1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019/2020 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PQ-4359-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan tajriba-sinov tariqasida oliy taʼlim muassasalarida davlat granti va stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga (davlat granti asosida taʼlim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) stipendiyalar bazaviy miqdorda (400 ming soʻm), shuningdek, “aʼlo” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega boʻlgan talabalarga stipendiyalar bazaviy stipendiya miqdoriga nisbatan qoʻshimcha 15 foiz miqdorda toʻlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olish uchun talabalarga ularning oʻz xohishlariga koʻra, kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda toʻlash tartibi joriy etilganligi, bunda stipendiyali toʻlov-kontraktlar tarkibida bazaviy stipendiya miqdorining yillik summasi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.89.00 (Кучини йукотган) Talaba va oʻquvchilarni moddiy-maishiy jihatdan taʼminlash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash boʻyicha 2019/2020 oʻquv yilining birinchi semestrida tajriba-sinov tariqasida amalga oshirilgan ishlar natijasidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning 2020-yil 1-fevraldan boshlab quyidagilarni joriy qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat granti, shuningdek, stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shakli (oʻqitishning kunduzgi shakli) boʻyicha taʼlim olayotgan talabalarni (2019/2020 oʻquv yilida davlat granti asosida taʼlim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) qatʼiy belgilangan miqdordagi bazaviy stipendiya bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan faqat “aʼlo” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga (reyting koʻrsatkichi — 86 ball va undan yuqori) ega boʻlgan talabalarning stipendiyasini bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshirilgan holda belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarining 30 foiz va undan ortiq qismi “qoniqarli” baho (reyting koʻrsatkichi — 71 balldan kam) boʻlgan davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga (2019/2020 oʻquv yilida davlat granti asosida taʼlim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) navbatdagi oʻquv semestri mobaynida stipendiya tayinlamaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya toʻlovlarini Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli moliya yilida oliy taʼlim muassasalarida stipendiya toʻlovlari uchun rejalashtirilgan budjet mablagʻlariga nisbatan 10 foiz hamda toʻlov-kontrakt boʻyicha rejalashtirilgan tushumlarning 2 foiz miqdoridagi mablagʻlar hisobiga Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida qobiliyat va iqtidor egasi boʻlgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan barcha talabalarni belgilangan stipendiyalarga nisbatan Jamgʻarma hisobiga qoʻshimcha ravishda 50 foizgacha miqdorda ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasasida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan alohida iqtidorga ega, xalqaro, respublika va oliy taʼlim miqyosida oʻtkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari gʻoliblari, shuningdek, oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda boʻlgan bir martalik ragʻbatlantirish yoki moddiy yordam toʻlovini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida taʼlim olayotgan “aʼlo” (reyting koʻrsatkichi — 86 ball va undan yuqori) hamda “yaxshi” (reyting koʻrsatkichi — 71 ball va undan yuqori) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan talabalarga tajriba-sinov tariqasida 2019-yil 1-sentabrdan 2020-yil 1-fevralga qadar haqiqatda toʻlangan hamda Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtlari talabalariga stipendiyalar toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 2001-yil 17-avgustdagi 344-son qarori asosida toʻlanishi lozim boʻlgan miqdorlar orasidagi tafovut tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga 2020-yil uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019/2020 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining davlat granti asosida taʼlim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari uchun 2020-yil 1-fevraldan boshlab stipendiyalar, istisno tariqasida, talabalarning oʻzlashtirish baholaridan kelib chiqqan holda 3-ilovaga muvofiq toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt asosida taʼlim oluvchi nomli davlat stipendiyalari sohiblari, 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishini inobatga olib, ularga tegishli oʻquv yili uchun kontrakt qiymati miqdorini stipendiyasiz shaklda toʻlash imkoniyati yaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoxud investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda stipendiya olishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi hamda Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlashda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan belgilangan tartiblar saqlab qolinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab nomli davlat stipendiyalarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar talabalarning davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanishi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarida stipendiyalar tayinlashni yanada takomillashtirish yuzasidan, jumladan ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya qilgan holda talabalarga “ijtimoiy” va “akademik” stipendiyalarni joriy etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi asoslangan takliflarni 2020-yil 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 11-son, 267-modda) 1-ilovaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“12. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimdan kunduzgi taʼlimga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimning bir taʼlim sohasidan ikkinchisiga koʻchirishga ruxsat beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 31-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalariga (xorijiy talabalardan tashqari) stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari, ularning filiallari va xususiy oliy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stipendiya — oliy taʼlim muassasalarida oʻqitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holda (keyingi oʻrinlarda oʻqitishning kunduzgi shakli deb ataladi) davlat granti hamda stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga (xorijiy talabalardan tashqari) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar oyma-oy toʻlanadigan pul taʼminoti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stipendiyaning bazaviy miqdori — davlat granti hamda stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga toʻlanadigan stipendiyaning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻrnatiladigan eng kam miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stipendiya komissiyasi — oliy taʼlim muassasalarida talabalarga stipendiyalar tayinlash uchun har bir oʻquv yilida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) raisligida, fakultetlarning dekanlari (bakalavriat darajasida fakultet dekanati mavjud boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarida — oʻquv-uslubiy boʻlim yoki boshqarma boshligʻi), kasaba uyushmasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, akademik guruhlar, buxgalteriya vakillaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan hamda oliy taʼlim muassasasining rektori (filial direktori) yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan tasdiqlanadigan komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlashtirish (reyting nazorati) koʻrsatkichi — oliy taʼlim muassasasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) oʻquv rejalari asosida oʻtilgan fanlar (mashgʻulotlar) boʻyicha talabalar bilim va mahoratining sinovi natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlashtirayotgan talaba — bundan avvalgi oʻquv semestri uchun oʻzlashtirish (reyting nazorati) koʻrsatkichlari boʻyicha akademik qarzi mavjud boʻlmagan talaba;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi — oliy taʼlim muassasalarida oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlarni oʻzlashtirayotgan, alohida qobiliyat va iqtidor egasi boʻlgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish jamgʻarmasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oliy taʼlim muassasalari talabalariga oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari, alohida qobiliyat va iqtidorga egaligi, jamoat ishlarida faolligi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtojligi kabi mezonlardan kelib chiqib stipendiya komissiyasi xulosasiga koʻra, oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlari asosida stipendiya tayinlanadi va boshqa ragʻbatlantirish choralari koʻriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.87.00 (Кучини йукотган) Davlat grantlari. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarning taʼlim olishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat granti asosida taʼlim oluvchi talabalarga stipendiya tayinlash va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida oʻqitishning kunduzgi shaklida taʼlim oluvchi talabalarga stipendiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Birinchi kurs talabalariga oʻquv yilining 1-semestri yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari (baholari) maʼlum boʻlgunga qadar stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Avvalgi oʻquv semestri natijalariga koʻra stipendiyalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi tartibda tayinlanadi va toʻlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi faqat “aʼlo” baho (reyting koʻrsatkichi — 86 ball va undan yuqori) boʻlgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20 foizga oshirilgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarining 30 foizi va undan ortiq qismi “qoniqarli” baho (reyting koʻrsatkichi — 71 balldan kam) boʻlgan talabalarga (toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan talabalar bundan mustasno) navbatdagi oʻquv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.88.00 (Кучини йукотган) Toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Toʻlov-kontrakt asosida taʼlim oluvchi talabalarga stipendiya tayinlash va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga oʻz xohishlariga koʻra, kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda toʻlash huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Stipendiyali toʻlov-kontrakt tarkibiga bazaviy stipendiya miqdorining yillik summasi kiritiladi hamda stipendiya yil mobaynida oyma-oy toʻlab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oliy taʼlim muassasalarida stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlaridan qatʼi nazar bazaviy miqdordagi stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oliy taʼlim muassasalarida stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga stipendiyalar belgilangan tartibda ular tomonidan toʻlov-kontrakt summasi toʻlanganidan keyin beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Nomli davlat stipendiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi hamda Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlash Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartiblar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Nomli davlat stipendiyalarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar talabalarning davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi va stipendiya sohiblariga belgilangan miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.87.00 (Кучини йукотган) Davlat grantlari. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarning taʼlim olishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan talabalarga stipendiya tayinlash va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan, jumladan, toʻlov-kontrakt asosida taʼlim oluvchi talabalarga stipendiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Avvalgi oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan oʻzlashtirayotgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya tayinlash va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi, jumladan, toʻlov-kontrakt asosida taʼlim oluvchi talabalarga stipendiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Avvalgi oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlaridan qatʼi nazar toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan oʻzlashtirayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga bazaviy stipendiya miqdorida stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va jamgʻarma mablagʻlari hisobiga talabalarga moddiy ragʻbatlantirishlarni tayinlash va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlaridan foydalanish, Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash oliy taʼlim muassasasining kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga toʻlov qaysi shaklda (stipendiyali yoki stipendiyasiz) amalga oshirilishidan qatʼi nazar, belgilangan mezonlar asosida ragʻbatlantirish toʻlovlari tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli moliya yilida oliy taʼlim muassasalarida stipendiya toʻlovlari uchun rejalashtirilgan budjet mablagʻlariga nisbatan 10 foiz miqdoridagi mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli moliya yilida toʻlov-kontrakt boʻyicha rejalashtirilgan tushumlarning 2 foizi miqdoridagi mablagʻlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan (stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda ekanligidan qatʼi nazar), oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “aʼlo” baho (reyting koʻrsatkichi 86 ball va undan yuqori) boʻlgan talabalar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 20 foiz miqdorida Jamgʻarma hisobiga ragʻbatlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlarni oʻzlashtirayotgan, alohida qobiliyat va iqtidor egasi boʻlgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan barcha talabalar belgilangan stipendiyalarga nisbatan qoʻshimcha ravishda Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga 50 foizgacha miqdorda ragʻbatlantirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, oliy taʼlim muassasalarida stipendiyasiz toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan va oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlarni oʻzlashtirayotgan talabalar qoʻshimcha ravishda Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga bazaviy stipendiyaga nisbatan 50 foizgacha miqdorda ragʻbatlantirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasasida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan alohida iqtidorga ega, xalqaro, respublika va oliy taʼlim miqyosida oʻtkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari gʻoliblari, shuningdek, oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda boʻlgan bir martalik ragʻbatlantirish yoki moddiy yordam toʻlovi berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, stipendiya toʻlovlariga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlarining hisobot davri yakuni boʻyicha boʻshab qolgan qismini talabalarni qoʻshimcha ravishda moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Talabalarga stipendiya tayinlash va toʻlashni amalga oshiruvchi stipendiya komissiyalari ishini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Stipendiya toʻlash uchun stipendiya komissiyasi tavsiya etgan talabalarning roʻyxatlari oliy taʼlim muassasasi rektorining (filial direktorining) yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oʻzlashtirayotgan talabalarga stipendiya tayinlash oʻquv yilida ikki marotaba oʻtkaziladi va stipendiya avvalgi semestr yakuniy nazorat natijalari eʼlon qilinganidan soʻng, har bir oʻquv semestri oyining birinchi kunidan boshlab tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat granti asosida taʼlim olayotgan, oʻquv semestri uchun oʻzlashtirish natijalari boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra akademik qarzi (bir yoki undan ortiq fanlar boʻyicha 55 foizdan kam reytingga) boʻlgan oliy taʼlim muassasalarining talabalari keyingi oʻquv semestri oyining birinchi kunidan boshlab stipendiya olish huquqidan mahrum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Belgilangan tartibda akademik qarzini bartaraf etgan (tegishli fanlar boʻyicha 55 va undan ortiq foiz toʻplagan) va fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarining 30 foizdan kam qismi “qoniqarli” baho (reyting koʻrsatkichi 71 balldan kam) boʻlgan davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga stipendiya akademik qarzni bartaraf etish muddati tugaganidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab, stipendiyaning bazaviy miqdorida keyingi oʻquv semestriga qadar tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Kasalligi yoki tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadigan boshqa uzrli sabablarga koʻra, akademik qarzi boʻlgan talabalar akademik qarzlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda bartaraf etgunlariga qadar stipendiyadan mahrum etilmaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻquv rejasi asosida amalga oshirilgan malaka amaliyotlari va taʼtillar davrida talabalarning stipendiya olish huquqi saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Pensiya oladigan talabalarga stipendiya umumiy asoslarda tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiya toʻlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talaba akademik taʼtildan qaytganidan keyin unga stipendiya toʻlash stipendiyaning bazaviy miqdorida joriy oʻquv semestrining oxiriga qadar tiklanadi (stipendiyasiz toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Oʻz xohishiga koʻra, oʻqishi boshqa oliy taʼlim muassasasiga koʻchirilishi, salomatligi (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida), oʻquv intizomi va oliy