Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.04.2020 yildagi 227-son
Дата вступления в силу
15.04.2020
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 15.04.2020 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida | Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qaroriga muvofiq hamda alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qaroriga muvofiq hamda alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
1. 2020-yil 1-maydan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin. | 1. 2020-yil 1-maydan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin. |
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz markalari namunalari va tavsiflari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. | Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz markalari namunalari va tavsiflari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. |
2. Belgilansinki, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan ulgurji va chakana savdo tarmogʻidagi alkogol va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab toʻqqiz oy oʻtgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyiladi. | 2. Belgilansinki, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan ulgurji va chakana savdo tarmogʻidagi alkogol va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab toʻqqiz oy oʻtgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyiladi. |
Import qiluvchida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol mahsulotlari mavjud boʻlganda, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda tayyor mahsulot qoldiqlariga yangi namunadagi aksiz markalari yangidan markalanib, tovarlardan eski namunadagi aksiz markalari olib tashlanishi kerak. Tovarlardan olib tashlangan aksiz markalari eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda inventarizatsiyani oʻtkazish komissiyasi (soliq va moliya organlarining vakillari, ishlab chiqaruvchi korxonalarning xodimlaridan tashkil topadi) tomonidan kuydirish yoʻli bilan yoʻq qilinishi kerak, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. | |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi 2021-yil 1-fevraldan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmogʻida sotilishining oldini olish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qoʻyish choralarini koʻrsin. | 3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi 2021-yil 1-fevraldan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmogʻida sotilishining oldini olish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qoʻyish choralarini koʻrsin. |
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 2020-yil 1-mayga qadar yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻgʻrisidagi axborotni alkogol va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar eʼtiboriga yetkazsin. | 4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 2020-yil 1-mayga qadar yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻgʻrisidagi axborotni alkogol va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar eʼtiboriga yetkazsin. |
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020-yil 1-mayga qadar: | 5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020-yil 1-mayga qadar: |
yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻgʻrisidagi axborotni alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlari eʼtiboriga yetkazsin; | yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻgʻrisidagi axborotni alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlari eʼtiboriga yetkazsin; |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsin. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsin. |
