Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 02.07.2020 yildagi O‘RQ-626-son
Дата вступления в силу
04.10.2020
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 21.04.2021 sanasi holatiga | Hujjat 07.05.2026 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston RespublikasiNINg | Oʻzbekiston RespublikasiNINg |
Qonuni | Qonuni |
Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida | Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida |
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 18-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 19-iyunda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 18-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 19-iyunda maʼqullangan |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Asosiy tushunchalar | 3-modda. Asosiy tushunchalar |
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: |
geografik axborot tizimi — geografik obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish, saqlash, modellashtirish va aks ettirish uchun, shuningdek kartografiyaga oid axborotdan foydalangan holda umumdavlat ahamiyatiga yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborotga va hisob-kitobga doir vazifalarni hal etish uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan tizim; | geografik axborot tizimi — geografik obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish, saqlash, modellashtirish va aks ettirish uchun, shuningdek kartografiyaga oid axborotdan foydalangan holda umumdavlat ahamiyatiga yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborotga va hisob-kitobga doir vazifalarni hal etish uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan tizim; |
geodeziya — Yer shaklini, tashqi gravitatsiya maydonini, yer sathining koordinata nuqtalarini va ularning vaqt boʻyicha oʻzgarishlarini aniqlash boʻyicha ilmiy, taʼlim, ishlab chiqarish hamda boshqa faoliyat jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar sohasi; | geodeziya — Yer shaklini, tashqi gravitatsiya maydonini, yer sathining koordinata nuqtalarini va ularning vaqt boʻyicha oʻzgarishlarini aniqlash boʻyicha ilmiy, taʼlim, ishlab chiqarish hamda boshqa faoliyat jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar sohasi; |
geodeziya va kartografiya faoliyati — Yer shaklining, tashqi gravitatsiya maydonining parametrlarini, yer sathining koordinata nuqtalarini va ularning vaqt boʻyicha oʻzgarishlarini aniqlashga, davlat geodeziya, gravimetriya va nivelir tarmoqlarini, doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻini yaratish, rivojlantirish va ishlash holatida saqlab turishga, davlat kadastrlari, geofazoviy maʼlumotlar banklari (bazalari) va geoaxborot tizimlari uchun topografik, tematik xaritalar, rejalarni va kartografik asosni yaratishga hamda yangilashga qaratilgan ilmiy, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati; | geodeziya va kartografiya faoliyati — Yer shaklining, tashqi gravitatsiya maydonining parametrlarini, yer sathining koordinata nuqtalarini va ularning vaqt boʻyicha oʻzgarishlarini aniqlashga, davlat geodeziya, gravimetriya va nivelir tarmoqlarini, doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻini yaratish, rivojlantirish va ishlash holatida saqlab turishga, davlat kadastrlari, geofazoviy maʼlumotlar banklari (bazalari) va geoaxborot tizimlari uchun topografik, tematik xaritalar, rejalarni va kartografik asosni yaratishga hamda yangilashga qaratilgan ilmiy, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati; |
geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) — axborotni qayd etish turi va usulidan qatʼi nazar, geodeziya va kartografiya faoliyati amalga oshirilayotganda olingan geodeziya, nivelir, gravimetriya oʻlchovlarining, aerokosmik va kartografik tasvirlarning barcha yakuniy va oraliq natijalari; | geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) — axborotni qayd etish turi va usulidan qatʼi nazar, geodeziya va kartografiya faoliyati amalga oshirilayotganda olingan geodeziya, nivelir, gravimetriya oʻlchovlarining, aerokosmik va kartografik tasvirlarning barcha yakuniy va oraliq natijalari; |
gravimetriya tarmogʻi — yer sathidagi ogʻirlik kuchining miqdorlari maʼlum boʻlgan geodeziya punktlari tizimi; | gravimetriya tarmogʻi — yer sathidagi ogʻirlik kuchining miqdorlari maʼlum boʻlgan geodeziya punktlari tizimi; |
delimitatsiya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi va chegaradosh davlatlar oʻrtasida tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi chizigʻini aniqlash, uning oʻtishini tavsiflash va uni xaritada grafik tarzda aks ettirish; demarkatsiya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi va chegaradosh davlatlar oʻrtasida tuzilgan delimitatsiya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq chegara belgilarini oʻrnatish yoʻli bilan joylarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi chizigʻini belgilash; | |
Yerni masofadan turib zondlash — Yer sathi haqidagi, undagi yoki uning qaʼridagi obyektlar toʻgʻrisidagi axborotni kontaktsiz usullar orqali olish jarayoni; | Yerni masofadan turib zondlash — Yer sathi haqidagi, undagi yoki uning qaʼridagi obyektlar toʻgʻrisidagi axborotni kontaktsiz usullar orqali olish jarayoni; |
kartografiya — fazoviy (geofazoviy) maʼlumotlarni, shu jumladan axborot (geoaxborot) tizimlaridan foydalangan holda oʻrganish, yaratish, ulardan foydalanish, ularni oʻzgartirish va aks ettirish boʻyicha ilmiy, taʼlim, ishlab chiqarish hamda boshqa faoliyat jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar sohasi; | kartografiya — fazoviy (geofazoviy) maʼlumotlarni, shu jumladan axborot (geoaxborot) tizimlaridan foydalangan holda oʻrganish, yaratish, ulardan foydalanish, ularni oʻzgartirish va aks ettirish boʻyicha ilmiy, taʼlim, ishlab chiqarish hamda boshqa faoliyat jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar sohasi; |
kartografik monitoring — joyning holatini kartografik jihatdan oʻrganish maqsadida yer yuzasini uzluksiz kuzatish tizimi; | kartografik monitoring — joyning holatini kartografik jihatdan oʻrganish maqsadida yer yuzasini uzluksiz kuzatish tizimi; |
tematik xarita, reja, atlas — asosiy mazmuni aniq mavzu, syujet, tabiiy yoki ijtimoiy hodisalar yoxud ularning birikuvi bilan belgilanadigan kartografiyaga doir materiallar; | tematik xarita, reja, atlas — asosiy mazmuni aniq mavzu, syujet, tabiiy yoki ijtimoiy hodisalar yoxud ularning birikuvi bilan belgilanadigan kartografiyaga doir materiallar; |
redemarkatsiya qilish — chegaradosh davlatlar bilan kelishuvga koʻra maxsus tashkil etilgan hukumatlararo komissiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan holda, joylarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi chizigʻini tiklash va uni chegara belgilari bilan belgilash, shuningdek yoʻqotilgan chegara belgilarini tiklash, qoʻshimcha chegara belgilarini oʻrnatish; | |
topografik xarita — joyning muayyan masshtabdagi batafsil kartografik tasviri boʻlib, u yer yuzasida nuqtalarning ham rejadagi, ham balandlikdagi holatini aniqlash imkonini beradi; | topografik xarita — joyning muayyan masshtabdagi batafsil kartografik tasviri boʻlib, u yer yuzasida nuqtalarning ham rejadagi, ham balandlikdagi holatini aniqlash imkonini beradi; |
topografik tasvirga olish jarayoni — topografik xaritaning yoki rejaning tasvirga olingan asl nusxasini olish maqsadida bajariladigan ishlar majmui; | topografik tasvirga olish jarayoni — topografik xaritaning yoki rejaning tasvirga olingan asl nusxasini olish maqsadida bajariladigan ishlar majmui; |
topografik reja — joyning cheklangan uchastkasini tekis yuzada ortogonal proyeksiyada, yirik masshtabda kartografik jihatdan tasvirlash boʻlib, uning chegarasidagi tekislangan sathning egriligi hisobga olinmaydi; | topografik reja — joyning cheklangan uchastkasini tekis yuzada ortogonal proyeksiyada, yirik masshtabda kartografik jihatdan tasvirlash boʻlib, uning chegarasidagi tekislangan sathning egriligi hisobga olinmaydi; |
fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasi — bazaviy va ixtisoslashgan fazoviy maʼlumotlarning, metamaʼlumotlarning, standartlarning va reglamentlarning, axborot uzatish tarmoqlarining, geoservislarning geografik axborot resurslaridan foydalanish va ularni almashish tizimi; | fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasi — bazaviy va ixtisoslashgan fazoviy maʼlumotlarning, metamaʼlumotlarning, standartlarning va reglamentlarning, axborot uzatish tarmoqlarining, geoservislarning geografik axborot resurslaridan foydalanish va ularni almashish tizimi; |
Fazoviy maʼlumotlarning milliy infratuzilmasi — tashkiliy tuzilma, ilmiy-texnika siyosati, texnik va dasturiy vositalar, bazaviy va sohaga oid fazoviy maʼlumotlar, metamaʼlumotlar hamda metamaʼlumotlar bazalarini, fazoviy maʼlumotlar servislarini, normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, xalqaro standartlarni oʻz ichiga oladigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin boʻlgan fazoviy maʼlumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish, ularni saqlash, berish, integratsiyalash hamda ulardan foydalanish masalalariga doir Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlarini oʻz ichiga oladigan tizim; | Fazoviy maʼlumotlarning milliy infratuzilmasi — tashkiliy tuzilma, ilmiy-texnika siyosati, texnik va dasturiy vositalar, bazaviy va sohaga oid fazoviy maʼlumotlar, metamaʼlumotlar hamda metamaʼlumotlar bazalarini, fazoviy maʼlumotlar servislarini, normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin boʻlgan fazoviy maʼlumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish, ularni saqlash, berish, integratsiyalash hamda ulardan foydalanish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni oʻz ichiga oladigan tizim; |
fazoviy (geofazoviy) maʼlumotlar — joydagi obyektlarning joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, muayyan shaklda hamda koordinatalar tizimlarida ifodalangan axborot; | fazoviy (geofazoviy) maʼlumotlar — joydagi obyektlarning joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, muayyan shaklda hamda koordinatalar tizimlarida ifodalangan axborot; |
Oʻzbekiston Respublikasining navbatchi maʼlumotnoma tarzidagi xaritasi — navbatchi kartografiya hujjati sifatida xaritalar va rejalarni yaratish hamda yangilash chogʻida foydalaniladigan topografik xarita boʻlib, unda maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining joylashuvida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududining yangilab boriladigan hamda yangidan yaratiladigan xaritalari va rejalarida hisobga olinishi hamda aks ettirilishi lozim boʻlgan geografik obyektlardagi va ularning nomlaridagi oʻzgarishlar muntazam ravishda aks ettirib boriladi. | Oʻzbekiston Respublikasining navbatchi maʼlumotnoma tarzidagi xaritasi — navbatchi kartografiya hujjati sifatida xaritalar va rejalarni yaratish hamda yangilash chogʻida foydalaniladigan topografik xarita boʻlib, unda maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining joylashuvida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududining yangilab boriladigan hamda yangidan yaratiladigan xaritalari va rejalarida hisobga olinishi hamda aks ettirilishi lozim boʻlgan geografik obyektlardagi va ularning nomlaridagi oʻzgarishlar muntazam ravishda aks ettirib boriladi. |
delimitatsiya qilish — tuzilgan shartnomaga muvofiq chegaradosh davlatlar oʻrtasidagi davlat chegarasi chizigʻini aniqlash, uning kelib chiqishini tavsiflash va uni xaritada grafik aks ettirish; demarkatsiya qilish — davlat chegarasi chizigʻini delimitatsiya qilish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq joylarda chegara belgilarini oʻrnatish yoʻli bilan belgilash. | |
4-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishning asosiy prinsiplari | 4-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishning asosiy prinsiplari |
Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: | Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: |
geodeziya va kartografiya faoliyatining tizimliligi hamda uzluksizligi; | geodeziya va kartografiya faoliyatining tizimliligi hamda uzluksizligi; |
geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) toʻliqligi, ishonchliligi hamda dolzarbligi; | geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) toʻliqligi, ishonchliligi hamda dolzarbligi; |
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish chogʻida oʻlchovlarning birligi; | geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish chogʻida oʻlchovlarning birligi; |
xaritalar va rejalarni yaratish hamda yangilashda shartli belgilarni birxillashtirish va geografik obyektlarning nomlaridan bir xilda foydalanish. | xaritalar va rejalarni yaratish hamda yangilashda shartli belgilarni birxillashtirish va geografik obyektlarning nomlaridan bir xilda foydalanish. |
5-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatining tizimliligi hamda uzluksizligi | 5-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatining tizimliligi hamda uzluksizligi |
Geodeziya va kartografiya faoliyatining tizimliligi prinsipi fazoviy maʼlumotlarni yigʻish va ularga ishlov berish chogʻida davlat geodeziya koordinatalarining, balandliklarining, gravimetriya oʻlchovlarining tizimlarini hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini ishlab chiqish hamda qoʻllashdan iboratdir. | Geodeziya va kartografiya faoliyatining tizimliligi prinsipi fazoviy maʼlumotlarni yigʻish va ularga ishlov berish chogʻida davlat geodeziya koordinatalarining, balandliklarining, gravimetriya oʻlchovlarining tizimlarini hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini ishlab chiqish hamda qoʻllashdan iboratdir. |
Geodeziya va kartografiya faoliyatining uzluksizligi prinsipi davlat topografik xaritalari va rejalarini uzluksiz ravishda yangilab borish yoʻli bilan taʼminlanadi. | Geodeziya va kartografiya faoliyatining uzluksizligi prinsipi davlat topografik xaritalari va rejalarini uzluksiz ravishda yangilab borish yoʻli bilan taʼminlanadi. |
6-modda. Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) toʻliqligi, ishonchliligi hamda dolzarbligi | 6-modda. Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) toʻliqligi, ishonchliligi hamda dolzarbligi |
Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) toʻliqligi, ishonchliligi hamda dolzarbligi davlat geodeziya, nivelir va gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini ishlash holatida saqlab turish, davlat topografik xaritalari va rejalarini kartografik monitoring qilish hamda uzluksiz ravishda yangilab borish tizimini joriy etish yoʻli bilan taʼminlanadi. | Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) toʻliqligi, ishonchliligi hamda dolzarbligi davlat geodeziya, nivelir va gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini ishlash holatida saqlab turish, davlat topografik xaritalari va rejalarini kartografik monitoring qilish hamda uzluksiz ravishda yangilab borish tizimini joriy etish yoʻli bilan taʼminlanadi. |
7-modda. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda oʻlchovlarning birligi | 7-modda. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda oʻlchovlarning birligi |
Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda oʻlchovlarning birligiga geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) metrologik jihatdan taʼminlash hamda standartlashtirish, sertifikatlashtirish, shuningdek metrologiya nazoratini oʻtkazish orqali erishiladi. | Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda oʻlchovlarning birligiga geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) metrologik jihatdan taʼminlash hamda standartlashtirish, sertifikatlashtirish, shuningdek metrologiya nazoratini oʻtkazish orqali erishiladi. |
8-modda. Xaritalar va rejalarni yaratish hamda yangilashda birxillashtirilgan shartli belgilarni qoʻllash va geografik obyektlarning nomlaridan bir xilda foydalanish | 8-modda. Xaritalar va rejalarni yaratish hamda yangilashda birxillashtirilgan shartli belgilarni qoʻllash va geografik obyektlarning nomlaridan bir xilda foydalanish |
Xaritalar va rejalarni yaratish hamda yangilashda geofazoviy obyektlarni va ularning tavsiflarini aks ettirish uchun birxillashtirilgan shartli belgilar, shuningdek Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrida roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan yoki roʻyxatga olingan geografik obyektlarning meʼyorlashtirilgan nomlari qoʻllaniladi. | Xaritalar va rejalarni yaratish hamda yangilashda geofazoviy obyektlarni va ularning tavsiflarini aks ettirish uchun birxillashtirilgan shartli belgilar, shuningdek Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrida roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan yoki roʻyxatga olingan geografik obyektlarning meʼyorlashtirilgan nomlari qoʻllaniladi. |
9-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatining obyektlari | 9-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatining obyektlari |
Oʻzbekiston Respublikasi hududi, yer shari hududi, kosmik fazo, shu jumladan tabiiy hamda sunʼiy osmon jismlari geodeziya va kartografiya faoliyatining obyektlaridir. | Oʻzbekiston Respublikasi hududi, yer shari hududi, kosmik fazo, shu jumladan tabiiy hamda sunʼiy osmon jismlari geodeziya va kartografiya faoliyatining obyektlaridir. |
10-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatining subyektlari | 10-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatining subyektlari |
Geodeziya va kartografiya faoliyatining subyektlari quyidagilardan iborat: | Geodeziya va kartografiya faoliyatining subyektlari quyidagilardan iborat: |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi; | Kadastr agentligi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi; | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi; |
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari; | respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari; |
mahalliy davlat hokimiyati organlari; | mahalliy davlat hokimiyati organlari; |
geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar; | geodeziya va kartografiya faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan yuridik shaxslar; |
geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) saqlovchi yuridik va jismoniy shaxslar. | geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) saqlovchi yuridik va jismoniy shaxslar. |
2-bob. Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasini davlat tomonidan tartibga solish | 2-bob. Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasini davlat tomonidan tartibga solish |
11-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari | 11-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari |
Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: | Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: |
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; | geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; |
geodeziya koordinatalarining, balandliklarining, gravimetriya oʻlchovlarining yagona davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish; | geodeziya koordinatalarining, balandliklarining, gravimetriya oʻlchovlarining yagona davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish; |
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, yuridik shaxslarning geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirish; | respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, yuridik shaxslarning geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirish; |
litsenziya talablari va shartlariga, geodeziya va kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish; | xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga, geodeziya va kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish; |
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning, geodeziya punktlarining hisobga olinishini taʼminlash; | geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning, geodeziya punktlarining hisobga olinishini taʼminlash; |
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. | xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. |
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi vakolatlari | 12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi; | geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi; |
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning ijrosini taʼminlaydi; | geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning ijrosini taʼminlaydi; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya koordinatalarining, balandliklarining, gravimetriya oʻlchovlarining yagona davlat tizimlarini, davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini belgilaydi; | Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya koordinatalarining, balandliklarining, gravimetriya oʻlchovlarining yagona davlat tizimlarini, davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini belgilaydi; |
davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi; | davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi; |
geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi; | geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi; |
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish tartibini belgilaydi; | geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish tartibini belgilaydi; |
kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi. | kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi. |
13-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi | 13-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi |
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi). | Kadastr agentligi geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi). |
Maxsus vakolatli davlat organi: | Maxsus vakolatli davlat organi: |
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; | geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; |
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi; | geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi; |
aerokosmik suratga olishga, topografiya-geodeziyaga, kartografiyaga oid va boshqa tekshiruvlarni hamda qidiruv ishlarini amalga oshiradi; | aerokosmik suratga olishga, topografiya-geodeziyaga, kartografiyaga oid va boshqa tekshiruvlarni hamda qidiruv ishlarini amalga oshiradi; |
geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazadi; | geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazadi; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya koordinatalarining, balandliklarining, gravimetriya oʻlchovlarining yagona davlat tizimlarini hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini belgilash masalalari boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; | Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya koordinatalarining, balandliklarining, gravimetriya oʻlchovlarining yagona davlat tizimlarini hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini belgilash masalalari boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; |
geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi; | geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisidagi xabarnomani qabul qiladi hamda xabardor qiluvchilarning reyestrini yuritadi; |
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, yuridik shaxslarning geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtiradi; | respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, yuridik shaxslarning geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtiradi; |
umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olishni amalga oshiradi; | umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olishni amalga oshiradi; |
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining hamda geodezik zichlashtirish tarmoqlarining turlari va tarkibini, shuningdek ularni yaratish tartibini belgilaydi; | davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining hamda geodezik zichlashtirish tarmoqlarining turlari va tarkibini, shuningdek ularni yaratish tartibini belgilaydi; |
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini yaratadi, rivojlantiradi va ishlash holatida saqlab turadi; | davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini yaratadi, rivojlantiradi va ishlash holatida saqlab turadi; |
grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi hamda boshqa shakllardagi davlat topografik xaritalari va rejalarini yaratadi, yangilaydi hamda nashr etadi; | grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi hamda boshqa shakllardagi davlat topografik xaritalari va rejalarini yaratadi, yangilaydi hamda nashr etadi; |
mahalliy koordinatalar tizimlarini belgilash va ulardan foydalanish tartibini aniqlaydi; | mahalliy koordinatalar tizimlarini belgilash va ulardan foydalanish tartibini aniqlaydi; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining joylashish zichligi normalarini belgilaydi hamda ularning joylashgan yerini aniqlaydi; | Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining joylashish zichligi normalarini belgilaydi hamda ularning joylashgan yerini aniqlaydi; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining hisobini yuritadi; | Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining hisobini yuritadi; |
davlat topografik xaritalari va rejalarini yangilash davriyligi normalarini belgilaydi; | davlat topografik xaritalari va rejalarini yangilash davriyligi normalarini belgilaydi; |
Yerning kartografik monitoringini, uni masofadan turib zondlashni va geodinamik tadqiqotlarini amalga oshiradi; | Yerning kartografik monitoringini, uni masofadan turib zondlashni va geodinamik tadqiqotlarini amalga oshiradi; |
sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini taʼminlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) yaratadi; | sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini taʼminlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) yaratadi; |
Fazoviy maʼlumotlarning milliy infratuzilmasini yaratadi, rivojlantiradi va uning faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi; | Fazoviy maʼlumotlarning milliy infratuzilmasini yaratadi, rivojlantiradi va uning faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi; |
Milliy geografik axborot tizimini, umumdavlat ahamiyatiga molik boshqa geografik axborot tizimlarini yaratadi va yuritadi; | Milliy geografik axborot tizimini, umumdavlat ahamiyatiga molik boshqa geografik axborot tizimlarini yaratadi va yuritadi; |
umumgeografik, siyosiy-maʼmuriy, ilmiy-maʼlumotga oid xaritalarni va boshqa tematik xaritalarni, shuningdek tarmoqlararo ahamiyatga molik atlaslarni, kartografiya oʻquv qoʻllanmalarini yaratadi hamda nashr etadi; | umumgeografik, siyosiy-maʼmuriy, ilmiy-maʼlumotga oid xaritalarni va boshqa tematik xaritalarni, shuningdek tarmoqlararo ahamiyatga molik atlaslarni, kartografiya oʻquv qoʻllanmalarini yaratadi hamda nashr etadi; |
geografik obyektlarning nomlarini belgilashni, meʼyorlashtirishni, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, ulardan foydalanishni va ularni saqlashni, shuningdek Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini yuritishni amalga oshiradi; | geografik obyektlarning nomlarini belgilashni, meʼyorlashtirishni, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, ulardan foydalanishni va ularni saqlashni, shuningdek Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini yuritishni amalga oshiradi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish va uning oʻtish chizigʻini tekshirish boʻyicha chegaradosh davlatlar bilan muzokaralar jarayonini tashkil etish hamda ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan geodeziya, kartografiya va gidrografiyaga oid ishlarni amalga oshiradi, ular asosida materiallar (maʼlumotlar) tayyorlaydi; | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish va uning oʻtish chizigʻini tekshirish boʻyicha chegaradosh davlatlar bilan muzokaralar jarayonini tashkil etish hamda ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan geodeziya, kartografiya va gidrografiyaga oid ishlarni amalga oshiradi, ular asosida materiallar (maʼlumotlar) tayyorlaydi; |
geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; | geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; |
geodeziya, kartografiya va kadastrga oid ishlarni metrologik jihatdan taʼminlashni tashkil etadi; | geodeziya, kartografiya va kadastrga oid ishlarni metrologik jihatdan taʼminlashni tashkil etadi; |
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning davlat hisobini amalga oshiradi; | geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning davlat hisobini amalga oshiradi; |
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritadi; | Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritadi; |
geodeziya va kartografiyaga oid bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi texnik hisobotlarga doir talablarni belgilaydi; | geodeziya va kartografiyaga oid bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi texnik hisobotlarga doir talablarni belgilaydi; |
davlat kartografiya-geodeziya fondining shakllantirilishi va yuritilishini amalga oshiradi; | davlat kartografiya-geodeziya fondining shakllantirilishi va yuritilishini amalga oshiradi; |
davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi; | davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi; |
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; | geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; |
geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasiga, asbob-uskunalarga va boshqa texnik vositalarga doir talablarni belgilaydi; | geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasiga, asbob-uskunalarga va boshqa texnik vositalarga doir talablarni belgilaydi; |
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni bajaradi; | ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni bajaradi; |
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) bilan taʼminlaydi; | respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini, xoʻjalik boshqaruvi organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) bilan taʼminlaydi; |
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. | geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. |
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi vakolatlari | 14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi: | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi: |
Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi hamda milliy xavfsizligini koʻzlab, umumdavlat ahamiyatiga va maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning bajarilishini taʼminlaydi; | Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi hamda milliy xavfsizligini koʻzlab, umumdavlat ahamiyatiga va maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning bajarilishini taʼminlaydi; |
natijalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari foydalanadigan topografiya-geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi. | natijalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari foydalanadigan topografiya-geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi. |
15-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi vakolatlari | 15-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi vakolatlari |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning bajarilishini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi hamda muvofiqlashtiradi. | Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning bajarilishini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi hamda muvofiqlashtiradi. |
3-bob. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlar | 3-bob. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlar |
16-modda. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning turlari | 16-modda. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning turlari |
Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning turlari jumlasiga quyidagilar kiradi: | Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning turlari jumlasiga quyidagilar kiradi: |
umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar; | umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar; |
maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar. | maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar. |
17-modda. Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar | 17-modda. Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar |
Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: | Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: |
Yer shaklining va tashqi gravitatsiya maydonining parametrlarini aniqlash; | Yer shaklining va tashqi gravitatsiya maydonining parametrlarini aniqlash; |
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini yaratish, rivojlantirish va ishlash holatida saqlab turish; | davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini yaratish, rivojlantirish va ishlash holatida saqlab turish; |
grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi va boshqa shakllardagi davlat topografik xaritalari hamda rejalarini yaratish, yangilash va nashr etish; | grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi va boshqa shakllardagi davlat topografik xaritalari hamda rejalarini yaratish, yangilash va nashr etish; |
Yerning kartografik monitoringini, uni masofadan turib zondlashni va geodinamika tadqiqotlarini amalga oshirish; | Yerning kartografik monitoringini, uni masofadan turib zondlashni va geodinamika tadqiqotlarini amalga oshirish; |
sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini taʼminlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) yaratish; | sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini taʼminlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) yaratish; |
Fazoviy maʼlumotlarning milliy infratuzilmasini yaratish, rivojlantirish va uning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash; | Fazoviy maʼlumotlarning milliy infratuzilmasini yaratish, rivojlantirish va uning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash; |
Milliy geografik axborot tizimini, umumdavlat ahamiyatiga molik boshqa geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish; | Milliy geografik axborot tizimini, umumdavlat ahamiyatiga molik boshqa geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish; |
kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish; | kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish; |
Oʻzbekiston Respublikasining davlat kartografiya-geodeziya fondini shakllantirish va yuritish; | Oʻzbekiston Respublikasining davlat kartografiya-geodeziya fondini shakllantirish va yuritish; |
umumgeografik, siyosiy-maʼmuriy, ilmiy-maʼlumotga oid va boshqa tematik xaritalar hamda tarmoqlararo ahamiyatga molik atlaslar, kartografik oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va nashr etish; | umumgeografik, siyosiy-maʼmuriy, ilmiy-maʼlumotga oid va boshqa tematik xaritalar hamda tarmoqlararo ahamiyatga molik atlaslar, kartografik oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va nashr etish; |
Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish va uning oʻtish chizigʻini tekshirish boʻyicha ishlarni zarur geodeziya, kartografiya hamda gidrografiyaga doir ishlar, materiallar (maʼlumotlar) bilan taʼminlash; | Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish va uning oʻtish chizigʻini tekshirish boʻyicha ishlarni zarur geodeziya, kartografiya hamda gidrografiyaga doir ishlar, materiallar (maʼlumotlar) bilan taʼminlash; |
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda oʻlchovlar birligini va metrologiya nazoratini taʼminlash; | geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda oʻlchovlar birligini va metrologiya nazoratini taʼminlash; |
geografik obyektlarning nomlarini belgilash, meʼyorlashtirish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ulardan foydalanish va ularni saqlash, shuningdek Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini yuritish; | geografik obyektlarning nomlarini belgilash, meʼyorlashtirish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ulardan foydalanish va ularni saqlash, shuningdek Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini yuritish; |
geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish; | geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish; |
ushbu moddada sanab oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni amalga oshirish; | ushbu moddada sanab oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni amalga oshirish; |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshiriladigan, natijalari umumdavlat ahamiyatiga molik boʻlgan boshqa geodeziya va kartografiyaga oid ishlar. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshiriladigan, natijalari umumdavlat ahamiyatiga molik boʻlgan boshqa geodeziya va kartografiyaga oid ishlar. |
18-modda. Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish | 18-modda. Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish |
Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar maxsus vakolatli davlat organi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlariga muvofiq, shuningdek buyurtmalar asosida bajariladi. | Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar maxsus vakolatli davlat organi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlariga muvofiq, shuningdek buyurtmalar asosida bajariladi. |
Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar bilan hamkorlikda bajariladi. | Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar bilan hamkorlikda bajariladi. |
Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi va milliy xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish ishlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan bajariladi. | Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi va milliy xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish ishlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan bajariladi. |
19-modda. Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar | 19-modda. Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar |
Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: | Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: |
muhandislik qidiruvlarida, binolarni, inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanishda, yer tuzishda, davlat kadastrlarini yuritishda va boshqa ishlarda geodezik zichlashtirish tarmoqlarini qurish hamda rivojlantirish; | muhandislik qidiruvlarida, binolarni, inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanishda, yer tuzishda, davlat kadastrlarini yuritishda va boshqa ishlarda geodezik zichlashtirish tarmoqlarini qurish hamda rivojlantirish; |
muhandislik qidiruvlarida, binolar va inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanishda va boshqa ishlarda maxsus geodeziya tarmoqlarini qurish; | muhandislik qidiruvlarida, binolar va inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanishda va boshqa ishlarda maxsus geodeziya tarmoqlarini qurish; |
geodeziya tasvirga olish tarmoqlarini qurish, aholi punktlarining hududlari va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni hamda ularda qurilish olib borishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek boshqa ishlarni bajarish uchun moʻljallangan topografik rejalarni yaratish va yangilash; | geodeziya tasvirga olish tarmoqlarini qurish, aholi punktlarining hududlari va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni hamda ularda qurilish olib borishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek boshqa ishlarni bajarish uchun moʻljallangan topografik rejalarni yaratish va yangilash; |
maxsus ahamiyatga molik geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish; | maxsus ahamiyatga molik geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish; |
grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi hamda boshqa shakllardagi maxsus ahamiyatga molik tematik xaritalar, rejalar va atlaslarni tuzish hamda nashr etish; | grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi hamda boshqa shakllardagi maxsus ahamiyatga molik tematik xaritalar, rejalar va atlaslarni tuzish hamda nashr etish; |
muhandislik qidiruvlarini amalga oshirish chogʻida geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni taʼminlash maqsadida Yerni masofadan turib zondlash. | muhandislik qidiruvlarini amalga oshirish chogʻida geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni taʼminlash maqsadida Yerni masofadan turib zondlash. |
20-modda. Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish | 20-modda. Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish |
Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar tarmoqlararo hamda tarmoq dasturlariga (loyihalariga) muvofiq maxsus vakolatli davlat organi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajariladi. | Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar tarmoqlararo hamda tarmoq dasturlariga (loyihalariga) muvofiq maxsus vakolatli davlat organi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajariladi. |
Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning materiallari (maʼlumotlari) qoʻllaniladi. | Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning materiallari (maʼlumotlari) qoʻllaniladi. |
Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishga geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyaga ega yuridik shaxslar jalb etilishi mumkin. | Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishga geodeziya va kartografiya faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan yuridik shaxslar jalb etilishi mumkin. |
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi va milliy xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq geodeziya va kartografiyaga oid ishlar | 21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi va milliy xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq geodeziya va kartografiyaga oid ishlar |
Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi va milliy xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq geodeziya va kartografiyaga oid ishlar quyidagilarni nazarda tutadi: | Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi va milliy xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq geodeziya va kartografiyaga oid ishlar quyidagilarni nazarda tutadi: |
topografik va maxsus xaritalarni tuzish hamda nashr etish; | topografik va maxsus xaritalarni tuzish hamda nashr etish; |
maxsus geodeziya tarmoqlarini rivojlantirish; | maxsus geodeziya tarmoqlarini rivojlantirish; |
maxsus ahamiyatga molik geografik axborot tizimlarini yaratish. | maxsus ahamiyatga molik geografik axborot tizimlarini yaratish. |
22-modda. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda davlat geodeziya koordinatalari, balandliklari, gravimetriya oʻlchovlarining tizimlarini hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini qoʻllash | 22-modda. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda davlat geodeziya koordinatalari, balandliklari, gravimetriya oʻlchovlarining tizimlarini hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini qoʻllash |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda davlat geodeziya koordinatalari, balandliklari, gravimetriya oʻlchovlari tizimlari hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatori qoʻllaniladi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda davlat geodeziya koordinatalari, balandliklari, gravimetriya oʻlchovlari tizimlari hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatori qoʻllaniladi. |
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari hududlarida umumdavlat ahamiyatiga hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda mahalliy koordinatalar tizimlari, basharti ularning davlat geodeziya koordinatalari tizimi bilan oʻzaro bogʻlanganligi taʼminlansa, qoʻllanilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari hududlarida umumdavlat ahamiyatiga hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda mahalliy koordinatalar tizimlari, basharti ularning davlat geodeziya koordinatalari tizimi bilan oʻzaro bogʻlanganligi taʼminlansa, qoʻllanilishi mumkin. |
Mahalliy koordinatalar tizimining sanoq boshi va oʻqlari yoʻnalishi tegishincha davlat geodeziya koordinatalari tizimining sanoq boshi va oʻqlari yoʻnalishiga nisbatan siljitilishi kerak. | Mahalliy koordinatalar tizimining sanoq boshi va oʻqlari yoʻnalishi tegishincha davlat geodeziya koordinatalari tizimining sanoq boshi va oʻqlari yoʻnalishiga nisbatan siljitilishi kerak. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat koordinatalar va balandliklar tizimlari yoki mahalliy koordinatalar tizimlari boʻlmagan koordinatalar hamda balandliklar tizimlari qoʻllanilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat koordinatalar va balandliklar tizimlari yoki mahalliy koordinatalar tizimlari boʻlmagan koordinatalar hamda balandliklar tizimlari qoʻllanilishi mumkin. |
Natijalari umumdavlat ahamiyatiga molik boʻlgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda qoʻllash uchun belgilangan topografik xaritalar hamda rejalarning masshtablari davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini tashkil etadi. | Natijalari umumdavlat ahamiyatiga molik boʻlgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda qoʻllash uchun belgilangan topografik xaritalar hamda rejalarning masshtablari davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini tashkil etadi. |
23-modda. Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini yaratishga doir ishlar | 23-modda. Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini yaratishga doir ishlar |
Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini yaratishga doir ishlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida yagona davlat geodeziya koordinatalari, balandliklari, gravimetriya oʻlchovlari tizimlarini belgilash va tarqatish maqsadida bajariladi. | Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini yaratishga doir ishlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida yagona davlat geodeziya koordinatalari, balandliklari, gravimetriya oʻlchovlari tizimlarini belgilash va tarqatish maqsadida bajariladi. |
Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlari boshqa geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini qurish uchun boshlangʻich hisoblanadi. | Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlari boshqa geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini qurish uchun boshlangʻich hisoblanadi. |
Geodezik zichlashtirish tarmoqlari davlat geodeziya va nivelir tarmoqlarini rivojlantirish uchun topografik tasvirga olish jarayonini taʼminlashda hamda muhandislik-geodeziyaga oid vazifalarni hal etishda yaratiladi. | Geodezik zichlashtirish tarmoqlari davlat geodeziya va nivelir tarmoqlarini rivojlantirish uchun topografik tasvirga olish jarayonini taʼminlashda hamda muhandislik-geodeziyaga oid vazifalarni hal etishda yaratiladi. |
24-modda. Geodeziya punktlari | 24-modda. Geodeziya punktlari |
Geodeziya punkti joyda (tuproqda, binoda yoki boshqa sunʼiy inshootda) yer sathining nuqtalarini maʼlum koordinatalar hamda balandliklar bilan belgilash uchun moʻljallangan moslama va (yoki) qurilma boʻlib, u maxsus markazdan, tashqi belgidan hamda tashqi chekkasi geodeziya punktining chegarasi boʻlgan zovur yoki uyum tarzidagi tashqi koʻrinishdan iboratdir. Geodeziya punktining tashqi koʻrinishi mavjud boʻlmagan taqdirda tashqi belgining asosi uning chegarasi hisoblanadi. | Geodeziya punkti joyda (tuproqda, binoda yoki boshqa sunʼiy inshootda) yer sathining nuqtalarini maʼlum koordinatalar hamda balandliklar bilan belgilash uchun moʻljallangan moslama va (yoki) qurilma boʻlib, u maxsus markazdan, tashqi belgidan hamda tashqi chekkasi geodeziya punktining chegarasi boʻlgan zovur yoki uyum tarzidagi tashqi koʻrinishdan iboratdir. Geodeziya punktining tashqi koʻrinishi mavjud boʻlmagan taqdirda tashqi belgining asosi uning chegarasi hisoblanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qurilgan davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining geodeziya punktlari hamda boshqa geodeziya punktlari davlat muhofazasida boʻladi. | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qurilgan davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining geodeziya punktlari hamda boshqa geodeziya punktlari davlat muhofazasida boʻladi. |
Geodeziya punktlarini joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. | Geodeziya punktlarini joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. |
Geodeziya punktlari chegaralarida hamda ushbu chegaralar boʻylab bir metr kenglikdagi maydonda geodeziya punktlarining muhofaza zonalari belgilanadi. | Geodeziya punktlari chegaralarida hamda ushbu chegaralar boʻylab bir metr kenglikdagi maydonda geodeziya punktlarining muhofaza zonalari belgilanadi. |
Geodeziya punktlari tashqi belgilarga ega boʻlmagan yoki geodeziya punktlarining maxsus markazlari binolarning va boshqa inshootlarning devorlariga joylashtirilgan hollarda, ushbu geodeziya punktlarining chegaralari va muhofaza zonalari belgilanmaydi. | Geodeziya punktlari tashqi belgilarga ega boʻlmagan yoki geodeziya punktlarining maxsus markazlari binolarning va boshqa inshootlarning devorlariga joylashtirilgan hollarda, ushbu geodeziya punktlarining chegaralari va muhofaza zonalari belgilanmaydi. |
Geodeziya punktlarining muhofaza zonalarida quyidagilar taqiqlanadi: | Geodeziya punktlarining muhofaza zonalarida quyidagilar taqiqlanadi: |
geodeziya ishlarini bajarish chogʻida geodeziya punktlarining but saqlanishini va ulardan foydalanilishini taʼminlamaydigan ishlarni maxsus vakolatli davlat organining ruxsatisiz amalga oshirish; | geodeziya ishlarini bajarish chogʻida geodeziya punktlarining but saqlanishini va ulardan foydalanilishini taʼminlamaydigan ishlarni maxsus vakolatli davlat organining ruxsatisiz amalga oshirish; |
geodeziya punktlarining shikastlanishiga yoki yoʻq qilinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan turli materiallarni saqlash, olov yoqish, chiqindilarni saqlashni va koʻmishni, shuningdek boshqa harakatlarni amalga oshirish. | geodeziya punktlarining shikastlanishiga yoki yoʻq qilinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan turli materiallarni saqlash, olov yoqish, chiqindilarni saqlashni va koʻmishni, shuningdek boshqa harakatlarni amalga oshirish. |
Geodeziya punktlarining but saqlanishini taʼminlash oʻz hududida ushbu punktlar joylashtirilgan tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi. | Geodeziya punktlarining but saqlanishini taʼminlash oʻz hududida ushbu punktlar joylashtirilgan tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi. |
Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining geodeziya punktlarini qurish, tiklash, buzish yoki qayta oʻrnatish maxsus vakolatli davlat organining qarori asosida, boshqa geodeziya punktlari esa maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. | Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining geodeziya punktlarini qurish, tiklash, buzish yoki qayta oʻrnatish maxsus vakolatli davlat organining qarori asosida, boshqa geodeziya punktlari esa maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. |
Shikast yetkazilgan, yoʻq qilingan geodeziya punktlarini tiklash yoki qayta qurish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni oʻz faoliyati geodeziya punktlariga shikast yetkazilishiga, ularning yoʻq qilinishiga olib kelgan yoki oʻzining murojaati asosida geodeziya punktlarini qayta oʻrnatish amalga oshirilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qoplanadi. | Shikast yetkazilgan, yoʻq qilingan geodeziya punktlarini tiklash yoki qayta qurish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni oʻz faoliyati geodeziya punktlariga shikast yetkazilishiga, ularning yoʻq qilinishiga olib kelgan yoki oʻzining murojaati asosida geodeziya punktlarini qayta oʻrnatish amalga oshirilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qoplanadi. |
Geodeziya punktlari joylashgan yer uchastkalari, binolar, inshootlarga boʻlgan huquq egalari: | Geodeziya punktlari joylashgan yer uchastkalari, binolar, inshootlarga boʻlgan huquq egalari: |
geodeziya punktlarining but saqlanishini taʼminlashi, ularning muhofaza zonalari rejimiga rioya etishi; | geodeziya punktlarining but saqlanishini taʼminlashi, ularning muhofaza zonalari rejimiga rioya etishi; |
maxsus vakolatli davlat organini geodeziya punktlariga shikast yetkazilganligi yoki ular yoʻq qilinganligi hollari toʻgʻrisida xabardor qilishi; | maxsus vakolatli davlat organini geodeziya punktlariga shikast yetkazilganligi yoki ular yoʻq qilinganligi hollari toʻgʻrisida xabardor qilishi; |
geodeziya ishlarini bajaruvchilarga geodeziya ishlari bajarilayotganda geodeziya punktlariga kirib borish imkoniyatini berishi shart. | geodeziya ishlarini bajaruvchilarga geodeziya ishlari bajarilayotganda geodeziya punktlariga kirib borish imkoniyatini berishi shart. |
4-bob. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishga doir asosiy shartlar hamda talablar | 4-bob. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishga doir asosiy shartlar hamda talablar |
25-modda. Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlariga hamda davlat topografik xaritalari va rejalariga doir asosiy talablar | 25-modda. Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlariga hamda davlat topografik xaritalari va rejalariga doir asosiy talablar |
Davlat geodeziya tarmogʻi geodeziya punktlari tizimidan iboratdir va bu punktlarning yer sathidagi holati ular uchun umumiy boʻlgan koordinatalar tizimidagi geodeziya oʻlchovlari asosida belgilangan boʻladi. | Davlat geodeziya tarmogʻi geodeziya punktlari tizimidan iboratdir va bu punktlarning yer sathidagi holati ular uchun umumiy boʻlgan koordinatalar tizimidagi geodeziya oʻlchovlari asosida belgilangan boʻladi. |
Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlari, shuningdek davlat topografik xaritalari va rejalari dolzarblik holatida saqlab turilishi kerak. | Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlari, shuningdek davlat topografik xaritalari va rejalari dolzarblik holatida saqlab turilishi kerak. |
Davlat geodeziya, nivelir yoki gravimetriya tarmoqlarining dolzarblik holati deganda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning materiallarga (maʼlumotlarga) boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi holat tushuniladi. | Davlat geodeziya, nivelir yoki gravimetriya tarmoqlarining dolzarblik holati deganda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning materiallarga (maʼlumotlarga) boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi holat tushuniladi. |
Davlat topografik xaritalari va rejalarining dolzarblik holati deganda davlat topografik xaritalari va rejalarining mazmuni joyning haqiqiy holatiga mos keladigan hamda amaldagi shartli belgilarda va belgilangan koordinatalar tizimida aks ettirilgan holat tushuniladi. | Davlat topografik xaritalari va rejalarining dolzarblik holati deganda davlat topografik xaritalari va rejalarining mazmuni joyning haqiqiy holatiga mos keladigan hamda amaldagi shartli belgilarda va belgilangan koordinatalar tizimida aks ettirilgan holat tushuniladi. |
Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlari dolzarblik holatida saqlab turilishi uchun ular muntazam ravishda tiklab borilishi, davlat topografik xaritalari va rejalari esa yangilab turilishi kerak. | Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlari dolzarblik holatida saqlab turilishi uchun ular muntazam ravishda tiklab borilishi, davlat topografik xaritalari va rejalari esa yangilab turilishi kerak. |
Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini tiklash Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining joylashtirilish zichligi normalari hisobga olingan holda bajariladi. | Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini tiklash Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining joylashtirilish zichligi normalari hisobga olingan holda bajariladi. |
