LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 46-sonli ““O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 18-fevraldagi PF-1710-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
milliy eksport qiluvchilarning iqtisodiy manfaatlarini chet ellarda xorijiy sheriklar tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlash;
texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kreditlar ajratuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tijorat banklariga eksport kreditlarini sug‘urta qilishning xalqaro prinsiplariga muvofiq sug‘urta kafolatlari berish;
texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorini rivojlantirishning ahvoli va istiqbollarini kompleks marketing tahlilini tashkil qilish;
milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini tahlil qilish hamda texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarning xalqaro bozorlarga kirib borish strategiyasini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya sarflayotgan xorijiy investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini kompleks sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlash;
chet mamlakatlarning davlat eksport-sug‘urta agentliklari va kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatish;
O‘zbekistonning eksport imkoniyatlarini hamda texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga kirib borishi bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni axborotlar vositasida yoritish maqsadida elchixonalar, savdo vakolatxonalari, banklar, firmalar, biznes-markazlar va boshqa chet el tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
mamlakatimiz texnologiyalari, tovarlari, xizmatlarini eksport qilish bo‘yicha takliflar nuqtai nazaridan xalqaro bozorlar ehtiyojlari va ko‘lami to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bankini shakllantirish hamda xalqaro reklama-savdo axborot tarmoqlariga izchil kirish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda xalqaro konferensiyalar, seminarlar, taqdimotlarni tashkil etish, O‘zbekistonning eksport potensialini va investitsiya imkoniyatlarini yorituvchi ixtisoslashtirilgan kataloglar va biznes gaydlar chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda chet ellarda O‘zbekiston savdo uylari tashkil etish, texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni xalqaro bozorlarga jadal kiritib borish maqsadida ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro, chet el, mamlakatimizning davlat va xususiy sug‘urta tashkilotlari bilan bevosita hamkorlikni rivojlantirish, birgalikdagi sug‘urtaviy faoliyatni va qayta sug‘urta qilish operatsiyalarini amalga oshirish.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Direktorlar kengashi kompaniyaning yuqori rahbar organi hisoblanadi, uning tarkibiga lavozimiga ko‘ra quyidagilar kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekinvest” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi sarmoyalar, tovarlar va xizmatlarni eksport qiluvchilarga sug‘urtaviy qoplamalar berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, bunda eksport kreditlari beruvchi tijorat banklarini rag‘batlantirishning xalqaro amaliyotda qabul qilingan shartlarini nazarda tutsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashda ko‘maklashsinlar hamda unga eksport prognozlari va ularning ijrosi to‘g‘risidagi zarur axborot-tahliliy materiallarni taqdim etsinlar.
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasini Toshkent shahar, Akademik X,. Sulaymonova ko‘chasidagi 49-uyga va 4-Lisunov dahasidagi 68-uyga joylashtirsin.
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining ma’muriy binosi qurilishi uchun Shahrisabz va Akademik X. Sulaymonova ko‘chalari kesishgan joyda yer uchastkasi ajratsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi bilan birgalikda, respublikaning eksport imkoniyatlarini kengaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida, kompaniyaning hududiy shu’ba korxonalari faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
8. “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Adliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirish to‘g‘risida bir oy muddatda, belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
1. Eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi (bundan keyin matnda “Kompaniya” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 18-fevraldagi PF-1710-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
2. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasining barcha mulkiy va nomulkiy huquqlari hamda majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
milliy eksport qiluvchilarning iqtisodiy manfaatlarini chet ellarda xorijiy sheriklar tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlash;
texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kreditlar ajratuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tijorat banklariga eksport kreditlarini sug‘urta qilishning xalqaro prinsiplariga muvofiq sug‘urta kafolatlari berish;
texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorini rivojlantirishning ahvoli va istiqbollarini kompleks marketing tahlilini tashkil qilish;
milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini tahlil qilish hamda texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarning xalqaro bozorlarga kirib borish strategiyasini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya sarflayotgan xorijiy va mamlakatimiz investorlarining mulkiy va shaxsiy manfaatlarini kompleks sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlash;
chet mamlakatlarning davlat eksport-sug‘urta agentliklari va kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatish;
O‘zbekistonning eksport imkoniyatlarini hamda texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga kirib borishi bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni axborotlar vositasida yoritish maqsadida elchixonalar, savdo vakolatxonalari, banklar, firmalar, biznes-markazlar va boshqa chet el tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
mamlakatimiz texnologiyalari, tovarlari, xizmatlarini eksport qilish bo‘yicha takliflar nuqtai nazaridan xalqaro bozorlar ehtiyojlari va ko‘lami to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bankini shakllantirish hamda xalqaro reklama-savdo axborot tarmoqlariga izchil kirish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda xalqaro konferensiyalar, seminarlar, taqdimotlarni tashkil etish, O‘zbekistonning eksport potensialini investitsiya imkoniyatlarini yorituvchi ixtisoslashtirilgan kataloglar va biznes gaydlar chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda chet ellarda O‘zbekiston savdo uylari tashkil etish, texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni xalqaro bozorlarga jadal kiritib borish maqsadida ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro, chet el, mamlakatimizning davlat va xususiy sug‘urta tashkilotlari bilan bevosita hamkorlikni rivojlantirish, birgalikdagi sug‘urtaviy faoliyatni va qayta sug‘urta qilish operatsiyalarini amalga oshirish.
