1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash orqali daromadi yuqori boʻlmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalar, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga koʻmaklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan ayrim shaxslarga, shu jumladan, daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga subsidiyalar toʻlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlangʻich badali va foizlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha foizlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza berish, ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar)da uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalarini koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotib olinadigan yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni toʻlab berish tartibi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslarni tanlash jarayonida koʻrsatiladigan xizmatlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan maʼlumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida toʻlovlarsiz amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili davlat budjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan koʻp qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020-yil 31-dekabrga qadar va subsidiyalarni toʻlash muddati 2021-yil 1-dekabrga qadar uzaytiriladi;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga uning xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari qoʻshilgandan soʻng oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomning 2-bandida koʻrsatilgan meʼyorlardan kam boʻlsa, boshqa jismoniy shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor tomonidan tanlangan uy-joyning qiymati xabarnomada koʻrsatilgan sotib olinishi mumkin boʻlgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshgan taqdirda, ushbu uy-joyni sotib olishga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4701-son qaroriga muvofiq belgilanadi. Bunda sotib olinadigan uy-joy qiymatining ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan qismi qarz oluvchining oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan Toshkent shahri va shaharlarda boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarni olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratishda 2020-yilda amalda boʻlgan shartlar va miqdorlar saqlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinganidan soʻng subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilib hisoblanayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Yangi tartib doirasida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya yakka tartibda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgunga qadar olingan ijobiy subsidiya xabarnomalari boʻyicha toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. 2021-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya ajratishning maqsadli parametrlari doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sotib olinadigan kvartiraning narxi xabarnomada koʻrsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan shakllantiriladigan boshlangʻich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ipoteka kreditining summasi xabarnomada koʻrsatilgan va sotib olinishi mumkin boʻlgan uy-joyning yuqori qiymatining 85 foizidan oshib ketmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) sotib olinadigan uy-joyning shartnomadagi qiymati subsidiya xabarnomasida koʻrsatilgan va sotib olinishi mumkin boʻlgan uy-joyning yuqori qiymatidan kam boʻlgan taqdirda, ipoteka krediti shartnomada koʻrsatilgan uy-joyning qiymatining 85 foizi hamda boshlangʻich badalning bir qismi uchun subsidiya shartnomada koʻrsatilgan uy-joy qiymatining 10 foizi miqdorida hisoblanadi.
(33 va 34-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyundagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatlari markazlarini, ariza beruvchining belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga masʼul boʻlgan tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlimlarini, subsidiya toʻlanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish boʻyicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning YIDXPga ulanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini koʻrsatish YIDXP orqali joriy etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi YIDXPga elektron davlat xizmatini joriy qilish boʻyicha Reglament bir hafta muddatda Markazga kiritilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2020-yil 1-iyunga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarning belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga masʼul boʻlgan tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlimlari, subsidiya toʻlanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish boʻyicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi va “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ bilan hamkorlikda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishni avtomatlashtirish maqsadida 2022-yil 1-oktabrgacha Davlat soliq qoʻmitasining axborot tizimlari bazasi “my.gov.uz” platformasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Moliya vazirligi tegishli tijorat banklari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyani markazlashtirilgan tartibda toʻlab bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tegishli tijorat banklarining Bosh ofisi hududiy bank filiallarida jamlangan maʼlumotlar asosida buyurtmanomalarni Moliya vazirligiga taqdim etadi va Moliya vazirligi har oyning 25-kuniga qadar subsidiya toʻlab berilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2022-yilning 1-oktabrgacha qadar foiz xarajatlari uchun subsidiya toʻlashning avtomatlashtirilgan tartibini joriy etsin.
