28.07.2020 yildagi 455-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Fuqaroviy qurol va xizmat quroli sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, fuqaroviy qurol va xizmat qurolini, ularning oʻq-dorilarini, hamda tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash, fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 28-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
455-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyundagi 455-son qaroriga
1-ILOVA

Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash (keyingi oʻrinlarda — sertifikatlash) tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni (keyingi oʻrinlarda — qurol va oʻq-dorilar) sertifikatlashni soʻrab murojaat qiluvchi, maxsus organlar va harbiy qismlar, yuridik shaxslar (maxsus xizmat vazifalari bilan shugʻullanuvchi, qurol ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi, sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi, ov va oʻq otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi, qurolni kolleksiyalash yoki koʻrgazmasi bilan shugʻullanuvchi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻq-dori turi — otish uchun moʻljallangan qurol turi bilan tavsiflanadigan (silliq stvolli oʻqotar, soyli oʻqotar, gazli, signalli va boshqalar), tovar belgisi tushirilgan, kalibr, gilza uzunligi, turi, uloqtiriladigan tarkibiy qismlari materiali, oʻq turi bilan tavsiflanuvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqariladigan oʻq-dori tuzilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻq-dori turining modifikatsiyasi — oʻq-dori tamgʻasida farqli belgisiga ega boʻlgan, tuzilishini qatʼiy oʻzgartirmaydigan, biroq texnik talablarga muvofiqligi va ishlash xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar bilan tavsiflanuvchi oʻq-dori turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻq-dorilar tamgʻasi — oʻq-dorilarning identifikatsiyasini taʼminlash maqsadida ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻq-dorilar va ularning qadogʻiga tushirilgan shartli belgilar (harflar, soʻzlar, raqamlar, geometrik shakllar va ixtiyoriy tasvirlar) majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻq-dorilar toʻpi (partiyasi) — bir xil turdagi poroxdan, bir xil massali oʻqlar va sochma oʻqlardan va bir xil modeldagi pistondan foydalangan holda, bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va tayyorlangan bir xil turdagi oʻq-dorilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol rusumi — aniq mahsulotga xos boʻlgan, aniq ishlab chiqaruvchi tomondan ishlab chiqariladigan va tamgʻaga ega boʻlgan aniq tarkibiy qismlar va komponentlar (mexanizmlar) majmui bilan tavsiflanadigan qurol tuzilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol rusumining modifikatsiyasi — qurol tamgʻasida koʻrsatiladigan ajralib turuvchi indeksga (harf va/yoki raqam) yoki kalibr belgisiga ega boʻlgan, tuzilishini qatʼiy oʻzgartirmaydigan, lekin mustahkamligiga, ishlash xavfsizligiga va qurol rusumining texnik talablarga muvofiqligiga taʼsir koʻrsatadigan qurol rusumining tarkibiy qismlari va komponentlariga har qanday kiritilgan oʻzgartirish, shu jumladan kalibr oʻzgarishini qoʻshish bilan tavsiflanadigan rusum turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol rusumining bajarilishi (qurol rusumining modifikatsiyasini bajarilishi) — mustahkamlik, ishlash xavfsizligi va qurol rusumini texnik talablarga muvofiqligiga taʼsir koʻrsatmaydigan tarkibiy qismlarning dastlabki toʻplamiga kiritiladigan oʻzgartirishlar bilan farq qiluvchi qurol rusumi turi. Qurol rusumi bajarilishini farq qiluvchi indeksi qurol tamgʻasiga va (yoki) unga ilova qilinadigan hujjatga tushiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurollar toʻpi (partiyasi) — sertifikatlash uchun moʻljallangan aniq vaqt intervali davomida bir xil sharoitda bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan bir nomdagi va bir xil tamgʻali qurol birligi majmui.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qurol va oʻq-dorilarini sertifikatlash Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, shuningdek, mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurol va oʻq-dorlarni sertifikatlash Oʻzbekiston Respublikasi hududida ularning muomalada xavfsiz boʻlishini taʼminlash maqsadida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlash organlari (keyingi oʻrinlarda — sertifikatlash organlari) tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash va yozma tarzda xabardor qilish, shuningdek, qurol va oʻq-dorilarning tavsiflarini texnik talablarga muvofiqligini tahlil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurol va oʻq-dorilarini sertifikatlash talabgorning sertifikatlashtirish organiga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha taqdim etilgan arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikatlanadigan qurol va oʻq-dorilarning har biri muayyan turdagi qurol va oʻq-dorilarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq tamgʻaga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sertifikatlashda qurol va oʻq-dorilarning xususiyatlari tekshiriladi hamda qurol va oʻq-dorilarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi sinov usullari qoʻllaniladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol rusumlari (qurol rusumining modifikatsiyasi), oʻq-dori turi (oʻq-dori turining modifikatsiyasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurol va oʻq-dorilarni koʻplab ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol va oʻq-dorilarning toʻpi (partiyasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurolning yagona namunasi sertifikatlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qurol rusumiga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati qurol rusumining bajarilishiga qoʻshimcha sertifikatlashtirish sinovlarisiz taalluqli hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchi qurol rusumiga oʻzgartirishlar kiritilgan vaqtdan boshlab bir oy muddatda qurol rusumini sertifikatlagan organga tegishli oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qurol modeli va oʻq-dori turlarining yangi namunalari ishlab chiqilganda, seriyali ishlab chiqarilganda, shuningdek, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ilk bor olib kirilganda ishlash chidamliligi va xavfsizligi hamda texnik talablarga muvofiqligi boʻyicha sinov turlarini oʻz ichiga olgan holda sertifikatlash ishlari amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va eksportga moʻljallangan qurol va oʻq-dorilar eksport qilinayotgan davlatning talablariga mos keladigan texnik shartlarga asosan sertifikatlanganda, ularning ishlashi va xavfsizligi boʻyicha sinovlar oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurol rusumini va oʻq-dori turini sertifikatlashda har bir qurol rusumi (qurol rusumining modifikatsiyasi), oʻq-dori turi (oʻq-dori turining modifikatsiyasi) uchun alohida muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurol rusumi (oʻq-dori turi) va (yoki) uning modifikatsiyasi bir vaqtning oʻzida sertifikatlash uchun taqdim etilgan taqdirda, bitta sertifikatni rasmiylashtirishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan aynan bir turdagi qurol rusumi (qurol rucumining modifikatsiyasi), oʻq-dori turi (oʻq-dori turining modifikatsiyasi) ishlab chiqarilganda, sertifikatlash ishlari har bir ishlab chiqaruvchi uchun alohida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qurol va oʻq-dorilarning seriyali ishlab chiqarilishini sertifikatlashda qurol rusumi (qurol rusumining modifikatsiyasi)ni, oʻq-dori turi (oʻq-dori turining modifikatsiyasi)ni sinash bilan bir qatorda, qurol va oʻq-dorilarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarning mavjudlik holati oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qurolning bitta namunasini, qurol va oʻq-dorilar toʻplamini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda, qurol modeli va oʻq-dori turiga qarab sertifikatlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mustahkamligi va foydalanish xavfsizligi boʻyicha sinovlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy-biologik va kimyoviy talablarga muvofiqligini tekshirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatlash organlarida identifikatsiya qilishni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyinchalik olib kirish maqsadida sovuq va uloqtirish qurollarining toʻpini sertifikatlashda ushbu qurollarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan texnik talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qurol hujjatlari (foydalanish yoʻriqnomasi va pasporti) asl tildagi nusxasi va asl tildagi nusxasi bilan bir xil boʻlgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosi qoʻllangan) tarjimasi ilova qilingan holda taqdim etiladi hamda ishlab chiqaruvchilari, asosiy texnik tavsiflari, foydalanish qoidalari va saqlash muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirish shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan oʻq-dorilarni xavfsiz aylanmasiga taalluqli boʻlgan hamda oʻq-dorilarning dastlabki qadoqlash yorliqlariga tushiriladigan tamgʻasi va maʼlumotlari asl tildagi nusxasi va asl tildagi nusxasi bilan bir xil boʻlgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosi qoʻllangan) tarjimasi ilova qilingan holda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sertifikatlash ishlari shartnomaga asosan toʻlov amalga oshirilgandan soʻng bajariladi. Sertifikatlash ishlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning natijalaridan qatʼi nazar, talabgor tomonidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash organlarini va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sinov laboratoriyalari qurol va oʻq-dorilar sinovlarini oʻtkazadi hamda sertifikatlash maqsadlari uchun sinov bayonnomalarini rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qurol va oʻq-dorilar sertifikatlash organlari tomonidan sertifikatlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikatlash maqsadida sinovlar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida (markazlarida) (keyingi oʻrinlarda — sinov laboratoriyalar) oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol va oʻq-dorilarini sertifikatlash ishlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlashda tasdiqlanadigan koʻrsatkichlar nomenklaturasini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Davlat qurol kadastriga kiritiladigan qurol va oʻq-dorilarning asosiy texnik xususiyatlari nomenklaturasini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sertifikatlash jarayonida kelib chiqadigan nizolar ikki hafta muddat ichida Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi nizolarni hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi vakillarini Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga jalb qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlashda qoʻllaniladigan chizmalar tekshirishlar hajmiga qarab, sertifikatlash chizmasining murakkabligi, mahsulotning xavfsizlik darajasiga bogʻliq holda sertifikatlash organlari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir muayyan holatda sertifikatlash organi talabgorning taklifini, yetkazib beriladigan qurol va oʻq-dorilarning hajmi va muddatini, sinash usullarini, ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini va uning barqarorligining buzilish xavfi mavjudligini, shuningdek, mazkur qurol va oʻq-dorilarning potensial xavfini hisobga olgan holda sertifikatlash chizmasini tanlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash, bir xil qoidalar boʻyicha oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorning sertifikatlashga ariza berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatlash ishlarining bajarilishi yuzasidan shartnoma rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatlash uchun kelib tushgan ariza boʻyicha ishlarni boshlash yuzasidan qaror qabul qilish, shu jumladan sertifikatlash chizmasini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sinash uchun namuna tanlash, identifikatsiya qilish, shuningdek, ularning sinovlarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish holatini oʻrganish yoki sifatni boshqarish tizimlari sertifikatlanganini tekshirish (agar sertifikatlash chizmasida nazarda tutilgan boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlik sertifikatini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatlangan qurol va oʻq-dorilar boʻyicha inspeksiya nazoratini oʻtkazish (agar sertifikatlash chizmasida nazarda tutilgan boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol va oʻq-dorilarning belgilangan talablarga muvofiqligi buzilganda va muvofiqlik belgisi notoʻgʻri qoʻllanilganida, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlikni baholash natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni yuritish va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga kiritib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Talabgor tomonidan qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash uchun berilgan arizaga quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar uchun:

qurolning pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurolni yigʻish chizmasi (yigʻilish sxemasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanish yoʻriqnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurolning pasportining (foydalanish yoʻriqnomasining) asl tilidagi nusxasi va asl tildagi nusxasi bilan bir xil boʻlgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosi qoʻllangan) tarjimasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol va oʻq-dorilar ishlab chiqaruvchining qurol va oʻq-dorilar sifatini tasdiqlovchi hujjatlarning va sertifikatlash oʻtkazilgan davlatning muvofiqlik sertifikatlarining asl tilidagi nusxasi va uni asl tildagi nusxasi bilan bir xil boʻlgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosi qoʻllangan) tarjimasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol va oʻq-dorilarini sotib olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim (shartnoma), yuklarni kuzatib borish hujjatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qurol va oʻq-dorilarni sinash uchun sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmaganda, ularni sertifikatlash ishlari ishlab chiqaruvchining nazorat tamgʻalarini va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini eʼtirof etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qurol va oʻq-dorilarni identifikatsiya qilishda va ularning sinovlari salbiy natijalar berganda, sertifikatlash organi talabgorga muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qonuniy asoslarni aniq koʻrsatgan holda taqdim etadi va bu haqda uch ish kunidan oshmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasini, Ichki ishlar vazirligini, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini va Davlat bojxona qoʻmitasini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlash organidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muvofiqlik sertifikati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet eldan olib kelinayotgan qurol va oʻq-dorilar toʻplamiga ularning yaroqlilik muddatiga, yaroqlilik muddati boʻlmagan qurol va oʻq-dorilarga esa — muddati koʻrsatilmasdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar toʻplamiga ularning yaroqlilik muddatiga, yaroqlilik muddati boʻlmagan qurol va oʻq-dorilarga esa — muddati koʻrsatilmasdan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida qurol va oʻq-dorilarni seriyali ishlab chiqarish uchun — uch yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sertifikatlashning umumiy muddati qurol va oʻq-dorini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarida belgilangan sinov usullariga muvofiq oʻtkaziladigan sinovlar davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Muvofiqlik sertifikatiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qurol va oʻq-dorilarga berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Berilgan, toʻxtatib qoʻyilgan, bekor qilingan va muvofiqlik sertifikatini berishda rad etilgan muvofiqlikni baholash natijalari hisobi sertifikatlash organi tomonidan yuritiladi hamda har oyda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga taqdim etib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, zaruratga koʻra, sertifikatlash organidan qurol va oʻq-dorilarga rasmiylashtirilgan muvofiqlikni baholash natijalari boʻyicha hujjatlar toʻplamini talab qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Muvofiqlik sertifikatida keltirilgan maʼlumotlarning aniqligi, belgilangan muddatlarni va sertifikatlash qoidalarining buzilishi boʻyicha javobgarlik sertifikatlash organiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni sertifikatlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga oʻxshash boʻlgan buyumlarni (keyingi oʻrinlarda — qurol va oʻq-dorilar) sertifikatlashga ariza taqdim etadi.

zarurat boʻlganda

2-bosqich

Sertifikatlash organi

Arizani koʻrib chiqib, sertifikatlash ishlarini oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qiladi yoki talabgorga asoslantirilgan rad javobini beradi.

2 ish kuni davomida

3-bosqich

Sertifikatlash organi

Sinov va sertifikatlash ishlarini oʻtkazish boʻyicha shartnoma rasmiylashtiradi.

qaror qabul qilingan kunda

4-bosqich

Talabgor

Sinov va sertifikatlash ishlarini oʻtkazish uchun rasmiylashtirilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradi.

shartnomada belgilangan muddatlarda

5-bosqich

Sertifikatlash organi

Qurol va oʻq-dorilaridan namuna tanlaydi, identifikatsiya qiladi va sinov laboratoriyasiga topshiradi.

toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 2 ish kuni davomida

6-bosqich

Sertifikatlash organi

Ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganadi.

zarurat boʻlganda

7-bosqich

Sinov laboratoriyasi

Qurol va oʻq-dorilarining sinovlarini oʻtkazadi.

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Sertifikatlash organi

Hujjatlar toʻplamini tahlil qiladi, sertifikatlashtirish boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi va muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi yoki asoslangan rad javobini beradi.

3 ish kuni davomida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyundagi 455-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Asosiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini (keyingi oʻrinlarda — Qurol kadastri) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qurol kadastrining obyekti — sertifikatlashning ijobiy natijalariga ega boʻlgan fuqaroviy qurol va xizmat quroli (keyingi oʻrinlarda — qurol) hamda ularning oʻq-dorilari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurol kadastriga tigʻli sovuq qurol va uloqtirish quroli toʻgʻrisidagi, yagona nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqiladigan qurol haqidagi maʼlumotlar kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurol va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qurol kadastriga kiritilganligi uchun talabgordan toʻlov undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Qurol kadastrini yuritish va nashr etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qurol kadastri Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan elektron tarzda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda hamda 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qurol kadastri quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat quroli va uning oʻq-dorilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qurol va oʻq-dorilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport uchun ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik maqsadlarda (sinovlar, tekshiruvlar yoki qurol ishlab chiqarish jarayonida) ishlatish uchun oʻq-dorilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qurol kadastriga qurol va oʻq-dorilar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol (oʻq-dorilar) rusumining nomi va belgilanishi hamda ularga ishlatiladigan oʻq-dorilar (qurol) kalibri;

qurol va oʻq-dorilarning asosiy texnik tavsiflari;

ishlab chiquvchi (loyihalashtiruvchi) va ishlab chiqaruvchining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat belgisi;

namunaning rangli surati;

rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol (oʻq-dorilar) rusumining nomi va belgilanishi hamda ularga ishlatiladigan oʻq-dorilar (qurol) kalibri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol va oʻq-dorilarning asosiy texnik tavsiflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurol va oʻq-dorilarni ishlab chiqaruvchi tashkilot va mamlakat nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat belgisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
namunaning rangli surati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisida maʼlumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurol kadastriga kiritiladigan qurol va oʻq-dorilarning asosiy texnik tavsiflari nomenklaturasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qurol va oʻq-dorilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning birinchi oʻn kunligida Qurol kadastriga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurol va oʻq-dorilarning muvofiqligini baholash uchun texnik talablar, tamgʻalash, qadoqlash qoidalari va sinov usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organi tomonidan sertifikatlangan qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash natijalari boʻyicha qurol rusumiga (oʻq-dori turi) taalluqli hujjatlar yuritiladi va doimiy ravishda hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga maʼlumot kiritib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi chorakda bir marta Qurol kadastriga Oʻzbekiston Respublikasida yangi qurol rusumlarini ishlab chiqarish yoki olib kirish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib boradi. Kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotlar mazkur Nizomning 4-bandiga asosan Qurol kadastriga kiritiladi va qurol rusumiga (oʻq-dori turiga) roʻyxatga olish raqami beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qurol rusumi (oʻq-dori turi)ning Oʻzbekiston Respublikasida hududida muomalaga chiqarilishi taqiqlangan taqdirda, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Qurol kadastriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Qurol qadastridan chiqarilgan qurol rusumlarining (oʻq-dori turlari) roʻyxatga olish raqamlari ikkilamchi qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qurol kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiradi va har chorakda bir marta Davlat kadastrlari yagona tizimiga kadastr maʼlumotlari taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Qurol kadastrida keltirilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga

Fuqaroviy qurol va xizmat qurollari va oʻq-dorilar davlat kadastri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Roʻyxatga olish raqami

Rusum nomi

Rusum belgisi

Kalibr

Asosiy texnik tavsiflari

Ishlab chiquvchi (loyihalashtiruvchi), ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarilgan mamlakat nomlari

Ishlab chiqarilgan davlat

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjat belgisi

Namunaning rangli surati

Boshqa maʼlumotlar

Xizmat quroli va uning oʻq-dorilari

1.

2.

3.

...

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilari

1.

2.

3.

...

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan fuqaroviy qurol va oʻq-dorilar

1.

2.

3.

...

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qurol va oʻq-dorilar

1.

2.

3.

...

Eksport uchun ishlab chiqarilgan qurollar va oʻq-dorilar

1.

2.

3.

...

Texnologik maqsadlarda (sinovlar, tekshiruvlar yoki qurol ishlab chiqarish jarayonida) ishlatish uchun oʻq-dorilar

1.

2.

3.

...

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Sertifikatlash organi

Sertifikatlangan qurol va oʻq-dorilarni sertifikatlash natijalari boʻyicha qurol rusumiga (oʻq-dori turi) taalluqli hujjatlarni elektron shaklda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga taqdim etadi.

har oyda, keyingi oyning
5 sanasiga qadar

2-bosqich

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

Sertifikatlashning ijobiy natijalariga ega boʻlgan fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Qurol kadastriga kiritadi.

har chorakda bir marta

3-bosqich

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

Davlat kadastrlari yagona tizimiga kadastr maʼlumotlarini taqdim etadi.

har chorakda bir marta

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 07/20/455/1118-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)