Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 21-oktabrdagi 490-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-yanvar,
35-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida” 1992-yil 6-apreldagi 170-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 4-son, 13-modda) 2-bandi “budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlaridan oldin “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 48-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan toʻlash qoidalari 28-bandining ikkinchi xatboshi “budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” hamda “budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlaridan oldin “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 377-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 377-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 142-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 6-iyundagi 286-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 21-modda) ilovaning II boʻlimi 5-bandidagi “viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar) pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga” soʻzlari “tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy sugʻurtalarga badallar miqdorlari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-iyuldagi 372-son qarorining muqaddimasidagi va 4-bandidagi “Pensiya jamgʻarmasi” va “Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda) 7-bandidagi “Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 307-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 49-modda) 1-bandining uchinchi xatboshidagi “Pensiya va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “SOS—Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining xayriya faoliyatini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 271-son qarorining 1-bandi “budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlaridan oldin “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 32-modda; 2011-y., 14-son, 142-modda, 37-son, 377-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)