(61 va 62-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyundagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Markaz bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslarni ballar asosida baholash dasturiy taʼminot (keyingi oʻrinlarda — dasturiy taʼminot) tizimi yaratilishini va YIDXPga integratsiyalashuvini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi dasturiy taʼminotning operatori etib belgilansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi dasturiy taʼminot tizimi yaratish hamda zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni Davlat budjetidan moliyalashtirish chorasini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoni asosida daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni aniqlash mezonlarini, subsidiyani hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ballar — uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholar toʻplami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangʻich badal — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻ. Shundan davlat budjetidan toʻlab beriladigan qatʼiy belgilangan subsidiya va uy-joy qiymatining kamida 5 foizi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan mablagʻ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangʻich badal uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani ipoteka krediti asosida sotib olishda boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun har yili qatʼiy belgilangan miqdorda Davlat budjetidan talabgor nomiga bankda ochilgan tegishli hisobvaraqqa oʻtkaziladigan mablagʻ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daromadi yuqori boʻlmagan fuqaro yoki oila — qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin boʻlgan oʻrtacha oylik daromadlar miqdori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining (keyingi oʻrinlarda — MHTEKM) 2,7 baravaridan 8 baravarigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha boʻlgan oilalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka kreditining eng koʻp miqdori — har yili kelgusi yil uchun talabgor tomonidan birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya (mukammal va joriy taʼmir bundan mustasno) qilish uchun ajratilishi mumkin boʻlgan ipoteka kreditlarining eng koʻp miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy mezonlar — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilani aniqlashda qoʻllaniladigan va ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan asosiy koʻrsatkichlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi uy-joy bozorida tanlangan uy-joylarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ipoteka kreditini taqdim etuvchi tijorat banklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya — tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar)da subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladigan komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya — ipoteka kreditlari asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kvartira sotib olish uchun boshlangʻich badal va kredit foizining bir qismini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablagʻ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya berish toʻgʻrisida ijobiy xabarnomani olgan ariza beruvchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy — pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz mablagʻlari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yangi qurilgan (qurilish ishlari yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa turdagi noturar bino va inshootlarning keyinchalik rekonstruksiya qilish orqali mulkchilik turi koʻp qavatli uy-joylarga oʻzgartirilgan qurilish va uy-joylar obyektlari bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar (4 va undan yuqori qavatli) hamda fuqaroga umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joylar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foiz uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani sotib olishda yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishda ipoteka krediti foizining bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan talabgorning bankda ochilgan tegishli hisobvaragʻiga birinchi 5 yil davomida oʻtkaziladigan mablagʻ.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda davlat budjetidan toʻlab beriladigan foiz qismi hisobi alohida hisobvaraqda yuritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xabarnoma — komissiyaning ushbu Nizomga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan hamda ariza beruvchiga tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriladigan qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi uy-joy qurish — oʻz yer uchastkasida bir-biriga tutashib ketuvchi va/yoki alohida qoʻshimcha bino va inshootlar, shu jumladan, binoni buzib qayta qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish — bino va inshootlarning arxitektura-rejalashtirish yechimlarini oʻzgartirishga olib keladigan binoning balandligi, qavatlari soni, hajmi va maydonini oʻzgartirish, maʼnan eskirgan konstruksiyalar va muhandislik asbob-uskunalarini almashtirish, dastlabki hajmini saqlab qolgan holda binoning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga taʼsir etuvchi yuk koʻtaruvchi qismlarini almashtirish yoki tiklash, qurilishi yakunlanmagan uy-joyni yakunlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizom doirasida fuqaroga ipoteka kreditlari bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda birlamchi bozordagi kvartiralarni sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish (mukammal va joriy taʼmirlash bundan mustasno) uchun ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bir nafar qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori quyidagi maqsadlarda qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlarining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda talabgorlar uchun Davlat budjetidan ipoteka krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlab berish uchun ajratiladigan subsidiyaning miqdorlarini aniqlashda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Subsidiya uni toʻlashning maqsadli parametrlarida belgilangan hududda qurilgan uy-joylar uchun yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda subsidiya fuqaro roʻyxatga olingan doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) doirasida tuman (shahar) kesimida qayta taqsimlanmagan holda fuqarolarning talablaridan kelib