Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.02.2002 yildagi 54-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YAPONIYA HUKUMATI TOMONIDAN BERILAYOTGAN NOLOYIHA TUSDAGI BEGʻARAZ YORDAMDAN SAMARALI FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan noloyiha tusdagi 950 mln. yen miqdoridagi begʻaraz yordamdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri E.M. Gʻaniyev Almashuv notasini va boshqa qoʻshimcha hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga — noloyiha tusdagi begʻaraz yordam mablagʻlarini olish va ularga xizmat koʻrsatish uchun Almashuv notalari va qoʻshimcha hujjatlarda nazarda tutilgan barcha tartibotlarni Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — yuqorida koʻrsatib oʻtilgan begʻaraz yordamga vositachilik yigʻimlari undirmasdan hisob-kitob xizmati koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noloyiha tusdagi begʻaraz yordamni oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlariga — Almashuv notalari va qoʻshimcha hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalar va tartibotlarni soʻzsiz bajarish yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, Almashuv notalari imzolangandan keyin ikki hafta muddatda Yaponiya tomoni bilan birga begʻaraz yordam doirasida tomonlar maʼqullagan nomenklatura boʻyicha tovarlar va asbob-anjomlar oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari roʻyxatini belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan begʻaraz yordam doirasida import tovarlar va asbob-anjomlar oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi bilan grant mablagʻlarni oʻzlashtirish yuzasidan shartnoma tuzsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid qilinayotgan tovarlar va asbob-anjomlarning Almashuv notalari imzolangan kundagi birjadan tashqari valyuta bozori kursi boʻyicha hisoblab chiqilgan qiymatiga teng boʻlgan milliy valyutadagi summaning Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi maxsus hisob raqamiga oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga har oyda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan begʻaraz yordam doirasidagi loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Begʻaraz yordam doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan asbob-uskunalar, mahsulotlar va xizmatlar bojxona toʻlovlari, soliqlar va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi begʻaraz yordam oluvchilarning buyurtmanomalariga koʻra loyihalarning xorijiy ishtirokchilari uchun kirish vizalarining konsullik yigʻimlarini undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi begʻaraz yordam oluvchilarning buyurtmanomalariga koʻra xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va ularning muddatlari uzaytirilishi, shuningdek ularni yashash joylarida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddatining uzaytirilishini davlat boji undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Noloyiha tusdagi begʻaraz yordam mablagʻlarining Almashuv notasi imzolangan kundan eʼtiboran 12 oy mobaynida foydalanilmagan qismi va ularga qoʻshilgan foizlar Yaponiya Hukumatining bildirishnomasiga muvofiq ravishda kechiktirmay Yaponiya tomoniga qaytarilishi shartligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 15-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54-son