taʼlim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganligi, bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi, oʻqish uchun belgilangan toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi, talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan oliy taʼlim muassasasidan chetlatilgan talabalar oʻqishga tiklanganda mazkur oʻquv semestri uchun stipendiya bazaviy miqdorda tayinlanadi (stipendiyasiz toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Homiladorlik va tugʻish taʼtili davri uchun talabalarga stipendiya qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida umumiy asoslarda toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 yoshgacha bolasi boʻlgan va oʻqishni taʼlimning kunduzgi shaklida davom ettirayotgan talaba ayollarga stipendiya umumiy asoslarda toʻliq miqdorda toʻlanadi. Bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarishlash taʼtilida boʻlish davrida stipendiya toʻlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Belgilangan tartibda bir oliy taʼlim muassasasidan (fakultetdan) boshqasiga, shuningdek, taʼlimning sirtqi shaklidan kunduzgi shakliga oʻtkazilgan talabalarga stipendiya ular tomonidan baholash (reyting nazorati) natijalari boʻyicha, oʻquv rejalaridagi tafovutlar bartaraf etilganidan keyin tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademik qarz mavjud boʻlmaganida stipendiya akademik maʼlumotnomada (reyting daftarchasida) koʻrsatilgan, avvalgi oʻquv joyidagi baholash (reyting nazorati) natijalari boʻyicha tayinlanadi va yangi oʻquv joyiga qayd etilgan paytdan boshlab oliy taʼlim muassasasi rektorining (filial direktorining) yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning buyrugʻi asosida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻqishni bir oliy taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirayotgan talabalarga yozgi taʼtil vaqtida stipendiya toʻlash ularning oʻqishni koʻchirishdan avvalgi taʼlim olgan oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Stipendiyali toʻlov-kontrakt miqdori bitiruvchi kurs talabalari tomonidan iyul va avgust oylari uchun bazaviy stipendiya summasi (qismlarga boʻlib toʻlanganda — oxirgi oʻquv semestridagi) toʻlov-kontrakt miqdoridan chegirilgan holda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, chegirib qolinayotgan stipendiya summasi talabaga toʻlanadigan bazaviy stipendiyaning joriy davrdagi belgilangan miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Talabalarning stipendiyalaridan ushlab qolinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabalarga stipendiya toʻlovlarini toʻgʻri tayinlash va toʻlash ustidan nazorat qilish oliy taʼlim muassasasining stipendiya komissiyasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Stipendiya nomi va qoʻshimcha toʻlovlar
Stipendiya miqdori (bir oyda, soʻm)
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi
1811191
2.
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari
1207461
3.
Davlat granti asosida, shuningdek, bir yillik oʻqitish qiymatining stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan, barcha fanlar boʻyicha faqat “aʼlo” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga (reyting koʻrsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega boʻlgan talabalar uchun stipendiya
513600
4.
Davlat granti, shuningdek, stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun bazaviy stipendiya
428000
5.
1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan talabalar uchun stipendiya
Alohida qobiliyat va iqtidor egasi boʻlgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun qoʻshimcha toʻlov**
belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50 foizgacha yuqori miqdorda nazarda tutiladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari qabul qilinishi munosabati bilan oliy taʼlim muassasalari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari oʻzgargan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi bilan oliy taʼlim muassasalari talabalari stipendiyalarining jadvalda koʻrsatilgan miqdorlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019/2020 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining davlat granti asosida taʼlim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari uchun talabalarning oʻzlashtirish baholaridan kelib chiqqan holda toʻlanadigan stipendiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MIQDORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Reyting koʻrsatkichi
Stipendiya miqdori, soʻm
1.
Reyting nazorati natijalariga ega talabalar:
86 — 100 ball
804974
71 — 85 ball
603730
55 — 70 ball
402487
2.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi, reyting nazorati natijalariga ega talabalar:
86 — 100 ball
873576
71 — 85 ball
655182
55 — 70 ball
436788
3.
Davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi, reyting nazorati natijalariga ega talabalar:
86 — 100 ball
768134
71 — 85 ball
576101
55 — 70 ball
384067
4.
Oliy taʼlim muassasalarida matematika, amaliy — matematika va informatika, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim olayotgan, reyting nazorati natijalariga ega talabalar:
86 — 100 ball
876070
71 — 85 ball
657053
55 — 70 ball
438035
5.
Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga stipendiya belgilanganga nisbatan 50 foiz yuqori miqdorda nazarda tutiladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtlari talabalariga stipendiyalar toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 2001-yil 17-avgustdagi 344-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2001-yil, 15-16-son, 105-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-yanvardagi PQ-2744-son qarori) 2017-yil 23-iyundagi 417-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investorlar uchun investitsiya vizasi joriy etilganligi hamda ular va ularning oila aʼzolarining respublika hududida boʻlishi uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 11-oktabrdagi 864-son qaroriga ilovaning 2-bandi.