chiqib ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga ajratilgan subsidiya ushbu hududdagi aholi tomonidan belgilangan taqsimot doirasida tuman yoki shahardan olishi mumkin, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar soni, subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari, subsidiya soni va umumiy hajmi hamda berish tartibi va shartlarini koʻrsatgan holda, Internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari orqali belgilangan muddatda eʼlon beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza beruvchining taqdim etilgan ariza asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi masʼul tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganib chiqish jarayonida doimiy ishtirok etuvchi masʼul tashkilotlar — Davlat kadastrlari palatasi va Davlat soliq qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganib chiqish jarayonida fuqaroning anketa-arizasida koʻrsatilgan maʼlumotlardan kelib chiqib, ushbu maʼlumotlarni baholash uchun ishtirok etuvchi masʼul tashkilotlar — tibbiyot birlashmasi, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari, oila va xotin-qizlar boʻlimlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi va tuman (shahar) hokimligi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Hududlarda qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya toʻlanadigan talabgorlar komissiya va masʼul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda ariza beruvchining alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlar (fan, sanʼat, adabiyot, sport sohasida va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishganligini, turli musobaqalar, tanlovlar yoki olimpiadalarning sovrindori boʻlgani yoxud mehnat jamoasida alohida namuna koʻrsatganini tasdiqlovchi hujjatlar) Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni hamda anketa-arizada qayd etilgan maʼlumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish toʻgʻrisidagi arizani uning oila aʼzolari notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali koʻrsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga soʻrov yuborish orqali maʼlumotlarga aniqlik kiritish toʻlovlarsiz (bepul) amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun ariza yil davomida topshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali anketa-arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻzi kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Masʼul tashkilotlar tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat xizmatlari markazi soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan masʼul tashkilotlarga elektron tarzda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan masʼul tashkilotlarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchining arizasi u roʻyxatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza beruvchi boshqa hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali ariza topshirgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi bir ish kuni mobaynida arizani fuqaro roʻyxatga olingan doimiy yashash joyidagi komissiyaga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilishga subsidiya ajratish uchun kelib tushgan arizalar fuqaroning mulk huquqi asosida mavjud boʻlgan qurish va rekonstruksiya qilinishi lozim boʻlgan uy-joyi joylashgan hududdagi komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani masʼul tashkilotlar tomonidan ijtimoiy mezonlar boʻyicha koʻrib chiqish faqat anketa-arizada koʻrsatilgan holatlar boʻyicha tegishli masʼul tashkilotlarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat xizmatlari markazi, komissiya hamda masʼul tashkilotlar oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul tashkilot rahbarlari tomonidan subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminot tizimida ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash uchun masʼul xodimni ichki buyruq asosida biriktiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biriktirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tizim administratoriga elektron shaklda yuborilishi uchun komissiya kotibiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul tashkilotlar yetti ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini taqdim etilgan hujjatlar asosida tashkilotlarda mavjud maʼlumotlar bazasi bilan solishtirgan holda oʻrganib chiqadi va YIDXPda onlayn elektron shaklda quyidagi maʼlumotlarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchi va uning oila aʼzolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning, yolgʻiz oʻzi ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq inspeksiyasi — soliq toʻlovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) boʻyicha ariza beruvchi va oila aʼzosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada “Labor — migration” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi koʻrsatilgan ariza beruvchi bundan mustasno) daromadlarini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda davlat soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila aʼzolarining daromadlari boʻyicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa masʼul tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish boʻyicha komissiya kotibiga yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi bandligiga koʻmaklashish markazi — ariza beruvchining “Labor — migration” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligini (oshirganligini);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi — ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi va turmush qurmagan farzandlarining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari — ariza beruvchining ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini;
