O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini tashkil qilish to‘g‘risida” 1997-yil 25-fevraldagi PF-1713-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urtaning asosiy turlari ro‘yxatiga, bank kreditlarini to‘lamaganlik uchun qishloq xo‘jaligi korxonalarining javobgarligini sug‘urta qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun va fyuchers kontraktlari bo‘yicha avans tariqasida beriladigan mablag‘lar qaytarilishini sug‘urtalash sxemalariga 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi, Moliya vazirligi, “Paxta-bank”, “G‘alla-bank” va “Mevasabzavotbank” bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda xo‘jalikning moliyaviy ahvoli va to‘lov qobiliyati to‘g‘risida har yili ortib boruvchi yakuniy ma’lumotlar bilan to‘ldirib boriladigan xo‘jalik pasportining namunaviy shaklini ishlab chiqsinlar;
ikki oy muddatda, pasportning ko‘rsatib o‘tilgan namunaviy shakliga muvofiq, xo‘jaliklarni yalpi xatlashdan o‘tkazsinlar, kompaniyaning sug‘urta polisini va bank kreditini olishga da’vogar bo‘lish mumkin bo‘lgan xo‘jaliklar ro‘yxatini aniqlasinlar.
3. “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi bir oy muddatda qarz oluvchiga qo‘yiladigan namunaviy talablarni va ular albatta bajarilgan taqdirda sug‘urta polisi berilishini hamda qishloq tovar yetishtiruvchilarini sug‘urtalashni ta’minlash bo‘yicha boshqa zarur normativ-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
sug‘urta polisi “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasining xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limiga topshirilgan pasport nusxasiga muvofiq xo‘jalikning ishlab chiqarish moliyaviy ahvoli o‘rganilgandan keyin va qarz oluvchiga qo‘yiladigan namunaviy talablar bajarilgan taqdirda beriladi;
xo‘jalik bilan bank (tayyorlov tashkiloti) o‘rtasida likvid mol-mulk garovi shartnomasini tuzish sug‘urta polisi berishning sharti hisoblanadi, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, summasidan qat’i nazar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida va viloyatlar hokimliklarining adliya boshqarmalarida amalga oshiriladi;
sug‘urta polisi bankka topshiriladi va u kredit olish uchun tavsiya-kafolatnoma hisoblanadi. Shu bilan birga sug‘urta kompaniyasini bankka kredit beriladigan har bir loyiha bo‘yicha xulosa beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Rais boshqaradigan Boshqaruv “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining ijro etuvchi organi hisoblanadi. Kompaniya Boshqaruvchi raisi maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtiriladi.
“O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi va uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 4, 5 va 5a-ilovalarga muvofiq ma’qullansin. Kompaniya xodimlari sonining (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 2000 kishidan, shu jumladan, kompaniya ijro etuvchi apparati xodimlari cheklangan sonining 60 kishidan iborat bo‘lishiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi tizimi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun kompaniya rahbariyatidan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Markaziy banki vakillaridan iborat tarkibda Komissiya tuzilsin. Attestatsiya uch oy muddatda tugallansin.
Komissiyaga xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha ularni kompaniya tizimida ishga joylashtirish yoki buni rad etish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilish huquqi berilsin.
6. “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi bir oy muddatda ta’sis majlisini o‘tkazsin va o‘z faoliyati Ustavini belgilangan tartibda qabul qilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
8. “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasiga va uning mahalliy bo‘linmalariga Davlat sug‘urtasi bosh boshqarmasi va uning tarkibiy bo‘linmalari egallab turgan xizmat binolari biriktirib qo‘yilsin.
9. “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uning sug‘urta jamg‘armasini to‘ldirish uchun 1998-yildan boshlab mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
“O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 31-dekabrdagi 605-son;
“Jamoa, davlat xo‘jaliklari va boshqa davlat qishloq xo‘jalik korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1993-yil 23-dekabrdagi 608-son;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-dekabrdagi 608-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 4-apreldagi 116-son;
“Qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasiga doir sug‘urta to‘lovlari stavkalari miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 21-avgustdagi 329-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar qaytarilishi uchun qishloq xo‘jaligi korxonalarining javobgarligini sug‘urta qilish.
2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish uchun avans tariqasida beriladigan va fyuchers kontraktlari bo‘yicha mablag‘lar qaytarilishini sug‘urta qilish.
2. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini qayta ekishni va olasiga ekishni sug‘urta qilish.
5. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining tabiiy pichanzorlari, yaylovlari hosilini va tut daraxtlari barglarini sug‘urta qilish.
8. Qishloq xo‘jaligi korxonalari, dehqon, fermer va ijara xo‘jaliklarining mol-mulkini sug‘urta qilish.
9. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan jo‘natiladigan yuklarini sug‘urta qilish.
