04.08.2020 yildagi 461-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, koronavirus boʻyicha epidemiologik vaziyatning yomonlashish ehtimoli belgilarini oʻz vaqtida aniqlash va kasallanish xavfini kamaytirish hamda bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatishga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi kechiktirib boʻlmaydigan zarur tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan 2 ta ixtisoslashgan tibbiyot majmualari (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashgan tibbiyot majmualari) barpo etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashgan tibbiyot majmualarining qurilishi tugatilgan binolarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash maqsadida 2 ta shifoxona tashkil etilib, ularni boshqarish vaqtinchalik 1-son Respublika klinik shifoxonasi va 3-son Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ixtisoslashgan tibbiyot majmualari negizida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalarini (keyingi oʻrinlarda — maxsus shifoxonalar) tashkil etish toʻgʻrisida taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalarida bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning normativlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, maxsus shifoxonalar:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi shaklidagi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, mustaqil balansga hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
direktor va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malakali tibbiy xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish maqsadida boshqa tibbiyot muassasalaridan tibbiyot xodimlari, yordamchi va texnik xodimlarni jalb qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus shifoxonalarning ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-son Respublika klinik shifoxonasi va 3-son Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda ularga xizmat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalarning maxsus shifoxonalar bilan qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalarni (keyingi oʻrinlarda — vaqtinchalik shifoxonalar) quyidagi tartibda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining “Universal” sport majmuasida tashkil etilgan 750 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxonani Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy gospitaliga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzekspomarkaz” MKK AJ 1 va 2-son pavilyonida tashkil etilgan 814 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxonani Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Nazarbek” sogʻlomlashtirish maskanida tashkil etilgan 350 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxonani Milliy gvardiya va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlik sport majmuasida tashkil etilgan 520 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxonani Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining markaziy harbiy gospitaliga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzekspomarkaz” MKK AJ 3 va 4-son pavilyonida tashkil etilgan 1000 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona, Sergeli tumanidagi 2-son Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida tashkil etilgan 250 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona va Olimpiya zaxiralari sport saroyida 500 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxonani Toshkent shahar hokimligiga biriktirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalarning bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarining normativlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziriga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, maxsus shifoxonalarda hamda vaqtinchalik shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar sonidan va ularning ishlash xususiyatidan kelib chiqib, maxsus shifoxonalar va vaqtinchalik shifoxonalar tuzilmasiga hamda zarur boʻlgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning normativlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda vaqtinchalik shifoxonalar faoliyatiga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va boshqa xodimlar, shu jumladan harbiy xizmatchilarni joylashtirish choralarini koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtinchalik shifoxonalar faoliyatiga jalb qilingan xodimlar (harbiy xizmatchilar) va boshqa shaxslarni joylashtirishda binolarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar ushbu qarorning 7-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshida belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) vaqtinchalik shifoxonalarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlar va buxgalteriya xizmatlari tegishlicha vaqtinchalik shifoxonalar biriktirilgan tashkilotlar tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolarni saqlash, jumladan, issiqlik va suv taʼminoti, kanalizatsiya, elektr energiyasi, tabiiy gaz, obodonlashtirish, texnik koʻmaklashish xarajatlari tegishlicha binolarni balansda saqlovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) vaqtinchalik shifoxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining gospitallari va boshqa budjet tashkilotlaridan biriktiriladigan mutaxassis va xodimlarning asosiy ish joyi boʻyicha lavozim maoshlari saqlab qolinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) maxsus shifoxonalar toʻliq foydalanishga topshirilgunga qadar belgilangan bosh pudratchi tashkilotlar tomonidan muassasalarni saqlash bilan bogʻliq joriy xarajatlar buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vaqtinchalik shifoxonalar, shuningdek, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 26-martdagi PQ-4652-son qaroriga muvofiq maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtinchalik shifoxonalar va maxsus shifoxonalar rahbarlariga muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4652-son qarorida belgilangan meʼyorlardan oshmagan holda, qoʻshimcha toʻlovlarni zaruratga qarab, kunbay tarzda toʻlash huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida markaziy va oilaviy poliklinikalar negizida tashkil etiladigan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga ixtisoslashgan maxsus poliklinikalar (“COVID markaz”) xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar oʻrniga quyidagi miqdorlarda har oylik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vrach xodimlarga — 2,5 million soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta tibbiyot xodimlariga — 1,5 million soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik tibbiyot xodimlariga — 1,0 million soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa xodimlarga — 500 ming soʻm.