(15-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi — ariza beruvchining alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini (mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasiga asosan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) hokimligi — ariza beruvchining “Mehr daftari”ga kiritilgan yoki undan chiqarilgan 30 yoshdan oshmagan yoshlar toifasiga mansubligini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Agar ariza beruvchining va uning turmush oʻrtogʻining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan meʼyorlardan kam boʻlsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning turmush qurmagan farzandlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. YIDXPda masʼul tashkilotlar oʻrganib chiqish natijalariga koʻra kiritilgan maʼlumotlar asosida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi avtomatlashtirilgan tarzda ballar koʻrinishida baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. YIDXPda masʼul tashkilotlarning baholash natijalari komissiya kotibiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tuman (shahar) hokimlari va komissiya tarkibiga kiritilgan har bir tashkilot va idora rahbarlari komissiyaning samarali va qonuniy faoliyat olib borishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmagan muddatda komissiya tomonidan arizalarni koʻrib chiqish holati boʻyicha tuman (shahar) hokimlariga tizimli ravishda maʼlumot kiritib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Komissiya aʼzolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21.Komissiya oʻz vakolatlariga tegishli masalalarni komissiya raisi boshchiligida zarur hollarda oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Komissiya raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiyaning yigʻilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni uning yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Komissiya kotibi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya raisining topshiriqlariga asosan komissiya aʼzolarini komissiya yigʻilishining oʻtkaziladigan joyi, vaqti va sanasi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya aʼzolariga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya ish yurituvini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Komissiyaning barcha yigʻilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Komissiya ishining tashkiliy shakli yigʻilish hisoblanadi. Komissiya majlislari komissiya aʼzolarining roʻyxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Komissiya yigʻilishlarida ishtirok etadigan aʼzolarining uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan komissiya qarorlari qabul qilingan hisoblanadi va ushbu yigʻilishlarda qabul qilingan qarorlar yigʻilish kotibi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Komissiya qarorlari komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlarida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Komissiya oʻzining ish reglamentini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Komissiya tomonidan baholash natijalarini koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Komissiya kotibi masʼul tashkilotlar tomonidan kiritilgan xulosalarni 3 kun ichida arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq koʻrib chiqib, yakuniy xulosa beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya kotibi masʼul tashkilotlar tomonidan kiritilgan xulosalarni koʻrib chiqish mobaynida masʼullar tomonidan xatolikka yoʻl qoʻyilganini aniqlagan taqdirda, tegishli masʼulga qayta koʻrib chiqish uchun yoʻnaltiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya raisi kotib tomonidan kiritilgan ijtimoiy mezonlar yuzasidan baholash natijalariga asosan ariza beruvchiga ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya berish yoki berishni rad etishni elektron (ERI orqali) shaklda tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida komissiya elektron reyestrni yuritadi hamda ushbu reyestr tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimida uch yil mobaynida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida elektron tasdiqlangan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan qaror tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu xabarnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir ish kunida ariza beruvchiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari YIDXP orqali ariza beruvchiga “SMS” xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXP orqali elektron shaklda murojaat etilganda, komissiya tomonidan subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomada talabgorga davlat budjetidan ajratiladigan boshlangʻich badal subsidiyasining qatʼiy belgilangan miqdori va ipoteka kreditining eng koʻp miqdori doirasida dastlabki 5 yilda foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlab berish boʻyicha subsidiya ajratilishi koʻrsatiladi hamda ipoteka kreditini ajratish tijorat banklari tomonidan koʻrib chiqilishi va ushbu xabarnoma kredit ajratilishini kafolatlamasligi qatʼiy belgilab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) taqdim etilgan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri yoki soxta boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) masʼul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball toʻplaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila aʼzolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ushbu Nizomning 34-bandida koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha subsidiya ajratish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiya ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya rad etish sabablarini, qonunchilik hujjatlarining aniq normalarini koʻrsatgan holda QR-kod qoʻyilgan qarorni rasmiylashtiradi hamda tegishli xabarnomani tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etganda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Subsidiya ajratiladigan talabgorlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ajratilgan subsidiya parametrlaridan oshib ketgan taqdirda, kalendar tartibga koʻra hujjatlarni birinchi boʻlib topshirgan ariza beruvchi talabgor sifatida tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 (bir) marta beriladi. Kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga beriladigan ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnoma berilgan vaqtidan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda talabgor foydalanmagan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani oʻz xohishiga koʻra komissiya raisi nomiga yozma ariza bilan murojaat etib rad etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya raisi talabgorning rad etish toʻgʻrisidagi arizasiga asosan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani bekor qilish boʻyicha komissiya kotibiga topshiriq beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya kotibi dasturiy taʼminot tizimidagi xabarnomalarni bekor qilish boʻlimiga tegishli maʼlumotlarni va talabgor arizasini kiritgan holda bekor qilish buyurtmanomasini yaratadi va dasturiy taʼminot tizimi administratoriga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, ushbu hudud uchun belgilangan subsidiya