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov zimmasiga yuklansin. | 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov zimmasiga yuklansin. |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2020-yil 15-aprel, | 2020-yil 15-aprel, |
227-son | 227-son |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 227-son qaroriga 1-ILOVA | Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 227-son qaroriga 1-ILOVA |
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol mahsulotlariga aksiz markalarining | Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol mahsulotlariga aksiz markalarining |
NAMUNALARI VA TAVSIFLARI | NAMUNALARI VA TAVSIFLARI |
Oʻzbekiston Respublikasining alkogol mahsulotlari uchun aksiz markalari 160x18 mm oʻlchovda boʻlib, gorizontal holatda joylashgan. | Oʻzbekiston Respublikasining alkogol mahsulotlari uchun aksiz markalari 160x18 mm oʻlchovda boʻlib, gorizontal holatda joylashgan. |
Aksiz markasining chap tomonida metallograf bosma usulida binafsha rangida bosilgan naqshinkor bezak mavjud. | Aksiz markasining chap tomonida metallograf bosma usulida binafsha rangida bosilgan naqshinkor bezak mavjud. |
Naqshinkor bezakning oʻng tomonida “OʼZBEKISTON AKSIZ MARKASI” soʻzi vertikal koʻrinishda chop etilgan. | Naqshinkor bezakning oʻng tomonida “OʼZBEKISTON AKSIZ MARKASI” soʻzi vertikal koʻrinishda chop etilgan. |
“OʼZBEKISTON AKSIZ MARKASI” soʻzining oʻng tomonida kumush rangli tasvir ifodalangan. Kumush rangli tasvir ustida “2020” abbreviaturasi boʻyoqsiz metallograf bosma usulida tasvirlangan. | “OʼZBEKISTON AKSIZ MARKASI” soʻzining oʻng tomonida kumush rangli tasvir ifodalangan. Kumush rangli tasvir ustida “2020” abbreviaturasi boʻyoqsiz metallograf bosma usulida tasvirlangan. |
Kumush rangli tasvirning oʻng tomonida “UZB” abbreviaturasi joylashtirilgan. | Kumush rangli tasvirning oʻng tomonida “UZB” abbreviaturasi joylashtirilgan. |
Aksiz markaning markazida QR-CODE joylashgan boʻlib, u oʻz ichiga mahsulotni ishlab chiqargan tashkilot nomi, alkogol mahsuloti nomi, tashkilot kodi, alkogol mahsuloti hajmi, aksiz markaning seriya raqamlari va individual raqam maʼlumotlari kiritilgan. | Aksiz markaning markazida QR-CODE joylashgan boʻlib, u oʻz ichiga mahsulotni ishlab chiqargan tashkilot nomi, alkogol mahsuloti nomi, tashkilot kodi, alkogol mahsuloti hajmi, aksiz markaning seriya raqamlari va individual raqam maʼlumotlari kiritilgan. |
QR-CODE ning oʻng tarafidagi oq qismining perimetri boʻylab joylashgan mikromatn — koʻp marta kattalashtirilganda koʻrinadigan matn, takrorlanuvchi “UZBEKISTAN” degan soʻz koʻrinishida mavjud. | QR-CODE ning oʻng tarafidagi oq qismining perimetri boʻylab joylashgan mikromatn — koʻp marta kattalashtirilganda koʻrinadigan matn, takrorlanuvchi “UZBEKISTAN” degan soʻz koʻrinishida mavjud. |
Aksiz markaning markazidan oʻng tarafida mahsulot nomi, seriya raqamlari va mahsulot hajmi ifodalangan. | Aksiz markaning markazidan oʻng tarafida mahsulot nomi, seriya raqamlari va mahsulot hajmi ifodalangan. |
Mahsulot nomining oʻng tomonida koʻrish burchagi rangini oʻzgarganda oʻz rangini oʻzgartiradigan, “ANTISTOKS” xususiyatiga ega boʻlgan iridissent boʻyogʻida trafaret bosma usulida tasvir tushirilgan boʻlib, tasvir ustida “DSN” va “UZB” abbreviaturalari mavjud. | Mahsulot nomining oʻng tomonida koʻrish burchagi rangini oʻzgarganda oʻz rangini oʻzgartiradigan, “ANTISTOKS” xususiyatiga ega boʻlgan iridissent boʻyogʻida trafaret bosma usulida tasvir tushirilgan boʻlib, tasvir ustida “DSN” va “UZB” abbreviaturalari mavjud. |
Aksiz markaning oʻng tomonida ishlab chiqaruvchining kod raqamlari “OʼZ20…” yoki “IM20…” ifodalangan. | Aksiz markaning oʻng tomonida ishlab chiqaruvchining kod raqamlari “OʼZ20…” yoki “IM20…” ifodalangan. |
