14.04.2020 yildagi PQ-4677-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tiklanadigan energetikani jadal rivojlantirishni taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, tabiiy gazdan yoqilgʻi sifatida foydalanishni kamaytirish, shuningdek, elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Xalqaro moliya korporatsiyasining moliyaviy va texnik koʻmagida Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirish uchun investor tanlab olish jarayoni yakunlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Jahon banki guruhi tartib-taomillariga muvofiq oʻtkazilgan tender savdolari natijalariga koʻra, “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) gʻolib deb topilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Investor oʻrtasida 2019-yil 8-noyabrda investitsiya loyihasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatish maqsadida Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani (keyingi oʻrinlarda — FES) loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bogʻliq Investor majburiyatlarini nazarda tutuvchi Investitsiya bitimi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) tuzilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida Investor nomidan ish yuritadigan “Nur Navoi Solar” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida 2019-yil 8-noyabrda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) tuzilganligi, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investor ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ timsolida yagona xaridorga sotish majburiyatini olganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investor oʻzining va Loyiha kompaniyasining majburiyatlarini lozim darajada bajarishi boʻyicha 20 mln AQSH dollari miqdoridagi bank kafolatini taqdim qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investor kuchlanishni oshiruvchi FES podstansiyasini qurish va foydalanishga topshirilgandan keyin uni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga bepul asosda berish majburiyatini olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihasining butun 25 yillik muddati davomida investitsiya loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun xorijiy valyutada denominatsiyalangan 2,679 AQSH senti miqdorida qatʼiy tarif belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun toʻlovni mahalliy valyutada amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini olti oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Investor foydasiga xorijiy valyutada tasdiqlangan tiklanadigan akkreditiv ochish majburiyatini olishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasidagi Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Investor oʻrtasidagi Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansiki, Investitsiya bitimi u imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Investitsiya bitimiga muvofiq uning amal qilish muddati davomida elektr energiyasini sotib olish uchun xorijiy valyutada denominatsiyalangan qatʼiy tarif oʻrnatilganligi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Navoiy viloyati hokimligiga Loyiha kompaniyasi va investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda Loyiha kompaniyasi huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq Loyiha kompaniyasi bilan Xaridorning ulanish vositalarini berish toʻgʻrisidagi bitimni tuzsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xaridorning ulanish vositalarini berish toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq kuchlanishni oshiruvchi FES podstansiyasi foydalanishga topshirilgandan keyin uni Loyiha kompaniyasidan oʻz mulkiga qabul qilib olsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini olti oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga xorijiy valyutada tasdiqlangan tiklanadigan akkreditivni ochsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlash, xorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, boshqalardan tashqari xorijiy valyutada kredit mablagʻlari tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisidagi xorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2343-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida sotiladigan elektr energiyasi hajmlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Navoiy viloyati hokimligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimida belgilangan yer uchastkasini ajratib bersin va Investitsiya bitimi shartlariga muvofiq Loyiha kompaniyasi bilan yerni ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosa bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha hujjatlarining davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini va investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya qilinishi ustidan lozim darajada nazorat oʻrnatilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi (muddati uzaytirilishi) hamda vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiskaga qoʻyilishi va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmaganlar orasidan) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 14-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4677-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 07/20/4677/0431-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)