22.05.2020 yildagi 310-son
Hujjat 23.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni hamda “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2 va 3-ilovalarga muvofiq suv xo‘jaligi obyektlarida suv resurslari hamda elektr energiyasidan foydalanishni “onlayn” rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi raqamli texnologiyalar joriy etilishini ta’minlasin.
v) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq suv iste’molchilari limitdan ortiqcha suv olganda, limitdan ortiqcha olingan suv uchun, shuningdek, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz suv resurslarini iste’mol qilganda, suvdan foydalanganlik uchun soliq belgilangan stavkaga nisbatan besh barobarga oshirilgan miqdorda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbir nomi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Mas’ul vazirlik va idoralar

I. Suv resurlarini boshqarish, hisobga olish hamda iste’mol qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish

1.

Suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha na’munaviy shartnomalarni ishlab chiqish, belgilangan tartibda tasdiqlash va joylarga yetkazish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2020-yil

15-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Suv olish joylarining ro‘yxatga olish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2020-yil

15-iyul

3.

Gidropostlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2020-yil

15-iyul

II. Suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash

4.

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar hisobidagi suv omborlarining loyihaviy suv sig‘imlarini tahlil qilish hamda ularning amaldagi sig‘imini raqamli texnologiyalari yordamida qayta aniqlash.

Suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlariga budjetdan ajratilgan mablag‘lar,

Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘arma mablag‘i

2021 — 2023

yillarda jadval bo‘yicha

Suv xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar hisobidagi suv omborlari, irrigatsiya tizimi kanallari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlaridagi suv olish joylarini va ulardagi suvni boshqarish va hisobga olish vositalarini xatlovdan o‘tkazish.

Suv iste’molchilari hisobidagi sug‘orish tarmoqlarini, ulardagi inshootlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa suv iste’molchilarining bosh suv olish joylarini xatlovdan o‘tkazish.

Suv olish joylari, suvni boshqarish va hisobga olish vositalarining texnik holati bo‘yicha nuqsonlar dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

Mablag‘

talab etilmaydi

2020-yil

1-iyul


2020-yil

10-iyul


2020-yil

20-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar


Suv xo‘jaligi vazirligi,

suv iste’molchilari uyushmalari

6.

Suv omborlar, irrigatsiya tizimi kanallari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlaridagi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash.

Davlat budjeti mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar va grantlar

2020 — 2023-yillar

jadval bo‘yicha

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

“Amudaryo” havzasi suv xo‘jaligi birlashmasi, “Sirdaryo” havzasi suv xo‘jaligi birlashmasi

7.

Suv iste’molchilari uyushmalarining sug‘orish tarmoqlaridagi gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash va tiklash, fermer xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari va boshqa suv iste’molchilarning bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash.

Suv iste’molchilari mablag‘lari,

tijorat banklari krediti,

xorijiy investitsiyalar va grantlar

2020 — 2023-yillar

jadval bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va s�noat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

suv iste’molchilari uyushmalari,

suv iste’molchilari

III. Suvning hisob-kitobini yuritishni tizimini takomillashtirish

8.

Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi barcha suv xo‘jaligi tashkilotlarining dispetchirlik xizmatlarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash.

Suv resurslari va ulardan foydalanish yuzasidan ma’lumotlar bazasini to‘liq shakillantirish.

Suv xo‘jaligi tizimidagi tashkilotlarga budjetdan ajratilgan mablag‘lar, Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘arma mablag‘i va tashkilotlarning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2020 — 2025-yillar

jadval bo‘yicha

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zgidromet” markazi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,

“Amudaryo” havzasi suv xo‘jaligi birlashmasi,

“Sirdaryo” havzasi suv xo‘jaligi birlashmasi

9.

Daryolar, suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarida, shuningdek, hud�dlardagi mavjud suv resurslari bo‘yicha kunlik ma’lumotlarni vazirlik rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta’minlash.

Mablag‘

talab etilmaydi

2020-yil

1-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zgidromet” markazi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

10.

Suv iste’molchilarining suv olish joylari va suvni hisobga olish vositalarining (gidropost) na’munaviy loyihalarini ishlab chiqish va joylarga yetkazish.

Mablag‘

talab etilmaydi

2020-yil 1-avgust

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

11.

Suv omborlari, nasos stansiyalari, irrigatsiya tizimlari, sug‘orish tarmoqlari hamda suv olish joylarida suv resurslari va elektr energiyasi hiso�-kitobini yuritish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda tavsiyalar ishlab chiqish.

Suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlariga budjetdan ajratilgan mablag‘lar va tashkilotlarning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2020 — 2025

yillar

jadval bo‘yicha

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

1. 2-bandning birinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
a) 4-banddan “hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 5-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandning to‘rtinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 23-bandning ikkinchi xatboshisidan “hamda yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar bo‘yicha) ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “korxonalar” so‘zi “tashkilotlar” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi “obyektlarida” so‘zdan keyin “belgilanadi” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
e) 31-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 34-banddagi “va shu kabilar” so‘zlari “sug‘orish va kollektor tarmog‘i, yer osti suvlari va boshqa suv manbai” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “irrigatsiya tizimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari “tumanlar irrigatsiya bo‘limlari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizim) boshqarmalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘tinchi xatboshidagi “havza tizimi, katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari” so‘zlari “tizimlari havza boshqarmalari, katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi suv xo‘jaligi tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 45-bandning birinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan (yer osti issiq suvlari va mineral suvlarni olishda)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
k) 47-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
l) 54-bandning birinchi xatboshisidagi “hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
m) 55-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
n) 60-bandning uchinchi xatboshisi “suv iste’molchilari tomonidan” so‘zlaridan keyin “suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlamasdan suv olish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
o) 64-banddagi “suv olish joyini” so‘zlari “qurilgan suv olish inshootlari va ochilgan suv olish joylari hamda o‘rnatilgan suv olish qurilmalarini (nasos stansiyasi, sifon va boshqalar)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
p) 65-banddagi “Korxonalar, muassasalar” va “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar)” so‘zlari chiqarib tashlansin.