10.08.2020 yildagi O‘RQ-631-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 23-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 5, 261-modda, № 8, 468-modda, № 9, 588-modda) 12-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Parlament soʻroviga, senator soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 3, 162-modda, № 5, 261-modda, № 8, 468-modda, № 9, 588-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 12-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Parlament soʻroviga, Qonunchilik palatasi deputatining soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarligiga nomzodlar koʻrsatish va saylash tartibi qonunda hamda Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi hamda fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya oʻz vakili Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarini saylash uchun fraksiya, qoida tariqasida, oʻz fraksiyasi rahbarining nomzodini kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Qonunchilik palatasi qoʻmitalaridan birining tarkibiga saylanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirishni amalga oshiradi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, parlamentlararo diplomatiyani rivojlantirishni amalga oshiradi, xalqaro shartnomalarning hukumat tomonidan bajarilishini nazorat qilishga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek vazifalar taqsimotiga binoan tashkiliy va boshqa vazifalarni bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirigʻiga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasining Spikeri yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda uning vazifalarini Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, u yoʻqligida esa Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlaridan biri bajarib turadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qonunchilik palatasi Spikeri va Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 9-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qonunchilik palatasi Spikeri va Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi va fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida uni qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar hamda moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi masala muhokama qilinadi. Birinchi oʻqishdagi qonun loyihasi yuzasidan maʼruza bilan, qoida tariqasida, qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti yoki uning vakili, keyingi oʻqishlarda esa masʼul qoʻmita vakili soʻzga chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul qoʻmita birinchi hamda keyingi oʻqishlarda fraksiyalarning fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fraksiyalarning qonun loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari majburiy tarzda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn ikkinchi qismdagi “boblar yoki boʻlimlar boʻyicha” degan soʻzlar “boblar yoki boʻlimlar boʻyicha, shuningdek bir necha moddalar boʻyicha bir vaqtning oʻzida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 32-moddaning yettinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Parlament soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi”;

5) 321-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qonunchilik palatasi deputatining soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) 331-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“331-modda. Hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi zarur boʻlgan hollarda oʻzining majlisida hukumat aʼzolarining davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisidagi masala fraksiyalar tashabbusiga koʻra Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.

Hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi. Hukumat aʼzolarini eshitish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasi qarori oldindan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi qarori esa tegishli davlat organiga, xoʻjalik boshqaruvi organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda tegishincha hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qarori esa tegishli davlat organiga, xoʻjalik boshqaruvi organiga yuboriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) 336-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida Qonunchilik palatasining qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan komissiya tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:

davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni va olimlarni komissiya ishiga jalb etishga;

davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olishga;

davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif etishga.

Komissiya Qonunchilik palatasining qaroriga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi tomonidan belgilangan muddatda uni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parlament tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan ham oʻtkazilishi mumkin”.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 2, 47-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda, № 12, 884-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 31-moddaning yettinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Parlament soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 311-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Senator soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 321-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“321-modda. Hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senat zarur boʻlgan hollarda oʻz majlisida hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisidagi masala Senat tomonidan qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senat Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axborotini Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻz faoliyati haqidagi axborotini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.

Senat har yili Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axborotini Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda eshitadi.

Hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisida Senat qaror qabul qiladi. Hukumat aʼzolarini eshitish toʻgʻrisidagi Senat qarori oldindan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi qarori esa tegishli davlat organiga, xoʻjalik boshqaruvi organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda tegishincha hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senat qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qarori esa tegishli davlat organiga, xoʻjalik boshqaruvi organiga yuboriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 327-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida Senatning qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senat parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Senat aʼzolari orasidan komissiya tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni va olimlarni komissiya ishiga jalb etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif etishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya Senatning qaroriga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Senat tomonidan belgilangan muddatda uni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parlament tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan ham oʻtkazilishi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi 704-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 588-modda, № 12, 880-modda) 10-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Deputat davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan, senator esa tegishli hududlarning manfaatlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat, senator soʻroviga, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi. Deputat yoki senator soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi 706-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 10-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda) 8-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Deputat soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan “Qonun loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-60-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 537-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 5, 261-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 5-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Qonunchilik palatasida oʻzi kiritgan qonun loyihasi koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish uchun, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida, qoida tariqasida, maʼruza bilan soʻzga chiqish uchun oʻz vakilini tayinlaydi. Qonunchilik tashabbusi huquqining boshqa subyektlari ham (Qonunchilik palatasi deputatlaridan tashqari) qonun loyihasi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida, qoida tariqasida, maʼruza bilan soʻzga chiqish uchun oʻz vakilini tayinlashi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili koʻrsatiladi, u qonun loyihasini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish chogʻida ishtirok etadi. Qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida maʼruza bilan soʻzga chiqadigan vakili ham koʻrsatiladi (bundan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti shaxsan soʻzga chiqadigan hollar mustasno)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-403-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 5-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“10-modda. Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi, Senat zarur boʻlgan hollarda, oʻz majlislarida hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisidagi masalasi Qonunchilik palatasi tomonidan fraksiyalar tashabbusiga koʻra, Senat tomonidan esa qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senat Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axborotini Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻz faoliyati haqidagi axborotini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senat har yili Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axborotini Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda eshitadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi. Hukumat aʼzolarini eshitish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasi, Senat qarori oldindan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi qarori esa tegishli davlat organiga, xoʻjalik boshqaruvi organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda tegishincha hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi, Senat qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qarori esa tegishli davlat organiga, xoʻjalik boshqaruvi organiga yuboriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 14-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Parlament soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida Qonunchilik palatasining, Senatning qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi, Senat parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari orasidan komissiya tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni va olimlarni komissiya ishiga jalb etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya Qonunchilik palatasining, Senatning qaroriga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tegishincha Qonunchilik palatasini yoki Senatni bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi, Senat tomonidan belgilangan muddatda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parlament tekshiruvi Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan ham oʻtkazilishi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 10-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-631-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son)