Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

Hujjat 19.02.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Alohida ta’kidlab o‘tilsinki, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek, davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga ko‘maklashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

1.

Fuqarolar yig‘inlarining tashkiliy-huquqiy tuzilmasini takomillashtirish, faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari va javobgarlik doirasini aniq belgilash, mavqeyini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2020-yil

may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Oliy sud (K. Kamilov),

Bosh prokuratura (E. Yuldashev),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Fuqarolar yig‘ini raisini saylash muddatini uzaytirish, saylov jarayonini takomillashtirish
va ochiqligini ta’minlash bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2020-yil

may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

mart

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Fuqarolar yig‘inlari xodimlari va yangi tarkibiy tuzilmalar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

aprel

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Zamonaviy namunali oila mezonlarini hayotga joriy etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish
va ularda yoshlarni oila qurishga kompleks tayyorlash yuzasidan interaktiv treninglarni doimiy ravishda o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

iyun

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazi�lar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Keksa avlod vakillari uchun mamlakat bo‘ylab ziyorat turizmiga chiqishlarini rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
aprel

Turizmni rivojlantirish

davlat qo‘mitasi (A. Aqqulov),

Transport vazirligi (E. G‘aniyev),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari”
AJ (X. Xasilov)

7.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi alohida o‘quv kurslarini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
qarori loyihasi

2020-yil

may

Davlat boshqaruvi akademiyasi

(X. Azizov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari

8.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini ishlab chiqish:

keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyda davolanish uchun yo‘llanmalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali olish;

yo‘llanmani olish uchun talab etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish;

keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun respublika sanatoriylari hamda urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish, shu jumladan ularning moliyalashtirish tartibini “har bir davolangan holat” metodiga o‘tkazish;

faol keksa avlod vakillari uchun sanatoriyalarga yo‘llanmalarni fuqarolar yig‘inlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tavsiyalari asosida ajratish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil
avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi, (A. Shodmonov),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi (Q. Rafikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 240-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:

bepul qabul qilinadigan fuqarolar toifalariga qo‘shimcha ravishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yolg‘iz yashovchi I-guruh nogironligi bo‘lgan keksalarni qabul qilish;

bepul joylashish huquqi bo‘lmagan keksalarga ushbu muassasalarda shartnoma asosida pullik tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil
avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi, (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat

vazirligi (B. Xo‘jayev),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining markaziy apparati, hududiy boshqarma va bo‘limlarini yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

fevral — aprel

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (N. Maksumov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

11.

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etishga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablarini tushuntirish bo‘yicha tumanlar va shaharlarda Mahallava oilaniqo‘llab-quvvatlash vazirligi quyi tuzilmalari hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlari uchun o‘quv seminarlarini tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

mart — iyun

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Davlat boshqaruvi akademiyasi (X. Azizov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Mahallalarda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat muhitini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirish

12.

Milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarni keng targ‘ib etish maqsadida “Mahalla — qadriyatlar maskani” haftaliginitashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

mart

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov)

13.

Mahallalarda aholi o‘rtasida “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasini targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

aprel

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov)

14.

Mahallalarda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ma’naviy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-ta�birlar

2020-yil

mobaynida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov),

Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov),
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov)

15.

“Ma’naviyat oiladan boshlanadi” mavzusida ma’rifat oyligini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov),

Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov)

16.

Fuqarolar yig‘inlari hisob raqamlariga jismoniy
va yuridik shaxslarning ixtiyoriylik asosidagi mablag‘larini va homiylik xayriyalarini masofadan turib tushirish imkonini beradigan elektron dasturni ishlab chiqishva amaliyotga joriy etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

dekabr

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

M�liya vazirligi (T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. “Oila muqaddas” degan ezgu g‘oyani targ‘ib qilish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashva oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish

17.

Umumta’lim maktablarida notinch oilalar farzandlari bilan psixologik-korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni olib borish maqsadida “Ahil oila” dasturi asosida treninglar tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
mart

Xalq ta’lim vazirligi

(Sh. Shermatov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

18.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlarda Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
aprel-may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

19.

15-may — Xalqaro oila kunini “Oila muqaddas” shiori ostida keng nishonlashni tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Ibratli oila” tanlovini o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

may-dekabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov)

21.

Oila institutini yanada mustahkamlash
va rivojlantirish, sudgacha oilaviy nizolarni oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish
va amaliyotga tatbiq etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

22.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga har tomonlama ko‘maklashish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
aprel

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga manzilli ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil davomida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Mahallalarda “Maishiy zo‘ravonlik qurboniga aylanma” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

iyun oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

25.

