Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.02.1995 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RESPUBLIKADA SAVDONI ERKINLAShTIRIShNI TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdoni erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-dekabrdagi 604-son qarori bilan tovarlarning, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarning narxlari erkinlashtirilishini tugallash va 1995-yil 1-yanvardan boshlab toʻliq erkinlashtirishni taʼminlash nazarda tutilgan edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga aholini eng zarur tovarlar bilan taʼminlashda uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik va savdo xodimlari tomonidan suiisteʼmol qilishlarning oldini olish maqsadida kundalik ehtiyoj tovarlarining savdoda erkin narxlar boʻyicha mavjud boʻlishi va sotilishi uchun shaxsiy javobgarlik viloyatlar, shaharlar va tumanlarning birinchi rahbarlari va Bosh vazirning oʻrinbosari M. Z. Usmonov zimmasiga yuklangan edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, mazkur qarorning bajarilishini taʼminlash, aholi taʼminotida qatʼiy tartib oʻrnatish, qishga zarur oziq-ovqat zaxiralari toʻplash oʻrniga viloyatlar, shaharlar va tumanlarning ayrim rahbarlari savdo korxonalarining rahbarlari bilan birgalikda tovarlarni belgilab qoʻyilgan shakllarda sotishga qaytishga qaratilgan qarorlar qabul qilmoqdalar va bu bilan joylarda aholiga xizmat koʻrsatishning bozor shakllariga oʻtishni tushunmasliklarini, baʼzan esa xohlamasliklarini yana bir bor koʻrsatmoqdalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari manfaatdor tashkilotlar ishtirokida joylarda zarur tekshirishlar oʻtkazsinlar hamda Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdoni erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-dekabrdagi 604-son qarori soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari koʻrsatib oʻtilgan qarorning tovarlar narxlari toʻliq erkinlashtirilishini taʼminlash yuzasidan soʻzsiz bajarilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari haqida ogohlantirilsinlar, aybdorlar esa javobgarlikka tortilib, egallab turgan lavozimlaridan boʻshatilishi nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bosh vazir A. M. Mutalov, Bosh vazirning oʻrinbosari M. Z. Usmonov savdoda bozor normalariga rioya qilish va aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha zarur choralarni koʻrsinlar hamda qabul qilingan qonunlar va normativ hujjatlarning bajarilishi uchun javobgarlikni oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. M. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 2-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-son