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan toʻlovlarni amalga oshirishda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ish beruvchilar tomonidan undiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorning 8 va 9-bandlarida belgilangan toʻlovlar smena tugash kunida, biroq bir oyda 2-martadan kam boʻlmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtinchalik shifoxonalar, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga ixtisoslashgan maxsus poliklinikalarning tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 26-martdagi PQ-4652-son qarorining 3-bandi bilan belgilangan bir yoʻla beriladigan qoʻshimcha toʻlovlar tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vaqtinchalik shifoxonalarni joriy saqlash, shuningdek, bemorlarni hamda jalb qilingan mutaxassis va boshqa xodimlarni oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob, dezinfeksiya vositalari va boshqa zarur anjomlar bilan taʼminlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda qoʻshimcha vaqtinchalik shifoxonalar tashkil etilganda, mazkur qaror bilan belgilangan tartibda chora-tadbirlar amalga oshiriladi va ushbu qaror bilan oʻrnatilgan normativlar amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda uch kun muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtinchalik shifoxonalarni koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga samarali tibbiy xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar bilan (zarur hollarda, vaqtinchalik mehnat shartnomasi asosida), tibbiy asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiyot buyumlari, sarflash vositalari, shaxsiy himoya, dezinfeksiya vositalari, PZR testlar, reagentlar va boshqalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmatining tibbiyot muassasalaridagi hamda markazlashgan xaridlar boʻyicha olingan tovarlarni qayta taqsimlash orqali vaqtinchalik shifoxonalarning tezkor tayyorgarligini taʼminlasin, ularning butligini va maqsadli foydalanilishini hamda vaqtinchalik shifoxonalar faoliyati toʻxtatilgandan keyin barcha texnologik jihozlar qaytarilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining pandemiya sharoitida maxsus shifoxonalar hamda vaqtinchalik shifoxonalar faoliyatini tezkor tashkil etish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur boʻlgan dori vositalari, dezinfeksiya buyumlari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar va sarflash materiallar, xoʻjalik va boshqa tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha, istisno tariqasida, tender (tanlov) oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bemorlar va xodimlarni ovqatlantirish, kir yuvish, tashish, chiqindilarni chiqarish hamda utilizatsiya qilish va zarur hollarda laboratoriya va diagnostika xizmatlarini tashkil etishda autsorsing xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan, istisno tariqasida, tender (tanlov) oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki xafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan barcha turdagi ambulator va statsionar davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash muassasalarida ishlayotgan tibbiyot xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan maxsus qoʻshimcha toʻlovlarni takomillashtirish hamda anesteziolog-reanimatolog vrachlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ambulator poliklinika muassasalari qoshida tashkil etilgan mobil brigadalar xodimlariga mexnat qonunchiligi bilan oʻrnatilgan tungi vaqtda va bayram kunlari ishlaganligi uchun nazarda tutilgan miqdorlarda haq toʻlanishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxonalar, shu jumladan ixtisoslashgan tibbiyot majmuasi hamda vaqtinchalik shifoxonalardan sogʻayib chiqqan bemorlarni hamda tibbiyot xodimlarini tashish uchun tegishli vazirlik va idoralarning buyurtmasi asosida kerakli miqdorda avtobuslar ajratilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda vazirlik va idoralarga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar doirasida muruvvat yordami tariqasida yuborilgan va yuk hujjatlari joʻnatuvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan tovar-moddiy boyliklar istisno tariqasida, bojxonadan chiqarilishi va taqsimlanishi boʻyicha zarur amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi quyidagi maqsadlar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus shifoxonalarni saqlash va boshqa xarajatlar uchun asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Qoraqolpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga asosan vaqtinchalik shifoxonalar xarajatlarini amalga oshirish uchun mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi — koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxonalarni perimetri boʻylab kecha-kunduz qoʻriqlashga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi — koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxonalarda ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini taʼminlashga va jamoat tartibini saqlashga masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Qurbanov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 4-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
461-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 461-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni 16 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Amaldagi normativlar asosida shtatlar ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 461-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxonalarda bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning normativlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Nomlanishi

