Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.05.2020 yildagi O‘RQ-621-son
Дата вступления в силу
27.05.2020
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 21.04.2021 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni |
“Sogʻlom turmush” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida | “Sogʻlom turmush” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida |
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 5-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 11-mayda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 5-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 11-mayda maʼqullangan |
1-modda. “Sogʻlom turmush” medali taʼsis etilsin. | 1-modda. “Sogʻlom turmush” medali taʼsis etilsin. |
2-modda. “Sogʻlom turmush” medali toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi). | 2-modda. “Sogʻlom turmush” medali toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi). |
3-modda. “Sogʻlom turmush” medalining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi). | 3-modda. “Sogʻlom turmush” medalining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi). |
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi 176-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-aprelda qabul qilingan OʻRQ-473-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 221-modda; 2019-yil, № 9, 589-modda; 2020-yil, № 3, 200-modda) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin: | 4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi 176-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-aprelda qabul qilingan OʻRQ-473-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 221-modda; 2019-yil, № 9, 589-modda; 2020-yil, № 3, 200-modda) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin: |
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin: | quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin: |
“Sogʻlom turmush” medali”; | “Sogʻlom turmush” medali”; |
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. | toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. |
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | 5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2020-yil 26-may, | 2020-yil 26-may, |
OʻRQ-621-son | OʻRQ-621-son |
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-maydagi OʻRQ-621-sonli Qonuni bilan TASDIQLANGAN | Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-maydagi OʻRQ-621-sonli Qonuni bilan TASDIQLANGAN |
“Sogʻlom turmush” medali toʻgʻrisidagi | “Sogʻlom turmush” medali toʻgʻrisidagi |
NIZOM | NIZOM |
1. “Sogʻlom turmush” medali bilan: | 1. “Sogʻlom turmush” medali bilan: |
aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarning oldini olish, sogʻlom ovqatlanish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni keng targʻib qilishga qoʻshgan katta hissasi uchun — sogʻliqni saqlash muassasalari shifokorlari, shu jumladan diyetologlar, jismoniy tarbiya instruktorlari, sogʻliqni saqlash masalalarini va sogʻlom turmush tarzini yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar; | aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarning oldini olish, sogʻlom ovqatlanish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni keng targʻib qilishga qoʻshgan katta hissasi uchun — sogʻliqni saqlash muassasalari shifokorlari, shu jumladan diyetologlar, jismoniy tarbiya instruktorlari, sogʻliqni saqlash masalalarini va sogʻlom turmush tarzini yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar; |
jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanish va uni kundalik turmush tarziga aylantirish, sogʻlom hayot tarziga qatʼiy amal qilish borasida jamoatchilikka shaxsiy namuna boʻlayotgani uchun — fuqarolar, namunali oilalar va sportchilar; | jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanish va uni kundalik turmush tarziga aylantirish, sogʻlom hayot tarziga qatʼiy amal qilish borasida jamoatchilikka shaxsiy namuna boʻlayotgani uchun — fuqarolar, namunali oilalar va sportchilar; |
ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli tashkil qilish orqali uni umummilliy harakatga aylantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun — barcha darajadagi tashkilot va idoralar rahbarlari; | ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli tashkil qilish orqali uni umummilliy harakatga aylantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun — barcha darajadagi tashkilot va idoralar rahbarlari; |
oʻsib kelayotgan avlod oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish, uni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, ruhiy barkamollikka yetkazish, qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun — sport maktablari, umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rahbarlari, sport trenerlari, jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqa mutaxassislari; | oʻsib kelayotgan avlod oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish, uni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, ruhiy barkamollikka yetkazish, qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun — sport maktablari, umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rahbarlari, sport trenerlari, jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqa mutaxassislari; |
