26.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3250
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3250]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” ― “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. DAVLETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 26-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
147-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qonunning 31-moddasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy adliya boshqarmasi deb yuritiladi) huzuridagi malaka komissiyalari xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) toʻxtatib turish va tugatish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish maqsadida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Malaka komissiyasi yigʻilishlarining xolisligi va odilligini taʼminlash maqsadida, zaruratga qarab, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi xodimlari ovoz berish huquqisiz (kuzatuvchi sifatida) ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Malaka komissiyasi hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining (bundan buyon matnda Notarial palata deb yuritiladi) tegishli hududiy boshqarmasi vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining xodimlari orasidan besh nafardan toʻqqiz nafar kishigacha boʻlgan tarkibda toq miqdorda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Malaka komissiyasi tarkibi tegishli hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan uch yil muddatga tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat boʻlganda malaka komissiyasi raisining taqdimnomasiga koʻra hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan komissiya tarkibi oʻzgartirilishi yoki qayta tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Malaka komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqil hisoblanadi va uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining notariat sohasiga rahbarlik qiluvchi oʻrinbosari qoida tariqasida malaka komissiyasi raisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy adliya boshqarmasi Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boʻlimining notariat sohasi boʻyicha masʼul xodimi malaka komissiyasi kotibi (bundan buyon matnda kotib deb yuritiladi) etib tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Malaka komissiyasi raisi mehnat taʼtilida, xizmat safarida boʻlgan vaqtda yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan hollarda hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan uning boshqa oʻrinbosari vaqtincha malaka komissiyasi raisi etib tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Malaka komissiyasi raisi komissiyaning navbatdagi yigʻilishi oʻtkaziladigan kun va vaqtni belgilaydi, shuningdek komissiya yigʻilishlarini oʻtkazadi va ularga rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Malaka komissiyasi raisi komissiya ishini tashkil qilish va uning oʻz vaqtida, toʻgʻri va haqqoniy oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Malaka komissiyasi oʻz faoliyatini mazkur Nizom hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Malaka komissiyalarining moddiy-texnika taʼminoti tegishliligi boʻyicha hududiy adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Malaka komissiyasi yigʻilishlarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Malaka komissiyasiga litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish boʻyicha sudga ariza kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun hududiy adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasi rahbarining taqdimnomasi asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kotib tegishli hududiy adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasi taqdimnomasi va unga ilova qilingan hujjatlarni (bundan buyon matnda hujjatlar deb yuritiladi) qabul qilib oladi va shu kunning oʻzida Malaka komissiyasi yigʻilishida koʻrib chiqilishi uchun taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxatga olish kitobiga tegishli yozuv kiritish orqali qayd qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Malaka komissiyasi yigʻilishida koʻrib chiqilishi uchun taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxatga olish kitobi ip oʻtkazilib tikilgan, tegishli hududiy adliya boshqarmasi devonxonasi muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarning saqlanishi uchun kotib masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kotib komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun qabul qilib olingan hujjatlar haqida shu kunning oʻzida malaka komissiyasi raisini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kotib komissiyaning navbatdagi yigʻilishida koʻrib chiqilishi uchun hududiy adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasi taqdim etilgan hujjatlarning har biri boʻyicha alohida komissiya aʼzolari soniga mutanosib ravishda tegishli hujjatlar nusxalarini tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Malaka komissiyasi raisi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish maqsadida malaka komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadigan kun va vaqtni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, hujjatlar bir yoki bir nechta boʻlishidan qatʼi nazar, ular malaka komissiyasiga kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida malaka komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kotib komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan kundan kamida ikki kun oldin malaka komissiyasining barcha aʼzolarini hamda litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish bilan bogʻliq ishlar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan notariusni (bundan buyon matnda notarius deb yuritiladi) komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan kun va vaqt haqida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Malaka komissiyasi raisi komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan kundan kamida ikki kun oldin navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtadigan kun va vaqt, shuningdek kun tartibidagi masala yuzasidan Adliya vazirligining Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasiga yozma yoki elektron shaklda xabar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Notarius unga xabar berilgan kun va vaqtda komissiyaning yigʻilishida ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Malaka komissiyasi yigʻilishida notariusning ishtirok etishi talab etilmaydi, bunda notariusning komissiya yigʻilishida qatnashmasligi yigʻilishni oʻtkazishni qoldirish yoki kun tartibidagi unga tegishli masalani koʻrib chiqmaslik uchun asos boʻlib hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Malaka komissiyasi yigʻilishini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Malaka komissiyasi yigʻilishida komissiya aʼzolari, shuningdek notariusdan (masalasi koʻrib chiqilishi davomida) boshqa shaxslarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi, malaka komissiyasi raisining ruxsati bilan komissiya yigʻilishida koʻrilayotgan masala yuzasidan taklif qilinadigan shaxslarni jalb etish hollari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kotib yigʻilishda koʻrib chiqish uchun kun tartibiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan hujjatlar nusxalarini komissiyaning barcha aʼzolariga tarqatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Rais kun tartibidagi har bir masala boʻyicha komissiyaga kelib tushgan hujjatlar mazmuni haqida komissiya aʼzolariga alohida oʻqib eshittiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Malaka komissiyasi kun tartibidagi har bir masalani alohida-alohida muhokama qiladi. Malaka komissiyasi muhokamada taklif qilingan shaxslarning tushuntirish va izohlarini eshitishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Malaka komissiyasi tomonidan notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilish Qonunning 152-moddasi birinchi qismi hamda mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib keladigan qoidabuzarliklar hollari va ular boʻyicha litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddatlariga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, notarius tomonidan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq qoidabuzarliklar hollari va muddatlarida nazarda tutilgan qoidabuzarliklarning bir nechtasi sodir etilganligi aniqlangan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish aniqlangan qoidabuzarliklar uchun belgilangan eng koʻp muddat doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Malaka komissiyasi tomonidan notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish boʻyicha maʼmuriy sudga ariza kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish Qonunning 153-moddasi ikkinchi qismiga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoidabuzarlik sodir etilganligi uchun malaka komissiyasining notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qarori qabul qilingan kundan boshlab bir yil davomida notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari yoki Notariuslarning kasb etikasi qoidalari yoxud notarial harakatlarning siri va notarius qasamyodini takroran buzilganligi muntazam ravishda qoidabuzarlik sodir etilgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi qoidabuzarliklar notariusning bir marta qoʻpol ravishda qoidabuzarlik sodir etilganligi deb hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial harakatlarning maxfiyligiga rioya qilinmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyilgan va (yoki) xatlangan mol-mulkni tasarruf etish toʻgʻrisida bitimning tasdiqlanganligi,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial harakatlarni rasmiylashtirishda imzoning faksimilesidan foydalanilganligi va (yoki) muhrni boshqa shaxslarga berilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial harakatlarni boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial harakatlarni rasmiylashtirish uchun oʻzi yoki vositachi orqali qonun hujjatlarida belgilanganidan tashqari moddiy manfaat koʻrganligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Malaka komissiyasi tomonidan Qonunning 152 va 153-moddalari hamda mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hollarda notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida, shuningdek notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish boʻyicha maʼmuriy sudga ariza kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Malaka komissiyasi tomonidan tegishliligi boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish boʻyicha maʼmuriy sudga ariza kiritish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish boʻyicha maʼmuriy sudga ariza kiritishni rad etish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Malaka komissiyasi tomonidan notarius litsenziyasi amal qilishini tugatish boʻyicha maʼmuriy sudga ariza kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan notarius litsenziyasining amal qilishi sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Malaka komissiyasi qarori komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, malaka komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka komissiyasi yigʻilishi uning aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Malaka komissiyasi yigʻilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunda komissiya yigʻilishi bayonnomalarini rasmiylashtirish komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Malaka komissiyasi yigʻilishi bayonnomasi komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun komissiya raisiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Malaka komissiya kotibi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nusxasini komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtgan kundan boshlab bir kun ichida tegishli hududiy adliya boshqarmasiga va Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasiga hamda notariusga yetkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Notarius malaka komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, komissiya yigʻilish bayonnomasi nusxasini olgan kundan boshlab oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi raisi D. ASHUROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 25-iyun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib keladigan qoidabuzarliklar hollari va ular boʻyicha litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Qoidabuzarliklar hollari

Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddatlari

1.

Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlarning notarius ishtirokida imzolanmaganligi

6 oy

2.

Notarial tasdiqlanadigan bitimlarni tomonlar bir vaqtda notarius huzurida hozir boʻlib imzolamaganligi

2 oy

3.

Notarial harakatlarni amalga oshirishda maxsus moslamalarda murojaat etuvchilarning barmoq izlarini skaner qilish talabiga rioya qilinmaganligi

1 oy

4.

Murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yoʻqligi, barmoq izlari yoʻqolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda notarial harakatni imzolash jarayoni majburiy audio yoki videoyozuv vositalarida qayd etilmaganligi

1 oy

5.

Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarga oid maʼlumotlar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga aniq va toʻliq kiritilmaganligi yoki xato kiritilganligi

1 oy

6.

Notarial harakatlarni amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilganlardan tashqari ortiqcha hujjat talab qilinganligi

15 kun

7.

Notarial harakatni amalga oshirish noqonuniy ravishda rad etilganligi

1 oy

8.

Notarius tomonidan uch yilda kamida bir marta oʻz kasbiy malakasi uzrsiz sabablarga koʻra amalga oshirilmaganligi

1 oy

9.

Notarial tasdiqlangan hujjatlarni arxivda saqlashning quyidagi qoidalarning bittasiga rioya qilinmaganligi:

hujjatlar yigʻmajildga tikilmaganligi va muqovalanmaganligi;

belgilangan muddat oʻtgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivga topshirilmaganligi

15 kun

10.

