanadigan daromadlardan olingan foyda soligʻi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning prognozdan orttirib bajarilgan qismining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qarzdor tashkilotlar davlat qarzi boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirmagan holatlarda qarzdor tashkilotlar tomonidan qayta qoplash sharti bilan qarz toʻlovlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilingan davlat tashqi qarz mablagʻlarini milliy valyuta hamda chet el valyutasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish natijasida yuzaga keladigan valyuta kursi xatarlarining oldini olish uchun. Bunda chet el valyutasida jalb qilingan va milliy valyuta hamda chet el valyutasida berilgan kreditlarning foiz toʻlovlari oʻrtasidagi ijobiy farq Kafolat jamgʻarmasida jamlanadi va valyuta kursi oʻzgarishi taʼsirida yuzaga keladigan tafovutlar ushbu mablagʻlar hisobiga qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) chet el valyutasini sotish va sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlaridan mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar boʻyicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar oʻz qarz toʻlovlarini vaqtida va toʻliq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlik, birinchi navbatda, Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga, Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari yetmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kafolat jamgʻarmasining joriy moliya yilida foydalanilmagan mablagʻlari moliya yili oxirida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yillarda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga davlat tashqi qarzi uchun amalga oshirilgan toʻlovdan soʻng bir bank ish kuni mobaynida Gʻaznachilik tomonidan qarzdor tashkilot(lar)ga amalga oshirilgan toʻlov va qarzlarni qaytarish boʻyicha xabarnoma joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Moliya vazirligi bilan qarzdor tashkilot oʻrtasida tuzilgan qayta kreditlash shartnomalarida boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, qarzdor tashkilotning qarzdorligi Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga toʻlangan kundan boshlab Moliya vazirligi tomonidan qarzdor tashkilotning asosiy bank hisobvaraqlariga inkasso topshiriqnomalari qoʻyiladi. Inkasso topshiriqnomalari qonun hujjatlari talablari asosida bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi amaldagi qarzdor tashkilotlarning qarzdorligini mahalliy budjetlarning qoʻshimcha daromadlari yoki boshqa sherik qarzdorlar mablagʻlari hisobiga undirib olish boʻyicha qonun hujjatlari doirasida choralar koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdor tashkilotlardan toʻlovlar 30 kalendar kun davomida toʻliq qaytarilmagan taqdirda, mazkur toʻlanmagan qarzdorlik va unga hisoblangan penyalar hamda qoʻllanilgan jarimalar sud tartibida undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qarzdor tashkilotlarning qarzdorligi Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga toʻlanishidan qati nazar, qarzdor tashkilotning qayta kreditlash shartnomalariga muvofiq Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlari oʻz kuchida qoladi hamda oʻz vaqtida qoplanmagan muddati oʻtgan qarzdorliklar uchun shartnoma shartlari boʻyicha penyalar va jarimalar qoʻllanilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

5-bob. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisob va hisobot

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobi Gʻaznachilik tomonidan yuritiladi va choraklik, yarim yillik hamda yillik hisobotlar tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Gʻaznachilik Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotni Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qaroriga

2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZGARTIRIShLAR

1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan Jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2. Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha qarz oluvchilardan (subqarz oluvchilardan) tushadigan taqdirlash puli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Kafolat jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish manbalari sifatida hisobga olinadi va Kafolat jamgʻarmasining chet el va milliy valyutadagi ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4. Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari uchun toʻlovlar qarzlarning qoldiq summasiga kamida yillik 0,5 foiz miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlash manbai Davlat budjeti mablagʻlari boʻlgan kreditlar boʻyicha taqdirlash puli undirilmaydi.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8. Qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) tomonidan toʻlangan taqdirlash puli qaytarilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Kafolat jamgʻarmasi tasarrufida qoladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-iyuldagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 27 va 30-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi” loyihasi doirasida Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini, shu jumladan, ustama haqi qaytarilishi
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/R

Koʻrsatkichlar nomi

Qarzning qaytarilishi

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga

Ishtirok etuvchi tijorat banklari mablagʻlari hisobiga

(Qishloq qurilish bank bilan tuzilgan Islom taraqqiyot banki moliyaviy mablagʻlariga xizmat koʻrsatish va qaytarish haqidagi shartnomaga asosan asosiy qarz va foizlar boʻyicha tushumlar hisobiga)

1.

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan mablagʻlar, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari

100%

Qarzni qaytarishda vujudga keladigan valyuta kursinining oʻzgarishi bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari

100%

2.

Suv taʼminoti va kirish avtomobil yoʻllari qurilishi uchun sarflangan moliyalashtirish xarajatlari, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari

100%

3.

Loyihani amalga oshirish boʻlimini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari

100%

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” 2018-yil 6-fevraldagi 79-son qaroriga ilovaning 4 va 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.