Doimiy ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar,
uy bekalarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel oyidan boshlab reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Bandlik va mehn?t munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

26.

Oila institutini mustahkamlash va rivojlantirishning ilg‘or usullarini amaliyotda qo‘llash, farovon oilaning zamonaviy modelini targ‘ib qilish maqsadida quyidagi kompleks tadbirlarni amalga oshirish:

farovon oilaning zamonaviy modelini faol targ‘ib etuvchi “Family Co-Learning Center” virtual markazini va uning negizida veb-portal;

ijtimoiy so‘rovlarni onlayn tarzda o‘tkazuvchi max�us “Survey” tizimi;

“Zamonaviy farovon oila” platformasi va video xostingini joriy qilish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

sentyabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadiqov)

27.

“Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar tajribasi” respublika ayollar forumini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

har yili

noyabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Fuqarolik �amiyatini rivojlantirish markazi (R.Kamilov),

O‘zNNTMA (N.Alimov)

IV. Mahallalarda huquq-tartibotni mustahkamlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash

28.

Mahallalarda aholi vakillarini taklif qilgan holda “Ma’naviyat soatlari” va “Huquqiy bilimlar”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi”, “Yong‘inlar profilaktikasi”, “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘iboti” kunlarini o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev),

“Vatanparvar” tashkiloti (R.Niyazov)

29.

Mahallalarda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarga ko‘maklashish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

mart

oyidan

boshlab

reja

asosida

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

30.

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan “O‘z bolangizni, o‘z uyingizni, o‘z Vataningizni ko‘z qorachig‘idek asrang!” shiori ostida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbir?ar

2020-yil

aprel

oyidan

boshlab

reja

asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Mudofaa vazirligi (X. Qarshiyev),
Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),
Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

“Vatanparvar” tashkiloti (R. Niyazov)

31.

Yoshlarning turli yot g‘oyalarga kirib ketishi, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida ta’lim muassasalari, Internet klublar va tungi ko‘ngilochar maskanlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev)

32.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida“Obod va xavfsiz mahalla” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may-avgust

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

33.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida odam savdosi, majburiy mehnat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish
va o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

sentyabr-dekabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Bosh prokuratura (E. Yo‘ldoshev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

34.

Mahallalarda “Hamjihatlik bor joyda jinoyatga o‘rin yo‘q!” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

may oyidan

boshlab
jadval asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov)

35.

Jinoyatchilik oshgan mahallalardagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida fuqarolar yig‘inlari xodimlari va profilaktika inspektorlari uchun video-darsliklar tayyorlash hamda masofaviy o‘quv seminarlarini tashil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

iyun oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

V. “Mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” hamkorlik tizimi asosidaaholi muammolarini aniqlash va hal etish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish

36.

Aholi muammolarini aniqlash va hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining rolini yanada oshirishga qaratilgan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

may-iyun

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Xalq qabulxonalari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

37.

Yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari hamda hokimlik tizimiga kiruvchi davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitishni mahallalarda samarali tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

iyun oyidan boshlab
reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

38.

Joylarda qonun ustuvorligini ta’minlash yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni tashkil etish va amalga oshirishga qaratilgan uslubiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

iyun

Adliya vazirli�i (R. Davletov),

Davlat boshqaruvi akademiyasi (X. Azizov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi (R. Kamilov),manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Mahallalarda ishsiz bo‘lgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish.

Bunda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bandlikni ta’minlash choralarini ko‘rish:

vaqtinchalik, mavsumiy haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish;

kvotalangan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;

yangi va mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;

tadbirkorlikni boshlash yoki tomorqasidan samarali foydalanish bo‘yicha kreditlar, subsidiyalar berish va boshqalar.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel oyidan boshlab reja asosida

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

tijorat banklari,

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VI. Keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab quvatlash, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish

40.

“Mahallada yoshlar bilan muloqot” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel oyidan boshlab

har oyda

bir marotaba

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

41.

Yoshlarda ona tabiatga mehr uyg‘otish, ularda bog‘ yaratish ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida “Farzandlarimga mendan bog‘ qolsin!” aksiyasini tashkil etish.

manfaatdor vazirlik va idoralar

2020-yil

mart-aprel oylari

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

42.