ajratish parametrlarida rad etilgan subsidiya soni qayta inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya ayrim toifadagi shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari)) va davlat hisobidan uy-joylar bilan taʼminlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolariga (er yoki xotini) nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalariga koʻra 30 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiya soni tugaganda, talabgorlarga rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Subsidiya taqdim etishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda takroran (bir kalendar yilda ikki marta) murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Joriy yil uchun hududga ajratilgan subsidiya soni tugagan taqdirda, dasturiy taʼminot tizimida arizalar qabul qilinishi avtomatik ravishda toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya yoki masʼul tashkilot xodimlari tomonidan ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash jarayonida maʼlumotlar notoʻgʻri va/yoki xato kiritilgan taqdirda, komissiya raisining dasturiy taʼminot tizimida yaratilgan va ERI bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan dasturiy taʼminot tizim administratori tomonidan maʼlumotlarga tuzatish kiritish uchun komissiya yoki masʼul tashkilotga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya yoki masʼul tashkilot tuzatish kiritish uchun qaytarilgan maʼlumotlarni tizimga qayta kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash adolatli va haqqoniyligi uchun tegishliligi boʻyicha komissiya aʼzolari va masʼul tashkilot xodimlari shaxsan javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Ipoteka krediti boʻyicha subsidiyani hisoblash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Davlat xizmatlari markazidan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan talabgor uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotib olinadigan uy-joy yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti miqdori tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchining (kafilning) toʻlov qobiliyatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foiz toʻlovlarini hisoblash ajratiladigan ipoteka krediti qiymatiga muvofiq hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tijorat banki tomonidan ajratiladigan ipoteka krediti miqdori joriy yil uchun belgilagan ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshib ketmasligi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan badal mablagʻlarini bankdagi hisobvaragʻiga joylashtirganligi yoki pudrat tashkilotiga toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka krediti boʻyicha birgalikda qarz oluvchining (kafilning) tegishli maʼlumotlarini taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ishtirok etuvchi tijorat banki tegishli hujjatlar toʻliq taqdim qilingandan soʻng uch ish kunida qarz oluvchiga kredit berish masalasini oʻrganib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Subsidiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) kvartiralarni sotib olish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangʻich badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun boshlangʻich badal subsidiyasining har yil uchun qatʼiy belgilangan miqdorida va birinchi besh yil davomida ipoteka krediti boʻyicha foiz toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining birinchi besh yil davomida foizlarini qoplash uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Kvartiralarni sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini birinchi 5 yil davomida qoplash maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SM = KS * (AF — BF)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SM — ipoteka krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KS — ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarzning qoldiq summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AF — ipoteka krediti shartnomasida tijorat banki hamda ariza beruvchi kelishuviga asosan belgilangan foiz stavkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BF — 10 foizlik punkt.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya ushbu yakka tartibdagi uy-joylar qurib bitkazilgandan va/yoki rekonstruksiya qilingandan soʻng kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, tijorat banklarining ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkalari mutanosib ravishda pasayadi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklarining ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkalari pasayganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya miqdori ushbu sanadan boshlab mutanosib ravishda kamayadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy stavkaga oʻzgarish kiritilmagan taqdirda, tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligi resurslari hisobidan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan fuqarolarga amalda belgilangan foiz stavkasidan yuqori foiz stavkada ipoteka kreditlari ajratilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tijorat banki tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytida ipoteka krediti foiz stavkasining pasaytirilganligi eʼlon qilinadi va qarz oluvchi, birgalikda qarz oluvchi bilan tuzilgan kredit shartnomalariga qoʻshimcha kelishuvlar tuzilmasdan, qarzdorning shaxsiy kabinetiga oʻzaro tuzilgan kredit shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlar boʻyicha qoʻshimcha kelishuv hamda yangidan tuzilgan toʻlovlar jadvali joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiya toʻlab berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Sotib olinadigan kvartira boʻyicha talabgor tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan boshlangʻich badal toʻliq shakllantirilgandan soʻng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Yakka tartibdagi uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha talabgor tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan boshlangʻich badal toʻliq shakllantirilgandan soʻng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va (yoki) bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati hisobga olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Talabgor tomonidan sotib olinadigan kvartiraning talabgor nomiga rasmiylashtirilgan kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tijorat banki bir ish kuni ichida tuman (shahar) moliya boʻlimlariga boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani toʻlashga buyurtmanomani yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Tuman (shahar) moliya boʻlimlari besh ish kuni mobaynida ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyani tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan talabgorga tijorat bankida ochilgan hisobvaraqqa oʻtkazib berilgan boshlangʻich badal uchun subsidiya faqat boshlangʻich badal sifatida shakllantiriladi va ipoteka krediti mablagʻlari bilan bir vaqtda qurilish (pudrat) tashkilotiga oʻtkazib beriladi. Mazkur mablagʻni boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya oʻtkazilgan kundan boshlab undan oʻttiz kun ichida foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki subsidiyani tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimining tegishli hisobvaragʻiga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan muddat oʻtgandan soʻng uch ish kuni ichida ajratilgan subsidiya tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimining tegishli hisobvaragʻiga qaytarilmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun ushbu qaytarilmagan subsidiyaning 0,033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Talabgorga uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilgan kundan boshlab qurib bitkazilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilgan qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlanib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan soʻng ishtirok etuvchi tijorat banklarining Bosh ofisi tomonidan har oyning 25-kuniga qadar Moliya vazirligiga foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya toʻlashga markazlashgan tartibda buyurtmanoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari toʻlovlarini qaytarish grafiklarida foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlanishi inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklari ajratgan ipoteka kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ushbu Nizomning 52-bandida koʻrsatilgan buyurtmanomalar taqdim etilgan oydan boshlab har oyning 25-kuniga qadar tijorat bankining Bosh ofisiga markazlashgan tartibda oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda subsidiya ajratilgan fuqaroning ipoteka kreditlari boʻyicha toʻlovlarni qaytarish grafigida oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki keyingi toʻlovga buyurtmanomasini Moliya vazirligiga yuborishda oʻzgarishlarni inobatga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banki tomonidan haqiqatda ajratilgan ipoteka krediti sanasidan boshlab foiz toʻlovlari uchun subsidiya toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligiga buyurtmanoma berishda kredit toʻlovlarini qaytarish grafiklaridagi oʻzgarishlar inobatga olinmasligi natijasida ortiqcha toʻlangan subsidiya tijorat banki hisobidan Davlat budjetiga tiklanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Ariza beruvchi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga, talabgor va pudrat tashkiloti uy-joyning haqiqiy qiymatiga, ishtirok etuvchi tijorat banki taqdim etilgan ipoteka krediti summasi va foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya toʻgʻri hisoblanishiga javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Uy-joy sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti talabgor bilan tuzilgan ipoteka krediti shartnomalari shartlariga rioya etilishi ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan nazorat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Ishtirok etuvchi tijorat banki har chorakda Moliya vazirligi bilan birgalikda talabgorning ipoteka krediti boʻyicha toʻlovlarni qaytarish grafigi va ajratilgan foiz uchun subsidiya summasi asosida solishtirma dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Ishtirok etuvchi tijorat banki foiz uchun subsidiya boʻyicha oxirgi toʻlov amalga oshirilgandan soʻng 10 kun ichida Moliya vazirligiga ushbu subsidiya toʻlab berilishi yakunlangan talabgorlar roʻyxatini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Moliya vazirligi tomonidan foiz uchun subsidiya ortiqcha toʻlanganda, keyingi oyda talabgorga subsidiya avval toʻlangan ortiqcha toʻlovni hisobga olgan holda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki siyosatida belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari boʻyicha toʻlovlarni surunkali ravishda toʻlamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka krediti shartnomalari boʻyicha undiriladigan mablagʻlar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi) hisobidan talabgorga boshlangʻich badal va foiz uchun ajratilgan subsidiya ipoteka krediti boʻyicha garovga qoʻyilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda tegishli tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimining hisobvaragʻiga ushbu banklar tomondan toʻliq miqdorda qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi, talabgorlarga subsidiya hisoblanishi va toʻlanishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi, tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi
5.
Boshqalar
0
IV. Ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarning quyidagi toifaga mansubligi***
1.
Birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs
10
Tuman tibbiyot birlashmasi xulosasi
2.
Surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi
10
3.
Ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan
10
Jami ball:
50
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Toʻliq oʻz mulkida uy-joyga ega boʻlgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi (yakka tartibdagi uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** III boʻlimdagi “Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar” mezoni boʻyicha 10 ball olgan nomzodlarga IV boʻlim mezonlari boʻyicha ball berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, IV boʻlim mezonlari boʻyicha 10 ball olgan nomzodlarga III boʻlimdagi “Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar” mezoni boʻyicha ball berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*** III va IV boʻlimlar boʻyicha ball bitta mezonga beriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UY-JOY SOTIB OLISH YOKI YAKKA TARTIBDAGI UY-JOYLARNI QURISH VA REKONSTRUKSIYA QILISH UCHUN SUBSIDIYA AJRATISH TOG`RISIDA
000000-son
XABARNOMA
Berilgan sanasi“___” _________ 20___ yil
Amal qilish muddati“___” _________ 20___ yil
Fuqaro _____________________________________________________________________________ (F.I.O.)