Notarial harakatlarni bajarish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda notarius tomonidan quyidagilarning bittasiga rioya qilinmaganligi:

ularga huquqlari, majburiyatlari va bitimning ahamiyati tushuntirilmaganligi;

notarial harakatlarning huquqiy oqibati haqida ogohlantirilmaganligi

1 oy

11.

Notarius kasbiy vakolatlarini amalga oshirish jarayonida alkogol, giyohvand yoki psixotrop moddalar taʼsirida mast holatda fuqarolarni qabul qilganligi

3 oy

12.

Notariusning faoliyat koʻrsatish hududidan (notarial okrug) tashqarida notarial harakatni amalga oshirilganligi Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno

1 oy

13.

Notarius tomonidan fuqarolar va xodimlarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi nojoʻya hatti-harakatlar sodir etilganligi

1 oy

14.

Notarius oʻziga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish yoki fuqarolik ishida uning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan daʼvo taqdim etilgan hollarda bu haqida Notarial palata hududiy boshqarmasini xabardor qilmaganligi

1 oy

15.

Notarial palata va uning hududiy boshqarmasining vakolatlari doirasida berilayotgan soʻrovlar yoki topshiriqlarini bajarmaslik

15 kun

16.

Notarius tomonidan vakolatli organlar va mansabdor shaxslarning qonunga asoslangan holda soʻragan hujjatlarini, maʼlumotlarini taqdim etilmaganligi yoki talablari bajarilmaganligi

15 kun

17.

Notarius oʻz hamkasblarining shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida, internet manbaalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda ommaga tarqatganligi

1 oy

18.

Notarial palataning yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan, shu jumladan notariusning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari (koʻrsatmalari) notarius tomonidan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi

1 oy

19.

Murojaat qilgan shaxs tomonidan koʻrsatilgan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami koʻrsatilgan SMS xabar yoʻllanmaganligi

15 kun

20.

Notarial harakatlar boʻyicha toʻlovlar (davlat boji, gerb yigʻimi, huquqiy va texnik tusdagi haq) notoʻgʻri undirilganligi yoki toʻlovlardan noqonuniy ravishda ozod qilinganligi yoxud toʻlovning imtiyozli toʻlanishini asoslantiruvchi hujjatlarning kseronusxasi olinmaganligi

15 kun

21.

Vasiylikdagi va homiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan ishonchnomalar tuzishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsati olinmaganligi

1 oy

22.

Vasiylikdagi va homiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan shartnomalar tuzishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsati olinmaganligi

3 oy

23.

Bitimda Oʻzbekiston Respublikasida notarial tasdiqlangan ishonchnomaga asosan vakil ishtirok qilgan hollarda ishonchnomaning bekor boʻlganligi yoki boʻlmaganligi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshirilmaganligi

3 oy

24.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulk bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshirilmaganligi yoki notoʻgʻri tekshirilganligi

2 oy

25.

Notarius tomonidan oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar uchun bitimlarni ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkinligi yoki oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar bitimlarni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzishi toʻgʻrisidagi tartibga rioya qilinmaganligi

6 oy

26.

Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzilganligi

6 oy

27.

Koʻchmas mulk va avtotransport vositalari bilan bogʻliq shartnomalarni (kelishuvlarni) tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning qarzdorligi mavjudligi tekshirilmagan holda amalga oshirilganligi

15 kun

28.

Erning (xotinning) umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) yozma roziligi olinmaganligi

6 oy

29.

Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish bitimlarini tasdiqlashda oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan aʼzolarining va xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslarning yozma roziligi olinmaganligi

3 oy

30.

Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari roʻyxatga olingan yoki bitim tasdiqlanayotgan joydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida agregatlar raqamlari roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi koʻzdan kechirilganligi haqida maʼlumotnoma olmaganligi

15 kun

31.

Garov (ipoteka) shartnomalarini tasdiqlashda garovga (ipotekaga) qoʻyilayotgan mol-mulk umumiy mol-mulkni (er-xotinning birgalikdagi mulki) tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligi olinmaganligi

3 oy

32.

Vasiyatnomani imzolash jarayoni majburiy audio va video yozuvga qayd etilmaganligi

2 oy

33.

Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishda meros qoldiruvchining merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz merosxoʻrlarini aniqlash choralari koʻrilmaganligi

1 oy

34.

Umumiy ulushli mulkdagi ulushni oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlashda umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining ulushli mulkdagi sotilayotgan ulushni imtiyozli sotib olish huquqi toʻgʻrisida ogohlantirilmaganligi

1 oy

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Mazkur qoidabuzarlik hollaridan tashqari boshqa qoidabuzarliklar sodir etilganlik uchun litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati malaka komissiyasi tomonidan qoidabuzarlikning ogʻir-yengilligiga qarab belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 232-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151, 2010-yil 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 390-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 228-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-1, 2011-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 438-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 2014-yil 26-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 40-son, 501-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 390-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-3, 2015-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 653-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 10-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-4, 2018-yil 6-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2151-4/0522-son).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 270-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-5, 2018-yil 10-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 2018-yil 26-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 10/20/3250/1012-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 26.07.2023-y., 10/23/3250-1/0521-son)