4. Kompaniya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
5. Kompaniya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, bank muassasalarida schyotlarga ega bo‘ladi, o‘z nomidan shartnomalar tuzishga, mulkiy va nomulkiy huquqlar va majburiyatlar olishga, sudlarda da’vogar va javobgar bo‘lishga huquqlidir.
Davlat eksport sug‘urtasi xalqaro normalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kompaniyaning Hukumat bilan kelishilgan sug‘urta majburiyatlari bo‘yicha kafil hisoblanadi.
8. Kompaniyaning O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan, o‘z nomi o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan muhri, ish yuritish qog‘ozlari va tovar ramzi bo‘ladi.
9. Kompaniya o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Siyosiy tavakkalchiliklar — xorijiy sherikning mamlakatidagi yoki balki uchinchi mamlakatning siyosiy, moliyaviy yoki makroiqtisodiy ahvolida xorijiy sherik tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga to‘liq yoki qisman to‘sqinlik qiluvchi noqulay o‘zgarishlar natijasida paydo bo‘lgan va quyidagilar oqibatida ro‘y bergan tavakkalchiliklar;
mulkni ekspropriatsiya qilish, shuningdek xorijiy sherikning mamlakati joriy etgan, mulkning olib qo‘yilishiga, uning ustidan yoki undan olinadigan daromadlar ustidan nazoratning yo‘qolishiga xorijiy sherikning mamlakati hukumati o‘z hududida iqtisodiy faoliyatni tartibga solish maqsadida joriy etgan umumiy ravishda qo‘llanadigan kamsitmovchi choralardan tashqari, olib keluvchi har qanday qonunchilik yoki ma’muriy chora-tadbirlar;
xorijiy sherikning mamlakatida yoki tovarlar hududi orqali o‘tadigan mamlakatda e’lon qilingan yoki e’lon qilinmagan urush, fuqarolar g‘alayonlari, inqiloblar, qo‘zg‘olonlar, zo‘ravonlik hodisalari, buzg‘unchilik;
xorijiy sherik mamlakati hukumatining tuzilgan kontrakt shartlarining umuman yoki qisman bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlari, shu jumladan O‘zbekistonga nisbatan kamsituvchi tusdagi yangi qonunlar, hujjatlar, farmonlar joriy etilishi;
xorijiy sherik mamlakatida qattiq valyuta yetishmasligi tufayli transferaning to‘xtab qolishi, xorijiy sherik mamlakatining O‘zbekistondan yoki to‘lov o‘zi orqali amalga oshiriladigan uchinchi mamlakatdan tashqi qarziga umumiy moratoriya e’lon qilinishi, shuningdek O‘zbekiston bilan xorijiy sherik mamlakati o‘rtasidagi to‘lovlarni cheklovchi qonun, dekret yoki qoidaning joriy etilishi.
Tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklari — xorijiy sherikning bevosita iqtisodiy va moliyaviy ahvolidan kelib chiqadigan hamda o‘z ichiga quyidagilarni oladigan tavakkalchiliklar:
xorijiy sherikning to‘lovga qodir emasligi yoki bankrot bo‘lishi hamda uning kontrakt bo‘yicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarishining mumkin emasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
9.3. Direktorlar kengashi bilan kelishilgan holda, kompaniyaga yuklangan vazifalarni eng to‘liq hal etish maqsadida shu’ba ishlab chiqarish va tijorat tuzilmalarini, shu jumladan mamlakatimiz va xorijiy investorlar ishtirokida tashkil qiladi.
investitsiya va tijorat faoliyatini amalga oshiradi, bu sug‘urta zaxiralarini banklarga joylashtirish shaklida amalga oshirilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisalarining oldini olishga qaratilgan ogohlantirish (preventiv) tadbirlarini amalga oshiradi;
sug‘urta qilish shartlari va tartibini belgilaydi, ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha tariflarni belgilaydi;
shartnomalar tuzadi va hisob-kitoblarni amalga oshiradi, agentlarni tayinlaydi va ularga vositachilik haqi to‘laydi;
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iktisodiy faoliyat milliy bankida milliy va xorijiy valyutalarda schyotlar ochadi va ularni yopadi hamda bu bankning korrespondentlik schyotlari tarmoqlaridan xorijiy banklar va mijozlar bilan ishlashda foydalanadi;
9.5. Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan va faoliyat maqsadlariga mos keluvchi boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
10. Kompaniyaning mablag‘lari ustav sarmoyasidan va foyda (daromad)dan, shu jumladan chet el valyutasidagi foyda (daromad)dan hosil bo‘lgan boshqa jamg‘armalardan iborat bo‘ladi.