Ishlab chiqaruvchi kod raqamlarining chap tarafida ishlab chiqaruvchining logotipi joylashgan. | Ishlab chiqaruvchi kod raqamlarining chap tarafida ishlab chiqaruvchining logotipi joylashgan. |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 227-son qaroriga 1a-ILOVA | Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 227-son qaroriga 1a-ILOVA |
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan tamaki mahsulotlariga aksiz markalarining | Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan tamaki mahsulotlariga aksiz markalarining |
NAMUNALARI VA TAVSIFLARI | NAMUNALARI VA TAVSIFLARI |
Oʻzbekiston Respublikasining tamaki mahsuloti uchun aksiz markalari 44x19 mm oʻlchovda boʻlib, gorizontal holatda joylashgan. | Oʻzbekiston Respublikasining tamaki mahsuloti uchun aksiz markalari 44x19 mm oʻlchovda boʻlib, gorizontal holatda joylashgan. |
Tamaki mahsuloti uchun aksiz markasining tangir (fon) setkasi har xil qiyalikda joylashgan chiziqlar koʻrinishida bajarilgan. | Tamaki mahsuloti uchun aksiz markasining tangir (fon) setkasi har xil qiyalikda joylashgan chiziqlar koʻrinishida bajarilgan. |
Aksiz markaning tangir (fon) setkasidagi chiziqlar barglar koʻrinishida tasvirlangan boʻlib, ushbu tasvir markazida “AKSIZ” soʻzlari ifoda etilgan. | Aksiz markaning tangir (fon) setkasidagi chiziqlar barglar koʻrinishida tasvirlangan boʻlib, ushbu tasvir markazida “AKSIZ” soʻzlari ifoda etilgan. |
Aksiz marka oʻng tomonining oq qismida yorugʻlikda koʻrinadigan suv belgisining elementlari joylashgan. | Aksiz marka oʻng tomonining oq qismida yorugʻlikda koʻrinadigan suv belgisining elementlari joylashgan. |
Aksiz markaning chap tomonida romb koʻrinishidagi mikromatn joylashgan boʻlib, bu mikromatn kattalashtirilganda takrorlanuvchi “AKSIZ MARKA” degan soʻzlarni koʻrish mumkin. | Aksiz markaning chap tomonida romb koʻrinishidagi mikromatn joylashgan boʻlib, bu mikromatn kattalashtirilganda takrorlanuvchi “AKSIZ MARKA” degan soʻzlarni koʻrish mumkin. |
Mikromatnning oʻng tomonida, yaʼni aksiz markaning markazida gilosh naqshi tasvirlangan boʻlib, bu naqshning ustiga optik oʻzgaruvchan “DSN” abbreviaturasi elementi iridissent boʻyogʻida chop etilgan. | Mikromatnning oʻng tomonida, yaʼni aksiz markaning markazida gilosh naqshi tasvirlangan boʻlib, bu naqshning ustiga optik oʻzgaruvchan “DSN” abbreviaturasi elementi iridissent boʻyogʻida chop etilgan. |
Gilosh naqshining yuqori qismida “TAMAKI MAHSULOTLARI”, pastki qismida esa “OʼZBEKISTON AKSIZ MARKASI” degan coʻzlar va aksiz marka ishlab chiqaruvchining kod raqami “OʼZ 1901” tasvirlangan. | Gilosh naqshining yuqori qismida “TAMAKI MAHSULOTLARI”, pastki qismida esa “OʼZBEKISTON AKSIZ MARKASI” degan coʻzlar va aksiz marka ishlab chiqaruvchining kod raqami “OʼZ 1901” tasvirlangan. |
Gilosh naqshining oʻng tomonida maxsus himoya boʻyogʻi bilan chop etilgan ultrabinafsha va infraqizil nurlar ostida koʻrinadigan romb shaklidagi element aks ettirilgan. | Gilosh naqshining oʻng tomonida maxsus himoya boʻyogʻi bilan chop etilgan ultrabinafsha va infraqizil nurlar ostida koʻrinadigan romb shaklidagi element aks ettirilgan. |
Aksiz markaning ikki tomonida yarim aylana koʻrinishida takrorlanuvchi mikromatn joylashgan boʻlib, koʻp marotaba kattalashtirilganda “TAMAKI MAHSULOTLARI” degan soʻzlarni koʻrish mumkin. | Aksiz markaning ikki tomonida yarim aylana koʻrinishida takrorlanuvchi mikromatn joylashgan boʻlib, koʻp marotaba kattalashtirilganda “TAMAKI MAHSULOTLARI” degan soʻzlarni koʻrish mumkin. |
Aksiz markaning toʻrtburchagida 450 S burchak ostida tasvirlangan chiziqlarda mikromatn mavjud boʻlib, uni koʻp marotaba kattalashtirilganda takrorlanuvchi “AKSIZ MARKA” degan soʻzlar ifodalangan. | Aksiz markaning toʻrtburchagida 450 S burchak ostida tasvirlangan chiziqlarda mikromatn mavjud boʻlib, uni koʻp marotaba kattalashtirilganda takrorlanuvchi “AKSIZ MARKA” degan soʻzlar ifodalangan. |