Ta’lim muassasalarida “Mening maqsadim”, “Vatan oilamdan boshlanadi”, “Munosib farzand”, “Yagonadir muqaddas Vatan”, “Konstitutsiya mening taqdirimda”, “Men orzu qilgan hayot”, “O‘zbekiston taraqqiyotida mening hissam” kabi mavzularda insholar tanlovi, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel oyidan boshlab

reja asosida

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev)

43.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar
va tumanlarda Nuroniylar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
aprel-may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

44.

Ta’lim muassasalari va mahallalarda faxriylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

45.

Yoshlarni sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida jismoniy madaniyatni rivojlantirish maqsadida mahallalarda:

futbol bo‘yicha “Futbolimiz kelajagi”;

mini-futbol bo‘yicha “Charm to‘p”;

kurash bo‘yicha “Mahallamiz pahlavonlari”;

stol tennisi bo‘yicha “Mahallamiz stol tennisch?lari”;

shaxmat va shashka bo‘yicha oilalar o‘rtasida
Biz aql-idrokli oilalarmiz”;

yengil atletikaning sprint yo‘nalishi bo‘yicha
Biz epchil va chaqqonmiz”;

voleybol bo‘yicha 14 — 16 yoshli o‘smirlar va qizlar o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish.

Qo‘shma qaror

2020-yil

aprel

oyidan

boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Milliy olimpiya qo‘mitasi (R.Shoabduraxmonov)

46.

Mahallalarda va ta’lim muassasalarida yosh qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash, yosh oilalar o‘rtasidagi ajrimlarni oldini olish maqsadida hayotiy tajribaga ega, obro‘-e’tiborli yoshi ulug‘ onaxonlarni hamda “Buvijonlar maktabi” a’zolarini jalb etgan holda “Onaxonlar o‘gitlari” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

iyun oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

47.

Ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayohatlarni tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

may oyidan boshlab

reja asosida

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi (Q. Rafikov),

Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi

(A. Aqqulov)

48.

Ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta tashabbusni amalga oshirishda fuqarolar yig‘inlarining faolligini oshirishga qaratilgan “Eng namunali mahalla” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

sentyabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi (Q. Rafikov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

49.

Yoshlar o‘rtasida “Mahalla — mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

noyabr-dekabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov), MTRK (A. Xodjayev), O‘zA (A.Kuchimov)

50.

Keksa avlod vakillari o‘rtasida to‘rt bosqichli “Yoshlar murabbiysi” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

sentyabr-dekabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Mudofaa vazirligi (X. Qarshiyev),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

51.

Mahallalar va ta’lim muassasalarida keksa avlod vakillari ishtirokida “Ibrat maktabi”, “Xonadon fayzi”, “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Donishmandlik fasli” kabi mavzularda turkum targ‘ibot tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may oyidan boshlab
reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

52.

Nuroniylar va pensiyadagi harbiy xizmatchilar ishtirokida umumta’lim maktablarida “Keksalar ma’rifati” mavzusidagi tadbirlarni tashkil etish.

Targ‘ibot tadbirlari

2020-yil

aprel oyidan boshlab

har oyning uchinchi
juma kuni

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Mudofaa vazirligi (H.Qarshiyev),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

53.

Mahallalarda, ayniqsa eng chekka mahallalarda “Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash — odamiylikning eng oliy mezonidir” mavzusida keksa avlod vakillari uchun xayriya tadbirlarini tashkil etish.

Qo‘shma qaror

2020-yil

aprel

oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi (S.Inamova),

manfaatdor vazirlik va idoralar

54.

Mahallalarda “G‘ayratli keksalar” sport guruhlarini tuzish hamda keksalarni yoshi va holatiga qarab jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga hamda faol turmush tarzini yuritishga jalb etish.

Qo‘shma qaror

2020-yil
?prel oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

55.

Quyidagilarni tayyorlash:

O‘zbek xalqining keksalarni e’zozlash bo‘yicha ko‘p asrlik qadriyatlari va an’analarini aks ettiradigan badiiy filmlar;

o‘zbek xalq ertaklari motivlari bo‘yicha “Qari bilganni pari bilmas” multiplikatsion filmlar turkumi;

bosh qahramonlari keksalar bo‘lgan teatr spektakllari;