11. Operatsiya faoliyatini ta’minlash va ustavda belgilangan vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan ustav sarmoyasi miqdori 60 (oltmish) million AQSh dollariga teng miqdordagi summada belgilanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 50 mln. AQSh dollariga teng summadagi ta’sis badali va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iktisodiy faoliyat milliy bankining 10 mln. AQSh dollariga teng summadagi ta’sis badali hisobiga shakllanadi.
Ustav sarmoyasi miqdori Kompaniyaning o‘z foydasi hisobiga Direktorlar kengashining qaroriga ko‘ra ko‘paytirilishi mumkin. Ustav sarmoyasi miqdorini qo‘shimcha tashqi investitsiya hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorni Kompaniya Direktorlar kengashining taqdimnomasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi.
12. Kompaniyaning sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha ehtimol tutilgan zararlarni qoplash uchun qo‘shimcha manba hisoblangan sug‘urta (zaxira) jamg‘armasi Kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha Kompaniyaning daromadi (foydasi)dan yillik ajratmalar hisobiga tashkil etiladi.
13. Kompaniya shuningdek, boshqa jamg‘armalar ham tashkil etadi, ularni shakllantirish va sarflash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
14. Olingan daromadlar bilan sarflar (sug‘urta to‘lovlari, oldini olish tadbirlariga sarflar, sug‘urtaga va boshqa zaxiralarga ajratmalar, ishni yuritish sarflari va boshqa sarf-xarajatlar) o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadigan daromad (foyda) Kompaniya moliya-xo‘jalik faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Budjetga soliqlar to‘langandan keyin qoladigan daromad (foyda) Kompaniyaning o‘z mulki hisoblanadi, undan maxsus maqsaddagi jamg‘armalar hamda muassislarning Kompaniya ustav sarmoyasida qatnashishi ulushiga mutanosib ravishda muassislarning daromadlari shakllanadi.
Xo‘jalik faoliyati natijasida barpo etilgan yoki qonun yo‘l qo‘yadigan boshqa asoslar bo‘yicha sotib olingan mol-mulk Kompaniyaning mulki bo‘ladi.
16. Direktorlar kengashi Kompaniyaning yuqori rahbar organi hisoblanadi, uning tarkibiga lavozimlariga ko‘ra quyidagilar kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Kompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobiga ustav sarmoyasini ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Vazirlar Mahkamasiga Vatanimizdagi muassislarning tashqi investitsiyalari hisobiga ustav sarmoyasi miqdorini ko‘paytirish to‘g‘risidagi taklifni tasdiqlash uchun kiritadi;
Kompaniya Bosh direktorining vakolati limitidan oshadigan summada sug‘urta qoplamasi berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Kompaniya bosh direktorining taqdimotiga ko‘ra moliyaviy yil yakunlarini, shuningdek daromadni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibini tasdiqlaydi;
18. Kompaniya operativ rahbarlikni Kengash raisining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Bosh direktor amalga oshiradi.
19. Kompaniyaning tuzilmasi va shtatlari, shuningdek lavozim sxemasi, mehnatga maosh to‘lash va mukofotlash tartibi Kompaniyaning Direktori tomonidan tasdiqlanadi.
20. Kompaniyaning Bosh direktori Kompaniya Ustaviga binoan o‘ziga berilgan vakolatlarga muvofiq Kompaniya faoliyatiga rahbarlik qiladi va Kompaniyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Kompaniyaning nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, respublikaning barcha organlarida, korxonalari va tashkilotlarida, shuningdek davlatlarda sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida Kompaniya nomidan vakillik qiladi;
22. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha hisob va hisobotni ta’minlaydi.
23. Kompaniyaning operatsiya yili 1-yanvardan boshlanadi va 31-dekabrda tamom bo‘ladi. Har bir yil tamom bo‘lgandan keyin matbuotda e’lon qilinadigan balans hamda foyda va zararlar hisobi tuziladi.
24. Hujjatlar asosida tahlil qilish va Kompaniya faoliyatini tekshirishni mustaqil auditorlik tashkilotlari va qonun hujjatlarga muvofiq bunday tekshirishlarni amalga oshirishga vakil qilgan boshqa nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat taftish boshqarmasi bilan birgalikda amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.