Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqidagi buyrugʻi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2804-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2016-yil 16-maydagi 79-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2804, 2016-yil 28-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 26-son, 321-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-avgustdagi 217-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2804-1, 2018-yil 21-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 10/18/2804-1/1952-son);
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 4-maydagi 121-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2804-2, 2019-yil 13-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2019-y., 10/18/2804-2/3286-son).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P.R. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-iyun,
199-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2020-yil 8-iyun
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
2020-yil 8-iyun
Oliy va oʻrta taʼlim vaziri I. MAJIDOV
2020-yil 8-iyun
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
2020-yil 8-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2020-y., 10/20/2804-3/1079-son)