Qishloq joylardagi davlat, xususiylashtirilgan, qo‘shma, kichik va o‘rta korxonalar mol-mulkini sug‘urta qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Qishloq xo‘jaligi korxonasi olinadigan kreditning texnik-iqtisodiy asoslanishi ilova qilingan holda kredit berish to‘g‘risida bankka ariza beradi.
2. Bank qishloq xo‘jaligi korxonasi bilan kredit shartnomasini, shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida amalga oshiriladigan likvidli mol-mulkning garov shartnomasini tuzadi.
3. Qishloq xo‘jaligi korxonasi hujjatlar turkumi (kredit shartnomasi, oldingi davr uchun buxgalteriya balansi, kredit summasidan foydalanish bo‘yicha shartnomalar, kontraktlar va boshqalarni)ni “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi bo‘limiga beradi.
4. “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi bo‘limi kredit shartnomasini ko‘rib chiqadi, kreditdan foydalanish maqsadini, qishloq xo‘jaligi korxonasining pasportiga muvofiq uning moliyaviy ahvolini o‘rganadi hamda qishloq xo‘jaligi korxonasi bilan bankning kreditini qaytarmaslik tavakkalchiligi shartnomasini, shuningdek, garovga qo‘yilgan mol-mulkning sug‘urta shartnomasini tuzadi.
5. Qishloq xo‘jaligi korxonasi sug‘urta shartnomasi asosida “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi bo‘limi schyotiga hisoblar chiqilgan sug‘urta to‘lovlari summasini o‘tkazadi. Sug‘urta shartnomasi tuzilgan kunda xo‘jalikda mablag‘ mavjud bo‘lmagan taqdirda bank hisoblab chiqilgan sug‘urta to‘lovlarini kredit summasidan ushlab qoladi va ularni uch kun ichida kompaniya bo‘linmasi schyotiga o‘tkazadi.
6. “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi bo‘limi qishloq xo‘jaligi korxonasiga sug‘urta polisi, shuningdek, kredit berilishi kerak bo‘lgan loyiha yuzasidan xulosa beradi.
8. Kredit yoki uning bir qismi qaytarilmagan taqdirda bank va qishloq xo‘jaligi korxonasi “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi bo‘limiga sug‘urtalash boshlanganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboradi.
10. “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi bo‘limi bankka garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlanmagan qismi uchun sug‘urta qoplamasi to‘laydi.
11. Sug‘urta qoplamasi to‘langandan keyin to‘langan qoplama doirasida qishloq xo‘jaligi korxonasining qarzini undirish huquqi “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi bo‘limiga o‘tadi va bo‘lim qarzni undirishni O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bo‘linmalari kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalariga beriladigan avans summasini belgilaydilar.
2. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bo‘linmalari avans to‘lovlari oluvchi xo‘jaliklar bilan haridorgir mol-mulkni garovga qo‘yish shartnomalarini tuzadilar, ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar hokimliklarining adliya boshqarmalarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadilar.
3. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bo‘linmalari avans tariqasida berilgan mablag‘larni to‘lamaslik tavakkalchiligini sug‘urtalash shartnomasi tuzish to‘g‘risida “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi bo‘limlariga murojaat qiladilar.
4. 4a. “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi bo‘limlari hujjatlar paketi (avans tariqasida beriladigan ssuda mablag‘lari berish shartnomalari va ularga ilovalar)ni, qishloq xo‘jaligi korxonasining moliyaviy ahvolini uning pasportiga muvofiq holda ko‘rib chiqadilar va “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bo‘linmalari bilan avans tariqasida berilgan mablag‘larning sug‘urtalanishi shartnomalarini, qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan esa garovga qo‘yilgan mol-mulkni sug‘urtalash shartnomalarini tuzadilar.
5. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bo‘linmalari shartnoma asosida hisoblab chiqilgan sug‘urta to‘lovlari summasini “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi bo‘limlari schyotiga o‘tkazadilar.
6. “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi bo‘limlari “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bo‘linmalariga sug‘urta polisini beradilar.
7. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bo‘linmalari qishloq xo‘jaligi korxonalariga avans beradilar.
8. Qishloq xo‘jaligi korxonasi mahsulot yetishtiradi va uni “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bo‘linmalariga sotadi.
9. Avans tariqasida berilgan summa yoki uning bir qismi to‘lanmay qolgan hollarda “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi yoki “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bo‘linmalari bu haqda sabablari ko‘rsatilgan holda, “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi bo‘limlariga xabar qiladilar.
10. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi yoki “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bo‘linmalari garovga qo‘yilgan mol-mulkni undirish uchun murojaat qiladilar.
11. “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasining bo‘limlari garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlanmagan qismidagi sug‘urta to‘lovi summasini “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi yoki “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bo‘limlari schyotiga o‘tkazadilar.
12. Sug‘urta to‘lovi to‘langandan so‘ng to‘langan sug‘urta to‘lovi doirasida qarzni undirish huquqi “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasi bo‘limlariga o‘tadi, ular O‘zbekiston Respublikasining fuqaroliq qonunchiligi bilan belgilangan tartibda qarzlarni undirib oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.