11.04.2020 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy notarial faoliyatni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash orqali aholiga sifatli va uzluksiz notarial xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga (keyingi o‘rinlardahududiy adliya organlari deb yuritiladi) operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan hamda davlat notarial idoralari notariuslari foydalanuvida bo‘lgan bino va inshootlarni ijaraga berish, shuningdek, idora anjomlari, mebellar, temir shkaf, stellaj, seyf, kompyuter, orgtexnika vositalari va boshqa vositalarni (keyingi o‘rinlardainventarlar deb ataladi) sotish hududiy adliya organlari hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar o‘rtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanish istagini bildirgan davlat notarial idoralari notariuslari, ushbu davlat notarial idoralari notariuslari foydalanuvida bo‘lgan bino va inshootlarni ijaraga olishda boshqa xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi. Bunda, davlat notarial idoralari notariuslari, bino va inshootlarni ijaraga olishni yozma ravishda rad etgan taqdirda yoki ikki oy davomida ustunlik huquqidan foydalanmaganda ushbu bino va inshootlar hududiy adliya organlariga biriktirilmagan binoda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga ijaraga beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat notarial idorasi notariusiga biriktirilgan inventarlar ularni sotib olish istagini bildirgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga balans qiymatida sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bino va inshootlarni ijaraga berish hamda inventarlarni sotishdan tushadigan mablag‘lar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi hamda davlat notarial idoralarini, adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bino va inshootlarni ijaraga berishda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning mazkur qarorga zid kelmaydigan qoidalari amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bino va inshootlar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan ijaraga olinmagan hollarda ularda davlat notarial idoralari notariuslarini joylashtirilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda hududiy adliya organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanilishi yoki ijaraga berilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 11-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
213-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2020-y., 09/20/213/0421-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)