Said Ahmad va Saida Zunnunova, Oybek va Zarifa Saidnosirova, Abdulla Qahhor
va Kibriyo Qahhorova, Pirimqul Qodirov va Shamsiyaxonim, Erkin Vohidov va Gulchehra Vohidovalar, Hamid Olimjon va Zulfiya, Abdulla Oripov va Xanifa Oripova kabishaxslarning milliy oilaviy qadriyatlarni asraganligi, hayot sinovlaridan munosib o‘tganligi haqidagi filmlar;

keksa yoshida fan, madaniyat va san’atda katta natijalarga erishgan, buyuk ilmiy, adabiy, musiqali asarlar va boshqa madaniy qadriyatlar yaratgan vatandoshlarimiz hayoti va faoliyati haqidagi “Umrboqiy siymolar” hujjatli filmlar.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

mart oyidan boshlab reja asosida

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (F.Abduxalikov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

(S. Sayidov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

56.

Keksalarning to‘laqonli hordig‘ini ta’minlash bo‘yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:

bog‘larda, aholining madaniyat va dam olish markazlarida, mahalla guzarlarida taniqli yozuvchilar, shoirlar, artistlar va boshqa atoqli fan, madaniyat va san’at arboblari bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;

barcha “Saxovat” internat-uylarida, keksalarni sog‘lomlashtirish nazarda tutilgan sanatoriylarda ijodiy uchrashuvlarni, spektakllar va kinofilmlar namoyishini tashkil etish;

“Umrboqiy navolar” mavzusida qadimiy cholg‘u asboblarida ijro etuvchilarning respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish;

rasmlar, milliy liboslar, sovg‘alar, oshpazlik va qandolatchilik mahsulotlari ko‘rgazmalarini, fotoko‘rgazmalarni respublikada istiqomat qiladigan barcha millatlar keksalari ishtirokida tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may oyidan boshlab

reja asosida

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbek�v),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Badiiy akademiya

(A.Nuriddinov),

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Sayidov),

Bastakorlar uyushmasi (R.Abdullayev)

57.

Yoshlar qalbida faxr-iftixor tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida mahallalarda faxriylar va keksalar ishtirokida xalq sayllarini o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
avgust-sentyabr

Madaniyat vazirligi,

(O. Nazarbekov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

58.

“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida tadbirlarni amalga oshirish, ularda quyidagilarni nazarda tutish:

respublikaning har bir hududidan keksa yoshdagi 1000 kishini, shu jumladan kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarni tarixiy joylar bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlari tashkil etish;

urush va mehnat faxriylari ishtir?kida bepul ekskursiya poyezdini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

may-oktyabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (X. Xasilov),

Turizmni rivojlantirish

davlat qo‘mitasi (A. Aqqulov),

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

59.

Keksa nuroniylar uchun “Nuroniylar maskanlari” majmualarida, mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida, madaniyat uylarida, istirohat bog‘larida “Ehtirom, e’zoz, e’tibor” konsert dasturlarini tashkil etish.

Qo‘shma qaror

2020-yil

iyul-avgust

Madaniyat vazirligi,

(O. Nazarbekov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

VII. Aholining tomorqa madaniyatini rivojlantirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish

60.

Mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholiga tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish.

Targ‘ibot tadbirlari

2020-yil
mart
-aprel

Fermer, dehqon xo‘jaliklari

va tomorqa yer egalari kengashi (A.Haitov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev),

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.Hamroyev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

61.

Har bir mahallani “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida meva-sabzavot yetishtirish, issiqxonalar tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashtirish chora-tadbirlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil
mart

oyidan boshlab

reja

asosida

Fermer, dehqon xo‘jaliklari

va tomorqa yer egalari kengashi (A.Haitov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

62.

Tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini mahallalarda muntazam muhokama qilish choralarini ko‘rish.

Muhokama yig‘ilishlari

2020-yil
aprel oyidan

har oyda bir marotaba

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Fermer, dehqon xo‘jalikl�ri

va tomorqa yer egalari kengashi

(A.Haitov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

63.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirish, ajdodlar va marhumlarga hurmat bajo keltirish, ularning qabrlarini obod qilish — har bir fuqaroning insoniy burchi ekanligi haqida aholi bilan suhbatlar o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

mart oyidan boshlab muntazam ravishda

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

64.

“Mahallaning rivojlanishi va obodligiga hissa qo‘shgan eng yaxshi tadbirkor” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil avgust

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

65.

Mahallalarda turistik jozibadorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel�

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi

(A. Aqqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida”gi 147-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi fuqarolar yig‘ini raisi va uning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha hamda tadbirkorlik, tomorqa va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, oila va xotin qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis lavozimlariga tatbiq etilmaydi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi