Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 20.07.2020 yildagi PF-6029-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subyektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus pandemiyasi davrida aholini, ayniqsa, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash, ularning daromadlarini ta’minlash, sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilanishiga qarab ushbu subyektlarni jadal qayta tiklash, shuningdek, ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2020-yil 1-iyuldan 2020-yil 31-dekabrga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkini (binolar va avtomobil transporti) ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga soliq maqsadida ijara to‘lovlarining eng kam stavkalarini qo‘llash tartibi to‘xtatib turiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga beruvchilarga 2020-yil uchun ijara to‘lovi miqdorini pasaytirish maqsadida, shu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara to‘lovini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2020-yil 1-apreldan 2020-yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-son Farmonida belgilangan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdorini 5 foizdan 3 foizga pasaytirishga doir imtiyoz muddati 2020-yil 31-dekabrga qadar uzaytiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogol mahsulotlarini yetkazib berish orqali sotish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llagan holda, ularni kichik korxonalar toifasiga kiritish maqsadida 2020-yil 1-iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan xodimlarning yillik o‘rtacha soni 25 nafardan 50 nafarga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-iyulga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rnatilgan joylashtirish, qurish va foydalanish bo‘yicha vaqtinchalik talablarga rioya qilgan holda hamda tuman (shahar) hokimliklarini xabardor qilish orqali iste’molchilarga ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘zlariga tutash bo‘sh yer uchastkalarida yengil konstruksiyalarni bepul joylashtirish va qurish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, 2021-yil 1-iyulga qadar karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab tadbirkorlik subyektlariga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan shartnoma tuzmasdan davlat soliq xizmati organlarini savdo muddati, mahsuloti va transport to‘xtashi taqiqlanmagan joylarni ko‘rsatgan holda xabardor qilish orqali avtodo‘kon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qilish huquqi taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘zining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali ko‘chma savdoni boshlash to‘g‘risida elektron xabarnomalarni bepul qabul qilishni ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki kun muddatda umumiy ovqatlanish korxonalarida iste’molchilarga ovqatlanish yoki xordiq chiqarish xizmatlarini ko‘rsatish uchun yengil konstruksiyalarni joylashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha vaqtinchalik talablarni tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-yanvarga qadar xalqaro tajribadan kelib chiqib, umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelari ishlashi, shuningdek, ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan hollarda, soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5996-son Farmonida belgilangan quyidagi soliq imtiyozlari va preferensiyalari 2020-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish bo‘yicha berilgan imtiyozlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik tadbirkorlik subyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo‘lovchi tashish, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan banketlar o‘tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ijtimoiy soliq stavkasini 12 foizdan 1 foizga pasaytirish bo‘yicha mikrofirma va kichik korxonalar uchun berilgan imtiyozlar (aksizosti mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) bojxona organlariga murojaat qilgan kungacha bir yildan kam bo‘lmagan muddat davomida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan, tovarlarni (iste’mol tovarlaridan tashqari) olib kirishda undiriladigan bojxona boji va aksiz solig‘ini to‘lash muddatini kechiktirish taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) mikrofirma va kichik korxonalarda 2020-yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirishni to‘xtatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, umumiy ovqatlanish korxonalari ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasini ishchilarning sonidan qat’i nazar qo‘llaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vakolatli organlar auditorlar, rieltorlar, baholovchilar, aktuariylar, apteka va ularning filiallari mudirlari, turistik tashkilotlarning ishchilari va gidlar (ekskursovodlar), xorijiy tillarga o‘qituvchilarning 2020-yil 1-martda tugaydigan malakaviy sertifikatlari muddatini navbatdagi malakaviy imtihonlarni o‘tkazish sanasiga qadar uzaytirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va ko‘mak” fondiga, “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga, shu jumladan ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi bo‘linmalariga beg‘araz yordam berish (beg‘araz yordam olish) qismida foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilishi 2020-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, shuningdek, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha onalarga beriladigan nafaqalar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblashda jami daromadga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 20-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-6029-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2020-y., 06/20/6029/1086-son)