sport musobaqalari orqali yoshlarda iroda, matonat, oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonch fazilatlarini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun — mudofaa tizimi vakillari, yuqori natijalarga erishgan sportchilar va ularning trenerlari, hakamlar va sport tashkilotlarining vakillari; | sport musobaqalari orqali yoshlarda iroda, matonat, oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonch fazilatlarini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun — mudofaa tizimi vakillari, yuqori natijalarga erishgan sportchilar va ularning trenerlari, hakamlar va sport tashkilotlarining vakillari; |
jismoniy tarbiya va sportni respublikamizda yanada rivojlanlantirish va ommalashtirish, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirish, sportchilarning oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlashga qoʻshgan hissasi uchun — barcha darajadagi hokimlar va ularning oʻrinbosarlari, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari rahbarlari, homiylar, sport federatsiya (uyushma)lariga biriktirilgan korxona va tashkilotlar rahbarlari mukofotlanadilar. | jismoniy tarbiya va sportni respublikamizda yanada rivojlanlantirish va ommalashtirish, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirish, sportchilarning oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlashga qoʻshgan hissasi uchun — barcha darajadagi hokimlar va ularning oʻrinbosarlari, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari rahbarlari, homiylar, sport federatsiya (uyushma)lariga biriktirilgan korxona va tashkilotlar rahbarlari mukofotlanadilar. |
2. “Sogʻlom turmush” medali bilan boshqa shaxslar ham aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishdagi, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin. | 2. “Sogʻlom turmush” medali bilan boshqa shaxslar ham aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishdagi, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin. |
3. “Sogʻlom turmush” medali bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. | 3. “Sogʻlom turmush” medali bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. |
4. “Sogʻlom turmush” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi. | 4. “Sogʻlom turmush” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi. |
5. “Sogʻlom turmush” medali bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi. | 5. “Sogʻlom turmush” medali bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi. |
6. “Sogʻlom turmush” medali koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. | 6. “Sogʻlom turmush” medali koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. |
7. Har bir mukofotlangan shaxsga “Sogʻlom turmush” medalini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi. | 7. Har bir mukofotlangan shaxsga “Sogʻlom turmush” medalini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-maydagi OʻRQ-621-sonli Qonuni bilan TASDIQLANGAN | Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-maydagi OʻRQ-621-sonli Qonuni bilan TASDIQLANGAN |
“Sogʻlom turmush” medalining | “Sogʻlom turmush” medalining |
TAVSIFI | TAVSIFI |
“Sogʻlom turmush” medali 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. | “Sogʻlom turmush” medali 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. |
Medalning old tomoni quyi qismida Oʻzbekiston Respublikasining xaritasi aks ettirilgan Yer shari, uning yuqori qismida esa koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida sogʻlom oilaning ramziy tasviri joylashgan. Medalning aylanasi boʻylab yashil emal fonida “SOGʻLOM TURMUSH” yozuvi, quyi qismida esa sakkiz qirrali yulduzga tutashgan ikkita dafna novdasi joylashgan. Harflar balandligi va yulduzning diametri — 3,2 millimetr. | Medalning old tomoni quyi qismida Oʻzbekiston Respublikasining xaritasi aks ettirilgan Yer shari, uning yuqori qismida esa koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida sogʻlom oilaning ramziy tasviri joylashgan. Medalning aylanasi boʻylab yashil emal fonida “SOGʻLOM TURMUSH” yozuvi, quyi qismida esa sakkiz qirrali yulduzga tutashgan ikkita dafna novdasi joylashgan. Harflar balandligi va yulduzning diametri — 3,2 millimetr. |
Medalning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan. Quyi qismiga 2 millimetrli oʻlchamdagi botiq shrift bilan medal raqami tushirilgan. | Medalning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan. Quyi qismiga 2 millimetrli oʻlchamdagi botiq shrift bilan medal raqami tushirilgan. |
Tasvir va yozuvlar — boʻrtma. | Tasvir va yozuvlar — boʻrtma. |
Medalning qalinligi — 3 millimetr. | Medalning qalinligi — 3 millimetr. |
Medalning old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan. | Medalning old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan. |
Medal oq rangli chiziqlar bilan hoshiyalangan yashil rangdagi shoyi lenta qoplangan besh qirrali qadagʻichga ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi. Lentaning eni — 24 millimetr, oq rangli hoshiyalarning eni — 1 millimetr. | Medal oq rangli chiziqlar bilan hoshiyalangan yashil rangdagi shoyi lenta qoplangan besh qirrali qadagʻichga ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi. Lentaning eni — 24 millimetr, oq rangli hoshiyalarning eni — 1 millimetr. |
Qadagʻichning orqa tomonida medalni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama mavjud. | Qadagʻichning orqa tomonida medalni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama mavjud. |
“Sogʻlom turmush” medali | “Sogʻlom turmush” medali |