26-modda. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishga doir asosiy talablar | 26-modda. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishga doir asosiy talablar |
Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda quyidagi asosiy talablarga rioya etilishi kerak: | Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda quyidagi asosiy talablarga rioya etilishi kerak: |
qonunchilik talablariga, shu jumladan litsenziya talablari va shartlariga, kartografiya va geodeziya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi standartlar hamda normativ hujjatlarga, shuningdek loyiha-smeta va texnik hujjatlar talablariga amal qilish; | qonunchilik talablariga, shu jumladan xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga, kartografiya va geodeziya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi standartlar hamda normativ hujjatlarga, shuningdek loyiha-smeta va texnik hujjatlar talablariga amal qilish; |
ishlab chiqarishni tashkil qilishning ilgʻor texnologiyalari va usullarini joriy etish; | ishlab chiqarishni tashkil qilishning ilgʻor texnologiyalari va usullarini joriy etish; |
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni odamlarning hayoti hamda sogʻligʻi, atrof-muhitning holati va moddiy madaniy meros obyektlari uchun xavfsiz usullar hamda vositalar orqali bajarish; | geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni odamlarning hayoti hamda sogʻligʻi, atrof-muhitning holati va moddiy madaniy meros obyektlari uchun xavfsiz usullar hamda vositalar orqali bajarish; |
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini, maʼmuriy-hududiy tuzilish chegaralarini, shuningdek chet davlatlarning chegaralarini hamda boshqa siyosiy-maʼmuriy chegaralarni va geografik elementlarni xaritalarda grafik jihatdan toʻgʻri tasvirlash; | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini, maʼmuriy-hududiy tuzilish chegaralarini, shuningdek chet davlatlarning chegaralarini hamda boshqa siyosiy-maʼmuriy chegaralarni va geografik elementlarni xaritalarda grafik jihatdan toʻgʻri tasvirlash; |
geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) hisobga olinishi hamda saqlanishini taʼminlash; | geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) hisobga olinishi hamda saqlanishini taʼminlash; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi davlat geodeziya tarmoqlari holatining tizimli tahlilini amalga oshirish va kartografiyaga doir materiallarning joyning haqiqiy holatiga muvofiqligini taʼminlash. | Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi davlat geodeziya tarmoqlari holatining tizimli tahlilini amalga oshirish va kartografiyaga doir materiallarning joyning haqiqiy holatiga muvofiqligini taʼminlash. |
27-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish | 27-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish |
Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni tashkil etish tartibi, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish aniqligi, vositalari, usullari va texnologiyalariga, geodeziya tarmoqlariga, xaritalarning, rejalarning, atlaslarning mazmuniga, joyning raqamli modellariga doir asosiy texnik talablar, shuningdek geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning bajarilishi hamda ularning sifatiga oid talablar geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi. | Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni tashkil etish tartibi, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish aniqligi, vositalari, usullari va texnologiyalariga, geodeziya tarmoqlariga, xaritalarning, rejalarning, atlaslarning mazmuniga, joyning raqamli modellariga doir asosiy texnik talablar, shuningdek geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning bajarilishi hamda ularning sifatiga oid talablar geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi. |
28-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatini metrologik jihatdan taʼminlash hamda standartlashtirish | 28-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatini metrologik jihatdan taʼminlash hamda standartlashtirish |
Geodeziya va kartografiya faoliyatini metrologik jihatdan taʼminlash hamda standartlashtirish geodeziya kuzatuvlari chogʻida oʻlchov va sinov vositalaridan foydalanish tartibini, geodeziya oʻlchovlari va sinovlari sifatini nazorat qilish usullarini, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni oʻz ichiga oladi. | Geodeziya va kartografiya faoliyatini metrologik jihatdan taʼminlash hamda standartlashtirish geodeziya kuzatuvlari chogʻida oʻlchov va sinov vositalaridan foydalanish tartibini, geodeziya oʻlchovlari va sinovlari sifatini nazorat qilish usullarini, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni oʻz ichiga oladi. |
Geodeziya oʻlchovlarining yagonaligini taʼminlash, geodeziya oʻlchov vositalarini standartlashtirish ishlarida ishtirok etish, geodeziya, topografiya va kartografiya mahsulotlarini majburiy sertifikatlashtirish ishlarini tashkil qilish hamda oʻtkazish, geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida metrologiya nazoratini olib borish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. | Geodeziya oʻlchovlarining yagonaligini taʼminlash, geodeziya oʻlchov vositalarini standartlashtirish ishlarida ishtirok etish, geodeziya, topografiya va kartografiya mahsulotlarini majburiy sertifikatlashtirish ishlarini tashkil qilish hamda oʻtkazish, geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida metrologiya nazoratini olib borish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. |
29-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash Geodeziya va kartografiya faoliyati yoxud geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning ayrim turlari litsenziyalanishi lozim. Litsenziyalanadigan geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) yuridik shaxslarga beriladi. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra, litsenziya umuman faoliyatga yoxud ayrim ish turlariga nisbatan berilishi mumkin. Bunda litsenziya talabgori quyidagi shartlarga va talablarga javob berishi kerak: yuridik shaxsning (litsenziatning) shtatida litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatga va kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan kamida bir nafar xodimning mavjudligi; belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan moddiy-texnika bazasining, geodeziya va kartografiyaga oid asbob-uskunalarning, boshqa texnik vositalarning mavjudligi; geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi zarur normativ hujjatlarning mavjudligi; litsenziat davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bajargan taqdirda rejim organining mavjudligi. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadi. | 29-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish hamda nazorat qilish tartibi Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus vakolatli davlat organi bu haqda belgilangan tartibda xabardor qilinishi kerak. Xabardor qilish tartibi hamda geodeziya va kartografiya bilan bogʻliq ishlarning turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Geodeziya va kartografiya faoliyati yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan geodeziya va kartografiya faoliyatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hamda qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadi. |
30-modda. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish | 30-modda. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish |
Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik ishlar roʻyxatga olinishi lozim. | Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik ishlar roʻyxatga olinishi lozim. |
Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik ishlarning ayrim turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq roʻyxatga olmasdan bajarilishi mumkin. | Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik ishlarning ayrim turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq roʻyxatga olmasdan bajarilishi mumkin. |
Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror faqat litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga beriladi. | Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror faqat faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan yuridik shaxslarga beriladi. |
Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Bunda berilgan qaror haqidagi axborot Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisida berilgan qarorlarning reyestriga kiritiladi. | Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Bunda berilgan qaror haqidagi axborot Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisida berilgan qarorlarning reyestriga kiritiladi. |
Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va uni bekor qilish tartibi, shuningdek geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish haqidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va uni bekor qilish tartibi, shuningdek geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish haqidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish haqidagi arizani koʻrib chiqish texnik loyihalar (dasturlar) ekspertizasini oʻtkazishni oʻz ichiga oladi. | Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish haqidagi arizani koʻrib chiqish texnik loyihalar (dasturlar) ekspertizasini oʻtkazishni oʻz ichiga oladi. |
31-modda. Geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) ekspertizasi | 31-modda. Geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) ekspertizasi |
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat ahamiyatiga molik boʻlgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) ekspertiza qilinishi lozim. | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat ahamiyatiga molik boʻlgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) ekspertiza qilinishi lozim. |
Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) ekspertizasini oʻtkazishda ularning geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishning texnik loyihalari (dasturlari) talablariga muvofiqligi aniqlanadi. | Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) ekspertizasini oʻtkazishda ularning geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishning texnik loyihalari (dasturlari) talablariga muvofiqligi aniqlanadi. |
Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) ekspertizasi bajarilgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlar haqidagi texnik hisobotlar asosida oʻtkaziladi. Ekspertiza natijalariga koʻra maxsus vakolatli davlat organi tomonidan xulosa beriladi. | Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) ekspertizasi bajarilgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlar haqidagi texnik hisobotlar asosida oʻtkaziladi. Ekspertiza natijalariga koʻra maxsus vakolatli davlat organi tomonidan xulosa beriladi. |
5-bob. Geodeziya va kartografiya faoliyatining mahsulotlari | 5-bob. Geodeziya va kartografiya faoliyatining mahsulotlari |
32-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati mahsulotlarining turlari | 32-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati mahsulotlarining turlari |
