Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2005 02.02.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1448
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Qarori, 02.02.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1448
Дата вступления в силу
12.02.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2005
Hujjat 12.02.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINING DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN PAXTA VA GʻALLA YETIShTIRISh XARAJATLARINI TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN KREDITLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 2-fevralda 1448-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2005-yil 3-avgustdagi 71, 266-V-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi (roʻyxat № 1508, 11.08.2005-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 262-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Fermer xoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1295, 2004-yil 6-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y. yanvar, 1-2-son) oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2005-yil 14-yanvar,

2-son

Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 14-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
259-V-son

Moliya vazirligi Markaziy banki Boshqaruvining
2005-yil 14-yanvardagi 2, 259-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, tijorat banklari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan gʻalla va paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlari uchun kreditlar berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tijorat banklari tomonidan ushbu kreditlar qishloq xoʻjaligi korxonalariga muddatlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik hamda maqsadli foydalanish shartlarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan gʻalla va paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizom asosida kreditlash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— 2005 xoʻjalik yilidan boshlab davlat ehtiyojlari uchun paxta yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjalik korxonalariga hamda gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— 2006 xoʻjalik yilidan boshlab davlat ehtiyojlari uchun gʻalla yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi korxonalariga tadbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kreditlar davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va gʻalla qiymatining 50 foizigacha miqdorida beriladi. Qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mahsulot hajmining qiymati “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalari (bundan keyingi matnlarda — tayyorlov korxonalari) bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit miqdorini aniqlash uchun amaldagi xarid narxlari asos qilib olinadi. Yangi xarid narxlari tasdiqlangach, kredit miqdori kredit oluvchining talabiga koʻra qayta hisoblab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish haqi va unga tegishli ajratmalarni toʻlash uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini xarid qilish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi-moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MTPlar, muqobil MTPlar va SFUlar (suvdan foydalanuvchilar uyushmalari) xizmatlari uchun toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan urugʻlik materiali qiymatini toʻlovi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik ixtiyoridagi texnikalarga ehtiyot qismlarni sotib olish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizingga (moliyaviy ijaraga) berilgan texnika vositalarining lizing va sugʻurta toʻlovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
plyonka ostiga ekiladigan paxta uchun polietilen plyonkasi xarid qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona yer soligʻi toʻlovlariga (muddati oʻtgan yer soligʻi. Muddatli yer soligʻi toʻlovlari qonunchilikda belgilangan muddatlarda toʻlanadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, ajratiladigan kreditlarning 5 foizi doirasida paxta va gʻalla yetishtirish bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjaliklarning boshqa zaruriy ehtiyojlar uchun toʻlovlar amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bunda, ushbu Nizomning 5-bandida keltirilgan ekinlarni yetishtirish xarajatlarining har bir turini moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlarning eng koʻp miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yilgi hosil uchun agrotexkartalardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Kredit ushbu meʼyorlar doirasida ajratib borilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi korxonasining biror bir xarajat turi boʻyicha toʻlovlarga ehtiyoji boʻlmagan hollarda, kredit resurslarini ayrim maqsadlarga sarflashdan voz kechish huquqiga ega. Bunda, tegishli oyda tejab qolingan kredit resurslari qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olishga, ichki xoʻjalik irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmogʻlarini tozalashga yoʻnaltirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kreditlar tegishli qishloq xoʻjalik mahsuloti boʻyicha qishloq xoʻjalik korxonalari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin gʻalla yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha 12 oydan va paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha 18 oydan koʻp boʻlmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini kreditlash bank marjasini hisobga olgan holda, imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu kreditlar boʻyicha imtiyozli foiz stavkasi yillik 3 foiz miqdorida belgilanib, uning 2 foizi bank marjasini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kredit qishloq xoʻjaligi korxonasiga uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochgan va unga xizmat koʻrsatayotgan bank tomonidan beriladi. Ushbu kreditlarni ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochilgan bank tomonidan berilishiga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Kreditlar berishda tijorat banklari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalarining arizalarini koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qishloq xoʻjaligi korxonalari tayyorlov korxonalari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzganlaridan keyin kredit olish uchun ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka ariza bilan murojaat etishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditga boʻlgan talabni aniqlash uchun tayyorlangan biznes-reja;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻngi hisobot davri uchun Davlat soliq xizmatining mahalliy organi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1-shakl) va debitor-kreditor qarzlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma (2a-shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-shakl).