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq ________________________________ deb topildi.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSH SHIR)________________________________
Kim tomonidan berilgan _________________________________, berilgan sanasi _______________________
Doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili _____________________________________________________________
Davlat byudjeti hisobidan turar joy bilan ta'minlash huquqiga ega bo'lgan u bilan birga yashaydigan oila a'zolari hisobga olingan holda (tegishlisi tanlanadi):
1. Uy-joy sotib olish uchun dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
Bunda:
dastlabki badaluchun 32000000 so'm;
foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshmagan ipoteka kreditlari boʼyicha tolab beriladi.
2. Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
Bunda foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshmagan ipoteka kreditlari boʼyicha tolab beriladi.
Izoh. Mazkur xabarnoma fuqaroga ipoteka kreditini ajratilishini kafolatlamaydi. Ipoteka kreditini ajratish tijorat banklari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri)dan biriktirilgan hodim FIO vaishonch raqami
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UY-JOY SOTIB OLISH YOKI YAKKA TARTIBDAGI UY-JOYLARNI QURISH VA REKONSTRUKSIYA QILISH UCHUN SUBSIDIYA AJRATISHNI RAD ETISH TOG`RISIDA
000000-son
XABARNOMA
Berilgan sanasi“____” __________ 20___ yil
Fuqaro ______________________________________________________________________________________
(F.I.O.)
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomning talablariga ___________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ sababli subsidiya ajratilishi maqsadga muvofiq emas deb topildi. (Nizomning qaysi talablariga muvofiq emasligi koʼrsatilishi kerak)
Passport ma`lumotlari: seriyasi _______ raqami ___________________________________________________
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSH SHIR)_____________________________________
Kim tomonidan berilgan _________________________________, berilgan sanasi ________________________
Doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili _______________________________________________________________
QR-kod
Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri)dan biriktirilgan hodim FIO vaishonch raqami
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumani (shahri)da subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyaning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi
2.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) Xalq qabulxonasi rahbari, Komissiya raisi oʻrinbosari (kelishuv asosida)
3.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi
31.
Lavozimiga koʻra
—
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi
4.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori
5.
Lavozimiga koʻra
—
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligi
6.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi rahbari
7.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi masʼul xodimi, Komissiya kotibi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi subsidiya olish uchun tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda istalgan vaqtida toʻldiradi.
yil davomida
(haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha)*
2-bosqich
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi
1. Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlar tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi.
2. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi arizalarni qayd qilinishi navbatligiga koʻra tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi, tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi, tuman (shahar) hokimligi, ishtirok etuvchi tijorat bankiga elektron shaklda taqdim etadi.
1 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Tibbiyot birlashmasi
Ariza beruvchi va uning oila aʼzolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxslarning mavjudligi, ariza beruvchining oila aʼzolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi, yolgʻiz oʻzi ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar toʻgʻrisidagi maʼlumotni dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.
10 ish kuni mobaynida
Davlat soliq inspeksiyasi
Soliq toʻlovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) boʻyicha ariza beruvchi va oila aʼzosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada koʻrsatilgan holatlarda) daromadlarini dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi
Ariza beruvchining “Labor-migration” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligini dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi
Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi va turmush qurmagan farzandlarining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotlarni tasdiqlaydi.
Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi
Ariza beruvchining ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.
Yeshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi
Ariza beruvchining alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini tasdi?laydi.
10 ish kuni mobaynida
tuman (shahar) hokimligi
Ariza beruvchining “Mehr daftari”ga kiritilgan yoki undan chiqarilgan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar toifasiga mansubligini tasdiqlaydi.
4-bosqich
Komissiya raisi
Tanlov natijalari yuzasidan subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan qaror qabul qiladi va Davlat xizmatlari markazi orqali elektron tarzda ariza beruvchiga yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Talabgor
Oʻzining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib moʻljallayotgan uy-joyni, uning hisoblangan qiymatidan oshmagan haqiqiy qiymatini inobatga olgan holda ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan soʻng xabarnoma amal qilish muddatining oxirgi kunigacha
Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga kvartira sotib olish uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan badal mablagʻlarini bankdagi hisobvaragʻiga joylashtirganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.
Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlarini hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.
Kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng 3 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat banki va moliya boʻlimi
1. Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini oʻrganib chiqadi.
2. Ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha davlat budjetidan talabgorga qoplab berilishi mumkin boʻlgan subsidiyani aniqlaydi.
5 ish kuni mobaynida
7-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat banki
1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida shartnoma imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.
2. Talabgor tomonidan sotib olinadigan uy-joy (kvartira)ning kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tijorat banki tuman (shahar) moliya boʻlimlariga boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiya summasini toʻlashga buyurtmanomani yuboradi.
1 ish kuni ichida
8-bosqich
Hududiy moliya boʻlimi
Sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.
4 ish kuni mobaynida
9-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat banki
Ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida shartnoma va unga ilova (toʻlovlar jadvali)ni ipoteka krediti foizini har oyda toʻlab borish uchun subsidiya ajratilishi boʻyicha tegishliligiga koʻra bank bosh ofisi orqali Moliya vazirligiga yuboradi.
Ipoteka krediti taqdim etilgandan soʻng birinchi toʻlov kuniga qadar
Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng ipoteka krediti foizini har oyda toʻlab boradi.
1 ish kuni mobaynida
10-bosqich
Moliya vazirligi
Ipoteka foizlarining bir qismini qoplash uchun mablagʻlarni markazlashgan tartibda oʻtkazib boradi.
Har oyning 25-kunigacha
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ANKETA-ARIZA
Ariza № ________________
Qabul qilish sanasi_______
Qabul qilgan shaxs ________
1. ______________ (familiyasi)
____________________ (ismi)
_____________________ (otasining ismi)
2. Manzil:______ (aholi punkti)
________________ (tuman, shahar)
_________________ (viloyat)
3. Tugʻilgan sanasi ___ / _____ / ______
4. Jinsi ____ ayol _____ erkak
5. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) _________________
6. Oilaviy ahvolingiz: boʻydoq / turmushga chiqmagan_____
uylangan / turmushga chiqqan _____
ajrashgan _____
beva _____
7. Pasport boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamingiz (JSH SHIR)*: ______________________
8. Turmush oʻrtogining pasport boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ______________ (JSH SHIR)
9. Kafil sifatida ishtirok etadigan farzandingizni: _____________________ (JSH SHIR)
_____________________ (JSH SHIR)
10. Kafil farzandingizning oilaviy ahvoli: ______________________(turmushga chiqqan yoki chiqmagan)______________________(turmushga chiqqan yoki chiqmagan)
11. Quyidagi shaxslar Sizning oilangizda yashaydimi? Agar yashasa, sonini koʻrsating: 1) Birinchi guruh nogironi ____ kishi. 2) Surunkali kasalliklarning ogʻir turlaridan azob chekuvchilar ____ kishi. 3) Ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan.
12. Sizning hozirgi uy-joyingizning huquqiy maqomi: _____ mulk _____ ijara _____ mulkdor ruxsati bilan bepul yashash
13. Ipoteka kreditini qaysi maqsadda olmoqchisiz: Birlamchi bozordan kvartira______ Yakka tartibdagi uy-joyni qurish yoki rekonstruksiya qilish ___________
14. Siz bilan bogʻlanish uchun maʼlumotlar? el.pochta _______________ uy tel: ________________ ish tel: ________________ uyali tel: ______________
15. Siz quyidagi fuqarolar toifalariga mansubmisiz? Agar mansub boʻlsangiz, qaysiligiga koʻrsating: “labor migration” dasturida roʻyxatdan oʻtgan (ha/yoʻq)_______; “Mehr daftari”ga kiritilgan yoki chiqarilgan_______; ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar _______; alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar _______.
Men uy-joy olish hamda uy-joy uchun subsidiya olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman va tegishli maʼlumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman.
____________
_____ ________ _______
imzo
kun oy yil
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* JSH SHIRni aniqlash quyida qoʻrsatilgan (bu yerda JSH SHIR raqami sariq rang bilan belgilangan — 30101800050014 raqami).
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyundagi 331-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son)