Geodeziya va kartografiya faoliyati mahsulotlari jumlasiga quyidagilar kiradi: | Geodeziya va kartografiya faoliyati mahsulotlari jumlasiga quyidagilar kiradi: |
geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar); | geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar); |
geodeziya punktlari; | geodeziya punktlari; |
fazoviy (geofazoviy) maʼlumotlar; | fazoviy (geofazoviy) maʼlumotlar; |
geografik axborot tizimlari; | geografik axborot tizimlari; |
fazoviy maʼlumotlarning infratuzilmasi; | fazoviy maʼlumotlarning infratuzilmasi; |
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarning natijalari, shu jumladan geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar. | ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarning natijalari, shu jumladan geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar. |
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yaratilgan geodeziya va kartografiya faoliyati mahsulotiga boʻlgan mulk huquqi | 33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yaratilgan geodeziya va kartografiya faoliyati mahsulotiga boʻlgan mulk huquqi |
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yaratilgan geodeziya va kartografiya faoliyati mahsuloti, shu jumladan davlat kartografiya-geodeziya fondi materiallari (maʼlumotlari) Oʻzbekiston Respublikasining mulkidir. | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yaratilgan geodeziya va kartografiya faoliyati mahsuloti, shu jumladan davlat kartografiya-geodeziya fondi materiallari (maʼlumotlari) Oʻzbekiston Respublikasining mulkidir. |
34-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi intellektual mulk obyektlari | 34-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi intellektual mulk obyektlari |
Geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar), fazoviy (geofazoviy) maʼlumotlar, geografik axborot tizimlari, fazoviy maʼlumotlarning infratuzilmasi, geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarning natijalari intellektual mulk obyektlaridir. | Geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar), fazoviy (geofazoviy) maʼlumotlar, geografik axborot tizimlari, fazoviy maʼlumotlarning infratuzilmasi, geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarning natijalari intellektual mulk obyektlaridir. |
35-modda. Geodeziya va kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish tartibi | 35-modda. Geodeziya va kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish tartibi |
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat kartografiya-geodeziya fondining hamda idoraviy kartografiya-geodeziya fondlarining materiallaridan (maʼlumotlaridan) ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda foydalanish huquqiga ega. | Yuridik va jismoniy shaxslar davlat kartografiya-geodeziya fondining hamda idoraviy kartografiya-geodeziya fondlarining materiallaridan (maʼlumotlaridan) ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda foydalanish huquqiga ega. |
Kartografiya-geodeziya fondining materiallaridan foydalanish chogʻida: | Kartografiya-geodeziya fondining materiallaridan foydalanish chogʻida: |
geodeziya va kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) ruxsatsiz koʻchirma nusxa olish; | geodeziya va kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) ruxsatsiz koʻchirma nusxa olish; |
aerosuratga olish materiallarini, shuningdek davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan materiallarni bunday materiallarning saqlanishini taʼminlash uchun rejim organi va lozim darajada shart-sharoitlari boʻlmagan tashkilotlarga berish taqiqlanadi. | aerosuratga olish materiallarini, shuningdek davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan materiallarni bunday materiallarning saqlanishini taʼminlash uchun rejim organi va lozim darajada shart-sharoitlari boʻlmagan tashkilotlarga berish taqiqlanadi. |
Davlat kartografiya-geodeziya fondining geodeziya va kartografiyaga doir materiallaridan (maʼlumotlaridan) foydalanuvchilar olingan materiallarning (maʼlumotlarning) but saqlanishini taʼminlashi, ularni belgilangan muddatlarda qaytarishi hamda ularda mavjud boʻlgan davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmasligi shart. | Davlat kartografiya-geodeziya fondining geodeziya va kartografiyaga doir materiallaridan (maʼlumotlaridan) foydalanuvchilar olingan materiallarning (maʼlumotlarning) but saqlanishini taʼminlashi, ularni belgilangan muddatlarda qaytarishi hamda ularda mavjud boʻlgan davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmasligi shart. |
Davlat kartografiya-geodeziya fondining geodeziya va kartografiyaga doir materiallarini (maʼlumotlarini) uchinchi shaxslarga berishga hamda ulardan koʻchirma nusxa olishga ushbu materiallar (maʼlumotlar) oʻz tasarrufida boʻlgan organlarning ruxsatisiz yoʻl qoʻyilmaydi. | Davlat kartografiya-geodeziya fondining geodeziya va kartografiyaga doir materiallarini (maʼlumotlarini) uchinchi shaxslarga berishga hamda ulardan koʻchirma nusxa olishga ushbu materiallar (maʼlumotlar) oʻz tasarrufida boʻlgan organlarning ruxsatisiz yoʻl qoʻyilmaydi. |
Davlat sirini tashkil etuvchi geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) yoʻqotilgan taqdirda, geodeziya va kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanuvchilar qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni koʻrishi, shuningdek yoʻqotish aniqlangan paytdan eʼtiboran bir kundan oshmaydigan muddatda maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilishi shart. | Davlat sirini tashkil etuvchi geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) yoʻqotilgan taqdirda, geodeziya va kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanuvchilar qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni koʻrishi, shuningdek yoʻqotish aniqlangan paytdan eʼtiboran bir kundan oshmaydigan muddatda maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilishi shart. |
Davlat kartografiya-geodeziya fondining geodeziya va kartografiyaga doir materiallaridan (maʼlumotlaridan) foydalanganlik uchun maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan miqdorda yigʻim undiriladi. | Davlat kartografiya-geodeziya fondining geodeziya va kartografiyaga doir materiallaridan (maʼlumotlaridan) foydalanganlik uchun maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan miqdorda yigʻim undiriladi. |
6-bob. Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida hisobni yuritish | 6-bob. Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida hisobni yuritish |
36-modda. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning davlat hisobi | 36-modda. Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning davlat hisobi |
Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) yigʻish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va ulardan foydalanish maqsadida davlat hisobiga olinishi shart. | Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlar geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) yigʻish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va ulardan foydalanish maqsadida davlat hisobiga olinishi shart. |
Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning davlat hisobi ularni roʻyxatga olish hamda kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish chogʻida amalga oshiriladi. | Geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning davlat hisobi ularni roʻyxatga olish hamda kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish chogʻida amalga oshiriladi. |
37-modda. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri | 37-modda. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri |
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi boʻlib, kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududi haqidagi geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot, bajariladigan geodeziya, topografiya va kartografiyaga oid ishlar, shu jumladan ularning miqdor va sifat tavsiflari haqidagi maʼlumotlar tizimidan iboratdir. | Kartografiya-geodeziya davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi boʻlib, kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududi haqidagi geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot, bajariladigan geodeziya, topografiya va kartografiyaga oid ishlar, shu jumladan ularning miqdor va sifat tavsiflari haqidagi maʼlumotlar tizimidan iboratdir. |
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining kartografiya-geodeziya fondi | 38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining kartografiya-geodeziya fondi |
Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) Oʻzbekiston Respublikasining kartografiya-geodeziya fondini tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasining kartografiya-geodeziya fondi tarkibiga davlat va idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari kiradi. | Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) Oʻzbekiston Respublikasining kartografiya-geodeziya fondini tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasining kartografiya-geodeziya fondi tarkibiga davlat va idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari kiradi. |
Davlat kartografiya-geodeziya fondi geodeziya va kartografiya faoliyati natijasida yaratilgan, umumdavlat ahamiyatiga molik boʻlgan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hamda muddatlarda saqlanishi lozim boʻlgan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) oʻz ichiga oladi. | Davlat kartografiya-geodeziya fondi geodeziya va kartografiya faoliyati natijasida yaratilgan, umumdavlat ahamiyatiga molik boʻlgan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hamda muddatlarda saqlanishi lozim boʻlgan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) oʻz ichiga oladi. |
Davlat kartografiya-geodeziya fondi maxsus vakolatli davlat organining tasarrufida boʻladi. | Davlat kartografiya-geodeziya fondi maxsus vakolatli davlat organining tasarrufida boʻladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kartografiya-geodeziya fondi uning oʻz tasarrufida boʻladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kartografiya-geodeziya fondi uning oʻz tasarrufida boʻladi. |
Idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) oʻz ichiga oladi hamda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tasarrufida boʻladi. | Idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) oʻz ichiga oladi hamda tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tasarrufida boʻladi. |
Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) davlat va idoraviy kartografiya-geodeziya fondlariga topshirish tartibi, shuningdek ularning tarkibi, turi va shakllariga doir talablar davlat va idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilanadi. Davlat va idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari toʻgʻrisidagi nizomlar hamda ularda mavjud boʻlgan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) roʻyxatlari fondlarning saqlovchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. | Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) davlat va idoraviy kartografiya-geodeziya fondlariga topshirish tartibi, shuningdek ularning tarkibi, turi va shakllariga doir talablar davlat va idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilanadi. Davlat va idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari toʻgʻrisidagi nizomlar hamda ularda mavjud boʻlgan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) roʻyxatlari fondlarning saqlovchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi kartografiya-geodeziya fondining belgilangan tartibda Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan geodeziya va kartografiyaga doir materiallari (maʼlumotlari) arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinadi, saqlanadi va ulardan foydalaniladi. | Oʻzbekiston Respublikasi kartografiya-geodeziya fondining belgilangan tartibda Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan geodeziya va kartografiyaga doir materiallari (maʼlumotlari) arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinadi, saqlanadi va ulardan foydalaniladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajaruvchi geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari oʻzi yaratgan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) bir nusxasini davlat kartografiya-geodeziya fondiga bepul berishi shart. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajaruvchi geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari oʻzi yaratgan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (maʼlumotlarning) bir nusxasini davlat kartografiya-geodeziya fondiga bepul berishi shart. |
Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlarining geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) davlat kartografiya-geodeziya fondiga topshirishi, ushbu materiallarning (maʼlumotlarning) saqlanishi hamda ulardan foydalanilishi, idoraviy kartografiya-geodeziya fondlarining davlat reyestri yuritilishi ustidan davlat geodeziya nazorati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. | Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlarining geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) davlat kartografiya-geodeziya fondiga topshirishi, ushbu materiallarning (maʼlumotlarning) saqlanishi hamda ulardan foydalanilishi, idoraviy kartografiya-geodeziya fondlarining davlat reyestri yuritilishi ustidan davlat geodeziya nazorati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. |
7-bob. Davlat geodeziya nazorati | 7-bob. Davlat geodeziya nazorati |
39-modda. Davlat geodeziya nazoratining maqsadi va vazifalari | 39-modda. Davlat geodeziya nazoratining maqsadi va vazifalari |
Davlat geodeziya nazorati geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. | Davlat geodeziya nazorati geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. |
Davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: | Davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: |
geodeziya va kartografiya faoliyatining barcha subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga, shu jumladan litsenziya talablari va shartlariga, geodeziya hamda kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash; | geodeziya va kartografiya faoliyatining barcha subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga, shu jumladan xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga, geodeziya hamda kartografiyaga doir materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash; |
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni, geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisobga olishni tashkil etish; | geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni, geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisobga olishni tashkil etish; |
davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat yuritishini taʼminlash. | davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat yuritishini taʼminlash. |
40-modda. Davlat geodeziya nazoratining asosiy funksiyalari | 40-modda. Davlat geodeziya nazoratining asosiy funksiyalari |
Davlat geodeziya nazoratining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: | Davlat geodeziya nazoratining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: |
geodeziya va kartografiya faoliyatining barcha subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga, litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; | geodeziya va kartografiya faoliyatining barcha subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga, xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; |
kartografiyaga doir materiallarda hamda boshqa hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi va hududi toʻgʻri aks ettirilganligi ustidan nazorat qilish; | kartografiyaga doir materiallarda hamda boshqa hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi va hududi toʻgʻri aks ettirilganligi ustidan nazorat qilish; |
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatdan oʻtkazish; | geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni roʻyxatdan oʻtkazish; |
geodeziya punktlarini hisobga olish; | geodeziya punktlarini hisobga olish; |
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlaridagi geodeziya punktlarining, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa geodeziya punktlarining but saqlanishi va ularning muhofaza zonalari rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; | davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlaridagi geodeziya punktlarining, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa geodeziya punktlarining but saqlanishi va ularning muhofaza zonalari rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; |
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari materiallarining (maʼlumotlarining) saqlanishi ustidan nazorat qilish; | geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda idoraviy kartografiya-geodeziya fondlari materiallarining (maʼlumotlarining) saqlanishi ustidan nazorat qilish; |
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya koordinatalari, balandliklari, gravimetriya oʻlchovlari davlat tizimlarining hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatori, mahalliy koordinatalar hamda boshqa koordinatalar tizimlarining qoʻllanilishi ustidan nazorat qilish; | geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya koordinatalari, balandliklari, gravimetriya oʻlchovlari davlat tizimlarining hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatori, mahalliy koordinatalar hamda boshqa koordinatalar tizimlarining qoʻllanilishi ustidan nazorat qilish; |
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) davlat kartografiya-geodeziya fondiga topshirilishi, shuningdek bu subyektlarning ushbu fonddan olgan materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanishi ustidan nazorat qilish; | geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (maʼlumotlar) davlat kartografiya-geodeziya fondiga topshirilishi, shuningdek bu subyektlarning ushbu fonddan olgan materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanishi ustidan nazorat qilish; |
Oʻzbekiston Respublikasining navbatchi maʼlumotnoma tarzidagi xaritasini yuritish. | Oʻzbekiston Respublikasining navbatchi maʼlumotnoma tarzidagi xaritasini yuritish. |
8-bob. Yakunlovchi qoidalar | 8-bob. Yakunlovchi qoidalar |
41-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatini moliyalashtirish | 41-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatini moliyalashtirish |
Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. | Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. |
Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni moliyalashtirish buyurtmachilarning mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. | Maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni moliyalashtirish buyurtmachilarning mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. |
Maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan davlat boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning buyurtmachilari boʻlishi mumkin. | Maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan respublikasi ijro etuvchi hokimiyat organlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning buyurtmachilari boʻlishi mumkin. |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslar qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik ishlarning buyurtmachilari boʻlishi mumkin. | Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslar qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik ishlarning buyurtmachilari boʻlishi mumkin. |
42-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash | 42-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash |
Geodeziya va kartografiya faoliyati natijasida yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi lozim. | Geodeziya va kartografiya faoliyati natijasida yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi lozim. |
43-modda. Nizolarni hal etish | 43-modda. Nizolarni hal etish |
Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. | Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. |
44-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 44-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |
45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish | 45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish |
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin: | Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin: |
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi 417-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 122-modda); | 1) Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi 417-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 122-modda); |
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 418-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 123-modda); | 2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 418-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 123-modda); |
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-304-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 274-modda) 4-moddasi; | 3) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-304-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 274-modda) 4-moddasi; |
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-476-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 25-moddasi. | 4) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-476-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 25-moddasi. |
46-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash | 46-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash |
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. | Kadastr agentligi ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. |
47-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish | 47-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; | hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; |
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. | davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. |
48-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi | 48-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi |
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi. | Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2020-yil 2-iyul, | 2020-yil 2-iyul, |
OʻRQ-626-son | OʻRQ-626-son |