Lavozimi

Bemor soniga nisbatan

50

50 — 100

100 — 200

200 — 300

300 — 400

400 — 500

1.

Boshqaruv xodimlari

Bosh shifokor

1

1

1

1

1

1

Bosh shifokorning davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

1

1

1

2.

Shifokor xodimlar

Boʻlim boshligʻi

1

2

4

6

8

10

Shifokor

5

10

20

30

40

50

Vrach-epidemiolog

1

1

1

1

Vrach laborant

1

1

1

2

3

4

Vrach-patologoanatom

1

1

1

1

3.

Oʻrta tibbiyot xodimlari

Katta hamshira

1

2

4

6

8

10

Hamshira

10

20

40

60

80

100

Laborant

1

2

3

3

4

4

Provizor

1

1

1

1

1

1

OTSS hamshirasi

1

2

4

4

8

10

Dezinfektor

1

1

2

2

2

4

Patologoanatomiya boʻlimi laboranti

1

1

1

1

4.

Kichik tibbiyot xodimlar

Boʻlim bekasi

1

2

4

4

8

8

Sanitarka

10

20

40

60

80

100

5.

Boshqa xodimlar (zaruratdan kelib chiqib)

Xoʻjalik mudiri

1

1

1

1

2

2

Elektrik

1

1

1

1

2

2

Santexnik

1

1

1

1

2

2

Haydovchi

1

1

1

1

1

Statist

1

1

1

1

1

1

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reanimatsiya boʻlinmalarida 1 ta boʻlim boshligʻi, 1 ta katta hamshira, xar 6 nafar bemorga (toʻliq smenaga) 2 ta shifokor, 4 ta xamshira, 2 ta sanitarka shtatlari qoʻshib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bemorlar soni: 500 — 1000 tagacha boʻlganda qoʻshimcha 1 shtat birligi — bosh shifokorning davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari, 1 shtat birligi — patologoanatom, 1 shtat birligi — vrach-epidemiolog, har 100 bemor soniga 2 shtat birligi — boʻlim boshligʻi, 10 shtat birligi — shifokor, 1 shtat birligi — vrach-laborant, 2 shtat birligi — katta hamshira, 20 shtat birligi — hamshira, 2 shtat birligi — laborant, 2 shtat birligi — OTSS hamshira, 1 shtat birligi — dezinfektor, 2 shtat birligi — boʻlim bekasi, 20 shtat birligi — sanitarka lavozimlari qoʻshimcha kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 461-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalarning bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning normativlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Lavozim nomi

Kunu-tun ishlash uchun jalb etiladigan xodimlar soni

40 ta shifo oʻrnidan iborat boʻlim uchun

Shifokorlar:

Boʻlim boshligʻi (sutkasiga 12 soatlik ish vaqti)

1

Shifokor sutkasiga 12 soatdan oshmagan navbatchilik (2 post)

6

Shifokorlar jami:

7

Oʻrta tibbiyot xodimlari:

Katta hamshira (sutkasiga 12 soatlik ish vaqti)

1

Hamshira sutkasiga 12 soatdan oshmagan navbatchilik (4 post)

8

Oʻrta tibbiyot xodimlari jami:

9

Kichik tibbiyot xodimlari:

Boʻlim bekasi (sutkasiga 12 soatlik ish vaqti)

1

Sanitarka sutkasiga 12 soatdan oshmagan navbatchilik (2 post)

4

Kichik tibbiyot xodimlari jami:

5

Boʻlim jami:

21

COVID — 19 infeksiyasini davolashga moʻljallangan reanimatsiya
boʻlimi har 6 ta shifo oʻrni hisobiga belgilanadi

Lavozim nomi

Kunu-tun ishlash uchun jalb etiladigan xodimlar soni (6 ta shifo oʻrni uchun)

Shifokorlar:

Boʻlim boshligʻi (sutkasiga 12 soatlik ish vaqti)

1

Shifokor — reanimatolog sutkasiga 12 soatdan oshmagan navbatchilik (1 post)

2

Shifokorlar jami:

3

Oʻrta tibbiyot xodimlari:

Katta hamshira (sutkasiga 12 soatlik ish vaqti)

1

Reanimatsiya hamshirasi sutkasiga 12 soatdan oshmagan navbatchilik (2 post)

4

Oʻrta tibbiyot xodimlari jami:

5

Kichik tibbiyot xodimlari:

Reanimatsiya sanitarkasi sutkasiga 12 soatdan oshmagan navbatchilik (1 post)

2

Kichik tibbiyot xodimlari jami:

2

Boʻlim jami:

10

Maʼmuriyat 100 ta shifo oʻrniga:

Bosh shifokor (sutkasiga 12 soatlik ish vaqti)

1

Maʼmuriyat jami:

1

KDL, biokimyoviy laboratoriya 100 ta shifo oʻrniga:

Shifokor — laborant (sutkasiga 12 soatlik ish vaqti)

2

Laborant (sutkasiga 12 soatlik ish vaqti)

2

Laboratoriya jami:

4

Umumshifoxona 100 ta shifo oʻrniga:

Shifokor — epidemiolog (sutkasiga 12 soatlik ish vaqti)

1

Shifokor infeksionist (sutkasiga 12 soatlik ish vaqti)

1

Dezinfektor (sutkasiga 12 soatlik ish vaqti)

1

Umumshifoxona jami:

3

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Boshqa xodimlar shtat birligi amaldagi normativlar asosida ajratiladi
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 09/20/461/1137-son, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son; 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)