Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 24.04.2020 yildagi PQ-4695-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 25.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati tibbiyot xodimlarining mehnatini yanada ragʻbatlantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va uning hududiy boʻlinmalari tibbiyot xodimlarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lavozim maoshiga mehnatning sogʻliq uchun xavfliligi va ogʻir sharoitlari uchun belgilanadigan qoʻshimcha toʻlovlar miqdorini tegishincha 15 foizdan 50 foizga hamda 40 foizdan 75 foizga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga haq toʻlash razryadlari boʻyicha tarif koeffitsiyentini 5 foizga oshirgan holda qoʻllash orqali ularni moddiy ragʻbatlantirish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur band talablarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorning 1-bandida belgilangan moddiy ragʻbatlantirish choralari 2020-yilning 16-martidan boshlab, respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari rasman toʻxtatiladigan oy yakuniga qadar amal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan davrda Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari tibbiyot xodimlari uchun oylik lavozim maoshiga nisbatan 6 foiz miqdorida kunlik qoʻshimcha toʻlov, shuningdek, qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa ustamalarni olish huquqi saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat inspeksiyasi) hududiy boshqarmalari xodimlarining umumiy cheklangan soni 3 266 ta etib belgilansin hamda buning natijasida boʻshayotgan 913 ta shtat birligi Agentlikka oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agentlikning markaziy apparatida Davlat inspeksiyasidan oʻtkazilayotgan shtat birliklari hisobidan 7 ta shtat birligidan iborat Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish boshqarmasi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Agentlik bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Davlat inspeksiyasining oʻtkazilayotgan shtat birliklarini hisobga olgan holda Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari shtatlar meʼyorlarini qayta koʻrib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangilangan shtatlar meʼyorlariga muvofiq, Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari boʻsh shtat birliklarining yuqori malakali xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Davlat inspeksiyasi va Agentlikning shtat birliklari sonini qayta taqsimlash vakolati berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Bosh davlat sanitariya vrachlariga karantin tadbirlarini amalga oshirish davrida, davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va boshqa xodimlarini jalb qilgan holda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha epidemiyaga qarshi vaqtinchalik otryadlarni tashkil etish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, karantin tadbirlarini amalga oshirish davrida vaqtinchalik otryadlar tarkibiga jalb etilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyidagi mehnatga haq toʻlash tartibi, shartlari va miqdorlari saqlanib qoladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat tibbiyot muassasalari xodimlarining mehnati uchun toʻlovlar, zarur hollarda, davlat tibbiyot muassasalaridagi tegishli lavozim va toifadagi xodimlar uchun belgilangan shartlar va miqdorlarda sanitariya-epidemiologiya xizmatlariga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun Jamgʻarmadan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari hamda Agentlik va Davlat inspeksiyasi, shuningdek, ularning hududiy boʻlinmalari xodimlari oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar sanitariya-epidemiologiya xizmatlariga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun Jamgʻarmadan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 24-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4695-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2020-y., 07/20/4695/0495-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)