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Imtiyozli kreditlar qaytishini taʼminlash maqsadida, bank davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish maqsadida qishloq xoʻjaligi korxonalariga berilgan imtiyozli kreditlar qaytarilishi boʻyicha oʻzining tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilishi mumkin. “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasining imtiyozli kreditlarning qaytmasligi xavfini sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha sugʻurta badallari hajmi olinayotgan kredit summasining 0,75 foizi miqdorida boʻladi va tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Bunda, “Oʻzagrosugʻurta” DASK tomonidan sugʻurta polisi kredit shartnomasida belgilangan kreditning butun qaytarish muddatiga beriladi. Taqdim etilayotgan kredit miqdori “Oʻzagrosugʻurta” DASK bilan kelishilgan sugʻurta pulidan koʻp boʻlmasligi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari yaxshi moliyaviy holatga ega boʻlgan, oldin olgan kreditlarini doimo oʻz vaqtida qaytarib kelgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga mazkur kreditlarni ularni qaytmaslik xatarini sugʻurtalamagan holda, yaʼni “Oʻzagrosugʻurta” DASK sugʻurta polisini olmagan holda berish huquqiga egalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan soʻng, bank qishloq xoʻjaligi korxonasining arizasini koʻrib chiqishi va 5 kun muddat ichida u bilan kredit shartnomasi tuzishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit shartnomasini tuzishdan oldin bank qishloq xoʻjalik korxonasidan, oʻzaro kelishilgan kreditni qaytarish jadvalida belgilangan muddatlarda berilgan kreditlarning tegishli miqdorini toʻlab berish haqidagi, qishloq xoʻjaligi korxonasi rahbari va bosh buxgalteri (yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifasi yuklatilgan shaxs) tomonidan imzolangan hamda dumaloq muhr izi tushirilgan, muddatli majburiyatnomalarni talab qilib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank kredit qoʻmitasi tomonidan kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda, u raddiyani yozma shaklda izohlab berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Kreditlash, monitoring va kreditni soʻndirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan soʻng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qishloq xoʻjaligi korxonasiga ssuda hisobvaragʻi ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjalik korxonalarining ssuda hisobvaragʻidan toʻlovlar ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan maqsadlar uchun naqd pulsiz shaklda (ish haqidan tashqari) faqat qishloq xoʻjalik korxonalarining toʻlov topshiriqnomalariga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Bunda, toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oylik ish haqi toʻlovlari uchun agrotexkartalarda belgilangan meʼyorlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari uchun toʻlovlarda, mablagʻlar “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ filiallarining maxsus 23204-sonli va 23222-sonli hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzagromashservis” uyushmasi MTP larining xizmatlari uchun toʻlovlarda, mablagʻlar ularning maxsus 23218-sonli va 23210 (23220)-sonli hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va elektroenergiya uchun “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” DAK korxonalari toʻlovlarda, mablagʻlar ularning maxsus 23204-sonli va 23210 (23220)-sonli hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urugʻlik materiali qiymati uchun tayyorlov korxonalarining 23204-sonli maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil MTPlar, SFUlar (suvdan foydalanuvchilar uyushmalari), boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hamda ehtiyot qismlar uchun toʻlovlarda, mablagʻlar ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlarning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Banklar toʻlovlarning ssuda hisobvaragʻidan mazkur Nizomning 5 va 6-bandlardagi maqsadlar uchun amalga oshirilishini nazorat qiladi. Shuningdek, banklar “Oʻzagrosugʻurta” DASK bilan birgalikda sugʻurta shartnomasi asosida har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi qirqimida gʻalla va paxta ekinlarining holatini va boʻlajak hosilning berilgan kreditlarning qaytarilishini taʼminlash uchun yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy monitoring oʻrnatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ekinlar (toʻliq yoki qisman) mavjud boʻlmagan yoki ular ahvolining qoniqarsizligi, jumladan agrotexnik tadbirlarning kechikishi, ekin maydonlarini begona oʻtlar bosib ketishi holatlari aniqlanganda, bu haqda bank va “Oʻzagrosugʻurta” DASKning hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlinmalari (qarz oluvchi fermer xoʻjaligi boʻlganida — Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasining tuman vakilligi) birgalikda uch tomonlama dalolatnoma tuzadilar. Ushbu dalolatnoma asosida bank kreditlashni toʻxtatadi va kreditlar hamda ularga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish choralarini koʻradi. Bu choralar kredit shartnomasida kelishilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan bir vaqtda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlinmalari (qarz oluvchi fermer xoʻjaligi boʻlganida — Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasining tuman vakilligi) tomonidan ushbu dalolatnoma xizmat koʻrsatuvchi tarmoq korxonalariga yetkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kreditlar va unga hisoblangan foizlar qishloq xoʻjaligi korxonalarining maxsus 23210 (23220) hisob raqamlariga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, muddatli majburiyatnomalar asosida birinchi navbatda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit shartnomasi asosida berilgan kreditlarni qaytarish muddati yetib kelganda, ularni undirib olish uchun, qarzdor—qishloq xoʻjaligi korxonasining mablagʻi yetarli boʻlmaganda, tijorat banklari sugʻurta polisi asosida “Oʻzagrosugʻurta” DASK boʻlimlariga sugʻurta hodisasi roʻy berganligi toʻgʻrisida murojaat qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta tovoni, tijorat banklari va “Oʻzagrosugʻurta” DASK boʻlimlari oʻrtasida tuzilgan Bosh polis asosida tijorat banklariga 5 kun muddatda toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzagrosugʻurta” DASK sugʻurta polisi asosida tijorat banklariga qishloq xoʻjaligi korxonalari kreditlari va ularga hisoblangan foizlarni toʻlab bergan taqdirda, qarzdor qishloq xoʻjaligi korxonalaridan ushbu kreditlar va hisoblangan foizlar toʻlovini talab qilish huquqi qonunda belgilangan tartibda “Oʻzagrosugʻurta” DASKga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Kreditlardan foydalanganlik uchun foizlar kreditning amaldagi qoldigʻiga har kuni hisoblab boriladi va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻalla yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha — yilning iyul oyidan boshlab va kreditni toʻliq qaytarish vaqtigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha — yilning noyabr oyidan boshlab va kreditni toʻliq qaytarish vaqtigacha undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qishloq xoʻjaligi korxonalari kreditni va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Shuningdek, ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanish Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan tekshirib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” DASK va Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzagrosugʻurta” DASK raisi P. KAZIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBULOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 40-modda, 12-13-son, 95-modda, 23-24-son, 173-modda)