06.03.2020 yildagi PQ-4629-son
Hujjat 22.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4124-son qarorida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, bozor mexanizmlariga o‘tish, raqobatbardoshlikni oshirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi istiqbolli konlarni o‘zlashtirish, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining (keyingi o‘rinlarda — “Navoiy KMK” DK) ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan va asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlaridan samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek, “Navoiy KMK” DK mulki negizida yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslar faoliyatini tashkil etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat geologiya qo‘mitasi ikki hafta muddatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida, ochiq savdolar o‘tkazmasdan va to‘lovlar olmasdan, “Navoiy KMK” DK buyurtmanomalariga va 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha foydali qazilmalarni qazib olish va geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid ruxsatnomalar berilishini ta’minlasin;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “NKMK” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar ushbu qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan obyektlarni bosqichma-bosqich geologik o‘rganishni nazarda tutuvchi uzoq istiqbolga mo‘ljallangan geologiya-qidiruv ishlari dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasi 17-bandiga binoan “Navoiy KMK” DK tomonidan ushbu qarorga muvofiq bepul berilayotgan mol-mulk va mulkiy huquqlar soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
ushbu qarorning 4-bandi “g” kichik bandiga muvofiq tomonlar — “Navoiy KMK” DKni “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamg‘armasi” DMga o‘zgartirilishi belgilangan shartnomalarga (shartnomalarning amaldagi shartlari saqlangan taqdirda) nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3550-son qarori tatbiq etilmaydi;
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Keyingi tahrirga qarang.
a) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: