17.06.2020 yildagi 389-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik sohasida umumeʼtirof etilgan xalqaro talab va taʼlim standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish, undan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil fevral oyida Turkiya Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqining (keyingi oʻrinlarda — muassislar) nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim va ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi tamoyili, shuningdek, jahon taʼlimi va ilmiy hamjamiyatga uygʻun integratsiyalashish asosida mutaxassislar, ilmiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika oliy taʼlim tizimiga zamonaviy taʼlim texnologiyalariga asoslangan oʻquv jarayonini joriy qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish, ochiq axborot-taʼlim muhitini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, taʼlim oluvchilarning innovatsion gʻoyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimining xalqaro nufuzini mustahkamlash va uni mintaqaviy taʼlim markazi sifatida tanitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbollariga muvofiq tadbirkorlik, iqtisodiyot, moliya, korporativ huquq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, psixologiya sohalarida xalqaro standartlar darajasida, jumladan, dual taʼlim texnologiyalarini qoʻllagan holda, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim va ilmiy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan har tomonlama hamkorlik munosabatlarini qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog kadrlarning professional mahorati darajasi va sifatini uzluksiz oshirib borish, Filial professor-oʻqituvchilarining xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarida malaka oshirishini va stajirovka oʻtashini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filial nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filial rektori muassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filial kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda oʻqitishning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan asosiy bakalavriat yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha barcha darajadagi mutaxassislarni, shu jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkiloti — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filial alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega boʻlgan, tasarrufidagi pul mablagʻlari va mol-mulki bilan oʻz majburiyatlari boʻyicha javobgar hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filialda oʻqitish kunduzgi taʼlim shaklida, davlat va ingliz tilida, jumladan, dual taʼlim, elektron va masofaviy taʼlim texnologiyalarini qoʻllagan holda Filial tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari hamda dasturlarga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filialda taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filialga abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tomonidan belgilangan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitet diplomi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filialga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olgandan soʻng taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishiga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialining vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filialini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Filial vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filial faoliyatining tashkil etilishini taʼminlash, uning toʻlaqonli faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy, yuridik, iqtisodiy, oʻquv-metodik, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filial faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha Turkiya savdo palatalari va birjalar ittifoqi rahbariyati bilan muzokaralar olib borish va oʻzaro hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur loyiha, qurilish-montaj va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, Filialni jihozlash, infratuzilmasini yaratish, moddiy-texnik taʼminlashga doir grafiklarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filial faoliyatini tashkil etish boʻyicha tasdiqlangan grafiklarda belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat qilish va monitoring olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim jarayonini, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, bakalavr va magistrlar tayyorlash sifatini tizimli ravishda oshirish, Filial bitiruvchilarini ishga joylashtirish, mehnat bozorining keyingi rivojini hisobga olgan holda, mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filial faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash uchun xayriya, texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filialning moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan jihozlash, ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilashga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalarni, eng avvalo, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash, iqtidorli talabalarni oʻqitish uchun stipendiyalar ajratish, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va yashash joylarida boʻsh vaqtlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek, ularning dam olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keng istiqbolli talabalarni tanlov asosida, kelajakda Universitetga va sohaga ixtisoslashgan xorijdagi boshqa yetakchi taʼlim muassasalariga stajirovka oʻtashga yuborish uchun tanlab olishni hamda ularga xorijda tahsil olish uchun maxsus stipendiyalar ajratishni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi muassislar bilan birgalikda bir oy muddatda Filialning ustavi va tuzilmasi ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ishchi guruh (A. Ikramov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-avgustga qadar Filialning bino va inshootlari rekonstruksiya qilinishi, shuningdek, Filial professor-oʻqituvchilari uchun yashash joylari tayyorlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 31-avgustga qadar Filial zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va tashkiliy texnika, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filial tanlov asosida ishga qabul qilinadigan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va mentorlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Filialga qabul qilish parametrlari manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tegishli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda, muassislarning qoʻshma qaroriga binoan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Filial faoliyati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Filialning vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Filialni tashkil etish, shuningdek, taʼmirlash-tiklash, bino va inshootlarni zarur mebel, kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalar bilan jihozlash boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondi mablagʻlari hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Filial professor-oʻqituvchilari, shu jumladan xorijdan jalb qilinadigan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va xizmat safari xarajatlari Filial, muassislar mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Filialda oʻqitishning toʻlov-kontrakt miqdori muassislar bilan kelishilgan holda Filial tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Filialga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlarga boʻlgan ehtiyoj va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbolidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda taʼlimning bakalavriat bosqichi asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professor-oʻqituvchi xodimlar, shuningdek, pedagogik va ilmiy ish olib borishga jalb etiladigan boshqa shaxslarning mehnati, yashashi hamda transport xarajatlari uchun ularga belgilangan tariflar boʻyicha toʻlovni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda istiqbolda Filialga oʻz kampusini tashkil qilish uchun kasb-hunar kollejlaridan birining bino va inshootlarini belgilangan tartibda tekin foydalanish huquqi asosida berish yuzasidan ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Filial oʻz kampusi tashkil qilinguniga qadar Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 49-uy manzilidagi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 7-binosiga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Filialda taʼlim sifatini va qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 17-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
389-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi 389-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialining vasiylik kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Guven Sak

Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqining Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti rektori, Vasiylik kengashi raisi

2.

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi, Vasiylik kengashi hamraisi

3.

O.A. Xakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari

4.

K.A. Sharipov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori

5.

S.M. Buzrukxonov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari

6.

A.A. Agzamxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi

7.

U.M. Kamaletdinov

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi direktori

8.

Jemalettin Tuney

Turkiyaning hamkorlik va muvofiqlash agentligining (TIKA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari (kelishuv asosida)

9.

lavozimiga koʻra

Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqining departament mudiri (kelishuv asosida)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi 389-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filialini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi, Ishchi guruh rahbari

2.

S.M. Buzrukxonov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriningoʻrinbosari

3.

Sh.Sh. Sharaxmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

4.

S.X. Bekenov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

5.

U.N. Tashkenbayev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi

6.

K.A. Sharipov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori

7.

Sh.I. Asadov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

8.

U.M. Kamaletdinov

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi direktori

9.

A.A. Agzamxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi

10.

Yusuf Sarinay

Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqining Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti prorektori (kelishuv asosida)

11.

Xakki Arda Tokat

Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqining Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti “Xalqaro tadbirkorlik” kafedrasi mudiri

12.

D.B. Begmatova

Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti Xalqaro xamkorlik boʻyicha prorektor

13.

E.E. Rustamov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqob?tni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 09/20/389/0774-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)