O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda yengil xizmat avtomashinalaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-avgustdagi 686-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda xizmat yengil avtomobillaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qaroriga rus tili matnidagi 2-ilovaning 56-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
56. |
Goskomstat |
— |
62 |
44 |
18 |
— |
— |
— |
||
|
Sentralniy apparat |
— |
9 |
6 |
3 |
— |
— |
— |
|||
|
Oblastnie zvenya |
— |
28 |
14 |
14 |
— |
— |
— |
|||
|
Rayonnie zvenya |
— |
23 |
23 |
— |
— |
— |
— |
|||
|
Podvedomstvennie organizatsii |
— |
2 |
1 |
1 |
— |
— |
— |
”. |
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va qambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-avgust,
510-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/510/1216-son)